Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.06.2011 05.02.2007 yildagi 26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.06.2011
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GEOLOGIYA VA MINERAL RESURSLAR QO‘MITASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 165-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Geologiya-qidiruv ishlarini tashkil qilishni hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 17-yanvardagi PQ-568-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 25-martdagi 139-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 34-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 1-apreldagi 95-son qaroriga ilovaning 16-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 3-4-son, 19-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 5-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 5-fevraldagi 26-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat geologiya qo‘mitasi deb yuritiladi) davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat geologiya qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat geologiya qo‘mitasi o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat geologiya qo‘mitasi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda blankalarga, shuningdek, banklarda qonun hujjatlariga muvofiq ochiladigan hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Davlat geologiya qo‘mitasining vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Davlat geologiya qo‘mitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti boyliklarini geologik o‘rganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral-xomashyo bazasini takroriy ishlab chiqarish sohasida yagona davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish, kon munosabatlari sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noyob, rangli, kamyob yer metallari va uran konlarini, shuningdek, yer osti chuchuk va mineral suvlarini hamda foydali qazilmalarning boshqa turlarini qidirish va razvedka qilish samaradorligini oshirishni ta’minlovchi geologiya-qidiruv ishlarini sifatli prognoz qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
prognoz qilishning ilg‘or metodlaridan foydalangan holda yer osti boyliklari to‘g‘risidagi texnologik va boshqa axborotlarni chuqur ilmiy tahlil qilish, foydali qazilmalar konlarini (uglevodorodlardan tashqari) qidirish va baholash natijalari asosida geologiya-qidiruv ishlarining uzoq muddatli (3 yildan ortiq davrga), o‘rta muddatli (3 yilgacha davrga) hamda har yilgi dasturlarini shakllantirish, shuningdek, ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini baholash va tarmoqning pirovard natijalariga foydali qazilmalar sanoat zaxiralarining o‘sishiga qarab rag‘batlantirish asosida ushbu ishlarni moliyalashtirishning zamonaviy metodlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti boyliklarini geologik o‘rganish, ularni moliyalashtirish va monitoringini olib borish ishlarini tashkil etish va amalga oshirishning zamonaviy metodlari va mexanizmlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu tarmoqdagi ilg‘or tajribadan foydalangan holda geologiya tarmog‘i uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tizimli asosda amalga oshirish, shuningdek, respublikaning oliy va o‘rta o‘quv yurtlarida kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z vakolati doirasida yer osti boyliklarini geologik o‘rganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, geologiya-qidiruv ishlari dasturlarining bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat geologiya qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston hududining geologik jihatdan o‘rganilganligini, iqtisodiyotning foydali qazilmalar zaxiralari bilan ta’minlanganligini tahlil qiladi va shuning asosida vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda mineral-xomashyo bazasidan foydalanish, ularni takroriy ishlab chiqarish sur’atlari, yanada kengaytirish, mustahkamlash va sifat jihatidan yaxshilash, ulardan oqilona va kompleks foydalanish strategiyasi va ushbu maqsadlar uchun zarur bo‘lgan davlat investitsiyalari va boshqa investitsiyalar hajmlari haqida takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish prognozlarini ishlab chiqishda, respublikaning mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va takroriy ishlab chiqarish, yer osti boyliklarini muhofaza qilish davlat dasturlarini, yer osti boyliklarini geologik o‘rganish va muhofaza qilish xalqaro dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda uzoq muddatli (3 yildan ortiq davrga) va o‘rta muddatli (3 yilgacha davrga) geologiya-qidiruv ishlari dasturlarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda geologiya-qidiruv ishlarining o‘rta va uzoq muddatli dasturlarini amalga oshirish doirasida geologiya-qidiruv ishlarining har yilgi dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologiya-qidiruv ishlarining uzoq muddatli, o‘rta muddatli va har yilgi dasturlarini ishlab chiqishda foydali qazilmalarning asosiy turlari zaxiralarini o‘stirish bo‘yicha davlat buyurtmasi loyihalari shakllantirilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimli asosda zamonaviy ilmtalab texnologiyalar va asbob-uskunalarni joriy etishni amalga oshiradi, shuningdek, Davlat geologiya qo‘mitasi tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarni modernizatsiya qilish hamda texnika bilan qayta jihozlash bo‘yicha o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fundamental va amaliy ilm-fan ilg‘or yutuqlari asosida yer osti boyliklarini geologik o‘rganish va mineral resurslardan