Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 17.04.2006 yildagi PQ-325-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2006 - 2010 YILLARDA XIZMAT KO‘RSATISh VA SERVIS SOHASINI RIVOJLANTIRIShNI JADALLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda. Xizmatlar bozori tarkibi xizmatlarning yangi istiqbolli turlari — bank-moliya, sug‘urta, axborot-kommunikatsiya xizmatlari va boshqalarni rivojlantirish hisobiga takomillashib bormoqda. Oilalarni murakkab maishiy texnika, kompyuterlar va shaxsiy avtotransport bilan ta’minlashning keskin oshishi ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning kengayishiga imkon yaratdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, mazkur tarmoqni rivojlantirishdagi jiddiy kamchiliklarni ta’kidlash joiz, xususan, bandlikni oshirish va aholi daromadlarini ko‘paytirish hamda mahalliy budjetlarni to‘ldirishning istiqbolli manbai sifatida xizmat ko‘rsatish va servis imkoniyatlaridan kam foydalanilmoqda. Xizmat ko‘rsatish sohasi, ayniqsa, qishloq joylarida sust rivojlanmoqda, bu yerda katta kapital mablag‘ talab qilmaydigan va xususiy tadbirkorlik uchun jozibador bo‘lgan ko‘pgina an’anaviy xizmat turlari yetarli darajada rivojlanmayapti va qishloq aholisining ulardan foydalanish imkoniyatlari pastligicha qolmoqda. Mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining bu muhim tarmoqqa kerakli darajada e’tibor qaratmayotganiga mutlaqo toqat qilib bo‘lmaydi. Buning natijasida xizmat ko‘rsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi hozircha bozor mezonlariga mos kelmayapti va uni dunyoning rivojlangan mamlakatlarida bu sohada erishilgan ko‘rsatkichlarga taqqoslab bo‘lmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu mamlakatlarda xizmatlarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 60—80 foizni tashkil etadi, xizmat ko‘rsatish sohasida iqtisodiyotda band bo‘lgan aholining qariyb 70 foizi mehnat qiladi, aholining iste’mol xarajatlari tarkibida esa mazkur soha 50—60 foizni tashkil etadi, vaholanki, respublikamizda bu ko‘rsatkich 10—15 foizdan oshmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish, uning iqtisodiyotdagi ulushini oshirish, xizmat ko‘rsatish sohasi tarmoqlarida band bo‘lganlar sonini ko‘paytirish va shu asosda aholi daromadlarini oshirish hamda ichki iste’mol bozorini zamonaviy, sifatli turli-tuman xizmat turlari bilan to‘ldirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatlar ko‘rsatish sohasida tadbirkorlarning faolligini yanada kuchaytirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, jumladan, bu boradagi rasmiyatchilik to‘siqlarini bartaraf etish va shu asosda xizmatlar hajmining yuqori sur’atlarda o‘sishini ta’minlash hamda 2010-yilgacha ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 49 foizga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006—2010-yillarda xizmatlar ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan aholi sonini 1,6-marta ko‘paytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq joylarda istiqomat qilayotgan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, birinchi navbatda, kommunal-maishiy, uy-joylarni ta’mirlash va qurish, suvdan foydalanish, veterinariya, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlash va mashina-traktor parklari sohasidagi xizmatlar hajmi va turlarini yanada oshirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
an’anaviy xizmat turlari bilan bir qatorda, yangi istiqbolli —yuridik, konsalting, bank, moliya, sug‘urta, lizing va baholash xizmat turlarini jadal rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimiz korxonalarining xalqaro bozordagi xizmatlari darajasi va sifatini oshirish hamda shu asosda xizmatlar eksportini ko‘paytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasida ishlaydigan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini 2006—2010-yillarda rivojlantirish Dasturining asosiy ko‘rsatkichlari va tadbirlari 1—3-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1—3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish uchun shaxsiy javobgarlik vazirliklar, idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Dastur ijrosining borishini tizimli monitoring qilsin va chorak, yarim yil va yil yakunlari bo‘yicha o‘tkaziladigan o‘z majlislarida ko‘rib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish va asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha belgilangan tadbirlarni bajarish uchun zarur hajmda moliyalashning aniq manbalarini 1 va 2-ilovalarga muvofiq belgilagan holda 2006—2010-yillarda xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishga qaratilgan tarmoq dasturlarini ishlab chiqsin va bir oy muddatda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari bir oy muddatda 2006—2010-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va har bir fuqaroni, ayniqsa, qishloq joylaridagi fuqarolarni sifatli xizmatlar bilan ta’minlash bo‘yicha hududiy dasturlarni qabul qilsin. Mazkur dasturlarda an’anaviy xizmat turlarini kengaytirish va yangilarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratish hamda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Aholi bandligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga 3-ilovaga muvofiq imtiyozli kreditlar ajratish orqali bu sohada aholi bandligi darajasini oshirish bo‘yicha choralar ko‘zda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish borasidagi zamonaviy daraja va tez o‘sayotgan talablarga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash ishlarining hozirgi ahvoli qoniqarsiz deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollejlarida mutaxassisliklar ro‘yxati va xizmatlar ko‘rsatish sohasi uchun kadrlar tayyorlash sifatini tanqidiy o‘rganish asosida bir oy muddatda o‘quv jarayonini takomillashtirish, shu jumladan uning ishlab chiqarish bilan integratsiyasini chuqurlashtirish hamda bu o‘quv yurtlaridagi o‘qituvchilarning malakasini oshirish yuzasidan takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda “O‘zstandart” agentligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan Faoliyat turlarining umumdavlat statistika klassifikatorini tasdiqlasin va uni bosqichma-bosqich statistika amaliyotiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bandligining hududiy xususiyatlarini hamda xizmatlar ko‘rsatish sohasida statistika ma’lumotlarini to‘plash tizimini hisobga olgan holda xizmatlarning statistik, shu jumladan alohida tarmoqlar bo‘yicha hisobi metodologiyasini takomillashtirish dasturini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 2006-yil 1-apreldan boshlab 4-ilovadagi* ro‘yxatga muvofiq xizmatlar ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar uch yil muddatga daromad (foyda) solig‘i va yagona soliq to‘lovi to‘lashdan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi yuqorida ko‘rsatilgan imtiyozning maqsadli va aniq yo‘naltirilgan holda qo‘llanishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 17-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-325-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 16-son, 133-modda; 2007-y., 4-6-son, 37-modda, 21-son, 213-modda; 2011-y., 22-23-son, 223-modda; 2012-y., 20-son, 215-modda)