Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.09.2019 05.02.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1656
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Buyrugʻi, 05.02.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1656
Kuchga kirish sanasi
15.02.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.09.2019
Hujjat 20.10.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyrugʻi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SUD HUJJATLARI VA BOShQA ORGANLAR HUJJATLARINI MAJBURIY IJRO ETIShDA SUD IJROChILARINING SUDLAR, HUQUQNI MUHOFAZA QILUVChI, ROʻYXATDAN OʻTKAZUVChI ORGANLAR, MOLIYA-KREDIT TAShKILOTLAR BILAN OʻZARO HAMKORLIGI TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 10-oktabrdagi 226-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1656-1, 10.10.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 41-42-son, 488-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 5-fevralda 1656-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 9-sentabrdagi 391-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1656-2, 09.09.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda sud ijrochilarining sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar, moliya-kredit tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 10-oktabrdagi 226-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1656-1, 10.10.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 41-42-son, 488-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (S. Sattarov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur buyruqni davlat roʻyxatidan oʻtkazsin va vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar normativ hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu buyruqni amalda qoʻllanilishi va barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan keyin oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (U. Ayubov) mazkur normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vaziri F. OTAXONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 5-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirining 2007-yil 5-fevraldagi 21-mh-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda sud ijrochilarining sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar, moliya-kredit tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-458-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 36-son, 360-modda) muvofiq, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda sud ijrochilarining sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar, moliya-kredit tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sud ijrochilarining sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar, moliya-kredit tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijrosining oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
undiruvchining huquqlarini amalga oshirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlarni tezkor almashinuvini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining bajarilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etishni taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Sudlar bilan oʻzaro hamkorlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sud ijrochilarining sudlar bilan oʻzaro hamkorligi sud ijrochilarining undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisida ijro hujjatini chiqarishga asos boʻlgan sud hujjatini tushuntirish haqidagi arizalarini va sud ijrochilarining qonunchilikda belgilangan boshqa asoslar boʻyicha murojaatlarini sudlar tomonidan oʻz vaqtida koʻrilishini hamda ijro hujjatlari boʻyicha chiqarilgan sud hujjatlarini sudlar tomonidan sud ijrochilarini oʻz vaqtida xabardor qilishni taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ijro hujjatini chiqargan sud, sud ijrochisining sud hujjatini tushuntirish toʻgʻrisidagi arizasini qonunchilikda belgilangan muddatda koʻrib chiqadi va oʻzi chiqargan sud hujjatining tushuntiruvini sud ijrochisiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisidagi ijro hujjatini majburiy ijro qilish jarayonida sud ijrochisida qarzdorning boshqa shaxslarda turgan xatlangan mol-mulkini tegishliligini tasdiqlovchi maʼlumotlar mavjud boʻlmagan hollarda, ushbu mol-mulkka undiruvni qaratish sud ajrimiga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonuniy kuchga kirgan sud ajrimi nusxasi sud tomonidan keyingi kundan kechiktirilmasdan sud ijrochisiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Manfaatdor shaxs sud ijrochisi yoki tergov organlari tomonidan xatlangan mol-mulkni xatlovdan chiqarish toʻgʻrisida daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilgan hollarda, sud shu kunning oʻzida daʼvoni taʼminlash va ijro hujjati boʻyicha undiruvni toʻxtatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi va darhol sud ijrochisiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud ijrochisi, ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish haqidagi tegishli sud ajrimini olgandan soʻng, uch kun ichida bu toʻgʻrisida taraflarni yoki ijro hujjatini bergan organni xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulkni xatlovdan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi yuzasidan tegishli sud hujjati chiqarilganda, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatining nusxasi keyingi kundan kechiktirilmasdan sud ijrochisiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ichki ishlar organlari bilan oʻzaro hamkorlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sud ijrochilarining ichki ishlar organlari bilan oʻzaro hamkorligi ijro harakatlari amalga oshirilayotganda jamoat tartibi saqlanishini