Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 01.11.2005 yildagi 240-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XORAZM MAʼMUN AKADEMIYASI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH VA UNING 1000-YILLIGINI NISHONLASHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Xorazm Maʼmun akademiyasining 1000-yilligini nishonlash toʻgʻrisida” 2004-yil 9-noyabrdagi 532-son qarori ijrosini taʼminlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Ayni paytda mazkur qarorda belgilangan tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish masalasida mutasaddi tashkilotlar tomonidan yuzaki yondashuvga yoʻl qoʻyilayotganini qayd etish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Xorazm viloyati hokimligi, mutasaddi vazirliklar va tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorazm Maʼmun akademiyasini qaytadan tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 11-oktabrdagi PF–1880-son Farmonida belgilangan vazifalarning toʻliq bajarilishini taʼminlay olmaganini taʼkidlash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qoʻmita tomonidan belgilangan tadbirlarning muddatida bajarilmaganligi, yubiley munosabati bilan Xorazm Maʼmun akademiyasida olib borilayotgan qurilish ishlarining oʻz vaqtida tugallanmaganligi, amalga oshirilayotgan tadqiqot ishlarining ilmiy saviyasi va sifati talab darajasida emasligi ushbu muhim tarixiy sananing mohiyati toʻla anglab yetilmaganini koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm Maʼmun akademiyasi faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirish, uning 1000-yilligiga tayyorgarlik ishlarini yangi maʼno-mazmun bilan boyitish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xorazm Maʼmun akademiyasining 1000-yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha Fanlar akademiyasi va Xorazm viloyati hokimligi tomonidan bajarilgan ishlar qoniqarsiz deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Fanlar akademiyasi Xorazm Maʼmun akademiyasining faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqishda quyidagi mintaqaviy mavzular va muammolarni oʻrganishni ustuvor yoʻnalishlar etib belgilasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazmning qadimiy davlatchilik tarixi, betakror sivilizatsiyasi va madaniyatini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bu koʻhna zaminda qadimdan rivojlanib kelgan boy ilmiy salohiyatning jahon fani va madaniyati taraqqiyotidagi oʻrni masalalarini tadqiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm meʼmoriy yodgorliklarini biologik, fizik va boshqa turli salbiy taʼsirlardan muhofaza qilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vohaning ekologik holati boʻyicha muntazam ilmiy kuzatishlar olib borish, uni yaxshilashga qaratilgan ilmiy tavsiya va ishlanmalar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirishning samarali tizimini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm vohasining tuproq-iqlim sharoitiga mos boʻlgan qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini iqlimlashtirish orqali shoʻrlanish va choʻllanishning oldini olish masalalarini tadqiq etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida qayd etilgan ustuvor yoʻnalishlarni eʼtiborga olgan holda bir oy muddatda Xorazm Maʼmun akademiyasining yangi tuzilmasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xorazm Maʼmun akademiyasi faoliyatini takomillashtirish va uning 1000-yilligini nishonlash doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar dasturi 1-ilovaga, Xorazm Maʼmun akademiyasi kompleksini taʼmirlash va obodonlashtirish bilan bogʻliq amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (B.Yoʻldoshev), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi Xorazm Maʼmun akademiyasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlariga mos loyihalarning 2006-yildan boshlab amalga oshiriladigan Davlat ilmiy-texnik dasturlar va Innovatsiya ishlari dasturlariga kiritilishini taʼminlasin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 396-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda qurilish va obodonlashtirish ishlarni tasdiqlangan smeta loyihasiga asosan toʻliq va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun masʼul ekanliklari belgilab qoʻyilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm Maʼmun akademiyasining faoliyatini takomillashtirishga amaliy yordam koʻrsatsin va markaziy binosini zamonaviy ilmiy - tadqiqot faoliyatini olib borish uchun zarur boʻlgan anjomlar bilan jihozlashga bogʻliq boʻlgan moliya mablagʻlarni, shu jumladan, xorijiy grantlarni jalb etish hisobiga taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xorazm viloyati hokimligiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yubiley obyektlaridagi qurilish-taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini bajarish jadvalini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm Maʼmun akademiyasining markaziy binosini taʼmirlash, jihozlash va atrofini obodonlashtirish ishlarining 2006-yil 1-iyulga tugallanishini taʼminlash topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Iqtisodiyot va Moliya vazirligiga qurilishlarni moliya mablagʻi bilan taʼminlash va Xorazm Maʼmun akademiyasi faoliyatini takomillashtirishga amaliy yordam koʻrsatish vazifasi yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xorazm viloyati hokimligi, Fanlar akademiyasi, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi, “Ibn Sino”, “Oltin meros” jamgʻarmalari, ijodiy uyushmalar va ilmiy-ijodiy jamoatchilikning Xorazm Maʼmun akademiyasining 1000-yilligini oʻtkazish tadbirlarining koʻlami kengligini va akademiya faoliyatini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilanganligini eʼtiborga olib hamda ushbu tarixiy sanani yuksak darajada keng nishonlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Xorazm Maʼmun akademiyasining 1000-yilligini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarorida qayd etilgan muddatni 2005-yil oktabr oyidan 2006-yil oktabr-noyabr oylariga koʻchirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Fanlar akademiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi, Xorazm viloyati hokimligi YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi hamda xalqaro tashkilotlar ishtirokida, taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar, sanʼatkorlar, xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlari vakillarini jalb etgan holda, 2006-yilning oktabr-noyabr oylarida Xiva shahrida “Xorazm Maʼmun akademiyasi va uning jahon ilm-fani taraqqiyotidagi oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya va tantanali bayram tadbirlarini oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari R.S.Qosimov va Xorazm viloyati hokimi I.O.Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 1-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
240-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil
1-noyabrdagi 240-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm Maʼmun akademiyasi faoliyatini takomillashtirish va uning 1000-yilligini nishonlash
doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

