Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 10.02.2004 yildagi 65-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ISLOM TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2004—2007-yillarda Islom taraqqiyot banki bilan birgalikda amalga oshirish mo‘ljallangan loyihalar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Islom taraqqiyot banki bilan birgalikdagi loyihalar va texnik ko‘maklashish grantlarini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalarining ko‘rsatib o‘tilgan loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan rahbarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirish mo‘ljallangan qo‘shma loyihalarni tayyorlashdan tortib to‘liq tugallashgacha bo‘lgan zarur ishlarning butun turkumi bo‘yicha samarali monitoringni ta’minlash uchun ikki hafta muddatda ishchi guruhlar tuzsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajatlarning mahalliy ulushini moliyalashtirish va qarz mablag‘larni qaytarishning aniq manbalarini nazarda tutuvchi loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishi o‘z vaqtida ishlab chiqilishi va ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlovchi chora-tadbirlar rejasini bir oy muddatda tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Islom taraqqiyot banki ishtirokida ishlab chiqiladigan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga topshiriqlar ishchi guruhlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga majburiy tartibda kelishish uchun taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi loyihalarni moliyalashtirishga buyurtmanomalar Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari rahbarlari va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgandan keyin Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti tomonidan Islom taraqqiyot bankiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 1-ilovada ko‘rsatilgan qo‘shma loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining raisi E.M.G‘aniyev moliyaviy va texnik ko‘makni olish uchun Islom taraqqiyot bankida buyurtmanomalarni imzolashga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M.G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 10-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-fevraldagi 65-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-2007-yillarda Islom taraqqiyot banki bilan birgalikda amalga oshirish mo‘ljallangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LOYIHALAR RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r‎

Loyihaning
‎ mazmuni‎

Loyihaning maqsadi‎

Loyihalarning umumiy qiymati (mln AQSh dollari)‎

Islom taraqqiyot banki tomonidan moliyalash-tiriladigan summa (mln AQSh dollari) ‎