taʼminlashga koʻmaklashish va ijro hujjatini majburiy ijro qilishda vujudga keladigan toʻsqinliklarni bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sud ijrochilari oʻzlariga yuklatilgan majburiyatlarni amalga oshirishda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijrosini bajarish jarayonida koʻrsatilgan qarshiliklar va toʻsqinliklarni bartaraf etish va tartib saqlash maqsadida zarur yordam olish uchun tuman (shahar) ichki ishlar organlariga murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ichki ishlar organlari xodimlari yordamiga ehtiyoj kelib chiqqanda, sud ijrochisi, qoida tariqasida, ijro harakatlarini amalga oshirishdan bir kun oldin ichki ishlar organlari xodimlarining kelish vaqti va aniq joyi, shuningdek, ijro harakati yoki harakatlarining taxminiy davomiyligi koʻrsatilgan yozma talabnoma bilan tuman (shahar) ichki ishlar organlariga murojaat etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Joyga yetib kelinishi bilan, ichki ishlar organlarining lavozimi boʻyicha yuqori turuvchi xodimi ichki ishlar organlari xodimlari yetib kelganliklari toʻgʻrisida sud ijrochisini xabardor qiladi va keyingi harakatlar boʻyicha aniq koʻrsatmalar oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur aniq holatda, oʻqotar qurol va boshqa turdagi qurollarni qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan bunday qoʻllash oqibati uchun toʻliq javobgarlik yuklatilgan ichki ishlar organlari xodimlari uchun belgilangan qoidalar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ichki ishlar organlari xodimlari ijro harakatlari tamom boʻlgunga qadar ishtirok etadilar. Sud ijrochisi ijro harakatlari tamom boʻlganligi toʻgʻrisida ichki ishlar organlarining lavozimi boʻyicha yuqori turuvchi xodimini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sud ijrochisi tomonidan ijro harakatlari amalga oshirilishi vaqtida, qarzdor yoki boshqa shaxslar oʻzlarining harakatlari bilan ijro hujjatlarini ijro etishga toʻsqinlik qilganlarida, ichki ishlar organlari xodimlari zudlik bilan toʻsqinliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzdor yoki boshqa shaxslar sud ijrochisi yoki ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarishdan boʻyin tovlasalar, bu haqda dalolatnoma tuziladi, tegishli materiallar qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi uchun ijro harakatlari amalga oshirilgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha sudga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ichki ishlar organlarining lavozimi boʻyicha yuqori turuvchi xodimi ijro harakatlarida ichki ishlar organlari xodimlarining ishtiroki toʻgʻrisidagi tegishli dalolatnomani imzolaydi va bu haqda boʻysinuvi boʻyicha ichki ishlar organlari boshligʻini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sud ijrochisining muhr bilan tasdiqlangan asoslantirilgan qarori boʻyicha ichki ishlar organlari oʻz vakolatlari doirasida belgilangan tartibda qarzdor — jismoniy shaxs, yosh bola va avtomototransport vositasi qidiruvini amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzdor — jismoniy shaxs, yosh bola va avtomototransport vositasi topilgan taqdirda, ichki ishlar organlari sud ijrochisini topilgan paytdan boshlab bir sutka ichida yozma ravishda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qidiruvni amalga oshirayotgan ichki ishlar organi, qidiruv natijalari haqida har oyda sud ijrochilarini yozma ravishda xabardor qilib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sud ijrochisi, qonunchilikda belgilangan hollarda majburiy keltirish toʻgʻrisida qaror chiqaradi. Qaror majburiy keltirilishi lozim boʻlgan shaxsning yashash joyidagi ichki ishlar organlariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ichki ishlar organi sud ijrochisining qarorida koʻrsatilgan shaxsni qarorda belgilangan muddatda va ijro harakatlarini amalga oshirish joyiga majburiy keltirishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy keltirish toʻgʻrisidagi qaror ijrosi taʼminlanganda, sud ijrochisi qarorga tegishli yozuv kiritadi va u ichki ishlar organiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Sud ijrochisi qonunchilikda belgilangan hollarda, avtomototransport vositasining texnik holatini koʻzdan kechirishda ishtirok etish uchun Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakat xavfsizligi xizmati (keyingi oʻrinlarda matnda — DYHXX) organlari mutaxassislarini xabardor qiladi. Xabarnoma koʻzdan kechirish sanasi, vaqti va joyi koʻrsatilgan holda yozma ravishda rasmiylashtirilishi va koʻzdan kechirish oʻtkazilishidan kamida bir kun oldin topshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xabarnoma olingan vaqtdan boshlab keyingi kundan kechiktirilmasdan DYHXX mutaxassis belgilaydi va sud ijrochisini bu haqda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sud ijrochilari va tuman (shahar) ichki ishlar organlari ijro harakatlari jarayonida tegishli hamkorlikni oʻrnatish boʻyicha oʻzlarining ishlarini doimiy muvofiqlashtirib borishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Moliya organlari bilan oʻzaro hamkorlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Sud ijrochilarining hududiy moliya organlari bilan oʻzaro hamkorligi mol-mulkni davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish paytida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Sud ijrochisi, qonunchilikda belgilangan hollarda, davlat daromadiga undiriladigan mol-mulkni baholash yoki bahosini kamaytirish, holatini koʻzdan kechirish uchun hududiy moliya organiga koʻzdan kechirish amalga oshirilishidan kamida bir kun oldin koʻzdan kechirish oʻtkaziladigan sana, vaqt va joyi koʻrsatilgan xabarnomani yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Hududiy moliya organi xabarnomani olgan paytdan boshlab keyingi kundan kechiktirmasdan mutaxassis belgilaydi, bu haqda sud ijrochisiga maʼlum qiladi, shuningdek mol-mulkni baholash yoki bahosini kamaytirish holatlarini koʻzdan kechirishni amalga oshirishda ishtirok etishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Davlat soliq xizmati organlari bilan oʻzaro hamkorlik
