26.01.2004 yildagi 37-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻZBEKISTONNING DRENAJ LOYIHASI. JANUBIY QORAQALPOGʻISTONDAN DRENAJ OʻTKAZISH” LOYIHASINI JAHON BANKI ISHTIROKIDA AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻoriladigan yerlarning unumdorligini yanada oshirish, suv resurslarini boshqarish, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Ellikqalʼa, Toʻrtkoʻl va Beruniy tumanlari hududlaridagi irrigatsiya-drenaj tizimlaridan foydalanish va ularga texnika xizmati koʻrsatish tuzilmasini takomillashtirish, shuningdek Jahon banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining amalga oshirish muddati 6 yil va umumiy qiymati 74,55 mln. AQSH dollari boʻlgan “Oʻzbekistonning drenaj loyihasi. Janubiy Qoraqalpogʻistondan drenaj oʻtkazish” loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jahon banki Direktorlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga “Oʻzbekistonning drenaj loyihasi. Janubiy Qoraqalpogʻistondan drenaj oʻtkazish” loyihasini amalga oshirish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki resurslaridan besh yillik imtiyozli davrni qoʻshgan holda 20 yil muddatga 35 mln. AQSH dollari miqdorida qarz berilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi resurslaridan oʻn yillik imtiyozli davrni qoʻshgan holda 35 yil muddatga 18,4 mln SDR miqdorida (qarz berish maxsus huquqlari) (ekvivalent hisobida 25 mln. AQSH dollari) kredit berilishini maʼqullaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan qarz toʻgʻrisidagi bitimni va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan kredit bitimini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolash vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan qarz toʻgʻrisidagi bitim va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan kredit bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosalar bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani moliyalashtirishning 1-ilovaga* muvofiq manbalar boʻyicha yillarga boʻlingan holdagi hajmlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani moliyalashtirishning 2-ilovaga* muvofiq komponentlar boʻyicha sxemasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani moliyalashtirish uchun Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzini va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditini qaytarishning 3 va 4-ilovalarga* muvofiq jadvallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1—4 ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashning 5-ilovaga muvofiq tarkibi tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash, mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek zarur hujjatlarni oʻz vaqtida ishlab chiqilishi hamda kelishib olishga va tasdiqlashga kiritilishi uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga yuklanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarzi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasining krediti boʻyicha asosiy qarzni, foizlarni va vositachilik haqini toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti hisobiga amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining loyihani amalga oshirishga ulushini moliyalashtirish 2-ilovaga muvofiq quyidagi tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
irrigatsiya-drenaj tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlar — markazlashtirilgan mablagʻlar hisobiga, Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturida Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi uchun har yili nazarda tutiladigan kapital qoʻyilmalar limitlari doirasida;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
irrigatsiya-drenaj tizimlaridan foydalanish va ularning texnik holatini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar — budjet mablagʻlari hisobiga, Moliya vazirligi tomonidan ushbu maqsadlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinadigan asbob-uskunalar, materiallar (respublikada ishlab chiqarilmaydigan), ishlar (xizmatlar) mazkur loyihani amalga oshirish davrida bojxona toʻlovlari (bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻimlardan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalariga binoan koʻrsatib oʻtilgan loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislar uchun kelish vizalarining konsullik yigʻimlari undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalariga binoan loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishni va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish uzaytirilishini, ularni davlat boji toʻlovidan ozod qilgan holda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H.Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 26-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-yanvardagi 37-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekistonning drenaj loyihasi. Janubiy Qoraqalpogʻistondan drenaj oʻtkazish” loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ravshanov A.E. —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati mudiri, Kengash rahbarining oʻrinbosari
Joʻrayev A.M.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, Kengash rahbarining oʻrinbosari‎
lavozimiga koʻra —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri, Kengash rahbarining oʻrinbosari
Jalolov A.A.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari‎
Kaipov J.S.‎ —‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari‎
Salimov A.H.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari‎
Joʻrayev T.I.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari‎
lavozimiga koʻra —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi
lavozimiga koʻra —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi (Kengashning masʼul kotibi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar Kengash tarkibiga kiritiladi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)