foydalanish sohasida mavzuli, tajriba-konstruktorlik ishlari, konlar va kon jinslarining texnologik tadqiqotlari, shuningdek, boshqa ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini ilmiy asoslaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noyob, rangli metallar, uran, kamyob va yer kamyob elementlari konlarining, yer osti chuchuk va mineral suvlari istiqbolli konlarini aniqlash hududlarini belgilaydi hamda ushbu hududlarda geologiya-qidiruv ishlarini ustuvor rivojlantirishni ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazish amaliyotiga yangi metodlar va texnologiyalarni, shu jumladan masofadan amalga oshiriladigan metodlar va texnologiyalarni amaliyotga joriy etishni ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlar o‘rtasida geologiya-qidiruv, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini o‘tkazishga davlat buyurtmalarini joylashtiradi, ularni davlat budjeti mablag‘lari va boshqa mablag‘lar hisobiga bajarishni moliyalashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat budjeti mablag‘lari hisobiga yer osti boyliklarini geologik o‘rganish ishlarini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan yer osti boyliklarini geologik o‘rganish ishlarini loyihalash va yuritish sohasidagi norma va qoidalarni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologiya-qidiruv ishlarining tasdiqlangan dasturlariga muvofiq yer osti boyliklarini geologik o‘rganish ishlarini muvofiqlashtiradi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti boyliklarini geologik o‘rganish ishlari olib borilishini, foydali qazilmalarning asosiy turlari zaxiralari o‘sishi va respublika moddiy-xomashyo bazasi shakllantirilishi, mustahkamlanishi va kengaytirilishi bo‘yicha (uglevodorod xomashyodan tashqari) hamda respublika hududini geologik o‘rganish sohasidagi boshqa ishlar bo‘yicha davlat buyurtmalari bajarilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologiya-qidiruv ishlarining har yilgi dasturlari bajarilishi, foydali qazilmalar asosiy turlarini o‘stirish bo‘yicha davlat buyurtmalari bajarilishining har choraklik monitoringini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston hududining geologik-ekologik tadqiqotlari dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z vakolati doirasida yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqiga berilgan litsenziyalarda belgilangan shartlarga, yer osti boyliklarini geologik o‘rganish ishlarini loyihalash va yuritish sohasidagi norma va qoidalarga yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, korxonalar va tashkilotlarga yer osti boyliklarini geologik o‘rganish ishlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘laridan foydalanilishini nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik tavakkalchiligi sharoitlarida geologik o‘rganish, foydali qazilmalarni kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish (chiqindilarni saqlash va ko‘mish maqsadida yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun litsenziyalardan tashqari), alohida qo‘riqlanadigan geologik obyektlar hosilalaridan foydalanish hamda tovlanadigan tosh xomashyo, paleontologik qoldiqlar namunalarini to‘plash huquqini beruvchi litsenziyalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beradi;
(6-band o‘n to‘qqizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 19-iyuldagi 147-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 305-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat budjeti mablag‘lari hisobiga geologik o‘rganish uchun yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqi paydo bo‘lishining asosi hisoblangan yer osti boyliklarini geologik o‘rganishga loyiha-smeta hujjatlarini o‘z vakolatlari doirasida tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda foydalanish uchun berilgan yer osti boyliklari uchastkalarining davlat hisobini yuritadi, yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini va yer osti boyliklarini geologik o‘rganish ishlarining davlat hisobini yuritish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi ekspertlarining shaxsiy tarkibini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologiya materiallarini ko‘rib chiqadi va sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan yoxud keyinchalik olib borilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoki konni qazishda tasdiqlanmagan foydali qazilmalar zaxiralarini yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar balansidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mablag‘lari hisobiga olingan yer osti boyliklari to‘g‘risidagi geologik axborotga va boshqa axborotga mulkdorning huquq va majburiyatlarini amalga oshiradi (uglevodorod xomashyo bo‘yicha axborotdan tashqari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti boyliklarini geologik o‘rganish ishlarini olib borish yuzasidan loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasini tashkil etadi va uning amalga oshirilishini ta’minlaydi, belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining keng tarqalgan foydali qazilmalari ro‘yxatini aniqlaydi va uni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti boyliklari to‘g‘risidagi geologik axborotlar va boshqa axborotlarning davlat fondini, tosh geologik materiallari davlat fondini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalarning istiqbolli konlarini aniqlash mumkin bo‘lgan konlar va yer osti boyliklari uchastkalari davlat reyestrini (o‘z vakolatlari doirasida), foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansini, shu jumladan uglevodorodlar davlat balansini, konlarning, foydali