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Sud ijrochilarining davlat soliq xizmati organlari (keyingi oʻrinlarda matnda — soliq organlari) bilan oʻzaro hamkorligi mol-mulkni davlat daromadiga, shuningdek soliq qarzini hamda yuridik shaxslar tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun toʻlov muddati oʻtgan debitor qarzlarni qarzdorning mol-mulki hisobidan undirishni nazarda tutuvchi sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda amalga oshiriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 10-oktabrdagi 226-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1656-1, 10.10.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 41-42-son, 488-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Sud ijrochilarining soliq organlari bilan oʻzaro hamkorligi qarzdor — jismoniy shaxsning yashash joyi, ish joyi yoki uning mol-mulki joylashgan yoxud qarzdor — yuridik shaxsning joylashgan joyi yoki uning mol-mulki joylashgan joyi boʻyicha belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Yuridik shaxslar tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun toʻlov muddati oʻtgan debitor qarzlarni qarzdorning mol-mulki hisobidan undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatini soliq organlari tomonidan sud ijrochilariga taqdim etish Yuridik shaxslar tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun toʻlov muddati oʻtgan debitor qarzlarni majburiy tartibda undirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 1466, 2005-yil 6-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 108-modda) nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud ijrochilari zarur hollarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq organlaridan oʻz vakolatlari doirasida sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olishi mumkin.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 10-oktabrdagi 226-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1656-1, 10.10.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 41-42-son, 488-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
241. Soliq qarzini qarzdorning mol-mulki hisobidan undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlarini ijro etish yuzasidan, sud ijrochilarining tuman (shahar) boʻlimlari va soliq organlari quyidagi shakllarda oʻzaro hamkorlik qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti organlari va soliq organlari tomonidan birgalikda tasdiqlangan reja asosida ijro hujjatlari boʻyicha undirilmagan soliq qarzini qisqartirish boʻyicha qoʻshma tadbirlar oʻtkazadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) sud ijrochilari boʻlimlari va soliq organlari oʻrtasida ushbu toifadagi ijro hujjatlarining ijrosi yuzasidan har oyda keyingi oyning 5-sanasiga qadar tezkor maʼlumot almashib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda mazkur Nizomning 1 va 2-son ilovalariga muvofiq shakllarda taqqoslash dalolatnomalari tuzilib, ular keyingi chorak birinchi oyining 5-sanasiga qadar tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentiga taqdim etib boriladi.
(241-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 10-oktabrdagi 226-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1656-1, 10.10.2012-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2012-y., 41-42-son, 488-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
242. Soliq organlari tomonidan soliq qarzini qarzdorning mol-mulki hisobidan undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 169-modda) 27-moddasi birinchi qismi 1-bandida nazarda tutilgan muddat ichida tegishli tuman (shahar) sud ijrochilari boʻlimiga kuzatuv xati bilan topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuzatuv xatida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdor tomonidan toʻlab berilgan summa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro hujjati boʻyicha undirilmay qolgan qarz miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdorlikni undirish boʻyicha ijro hujjati yuzasidan bajarilmagan va bankda mavjud inkasso topshiriqnomalarining raqami, sanasi va summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
undirilgan soliq qarzi oʻtkazilishi lozim boʻlgan bank hisobvaraqlari rekvizitlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdorning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdorning — soliq toʻlovchining identifikatsion raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdorning bank rekvizitlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun soliq organlari javob beradi.
