Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 20.12.2004 yildagi 590-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“TARAQQIYOT YOʻLIDA OZIQ-OVQAT BILAN TAʼMINLASH” DASTURI BOʻYICHA QISHLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTI YETKAZIB BERISH YUZASIDAN HUKUMATLARARO BITIMNI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Amerika Qoʻshma Shtatlari Hukumati oʻrtasida “Taraqqiyot yoʻlida oziq-ovqat bilan taʼminlash” dasturi boʻyicha qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetkazib berish toʻgʻrisidagi Bitim qoidalarining samarali amalga oshirilishini taʼminlash, AQSH Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan berilgan grantni oʻzlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Amerika Qoʻshma Shtatlari Hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2004-yil 1-sentabrda imzolangan Bitimga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AQSH Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan “Taraqqiyot yoʻlida oziq-ovqat bilan taʼminlash” dasturi doirasida grant asosida jami 5,19 mln AQSH dollari miqdorida hisoblangan 10 ming tonna soya dukkaklari yetkazib beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatib oʻtilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotini sotishdan olingan mablagʻlar respublikaning agrar sektorini yanada isloh qilishga, agrar sektorning qishloq xoʻjaligidagi ulushi va ahamiyatini oshirishga koʻmaklashadigan loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasining AQSHdagi Elchixonasiga “Taraqqiyot yoʻlida oziq-ovqat bilan taʼminlash” dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb yuritiladi) boʻyicha yuk joʻnatuvchi vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining AQSHdagi Elchixonasi zarur yuk joʻnatish, tovarga ilova qilinadigan va transport hujjatlarining, shu jumladan sifat sertifikatlarining rasmiylashtirilishini hamda yukning AQSHning belgilangan portlaridan va Amerika tomoni bilan kelishilgan muddatlarda yuklab joʻnatilishini tashkil etishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yukning AQSH portlaridan tushirib olinadigan oxirgi punktgacha boʻlgan butun yoʻnalish boʻyicha roʻy berishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlardan sugʻurta qilinishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat karantin inspeksiyasi bilan birgalikda chegaradosh davlatlar hududi boʻylab tranzit uchun zarur boʻlgan import karantin ruxsatnomasini rasmiylashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olib kelinadigan soya dukkaklarini qabul qilib olish va saqlashni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Dasturga binoan import qilinadigan soya dukkaklari bojxona toʻlovlaridan, shuningdek xorijiy sugʻurta kompaniyalari daromadlari — Oʻzbekiston Respublikasidagi toʻlov manbaida daromad (foyda) soligʻi toʻlovidan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturni amalga oshirish doirasida respublikaga olib kelinadigan yuklarning oluvchi omborida tezkorlik bilan va oʻz vaqtida rasmiylashtirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturni amalga oshirish davrida soya dukkaklari va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarning eksport qilinishini bartaraf etish yuzasidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzstandart” agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda soya dukkaklari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga tushgandan keyin, taqdim etilgan tovarga ilova hujjatlarni, AQSH Qishloq xoʻjaligi vazirligining mahsulot sifatini tasdiqlovchi yoʻriqnomalarini, shuningdek Amerika tomoni vakolatli organining laboratoriya tadqiqotlari toʻgʻrisidagi hisobotini hisobga olgan holda barcha zarur sertifikatlarning oʻn kun muddatda, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur doirasida yetkazib berilayotgan soya dukkaklari umumiy hajmining kamida 50 foizi ochiq tender savdolari oʻtkazish yoʻli bilan xususiy sektor korxonalariga sotilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soya dukkaklari umumiy hajmining koʻpi bilan 50 foizi “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi korxonalariga sotilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Dastur doirasida yetkazib beriladigan soya dukkaklarini sotish boʻyicha tender komissiyasi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tender komissiyasi “Oʻzbektenderkonsalting” agentligi bilan birgalikda mazkur Dastur doirasida respublikaga olib kelinayotgan soya dukkaklari hajmining kamida 50 foizini sotish yuzasidan ochiq tender savdolari oʻtkazsin, savdolarda xususiy sektor korxonalari ishtirok etishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan tushgan mablagʻlardan ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha tadbirlar va loyihalarni moliyalashtirish uchun samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma ishchi guruh tashkil etish toʻgʻrisida Hukumatlararo bitim qoidasiga muvofiq, ishchi guruhning Oʻzbekistonga oid qismi tarkibi 2-ilovaga* binoan tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruhning Oʻzbekistonga doir qismi kotibiyati funksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga yuklansin.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilansinki, “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻztenderkonsalting” agentligi bilan birgalikda “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasining yukning Oʻzbekiston Respublikasi hududida sugʻurta qilinishi, qabul qilib olinishi va saqlanishi bilan bogʻliq amaldagi xarajatlarini hisobga olgan holda soya dukkaklarining ochiq tender savdolari orqali xususiy sektor korxonalariga sotiladigan qismiga boshlangʻich narxlarni belgilangan tartibda belgilaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ichki bozor konyunkturasidan kelib chiqib, shuningdek “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasining yukning Oʻzbekiston Respublikasi hududida sugʻurta qilinishi, qabul qilib olinishi va saqlanishi bilan bogʻliq amaldagi xarajatlarini hisobga olgan holda keyinchalik qayta ishlash uchun idoraviy mansub korxonalarga beriladigan soya dukkaklari hajmiga narxlarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasining yogʻ-moy korxonalari va tender savdolarida gʻolib chiqqan xususiy sektor korxonalari tomonidan oʻtkaziladigan Dastur doirasida olingan soya dukkaklarini sotishdan olingan mablagʻlarni maxsus hisob raqamida jamlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi korxonalari, shuningdek tender savdolarida gʻolib chiqqan xususiy sektor korxonalari soya yogʻi, shroti va soapstokini sotishdan tushgan soʻmdagi mablagʻlarining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq soya dukkaklariga teng qiymatdagi summada Moliya vazirligining maxsus hisob raqamiga oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga maxsus hisob raqamiga tushgan mablagʻlarni tijorat banklarining depozit hisob raqamlariga joylashtirish va olingan daromaddan qoʻshma ishchi guruh bilan kelishgan holda Dastur doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun foydalanish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi soya dukkaklari sotilishini, shuningdek tushumning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi maxsus hisob raqamiga oʻz vaqtida oʻtkazilishini har oyda nazorat qilib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari E.M.Gʻaniyev va M.Z.Usmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 20-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
590-son