Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 03.12.2004 yildagi 568-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChEXIYA RESPUBLIKASI BILAN HAMKORLIKNI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chexiya Respublikasi Prezidenti V.Klausning 2004-yil 12—15-sentabrdagi O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davomida imzolangan bitimlar va erishilgan ahdlashuvlarning amalga oshirilishini ta’minlash hamda Chexiya Respublikasi bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Chexiya Respublikasi bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha tadbirlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu qarorga ilovada ko‘rsatilgan bajarish uchun mas’ul vazirliklar va idoralar Chexiya Respublikasi bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha tasdiqlangan tadbirlarning belgilangan muddatlarda aniq va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashrif davomida imzolangan hujjatlar va bitimlarning amalga oshirilishi ustidan muntazam nazorat o‘rnatsinlar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8 centyabrdagi 206-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 3-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
568-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil
3-dekabrdagi 568-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chexiya Respublikasi bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha
TADBIRLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r‎

Hamkorlikning asosiy maqsadlari‎

Ularni amalga oshirish
‎bo‘yicha chora-tadbirlar‎

Muddati‎

Bajarish uchun
‎ mas’ullar‎

‎‎I. Siyosiy sohadagi hamkorlik

1.‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Chexiya Respublikasiga javob tashrifini tashkil etish‎ Chexiya tomoni bilan tashrif muddatlarini, bitimlar paketini kelishish‎ 2005-yil ikkinchi yarmi‎ Tashqi ishlar vazirligi‎
2.‎ O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasining Chexiya Respublikasiga tashrifini tashkil etish‎ Rasmiy taklif olinishini ishlab chiqish, tashrif muddatlarini kelishish‎ 2005-yil‎ Oliy Majlis (kelishuv bo‘yicha), Tashqi ishlar vazirligi‎
3.‎ Ikkala mamlakatlar Ombudsmanlari o‘rtasida aloqalarni mustahkamlash‎ Ombudsmanlar o‘rtasida tashriflarni ayirboshlash, ularning muddatlarini kelishish‎ 2005-yil‎ Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili, Tashqi ishlar vazirligi‎
4.‎ Chexiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri S.Svobodaning O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifini tashkil etish, ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish ‎ Taklifnoma jo‘natish, Chexiya tomoni bilan tashrif muddatlarini kelishish‎ 2005-yil o‘rtasida‎ Tashqi ishlar vazirligi‎
5.‎ Praga shahri meriyasi delegatsiyasining Toshkent shahriga tashrifini tashkil etish‎ Tashrif muddatlarini kelishish, Toshkent va Praga o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Shartnomaning imzolanishini ishlab chiqish‎ 2005-yil birinchi yarmi‎ Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi‎