(242-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 10-oktabrdagi 226-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1656-1, 10.10.2012-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2012-y., 41-42-son, 488-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Sud ijrochisi, qonunchilikda belgilangan hollarda, davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha koʻchmas mulk va avtomototransport vositalarining bahosini kamaytirish uchun soliq organini xabardor qiladi. Xabarnoma koʻzdan kechirish oʻtkaziladigan sana, vaqt va joyi koʻrsatilib yozma ravishda rasmiylashtirilishi va bahoni kamaytirish kunidan kamida bir kun oldin yuborilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Soliq organi xabarnomani olgan paytdan boshlab keyingi kundan kechiktirmasdan mutaxassis belgilaydi, bu haqda sud ijrochisiga maʼlum qiladi va koʻchmas mulk va avtomototransport vositalarini bahosini kamaytirish uchun mutaxassis ishtirokini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Roʻyxatga oluvchi organlar bilan oʻzaro hamkorlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Sud ijrochilarining yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlar (keyingi oʻrinlarda matnda — roʻyxatga oluvchi organlar) bilan oʻzaro hamkorligi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar tomonidan ijro hujjati boʻyicha belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan qarzdorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim qilinishida koʻmaklashish maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faoliyatini tugatish, bankrotlik jarayonida turgan tijorat tashkilotlari ustav fondida qarzdorning ulushi boʻyicha va tugatilgan qarzdorlar boʻyicha maʼlumotlarni taqdim qilish toʻgʻrisidagi sud ijrochisining talabnomasida murojaat sababi, yuridik shaxsning toʻliq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), STIR, KTUT kodlari, jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning pasport maʼlumotlari (STIR) koʻrsatilib yozma ravishda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Qarzdor — yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hollarda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ sud ijrochisining talabiga koʻra, talabni olgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida qarzdor — yuridik shaxs majburiyatlari boʻyicha qonunchilikka muvofiq javobgarlik yuklatilgan yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumotlarni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan tashqari) sud ijrochisining asoslantirilgan talabnomasiga koʻra, talabnomani olgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida taʼsis hujjatlarining nusxalari yoki ulardan qarzdorlar toʻgʻrisidagi koʻchirmalarni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qarzdorning mol-mulkini xatlash yoki undiruvga qaratish toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan sud hujjati mavjud boʻlganda va sud ijrochisining asoslantirilgan talabnomasiga koʻra, qonunchilikda belgilangan tartibda taʼsis hujjatlarining nusxalarini yoki ulardan qarzdor toʻgʻrisidagi koʻchirmalarni taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Qimmatli qogʻozlar Markaziy depozitariysi va depozitariylar bilan oʻzaro hamkorlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Sud ijrochilarining qimmatli qogʻozlar Markaziy depozitariysi va depozitariylar bilan oʻzaro hamkorligi qarzdorning depo hisobvaraqlarida qimmatli qogʻozlar mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Sud ijrochilari oʻzlariga yuklatilgan majburiyatlarni amalga oshirishda qimmatli qogʻozlar Markaziy depozitariysiga qarzdorlar toʻgʻrisida zarur maʼlumotlarni olish uchun talabnoma bilan murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma yozma ravishda rasmiylashtirilib, unda murojaat sababi, qarzdor — yuridik shaxsning toʻliq nomi, (KTUT kodlari), qarzdor — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar seriyasi, raqami, berilgan sanasi, STIR va talabnoma olingan kundan boshlab ikki ish kuni ichida qimmatli qogʻozlar boʻyicha barcha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. Talabnomada sud ijrochisining familiyasi, ismi, otasining ismi va pasport maʼlumotlari ham boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar Markaziy depozitariysi talabnomani olgan kundan boshlab keyingi kundan kechiktirmasdan tegishli depozitariyga xabarnoma va talabnomaning nusxasini yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozitariylar, Markaziy depozitariyning xabarnomasini olgan kundan boshlab keyingi kundan kechiktirmasdan tegishli sud ijrochisiga qarzdorni depo hisobvaragʻida qimmatli qogʻozlar mavjudligi toʻgʻrisida, shuningdek, qimmatli qogʻozlarni uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlarini belgilash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuboradi va qarzdorning depo hisobvaragʻidagi uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlari belgilanmagan qimmatli qogʻozlar boʻyicha barcha operatsiyalarni talabnomada koʻrsatilgan muddatga toʻxtatib qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Qarzdorning depo hisobvaragʻida qimmatli qogʻozlar mavjud boʻlganda, sud ijrochisi tomonidan tegishli depozitariylarga ijro hujjati boʻyicha qarzdorning depo hisobvaragʻida koʻrsatilgan qimmatli qogʻozlarni xatlash uchun depozitariylarga asos boʻluvchi emitent, uning turlari, toifalari va miqdori koʻrsatilgan holda qarz summasi doirasida, qimmatli qogʻozlarni xatlash toʻgʻrisida qaror yuboriladi. Xatlash toʻgʻrisidagi qaror katta sud ijrochisi tomonidan imzolanadi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozitariylar katta sud ijrochisining qarorini olgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida depo hisobvaragʻi boʻlimidagi tasarruf etuvchi kartochkasiga muvofiq sud ijrochisini tasarruf etuvchi qilib tayinlaydi, qarzdorning depo hisobvaragʻidagi majburiyatlar bilan belgilanmagan qimmatli qogʻozlarini “QQ xatlangan” maxsus boʻlimga (subhisobvaraq) oʻtkazadi hamda qarzdorning qimmatli qogʻozlarini xatlash toʻgʻrisidagi qarorning bajarilganligi yoki bajarish imkoni yoʻqligi sabablari koʻrsatilgan holda sud ijrochisiga xabarnoma yuboradilar. Qarzdorning qimmatli qogʻozini xatlash toʻgʻrisidagi sud ijrochisining qarori mavjud