Mas’ul rahbar
‎va ijrochi agentlik‎

‎‎2004-yil

1.‎ Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining mintaqaviy (viloyat) filiallarini asbob-uskunalar bilan jihozlash‎ Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi mintaqaviy filiallarining moddiy-texnika bazasi holatini yaxshilash, mamlakatning barcha mintaqalarida sifatli malakali shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishi uchun shart-sharoitlar yaratish. Xodimlarni zamonaviy asbob-uskunalardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalariga o‘qitish‎ 123,2‎ 25,0‎ Nazirov F.G‘., Sog‘liqni saqlash vazirligi‎
2.‎ “Sirdaryo” issiqlik elektr stansiyasidan “So‘g‘diyona” yordamchi stansiyasigacha VL-500 kVt elektr uzatish liniyasini qurish‎ Buxoro-Samarqand mintaqasining energiya ta’minoti ishonchliligini oshirish va elektr energiyasini uzatishda nobudgarchilikni kamaytirish‎ 44,4‎ 25,1‎ Shoismatov E.R., “O‘zbekenergo” DAK‎
3.‎ Avtomobil yo‘llari qurish va rekonstruksiya qilish �chun qurilish texnikasi sotib olish, Toshkent shahar avtomobil yo‘llarini rivojlantirish uchun asfalt-beton ishlab chiqarish korxonasini zamonaviylashtirish va jihozlash‎ Avtomobil yo‘llarini zamonaviylashtirish, Toshkent shahrida zamonaviy transport infratuzilmasini barpo etish. Avtomobil yo‘llaridan foydalanish va ularni qurish samaradorligini oshirish‎ 20,0‎ 10,0‎ Shoabdurahmonov R. M., Toshkent shahar hokimligi ‎
Jami:‎ 187,6‎ 60,1‎
2004-2005-yillar*
‎‎A toifa**‎
4.‎ Kasb-hunar kollejlarini jihozlash uchun o‘quv va laboratoriya jihozlari sotib olish‎ Ishga tushiriladigan 50 kollejni zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, o‘quv jarayoni va xalq xo‘jaligi tarmoqlari uchun mutaxassislar tayyorlash samaradorligini oshirish‎ 250,0‎ 25,0‎ G‘ulomov S.S., Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ‎
5.‎ O‘zbekiston va Afg‘oniston hududlarini birlashtiruvchi temir yo‘l tarmoqlarini rivojlantirish va obodonlashtirish‎ Termiz-G‘alaba temir yo‘l stansiyasini va Amudaryo ustidan o‘tadigan ko‘prikni rekonstruksiya qilish. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida transportda tashish shart-sharoitlarini yaxshilash‎ 17,8‎ 6,0‎ Ramatov A.J., “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK ‎
6.‎ O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki orqali kichik biznes loyihalari uchun kredit liniyasi‎ Kichik biznesning investitsiya loyihalarini moliyalashtirish‎ 50,0‎ Mirxo‘jayev Z.S., Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, manfaatdor tijorat banklari ‎
‎‎B toifa***‎
7.‎ Toshkent shahrining issiqlik va suv ta’minoti tizimini reabilitatsiya qilish‎ 4 ta bug‘ qozoni va issiqlik tarmoqlarini zamonaviylashtirish yo‘li bilan Toshkent shahri aholisining issiqlik ta’minotini yaxshilash‎ 55,0‎ 25,0‎ Shoabdurahmonov R.M., Toshkent shahar hokimligi ‎
8.‎ Gemodializ asbob-uskunalari va suv tayyorlash tizimlarini sotib olish‎ Davolash muassasalarining 18 ta gemodializ bo‘limlarini jihozlash uchun zamonaviy gemodializ asbob-uskunalari va suv tayyorlash tizimlari sotib olish‎ 3,2‎ 3,2‎ Nazirov F.G‘., Sog‘liqni saqlash vazirligi ‎
Jami:‎ 326,0‎ 109,2‎
2005-2006-yillar*
�� ‎‎A toifa**‎
9.‎ “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining vagon xo‘jaligi ta’mirlash bazasini rivojlantirish uchun asbob-uskunalar sotib olish‎ Kompaniyaning 4 vagon deposida yuk tashiydigan harakatlanadigan tarkibni ta’mirlash va zamonaviylashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish‎ 25,2‎ 18,2‎ Ramatov A.J., “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK‎
10.‎ Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlarining suv ta’minotini kengaytirish (Qoradaryo o‘zanidan Damxo‘ja suv o‘tkazgichigacha suv olish va suv uzatish inshootlari qurish) ‎ Damxo‘ja mintaqalararo suv quvurini zamonaviylashtirish yo‘li bilan Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlari qishloq aholisining suv ta’minotini yaxshilash.‎ 40,0‎ 15,0‎ Xolmuhamedov U.O., “O‘zkommunxizmat” agentligi ‎
11.‎ Toshkent shahri uchun yer osti gaz ombori qurish ‎ Gaz ta’minoti ishonchliligini oshirish va qish davrida iste’molchilarni gaz bilan ta’minlashni yaxshilash‎ 75,0‎ 65,0‎ Azizov A.A., “O‘zbekneftgaz” MXK‎
12.‎ Toshkent shahridagi 4 ta ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarni jihozlash uchun asbob-uskunalar sotib olish‎ Aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirish, tashhis qo‘yish va turli patologiyalarni davolash sifatini yaxshilash‎ 40,0‎ 30,0‎ Nazirov F.G‘., Sog‘liqni saqlash vazirligi‎

Jami:‎

180,2‎ 128,2‎
2006-2007-yillar*
‎‎A toifa**‎
13.‎ “So‘g‘diyona” yordamchi stansiyasidan “G‘uzar” yordamchi stansiyasigacha VL-500 kVt elektr uzatish liniyasi qurish ‎ Buxoro-Samarqand mintaqasining energiya ta’minoti ishonchliligini oshirish va elektr energiyasini uzatishda nobudgarchilikni kamaytirish‎ 45,0‎ 25,0‎ Shoimsatov E.R., “O‘zbekenergo” DAK‎
14.‎ “Sho‘rtan” konining xomashyosi bazasida suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni ko‘paytirish‎ 3 ta qo‘shimcha propan-butan aralashmasi (UPPBS-3) olish qurilmasi liniyalarini navbatma-navbat qurish hisobiga suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni kengaytirish, gaz qazib olish, tayyorlash va oltingugurtdan tozalash bo‘yicha mavjud quvvatlar salohiyatidan foydalanish ‎ 70,0‎ 64,0‎ Azizov A.A., “O‘zbekneftgaz” MXK‎
15.‎ “Asaka” banki orqali kichik biznes loyihalari uchun kredit liniyasi‎ Kichik biznes investitsiya loyihalarini moliyalashtirish 50,0‎ Jo‘rayev Sh.D., “Asaka” banki, manfaatdor tijorat banklari ‎
16.‎ Tog‘ sharoitlarida avtomobil yo‘llari (Qarshi-Termiz) qurish va rekonstruksiya qilish uchun asbob-uskunalar sotib olish‎ Avtomobil yo‘llarini zamonaviylashtirish, zamonaviy transport infratuzilmasini barpo etish‎ 45,0‎ 20,0‎ Yunusov R.R., “O‘zavtoyo‘l” DAK ‎
Jami:‎ 160,0‎ 159,0‎
Umumiy yakun:‎ 853,8‎ 456,5‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: * loyihalar O‘zbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot bankining o‘zaro kelishuviga ko‘ra qayta ko‘rib chiqilishi yoki o‘zgartirilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
A toifa** — tasdiqlangan loyihalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
B toifa*** — zaxira loyihalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 10-fevraldagi
65-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Islom taraqqiyot banki bilan birgalikdagi loyihalar va texnik ko‘maklashish grantlarini amalga oshirish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r‎