№‎

Tadbirlar mazmuni‎

Muddatlari‎

Bajarish uchun masʼullar‎

‎‎
‎‎I. Xorazm Maʼmun akademiyasi faoliyatini takomillashtirish‎

1.‎ Belgilangan mintaqaviy mavzular va muammolarni oʻrganishning ustuvor yoʻnalishlari asosida ilmiy tadqiqot va innovatsiya ishlari loyihalarini qayta koʻrib chiqish hamda Fan va texnologiyalar markaziga kiritish ‎ 2005-yil noyabr ‎ Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Fan va texnologiyalar markazi‎
2.‎ Xorazm Maʼmun akademiyasi binosi laboratoriyalar boʻlimini rekonstruksiya qilish va uning atrofini obodonlashtirish takliflarini tayyorlash ‎ 2005-yil 31-dekabr ‎ Xorazm viloyati va Xiva shahri hokimliklari‎
3.‎ Ustuvor yoʻnalishlardagi ishlarni amalga oshirish uchun ilmiy laboratoriyalarni zamonaviy asbob-uskuna va ximreaktivlar bilan taʼminlash ‎ 2006-yil mart ‎ Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Fan va texnologiyalar markazi‎
4.‎ Dunyodagi eng qadimiy akademiyalar bilan Xorazm Maʼmun akademiyasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik shartnomalarini tuzish‎ muntazam‎ Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari, Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, YUNESKO ishlari boʻyicha respublika milliy komissiyasi ‎
5.‎ Xorazm Maʼmun akademiyasini yuqori malakali ilmiy kadrlar bilan toʻldirish ‎ 2006-yil yanvar ‎ Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xorazm Maʼmun akademiyasi‎
6.‎ Xorazm Maʼmun akademiyasini suv isitish, suv tozalash qurilmalari, seysmostansiyalar, ob-havo kameralari bilan taʼminlash ‎ 2006-yil mart ‎ Fanlar akademiyasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi‎
7.‎ “Isteʼdod” jamgʻarmasi grantlari hisobiga yosh olimlarning ilmiy ishlarini ragʻbatlantirish‎ 2006-yil davomida ‎ “Isteʼdod” jamgʻarmasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi
8.‎ Xorazm Maʼmun akademiyasi olimlarining xalqaro grantlar olishiga koʻmaklashish‎ muntazam‎ Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Xorazm Maʼmun akademiyasi
9.‎ Xorazm Maʼmun akademiyasini kerakli adabiyotlar, kompyuterlar bilan taʼminlash‎ 2006-yil yanvar ‎ Fanlar akademiyasi, Xorazm viloyat hokimligi, Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, YUNESKO ishlari boʻyicha respublika milliy komissiyasi ‎
10.‎ Xorazm Maʼmun akademiyasi ilmiy laboratoriyalari va kutubxonasini zarur mebel bilan taʼminlash ‎ 2006-yil yanvar ‎ Xorazm viloyati hokimligi‎
11.‎ Zamonaviy informatsion texnologiyalar asosida Xorazm Maʼmun akademiyasi maʼlumotlar bazasini yaratish ‎ 2006-yil davomida ‎ Xorazm Maʼmun akademiyasi‎
12.‎ Xorazm Maʼmun akademiyasini mintaqa tarixi va fani rivojiga oid qadimiy qoʻlyozmalarning nusxalari bilan taʼminlash ‎ 2006-yil mart ‎ FA Til va adabiyot instituti, Sharqshunoslik instituti, Toshkent Islom universiteti, Qoʻlyozmalar instituti‎
13.‎ Xorazm Maʼmun akademiyasi bosmaxonasini modernizatsiya qilish va uni zamonaviy asbob-uskuna bilan taʼminlash ‎ 2006-yil mart ‎ Fanlar akademiyasi‎
14.‎ Xorazm Maʼmun akademiyasi muzeyini tashkil etish‎ 2006-yil mart ‎ Fanlar akademiyasi, Xorazm viloyat hokimligi, “Oʻzbekmuzey” jamgʻarmasi ‎
15.‎ Xorazm Maʼmun akademiyasida axborot-resurs markazini tashkil qilish ‎ 2006-yil mart ‎ Fanlar akademiyasi‎
16.‎ Xorazm Maʼmun akademiyasida yosh olimlar uchun kompyuter savodxonligini va Internetdan foydalanish oʻqish kurslarini tashkil etish ‎ 2006-yil mart ‎ Fanlar akademiyasi‎
17.‎ Xorazm Maʼmun akademiyasi ilmiy xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va tadqiqotlarni tashkil etish, akademiyaning moddiy texnika bazasini rivojlantirish uchun har yili 20 mln. soʻm miqdorida mablagʻ ajratish ‎ har yili‎ Xorazm viloyat hokimligi‎
18.‎ Xorazm Maʼmun akademiyasi va Urganch Davlat universitet ishtirokida mintaqaviy muammolarini yechish maqsadida ilmiy-muvofiqlashtiruvchi Kengash tuzish va uning ishini tashkil etish ‎ 2006-yil yanvar ‎ Fanlar akademiyasi, Xorazm viloyat hokimligi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Urganch davlat universiteti‎
19.‎ Termitlarga qarshi kurash boʻyicha tadqiqotlar olib borish va tavsiyalar ishlab chiqish ‎ muntazam‎ Fanlar akademiyasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi‎
20.‎ Litsey va kollej oʻquvchilari uchun fanning turli yoʻnalishlari boʻyicha viktorina, konkurs va olimpiadalar tashkil qilish‎ muntazam‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Xorazm viloyat hokimligi
21.‎ Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining iqtidorli oʻquvchilari uchun yozgi maktablar tashkil etish‎ muntazam‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xorazm viloyat hokimligi, Fanlar akademiyasi ‎