boʻlmaganda, qimmatli qogʻozlar boʻyicha operatsiyalar toʻxtatilganidan keyin ikki kunlik muddat oʻtgach depozitariylar ular boʻyicha toʻxtatib turishni bekor qiladi va qarzdorning depo hisobvaragʻi boʻyicha qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni qayta tiklaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Sud ijrochilarining tuman (shahar) boʻlimi xatlangan qimmatli qogʻozlarni tashkillashtirilgan savdo orqali sotish uchun qimmatli qogʻozlarning Markaziy depozitariysida belgilangan tartibda maxsus hisobvaraq ochishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzdorning xatlangan qimmatli qogʻozlarini tashkillashtirilgan savdo orqali sotilmagan qismini undiruvchiga topshirish roʻyxatdan oʻtkazilgan topshirish dalolatnomasi va qarzdor tomonidan sud ijrochisi — “QQ xatlangan” boʻlimi tasarruf etuvchisi, oluvchi tomonidan undiruvchi imzolaydigan qimmatli qogʻozlarni qarzdor depo hisobvaragʻidan kreditor depo hisobraqamiga koʻchirish toʻgʻrisidagi topshirigʻi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Qarzdorning xatlangan qimmatli qogʻozlariga nisbatan xatlov bekor qilinganda, sud ijrochisi darhol qarzdorning xatlangan qimmatli qogʻozlarini hisobini yurituvchi depozitariylarga katta sud ijrochisi imzosi va gerbli muhr bilan tasdiqlangan qarorni yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi organlari bilan oʻzaro hamkorlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Sud ijrochilarining Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi organlari (keyingi oʻrinlarda matnda — hududiy roʻyxatdan oʻtkazish idoralari, tuman va shaharlar yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari deb ataladi) bilan oʻzaro hamkorligi sud ijrochilariga sud qarorlarini va boshqa organlarning qarzdorga tegishli boʻlgan koʻchmas mulkni belgilash boʻyicha qarorlarining majburiy ijrosi boʻyicha yordam koʻrsatish, ijro hujjatlari boʻyicha xatlangan koʻchmas mulk toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni taqdim etish, koʻchmas mulkni koʻzdan kechirishda qatnashish va ijro hujjatlari boʻyicha qarzdordan yer uchastkalarini olib qoʻyish maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud ijrochilarining hududiy roʻyxatdan oʻtkazish idoralari, tuman va shaharlar yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari bilan oʻzaro hamkorligi qarzdor — jismoniy shaxsning turar joyi yoki uning koʻchmas mulki joylashgan joy yoxud qarzdor — yuridik shaxsning joylashgan joyi yoki uning koʻchmas mulki joylashgan joy boʻyicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Hududiy roʻyxatdan oʻtkazish idoralari qarzdorga tegishli koʻchmas mulkni xatlanganligi toʻgʻrisidagi sud ijrochisining tegishli talabnomasini olgandan soʻng, ushbu talabnoma boʻyicha ikki kun ichida koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi maʼlumotlarni taqdim qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Xatlov koʻchmas mulkka qaratilganda, sud ijrochilari qarzdorga qarashli boʻlgan koʻchmas mulkni tasarruf etishni taqiqlash toʻgʻrisida tegishli hududiy roʻyxatdan oʻtkazish idoralariga darhol talabnoma joʻnatadilar. Hududiy roʻyxatdan oʻtkazish idoralari ushbu talabnomani olgandan soʻng darhol bino va inshootlarning davlat reyestriga bino va inshootni sotishni taqiqlash toʻgʻrisida tegishli yozuv kiritadilar va bu haqda talabnomani olgandan kundan boshlab uch kun ichida sud ijrochilariga xabar qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Agar xatlangan mol-mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan boʻlsa, hududiy roʻyxatdan oʻtkazish idoralari 20 kun davomida sud ijrochisining yoki mulkdorning arizasiga muvofiq, koʻchmas mulkni davlat roʻyxatidan oʻtkazadilar va tegishli maʼlumotlarni, shuningdek davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi belgi qoʻyilgan huquq belgilovchi hujjatlarning nusxalarini sud ijrochilariga taqdim etadilar. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar mulkdor yoki sud ijrochilari tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar xatlangan koʻchmas mulk qurilishi tugallanmagan obyekt hisoblansa, ushbu obyekt boʻyicha tegishli maʼlumotlar (erga boʻlgan mulk huquqining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot, qurilayotgan bino, inshoot toʻgʻrisidagi kadastr maʼlumotlari) hududiy roʻyxatdan oʻtkazish idoralari, yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari tomonidan sud ijrochilariga qonunda belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Qonunda belgilangan holatlarda, sud ijrochisi koʻchmas mulk holatini koʻzdan kechirish maqsadida koʻzdan kechirish oʻtkazilgunga qadar kamida bir kun oldin yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlarini koʻzdan kechirish oʻtkaziladigan sana, vaqt va joyini koʻrsatgan holda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari xabarni olgan vaqtdan boshlab keyingi kundan kechiktirmasdan mutaxassisni aniqlaydi va bu toʻgʻrida sud ijrochisini xabardor qiladi, shuningdek koʻzdan kechirishni oʻtkazish uchun mutaxassisning ishtirok etishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Qonunda belgilangan holatlarda qarzdordan yer uchastkasini olib qoʻyish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan obyektlarni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari ijro qilinayotganda, sud ijrochisi olib qoʻyish amalga oshirilishidan kamida uch kun oldin yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlariga sana, vaqt va joyini koʻrsatgan holda xabarnoma yuboradi. Yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari xabarnomani olgandan keyin bir kundan kechiktirmasdan mutaxassisni aniqlaydi va