Tadbirlar‎

Muddatlari‎ Mas’ullar‎

‎‎1. 2004-yilda amalga oshirish nazarda tutilgan loyihalar

1.1‎‏
‎‏

“Sirdaryo” issiqlik elektr stansiyasidan “So‘g‘diyona” yordamchi stansiyasigacha VL-500 kVt elektr uzatish liniyasini qurish” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish ‎

2004-yil I chorak ‎ ‎‏


‎“O‘zbekenergo” DAK‎‏

“Sirdaryo” issiqlik elektr stansiyasidan “So‘g‘diyona” yordamchi stansiyasigacha VL-500 kVt elektr uzatish liniyasini qurish” loyihasini ekspertizadan o‘tkazish‎

2004-yil I chorak ‎

Islom taraqqiyot banki bilan qarz shartnomasini imzolash‎

2004-yil I chorak ‎

1.2‎‏
12 ta tez tibbiy yordam mintaqaviy markazlarini asbob-uskunalar bilan jihozlash” loyihasini ekspertizadan o‘tkazish‎ 2004-yil I chorak ‎

‎Sog‘liqni saqlash vazirligi‎‏

Islom taraqqiyot banki bilan qarz shartnomasini imzolash‎

2004-yil I chorak ‎
1.3‎‏

“Yo‘llar qurish, foydalanish va ta’mirlash hamda asfalt ishlab chiqaruvchi zavodni qayta jihozlash uchun asbob-uskunalar xarid qilish” loyihasini ekspertizadan o‘tkazish‎

2004-yil I chorak ‎

‎Toshkent shahar hokimligi‎‏

Islom taraqqiyot banki bilan qarz shartnomasini imzolash‎

2004-yil fevral ‎
2. 2004-yilda texnik ko‘maklashish doirasidagi hamkorlik
2.1‎ O‘zbekiston Respublikasida kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha Mahalliy ekspertlarni jalb etgan holda seminar o‘tkazish‎ 2004-yil I chorak ‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi , Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi‎
2.2‎ O‘zbekiston Respublikasi besh nafar mutaxassisining Islom taraqqiyot banki qarorgohida moliyalashtirish va texnik ko‘maklashish tartib-qoidalari va shartlari bo‘yicha tajriba orttirishini tashkil qilish‎ 2004-yil II chorak ‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Moliya vazirligi‎
2.3‎ O‘zbekiston Respublikasida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun moliyaviy tuzilmalar, investitsiya fondlari tashkil etish masalalari bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatish ‎ 2004-yil III chorak ‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi‎
3. 2004-yilda hamkorlikni rivojlantirish tadbirlari
3.1‎ O‘zbekistondan Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchisi tomonidan rasmiy so‘rovnoma yuborish va 2005-yilda amalga oshirish nazarda tutilgan loyihalar bo‘yicha ijro etuvchi agentliklar tomonidan loyiha hujjatlarini tayyorlash‎ 2004-yil I chorak ‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, tegishli vazirliklar va idoralar‎
3.2.‎ O‘zbekistonda Investitsiya kompaniyasi tashkil etish bo‘yicha Islom taraqqiyot banki va Islom taraqqiyot bankiga a’zo mamlakatlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish hamda tartib-qoidalarni nihoyasiga yetkazish‎ 2004-yil mobaynida ‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi‎
3.3‎ Islom taraqqiyot bankining Eksportni moliyalashtirish dasturida, Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasida, Import va eksport kreditlarini sug‘urtalash bo‘yicha Islom korporatsiyasida O‘zbekistonning ishtiroki masalalarini ishlab chiqish‎ 2004-yil mobaynida ‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi‎
3.4‎ Islom taraqqiyot banki ustav sarmoyasini uchinchi ko‘paytirishda O‘zbekistonning ishtirokiga qaratilgan tadbirlar‎ 2004-yil II chorak‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi‎
3.5‎ O‘zbekistonda Islom taraqqiyot banki vakolatxonasini ochish masalasini ishlab chiqish‎ 2004-yil II-III choraklar‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi‎
3.6‎ Islom taraqqiyot banki bilan, shu jumladan Xalqaro biosolin dehqonchilik markazi, Aktivlarni boshqarish departamenti, Islom tadqiqotlar va ta’lim instituti bilan hamkorlikni kengaytirish ‎ 2004-yil mobaynida ‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi‎
3.7‎ O‘zbekistondan Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchisi va boshqaruvchi o‘rinbosarining Islom taraqqiyot bankining Erondagi Guruhining 29-har yilgi majlisida qatnashish uchun Eronga tashrifini tayyorlash‎ 2004-yil II-III choraklar‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki‎
4. 2005-yilda amalga oshirilishi nazarda tutilgan loyihalar
4.1‎‏
‎‏
“Termiz-G‘alaba temir yo‘l stansiyasini va Amudaryo ustidan o‘tadigan ko‘prikni rekonstruksiya qilish” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish ‎ 2004-yil IV chorak ‎


