O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
Qarori
QIShLOQ XO‘JALIGI TOVAR IShLAB ChIQARUVChILARI TOMONIDAN YAGONA YER SOLIG‘INI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 5-fevralda 1102-5-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi ]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2002-yil 31-yanvardagi 29 va 2002-27-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yagona yer solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (2002-yil 5-mart, ro‘yxat raqami 1102 — Normativ hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 5-son; 2003-y., 1-2-son; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 7-son 87-modda; 2005-y., 5-6-son, 44-modda; 2006-y., 28-29-son, 276-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 18-yanvar,
12-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 18-yanvar,
2007-04-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 4—6-son, 52-modda)