bu toʻgʻrisida sud ijrochisiga maʼlum qiladi, shuningdek, koʻzdan kechirish oʻtkazishda mutaxassisning ishtirokini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Notarial idoralar bilan oʻzaro hamkorlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Sud ijrochilarining avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berish taqiqlanishi va taqiq olib tashlanishi, shuningdek, boshqa shaxsga berish taqiqlangan va xatlab qoʻyilgan avtomototransport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bankini yurituvchi notarial idoralar (keyingi oʻrinlarda matnda — notarial idoralar) bilan oʻzaro hamkorligi koʻchmas mulkka yoki avtomototransport vositalarini xatlov qilish va begonalashtirishni taqiqlashni bekor qilish boʻyicha maʼlumotlarni olishda sud ijrochilariga yordam berish maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Davlat notarial idoralari tomonidan tegishli maʼlumotlarni taqdim etish sud ijrochilarining maqsadli talabi asosida talabnoma olgan kunning ertasidan kechikmasdan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Koʻchmas mulk yoki avtomototransport vositalari xatlanganda, xatlash toʻgʻrisida qaror chiqargan va koʻchmas mulkni va avtomototransport vositalarini roʻyxatini tuzgan sud ijrochisi qaror chiqarilgan va dalolatnoma tuzilgan kunning oʻzida katta sud ijrochisi imzosi qoʻyilib, gerbli muhr bilan tasdiqlangan xabarni maʼlumotlar bankini yurituvchi tegishli notarial idoraga qaror va dalolatnoma nusxasi ilovasi bilan birga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Koʻchmas mulkka yoki avtomototransport vositalariga nisbatan xatlov bekor qilinganda, sud ijrochisi darhol notarial idoraga xatlovni bekor qilish toʻgʻrisida katta sud ijrochisi imzosi qoʻyilib, gerbli muhr bilan tasdiqlangan xabarni yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Koʻchmas mulkka yoki avtomototransport vositalarini xatlash yoki xatlovni bekor qilish toʻgʻrisida xatni olgan notarial idorasi darhol olingan xabarni avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berish taqiqlanishi va taqiq olib tashlanishi, shuningdek boshqa shaxsga berish taqiqlangan va xatlab qoʻyilgan avtomototransport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bankiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
X. Moliya-kredit tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Moliya-kredit tashkilotlari bilan sud ijrochilarining oʻzaro hamkorligi undiruvni ijro hujjatlari boʻyicha xatlash, qarz summasi doirasida undiruvni qaratish uchun qarzdorning hisobvaraqlarida, omonatlarida yoki moliya-kredit tashkilotlarda saqlanayotgan pul vositalari va boshqa qimmatliklarini hisoblarini belgilashda sud ijrochilariga yordam koʻrsatish maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Moliya-kredit tashkilotlari bank sirini tashkil etuvchi axborotlarni sud ijrochilariga ularning yozma soʻrovnomasiga asosan, mazkur moliya-kredit tashkilotining mijozi (vakili) mulkiga undiruvni qaratish yoki xatlash toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan sud hujjati mavjud boʻlganda taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Sud ijrochisida qarzdor — yuridik shaxsning ijro hujjatiga muvofiq qarz summasi doirasida xatlash mumkin boʻlgan hisobvaragʻi mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot boʻlmaganda, sud ijrochisi moliya-kredit tashkilotiga shunday hisobvaraq mavjudligini aniqlash toʻgʻrisida talabnoma yuboradi. Tegishli talab kelib tushganda moliya-kredit tashkilotlari bank depozitlari Milliy axborot bazasi orqali tegishli hisobvaraqlarni aniqlaydi va bu toʻgʻrisida sud ijrochisini keyingi kundan kechiktirmasdan xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XI. Boshqa organlar bilan oʻzaro hamkorlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Sud ijrochilarining boshqa organlar bilan oʻzaro hamkorligi qonunchilikda belgilangan tartibda ijro hujjatlarini ijro etish jarayonida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Sud ijrochilari ijro hujjatlarini majburiy ijrosi jarayonida oʻzlarining vakolatlari doirasida tegishli organlardan maʼlumotlarni talab qilishga haqli. Ushbu organlar sud ijrochisining asoslantirilgan talabiga muvofiq tegishli maʼlumotlarni sud ijrochisi tomonidan oʻrnatilgan muddatlarda taqdim etishga majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XII. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi, Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qoʻmitasi, Yergeodezkadastr, Davlat mulk qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy sud raisi B. MUSTAFOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 19-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy xoʻjalik sudi raisi A. IShMETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 21-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 26-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 2-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy banki Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 23-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 16-yanvar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUAZIZOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 28-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 5-fevral
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda sud ijrochilarining sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar, moliya-kredit tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Soliq qarzini jismoniy shaxslarning mol-mulki hisobidan undirish toʻgʻrisidagi
‎ijro hujjatlarining ijrosi yuzasidan ____________ viloyati boʻyicha ______ yilning ___-chorak holatiga‎‎