‎“O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK‎‏
‎‏

“Temir yo‘l stansiyasi va ko‘prikni rekonstruksiya qilish” loyihasini ekspertizadan o‘tkazish‎

2005-yil I chorak ‎

Islom taraqqiyot banki bilan qarz shartnomasini imzolash‎

2005-yil II chorak ‎

4.2‎‏
“50 ta kollej uchun laboratoriya asbob-uskunalari” loyihasini ekspertizadan o‘tkazish ‎ 2005-yil I chorak ‎

‎Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi‎‏

Islom taraqqiyot banki bilan qarz shartnomasini imzolash ‎

2005-yil II chorak ‎

4.3.‎‏
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki uchun kichik biznesni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga kredit liniyasini ekspertizadan o‘tkazish ‎ 2005-yil I chorak ‎

‎Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki‎‏

Islom taraqqiyot banki bilan qarz shartnomasini imzolash‎

2005-yil II chorak ‎

4.4.‎‏
‎‏
“Issiqlik va suv ta’minoti tizimlarini reabilitatsiya qilish” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish‎ 20004 yil IV chorak ‎ ‎‏


‎Toshkent shahar hokimligi‎‏

Loyihani ekspertizadan o‘tkazish‎

2005-yil I chorak ‎

Islom taraqqiyot banki bilan qarz shartnomasini imzolash‎

2005-yil II chorak ‎

4.5.‎ O‘zbekistondan Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchisi tomonidan rasmiy so‘rovnoma yuborish va 2006-yilda amalga oshirish nazarda tutilgan ustuvor loyihalar bo‘yicha ijro etuvchi agentliklar tomonidan loyiha hujjatlari tayyorlanishi‎ 2005-yil I chorak ‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, tegishli vazirliklar va idoralar‎
4.6.‎‏
“Gemodializ asbob-uskunasini va suv tayyorlash tizimlarini xarid qilish” loyihasini ekspertizadan o‘tkazish ‎ 2005-yil IV chorak ‎
‎Sog‘liqni saqlash vazirligi‎

Islom taraqqiyot banki bilan qarz shartnomasini imzolash‎

2005-yil IV chorak ‎

5. 2005-yilda texnik ko‘maklashish doirasidagi hamkorlik
5.1.‎ Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda O‘zbekistonning eksport salohiyatini va Islom taraqqiyot bankiga a’zo mamlakatlar bilan savdoni kengaytirish imkoniyatlarini rivojlantirish bo‘yicha seminar o‘tkazish.‎ 2005-yil II chorak ‎ Vazirlar Mahkamasining Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Savdo-sanoat palatasi
5.2.‎ O‘zbekistondan besh nafar mutaxassisning Malayziyada bank ishini o‘rganish b�yicha tajriba orttirishini tashkil etish‎ 2005-yil III chorak ‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka” banki‎
5.3.‎ Islom taraqqiyot bankiga a’zo mamlakatlar kompaniyalari va banklarining davlat mulkini xususiylashtirish va to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etish masalalari bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatishi‎ 2005-yil IV chorak ‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Davlat mulki qo‘mitasi‎

‎‎6. 2006-yilda amalga oshirilishi nazarda tutilgan loyihalar*

6.1.‎‏
‎‏

“Vagon ta’mirlash zavodini zamonaviylashtirish” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish ‎

2005-yil IV chorak ‎




‎“O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK

“Vagon ta’mirlash zavodini zamonaviylashtirish” loyihasini ekspertizadan o‘tkazish‎