‎‎‎II. Yubiley tadbirlari
‎‎

22.‎ “Xorazm Maʼmun akademiyasi va uning dunyo ilm-fani taraqqiyotidagi oʻrni” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazish‎ 2006-yil oktyab-noyabr ‎ Fanlar akademiyasi, YUNESKO ishlari boʻyicha respublika milliy komissiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Badiiy akademiya, Xorazm viloyati hokimligi ‎
23.‎ Xorazm Maʼmun akademiyasining 1000-yilligiga bagʻishlangan tantanali bayram tadbirlarini oʻtkazish ‎ 2006-yil oktyab-noyabr ‎ Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi, Xorazm viloyati hokimligi (rejadagi oʻz mablagʻlari hisobidan) ‎
24.‎ Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi elchixonalarida tarixdagi ilk akademiyalardan boʻlmish Xorazm Maʼmun akademiyasining faoliyatini targʻib etishga yoʻnaltirilgan tadbirlar oʻtkazish‎ 2006-yil davomida ‎ Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari, Fanlar akademiyasi, YUNESKO ishlari boʻyicha respublika milliy komissiyasi ‎
25.‎ Xorazm Maʼmun akademiyasi bu?k namoyandalarining hayoti va faoliyati aks ettirishga bagʻishlangan dramatik asar uchun tanlov oʻtkazish ‎ 2006-yil may ‎ Madaniyat va sport ishlari vazirligi ‎
26.‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda Xorazm Maʼmun akademiyasi kunlarini oʻtkazish‎ 2006-yil davomida ‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi, “Oltin meros”, “Ibn Sino” jamgʻarmalari ‎
27.‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda “Xorazm vohasining taniqli ilm-fan namoyondalari siymosi tasviriy sanʼat asarlarida” koʻrgazmasini oʻtkazish ‎ 2006-yil davomida ‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Badiiy akademiya, Madaniyat va sport ishlari vazirligi ‎
28.‎ Xorazm Maʼmun akademiyasining jahon sivilizatsiyasini rivojlantirishdagi tarixiy hissasini chet ellarda keng reklama va targʻib etishni taʼminlash ‎ 2006-yil davomida ‎ “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, “Oltin meros”, “Ibn Sino” jamgʻarmalari‎
29.‎ Xorazm Maʼmun akademiyasi haqida ilmiy-ommabop hujjatli film yaratish ‎ 2006-yil iyul ‎ “Oʻzbekkino” milliy agentligi, Fanlar akademiyasi‎
30.‎ Xorazm Maʼmun akademiyasi nomida adabiy mukofot taʼsis etish ‎ 2006-yil fevral ‎ Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi‎
31.‎ Xorazm Maʼmun akademiyasining milliy va jahon fani xazinasiga qoʻshgan hissasini yorituvchi bukletlar, maxsus jurnallar va risolalar nashr etish, ommaviy axborot vositalarida ilmiy ommabop maqolalar eʼlon qilish, badiiy asarlar yaratish va chop etish, telekoʻrsatuv va radio eshittirishlar turkumini tayyorlash ‎ 2006-yil davomida ‎ Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi, “Oltin meros”, “Ibn Sino” jamgʻarmalari, ommaviy axborot vositalari‎
32.‎ “Xorazm Maʼmun akademiyasi” kitobini tayyorlash va nashr etish‎ 2006-yilning 1-choragi ‎ Fanlar akademiyasi, YUNESKO ishlari boʻyicha respublika milliy komissiyasi ‎