‎‎

TAQQOSLASh DALOLATNOMASI‎‎

‎‎

mln soʻmda

Tuman (shahar)
‎ nomi

‎‏‎Oldingi hisobot davridan qoldiq boʻlib oʻtgan ijro hujjatlari

‎‏‎Hisobot davrida soliq organi tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha suddan qabul qilib olingan ijro hujjatlari

Sud ijrochilari boʻlimiga taqdim qilingunga qadar bajarilgan ijro hujjati

Hisobot davrida soliq organi tomonidan sud ijrochilari boʻlimiga taqdim qilingan ijro hujjatlari

Shundan‎‎‎:

‎‏‎Sud ijrochilari boʻlimi ish yurituvida jami mavjud ijro hujjatlari

‎Ijro harakatlari toʻxtatilgan yoki kechiktirilgan ijro hujjatlari

‎‎Qonunning* 24-moddasiga asosan qaytarilgan ijro hujjatlari

ish yurituvi qoʻzgʻatilgan ijro hujjatlari

soni‎

summasi‎

soni‎

summasi‎

soni‎

summasi‎

soni‎

summasi‎

soni‎

summasi‎

soni‎

summasi‎

soni‎

summasi‎

soni‎

summasi‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

14‎

15‎

16‎

17‎

‎1.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Jadvalning davomi

‎Shundan:

Jami ijrosi tamomlangan ijro hujjatlari ‎‎
‎‏

‎‎Shundan:

Keyingi hisobot davriga qoldiq boʻlib oʻtgan jami ijro hujjatlari‎‎

Keyingi hisobot davriga qoldiq boʻlib oʻtgan harakatdagi ijro hujjatlari (kechiktirilgan va toʻxtatilgan ijro hujjatlaridan tashqari)

sud tomonidan

sud ijrochisi tomonidan

amalda undirilib ijrosi toʻliq taʼminlangan ijro hujjatlari

hisobot davrining oxiriga
‎ tamomlanmagan
‎ ijro hujjatlari
‎ boʻyicha qisman
‎ undirilgan miqdor‎

