Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.12.2024 02.08.2005 yildagi 182-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.12.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LOTEREYALAR OʻTKAZISHNI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-dekabrdagi 814-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 19-apreldagi PF-68-son Farmoni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lotereyalar oʻtkazishni tashkil etishni yanada takomillashtirish, shuningdek ularning qatnashchilari huquqlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Lotereyalar tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar ustav fondining eng kam miqdori 200 mln. soʻm miqdorida belgilansin, shundan kamida 50 foizi pul mablagʻlari bilan shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lotereyalar tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar ustav fondini shakllantirish uchun kreditga, garov ostida olingan mablagʻlardan hamda boshqa jalb qilingan mablagʻlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qaror qabul qilingunga qadar lotereyalar tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olgan yuridik shaxslar, ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir yil mobaynida oʻz ustav fondi miqdorini mazkur qarorning 1-bandi bilan belgilangan eng kam miqdorga muvofiqlashtirishi shart.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir yil oʻtgandan keyin ustav fondi miqdori belgilangan eng kam talablarga muvofiq boʻlmagan yuridik shaxslar tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ustav fondini mazkur qaror talablariga muvofiq shakllantirmagan, shuningdek belgilangan tartibda litsenziya olmagan yuridik shaxslar tomonidan lotereyalar tashkil etish boʻyicha faoliyat amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini koʻrsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 2-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
182-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil
2-avgustdagi 182-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga
kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Pul-buyum lotereyalari oʻtkazishni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 15-noyabrdagi 396-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 70-modda) 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 314-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom 6-bandi “b” kichik bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“litsenziat ustav fondining shakllantirilgan miqdori lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun 200 mln. soʻmdan kam boʻlmasligi kerak, shundan ellik foizi pul mablagʻlari bilan shakllantiriladi. Bunda lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olish toʻgʻrisida ariza berilgan vaqtda litsenziya talabgorining ustav fondi koʻrsatib oʻtilgan eng kam miqdorda toʻliq shakllantirilgan boʻlishi kerak. Lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxslar ustav fondini shakllantirish uchun kreditga, garov ostida olingan mablagʻlardan hamda boshqa jalb qilingan mablagʻlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi”.