33.‎ Oʻquv yurtlarida Xorazm Maʼmun akademiyasi olimlarining faoliyatlarini targʻib etishga qaratilgan maʼrifiy suhbatlar oʻtkazish‎ 2005-2006-yillar davomida ‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi ‎
34.‎ Viloyatlarda Xorazm Maʼmun akademiyasi haqida ilmiy-maʼrifiy kechalar oʻtkazish, koʻchma koʻrgazmalar tashkil etish‎ 2005-2006-yillar davomida ‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi ‎
35.‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarida “Xorazm Maʼmun akademiyasi olimlari siymosi tasviriy sanʼat asarlarida” nomli koʻchma koʻrgazmalar tashkil etish va oʻtkazish ‎ 2005-2006-yillar davomida ‎ Badiiy akademiya, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar hokimliklari‎
36.‎ Maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida “Xorazm Maʼmun akademiyasini bilasizmi?” mavzuida viktorinalar, turli tanlovlar va boshqa maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish ‎ 2005-2006-yillar davomida ‎ Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi‎
37.‎ Mahallalar va fuqarolari yigʻinlarida, tashkilot va muassasalarda Xorazm Maʼmun akademiyasi haqida maʼrifiy kechalar, koʻrgazmali suhbatlar uyushtirish ‎ 2005-2006-yillar davomida ‎ “Mahalla” jamgʻarmasi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi‎
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 396-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil
1-noyabrdagi 240-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm Maʼmun akademiyasi kompleksini taʼmirlash va obodonlashtirish bilan bogʻliq
amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha chora-tadbirlar
REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

№‎

Obyekt nomi‎

Bajariladigan
‎ishlar
‎hajmi (mln.soʻm)‎

Moliyalashtirish
‎manbalari‎

Tugatish muddatlari‎

Bajarish uchun masʼullar‎

1.‎ Akademiya binosini kapital taʼmirlash va laboratoriya anjomlari bilan taʼminlash ‎ 300‎ Mahalliy budjetning oshirilgan qismi va xorijiy grantlar hisobidan‎ 2006-yil, mart‎ Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar markazi, Xorazm viloyati hokimligi‎
2.‎ Akademiya kompleksini obodonlashtirish va xiyobon qurilishini amalga oshirish ‎ 80‎ Mahalliy budjetning oshirilgan qismi hisobidan‎ 2006-yil, iyun‎ Xorazm viloyati hokimligi‎
3.‎ Akademiya binosining kommunal tarmoqlarini kapital taʼmirlash ‎ 1380‎ Hududiy kommunal korxonalari hisobidan‎ 2006-yil, iyul‎ “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Xorazm viloyati hokimligi‎
4.‎ Akademiya kompleksida joylashgan “Qoʻsha darvoza” va “Xon dorixonasi” obyektlarini kapital taʼmirlash ‎ 10‎ Homiylar hisobidan‎ 2006-yil, may‎ Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi‎
5.‎ Urganch Xiva avtomobil yoʻlida taʼmirlash ishlarini tugatish ‎ 350‎ Respublika yoʻl jamgʻarmasi‎ 2006-yil, may‎ Respublika yoʻl jamgʻarmasi, Xorazm viloyati hokimligi‎