2006-yil I chorak ‎

Islom taraqqiyot banki bilan qarz shartnomasini imzolash‎

2006-yil II chorak ‎

6.2.‎‏
“Toshkent shahridagi 4 ta ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarni asbob-uskunalar bilan jihozlash” loyihasini ekspertizadan o‘tkazish ‎ 2006-yil I chorak ‎
‎‎
‎Sog‘liqni saqlash vazirligi‎‏

Islom taraqqiyot banki bilan qarz shartnomasini imzolash‎

2006-yil II chorak ‎

6.3.‎‏
‎‏
“Qoradaryoda suv xo‘jaligi qurilishi” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish ‎ 2005-yil IV chorak ‎


‎“O‘zkommunxizmat” agentligi‎‏
‎‏

Loyihani ekspertizadan o‘tkazish ‎

2006-yil I chorak ‎

Islom taraqqiyot banki bilan qarz shartnomasini imzolash‎

2006-yil II chorak ‎

6.4.‎‏
‎‏
“Toshkent shahrida yer osti gaz ombori qurish” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish ‎ 2005-yil IV chorak ‎

‎“O‘zbekneftgaz” MXK‎‏
‎‏
Loyihani ekspertizadan o‘tkazish ‎

2006-yil I chorak ‎

Islom taraqqiyot banki bilan qarz shartnomasini imzolash‎

2006-yil II chorak ‎

6.5.‎ O‘zbekistondan Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchisi tomonidan rasmiy so‘rovnoma yuborish va 2007-yilda amalga oshirish nazarda tutilgan loyihalar bo‘yicha ijro etuvchi agentliklar tomonidan loyiha hujjatlari tayyorlanishi‎ 2006-yil I chorak ‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, tegishli vazirliklar va idoralar‎

‎‎7. 2006-yilda texnik ko‘maklashish doirasidagi hamkorlik

7.1.‎ Mintaqaviy ekspertlarni jalb etgan holda mahalliy mahsulotlarning xorijiy bozorlarga kirib borishi masalalarida tajriba ayirboshlash bo‘yicha mintaqaviy seminar o‘tkazish‎ 2006-yil II chorak ‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi‎
7.2.‎ O‘zbekistonning besh nafar mutaxassisining Islom taraqqiyot banki mamlakatlarida (Turkiya yoki Bangladesh) to‘qimachilik va tikuv sanoatini rivojlantirish tajribasini o‘rganish bo‘yicha tajriba orttirishini tashkil etish‎ 2006-yil III chorak ‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, “O‘zbekyengilsanoat” DAK‎
7.3.‎ O‘zbekiston mintaqalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatilishi‎ 2006-yil IV chorak ‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi‎

‎‎8. 2007-yilda amalga oshirish nazarda tutilgan loyihalar*

8.1.‎‏
‎‏
“Sirdaryo” yordamchi stansiyasidan “G‘uzor” yordamchi stansiyasi-gacha 500 kVt elektr energiyasini uzatish liniyasi qurish” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish ‎ 2006-yil IV chorak ‎



‎“O‘zbekenergo” DAK‎‏
‎‏

Loyihani ekspertizadan o‘tkazish‎

2007-yil I chorak ‎

Islom taraqqiyot banki bilan qarz shartnomasini imzolash‎

2007-yil II chorak ‎

8.2.‎‏
‎‏

“Sho‘rtan” konining xomashyosi bazasida suyultirilgan gaz ish-lab chiqarishni ko‘paytirish” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish‎

2006-yil IV chorak ‎



‎“O‘zbekneftgaz” MXK‎‏
‎‏

“Sho‘rtan” konining xomashyosi bazasida suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni ko‘paytirish” loyihasini ekspertizadan o‘tkazish‎

2007-yil I chorak ‎

Islom tar�qqiyot banki bilan qarz shartnomasini imzolash‎

2007-yil II chorak ‎

8.3.‎‏

“Asaka” banki uchun kichik biznesni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga kredit liniyasini ekspertizadan o‘tkazish‎ 2007-yil I chorak ‎
‎“Asaka” banki‎‏

Islom taraqqiyot banki bilan qarz shartnomasini imzolash‎

2007-yil II chorak ‎

8.4.‎‏

“Qarshi-Termiz” yo‘li uchun asbob-uskunalar xarid qilish” loyihasini ekspertizadan o‘tkazish‎ 2007-yil I chorak ‎ ‎‏
‎“O‘zavtoyo‘l” DAK‎

Islom taraqqiyot banki bilan qarz shartnomasini imzolash‎

2007-yil II chorak ‎

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 59-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 5-6-son, 34-modda)