Qonunning* 37-moddasiga asosan ijro ishi yuritish tugatilgan ijro hujjatlari

Qonunning* 40-moddasiga asosan qaytarilgan ijro hujjatlari‎

Qonunning* 64-moddasiga asosan qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarga qaratilgan ijro hujjatlari

soni‎

summasi‎

soni‎

summasi‎

soni‎

summasi‎

soni‎

summasi‎

summasi‎

soni

summasi‎

soni

summasi‎

soni

summasi‎

soni

summasi‎

soni

summasi‎

18‎

19‎

20‎

21‎

22‎

23‎

24‎

25‎

26‎

27‎

28‎

29‎

30‎

31‎

32‎

33‎

34‎

35‎

36‎

‎‎

‎‎* Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni

‎‎

‎‎_________Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi __________________________________
‎(F.I.O., imzo) _______yil
‎“__” ‎ _______________‎

Sud departamenti _______________ hududiy boshqarmasi boshligʻi _________________________________ (F.I.O., imzo)
‎ _____yil “__” _______________”.‎‎


(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 10-oktabrdagi 226-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1656-1, 10.10.2012-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2012-y., 41-42-son, 488-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda sud ijrochilarining sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar, moliya-kredit tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Soliq qarzini yuridik shaxslarning va yakka tartibdagi tadbirkorlarning mol-mulki hisobidan undirish toʻgʻrisidagi
‎ ____________ viloyati boʻyicha ______ yilning ___-chorak holatiga

‎‎

TAQQOSLASh DALOLATNOMASI‎‎

‎‎

mln soʻmda

Tuman (shahar) nomi

Oldingi hisobot davridan qoldiq boʻlib oʻtgan ijro hujjatlari Hisobot davrida soliq organlari tomonidan xoʻjalik sudidan qabul qilib olingan ijro hujjatlari Sud ijrochilari boʻlimiga taqdim qilingunga qadar bajarilgan ijro hujjati Hisobot davrida soliq organi tomonidan sud ijrochilari boʻlimiga taqdim qilingan ijro hujjatlari

Shundan:‎‎‎

Sud ijrochilari boʻlimi ish yurituvida jami mavjud ijro hujjatlari Ijro harakatlari toʻxtatilgan yoki kechiktirilgan ijro hujjatlari
Qonunning* 24-moddasiga asosan qaytarilgan ijro hujjatlari ish yurituvi qoʻzgʻatilgan ijro hujjatlari

soni‎

summasi‎

soni‎

summasi‎

soni‎

summasi‎

soni‎

summasi‎

soni‎

summasi‎

soni‎

summasi‎

soni‎

summasi‎

soni‎

summasi‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

14‎

15‎

16‎

17‎

‎1.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Jadvalning davomi

‎Shundan:

Jami ijrosi tamomlangan ijro hujjatlari ‎‎
‎‏

‎‎Shundan:

Keyingi hisobot davriga qoldiq boʻlib oʻtgan
‎jami ijro hujjatlari‎‎

Keyingi hisobot davriga qoldiq boʻlib oʻtgan harakatdagi ijro hujjatlari (kechiktirilgan va toʻxtatilgan ijro hujjatlaridan tashqari)

sud tomonidan

sud ijrochisi tomonidan

amalda undirilib ijrosi toʻliq taʼminlangan ijro hujjatlari

hisobot davrining oxiriga
‎ tamomlanmagan
‎ ijro hujjatlari
‎ boʻyicha qisman
‎ undirilgan miqdor‎

Qonunning* 37-moddasiga asosan ijro ishi yuritish tugatilgan ijro hujjatlari

Qonunning* 40-moddasiga asosan qaytarilgan ijro hujjatlari‎

Qonunning* 62-moddasiga asosan tugatish komissiyasiga topshirilgan ijro hujjatlari

soni‎

summasi‎

soni‎

summasi‎

soni‎

summasi‎

soni‎

summasi‎

summasi‎

soni

summasi‎

soni

summasi‎

soni

summasi‎

soni

summasi‎

soni

summasi‎

18‎

19‎

20‎

21‎

22‎

23‎

24‎

25‎

26‎

27‎

28‎

29‎

30‎

31‎

32‎

33‎

34‎

35‎

36‎

‎‎

‎‎* Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni

‎‎

‎‎_________Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi __________________________________
‎(F.I.O., imzo) _______yil
‎“__” ‎ _______________‎

Sud departamenti _______________ hududiy boshqarmasi boshligʻi _________________________________ (F.I.O., imzo)
‎ _____yil “__” _______________”.‎‎


(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 10-oktabrdagi 226-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1656-1, 10.10.2012-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2012-y., 41-42-son, 488-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 4—6-son, 56-modda; 2012-y., 41-42-son, 488-modda)