‎‎II. Savdo-iqtisodiy hamkorlik

1.‎ Chexiya Respublikasida Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning ikkinchi majlisini o‘tkazish‎ Chexiya Respublikasining vakolatli organlari bilan birgalikda majlisning o‘tkazilish muddatlarini va kun tartibini kelishish‎ 2005-yil ikkinchi yarmi‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi,
‎ Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti, manfaatdor idoralar va korxonalar‎
2.‎ Toshkent shahrida Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya hamraislari o‘rinbosarlarining sessiyalar o‘rtasidagi uchrashuvini tashkil etish ‎ Chexiya tomoni bilan tadbirlar muddatlarini ishlab chiqish, tashkiliy masalalarni hal qilish‎ 2005-yil birinchi choragi‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi‎
3.‎ Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya doirasida quyidagi masalalar bo‘yicha doimiy ishchi guruhlar tashkil etish:
— iqtisodiyot va sanoat sohasidagi hamkorlik;
— qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik;
‎— ilmiy-texnikaviy hamkorlik. ‎
Ushbu sohalardagi h�mkorlikning amaldagi ahvolini tahlil qilish, hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar kiritish‎ 2005-yil‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti, manfaatdor vazirliklar va idoralar
6.‎ O‘zbekiston Respublikasining Yevropa Ittifoqidagi iqtisodiy manfaatlari tomon oldinga borish maqsadida Chexiya Respublikasi bilan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish‎ 2004—2008-yillarda O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish bo‘yicha asosiy tashkiliy chora-tadbirlarning kompleks dasturi asosida: Chexiya Respublikasi orqali Yevropa Ittifoqiga eksportni kengaytirish va diversifikatsiya istiqbollarini kompleks o‘rganib chiqish;
‎O‘zbekistonning tovarlari va xizmatlari Yevropa Ittifoqi bozorlariga kirib borishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha Chexiya Respublikasi bilan hamkorlikni faollashtirish;
‎yuklarni transportda tashishni tashkil etish sohasida Chexiya Respublikasi bilan hamkorlikni rivojlantirish ‎
2004—2008-yillar‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi
7.‎ Praga shahrida O‘zbekiston Respublikasining investitsiya va eksport salohiyati taqdimotini o‘tkazish‎ Chexiya tomoni bilan tadbirlar muddatlarini ishlab chiqish, tashkiliy masalalarni hal etish‎ 2005-yilning ikkinchi yarmi‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
8.‎ Tovarlar va xizmatlar sertifikatsiyasi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish‎ Chexiya Respublikasi vazirliklari va idoralari bilan O‘zbekiston korxonalarida, shu jumladan Yevropa Ittifoqining texnik ko‘magini jalb etgan holda, qo‘shma sertifikatsiya markazlari tashkil etish masalalarini ishlab chiqish ‎ 2004-2005-yillar‎ “O‘zstandart” agentligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
9.‎ Chexiyaning EGAP milliy sug‘urta agentligi yordamida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tasnifi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining kredit layoqati reytingini oshirishda ikki mamlakatning o‘zaro hamkorligi ‎ Ushbu yo‘nalishda Chexiya Respublikasi bilan hamkorlik bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash ‎ 2005-yilning birinchi yarmi‎ “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi‎
10.‎ Turizm sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish‎ Turizm, qo‘shma turistik agentliklar, kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish ‎ 2004-2005-yillar‎ “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi‎
11.‎ Asbob-uskunalar yetkazib berishni moliyalashtirish uchun “Chexo-slavatsska obxodni banka A.S.”ning 20 mln AQSh dollari miqdoridagi kreditini o‘zlashtirish‎ Loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ekspertizadan o‘tkazish, asbob-uskunalar va texnologiyalarni potensial yetkazib beruvchilarni tender asosida tanlash, hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish va moliyalashtirishni boshlash ‎ 2004-2005-yillar‎ Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki‎
12.‎ Chexiya Respublikasining “Novako” kompaniyasi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va muzlatish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etish‎ Texnik-iqtisodiy asoslarni puxta ishlab chiqish, loyihani amalga oshirish‎ 2005-2006-yillar‎ Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi, Samarqand viloyati hokimligi
13.‎ “PVT-Prokom”, “Merlin”, “Skanservis” kompaniyalari ishtirokida dasturiy ta’minlash va amaliy dasturlar (bank dasturlari, axborot ma’lumotlar bazasi, “autsorsing”) ishlab chiqilishi sohasida qo‘shma korxona tashkil etish Texnik-iqtisodiy asoslarni puxta ishlab chiqish, loyihani amalga oshirish‎ 2005-2006-yillar‎ O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi‎
14.‎ “Shkoda-xolding” aksiyadorlik jamiyati ishtirokida qishloq xo‘jaligi mashinalari uchun butlovchi materiallar, shuningdek elektrodvigatellar, traktorlar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish ‎ Texnik-iqtisodiy asoslarni puxta ishlab chiqish, loyihani amalga oshirish‎ 2005-2006-yillar‎ “O‘zqishloqxo‘jalikmashxolding” xolding kompaniyasi‎
15.‎ Chexiyaning “Tomas Praga” kompaniyasi ishtirokida “Navoiyazot” ochiq aksiyadorlik jamiyatida quruq tsiantuz ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston-Chexiya qo‘shma korxonasi tashkil etish ‎ Texnik-iqtisodiy asoslarni puxta ishlab chiqish, loyihani amalga oshirish‎ 2005-2006-yillar‎ “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi‎
16.‎ Chexiyada ishlab chiqarilgan, respublikadagi mavjud yer snaryadlarini ta’mirlash va zamonaviylashtirish, shuningdek “Cheshskiye sudoverfi” firmasi ishtirokida har xil modifikatsiyadagi yangi yer snaryadlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish ‎ Texnik-iqtisodiy asoslarni puxta ishlab chiqish, loyihani amalga oshirish‎ 2005-2006-yillar‎ Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi‎
17.‎ O‘zbekiston Respublikasi bilan Chexiya Respublikasi o‘rtasida yuklarni avtomobilda xalqaro tashishga ruxsatnomalar blankalarini har yili teng ayirboshlash‎ Ikki mamlakat o‘rtasida har yili ayirboshlash uchun ruxsatnomalar blankasi soni bo‘yicha Chexiya Respublikasining vakolatli organlari bilan muzokaralar olib borish ‎ har yili‎ O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Tashqi ishlar vazirligi‎

‎III. Madani�t-gumanitar sohadagi hamkorlik

1.‎‎ Madaniyat-gumanitar sohada, fan va ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish‎ Manfaatdor vazirliklar va idoralar o‘rtasida ayirboshlash dasturlarini ishlab chiqish‎ 2004—2006-yillar‎ Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi ‎
2.‎ Madaniyat-gumanitar sohada, fan va ta’lim sohasidagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish‎ Fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitimlarni puxta ishlab chiqish‎ 2004-2005-yillar‎ Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi ‎
3.‎ “Iste’dod” jamg‘armasi bilan G‘arbiy Bogemiya Universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzish ‎ Bitim loyihasini kelishish, imzolash muddatlarini ishlab chiqish‎ 2004-yilning IV choragi‎ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Iste’dod” jamg‘armasi ‎
4.‎ Ikki mamlakatning ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish‎ Olimlar va mutaxassislarni ayirboshlashni tashkil etish, ikki tomonlama loyihalarni amalga oshirish va ilmiy loyihalarning xalqaro tanlovlarida birgalikda ishtirok etish, qo‘shma ilmiy seminarlar va konferensiyalar o‘tkazish bo‘yicha takliflar tayyorlash ‎ 2005-yil fevral‎ Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar instituti, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi‎
(jadval O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 24-martdagi 51-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 12-13-son, 105-modda)