O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 11-yanvardagi PQ-255-son qaroriga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 17-aprel,
PQ-324-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilgan o‘zgartishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 11-maydagi PF-3876-sonli Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 19-20-son, 191-modda)
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ–244-son qarorining 12-1-ilovasidagi “Tovarlar nomi” jadvalidagi “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” so‘zi “O‘zvinosanoat-xolding” so‘ziga almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 16-son, 132-modda; 2007-y., 19-20-son, 191-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)