qazilmalar va texnogen mineral hosilalar namoyon bo‘lishi davlat kadastrini, davlat suv kadastrini (yer osti suvlari), alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar (chuchuk yer osti suvlari shakllanishi zonalari) davlat kadastrini, yuqori tabiiy xavfli zonalar (xavfli geologik jarayonlar paydo bo‘lish zonalari) davlat kadastrini yuritadi, shuningdek muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar davlat kadastriga binoan chuchuk yer osti suvlar konlarining shakllanish zonalari bo‘yicha ma’lumotlarni tuzadi va taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorlikda yer osti boyliklari davlat monitoringi, shu jumladan yer osti suvlari monitoringi amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tog‘li hududlarda xavfli geologik jarayonlar (ko‘chki, o‘pirilish, cho‘kish, suffoziylar, karstlar)ni o‘rganish, shuningdek ularning hosil bo‘lishi va rivojlanishini kuzatish ishlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qo‘shni davlatlarning geologiya xizmatlari bilan birgalikda transchegara hududlar doirasida radioaktiv va toksik elementlar bilan ifloslanish o‘choqlarini aniqlash va o‘rganish ishlarini amalga oshiradi, qo‘shni hududlarning ekologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan alohida xavfli zonalar va uchastkalarni aks ettirgan holda geologiya xaritalari va atlaslarini tuzadi hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, manfaatdor vazirliklar va idoralarga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda suv resurslaridan (yer osti suvlaridan) foydalanish hamda hududlarni texnogen va xavfli geologik jarayonlar ta’siridan himoya qilish sxemalarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologiya muhiti obyektlari qo‘riqlanishi, shu jumladan yer osti suvlarining ifloslanish va qurib qolishdan qo‘riqlanishi ustidan nazoratni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suvdan foydalanish uchun quduqlarni burg‘ulashga ruxsatnoma va suvdan (yer osti suvlaridan) maxsus foydalanishga ruxsatnoma berilishini kelishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududining sho‘rlanishiga va cho‘lga aylanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi mintaqaviy ekzogen geologik jarayonlarni o‘rganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelgusida sanoat va xo‘jalik qurilishi obyektlarini joylashtirish uchun muhandislik-geologiya, gidrogeologiya va ekologiya-geologiya asoslashlarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan yirik sanoat va qishloq xo‘jaligi obyektlarining atrof muhitga ta’sirini baholash ishlarida o‘z vakolatlari doirasida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti boyliklari uchastkalaridan foydali qazilmalarni qazish bilan bog‘liq bo‘lmagan, shu jumladan chiqindilarni saqlash va ko‘mish uchun yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun foydalanish imkoniyati o‘rganib chiqilishini ta’minlaydi va xulosalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bo‘lajak qurilish uchastkalari ostida foydali qazilmalar yo‘qligi, sanoat maqsadi uchun o‘zlashtirishga berilmagan foydali qazilmalar konlari maydonlarida imorat qurish imkoniyati to‘g‘risida (keng tarqalgan foydali qazilmalar konlaridan tashqari) xulosalar, shuningdek xavfli geologik jarayonlar paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan zonalarda sanoat obyektlari va boshqa obyektlar qurish uchun uchastkalar tanlash yuzasidan xulosalar berilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini berish yuzasidan ochiq savdolar tashkil etilishi va o‘tkazilishiga vazirliklar va idoralar bilan birgalikda materiallar tayyorlaydi va ularda qatnashadi, yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish bilan bog‘liq investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlari ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda yer osti boyliklarini geologik o‘rganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investitsiyalarni jalb etish ishlarini olib boradi, xorijiy investorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘rimuzokaralar o‘tkazadi va ularga yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini berish to‘g‘risida (o‘z vakolatlari doirasida) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, konferensiyalar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar tashkil qiladi, xalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlarning geologiya xizmatlari bilan belgilangan tartibda aloqalar o‘rnatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi a’zoligidan hamda geologik o‘rganish, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral-xomashyo potensialini takroriy ishlab chiqarish va rivojlantirish sohasida xalqaro shartnomalarda ishtirok etishidan kelib chiquvchi majburiyatlar bajarilishini tashkil etishda va ularning muvofiqlashtirilishida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika mineral-xomashyo bazasining holati to‘g‘risidagi axborot tizimlari faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlaydi, yer osti boyliklarini geologik o‘rganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida noshirlik faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda geologiya-qidiruv ishlariga (mineral-xomashyo bazasini takroriy ishlab chiqarishga) xarajatlarni qoplash stavkalari miqdorlarini, geologiya-qidiruv ishlarini moliyalashtirish va ularga kreditlar ajratish bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekstremal sharoitlarda (suvsizlik, baland tog‘li, yer osti va boshqa sharoitlarda) ishlarni olib borish uchun qo‘shimcha haq miqdorlarini belgilash yuzasidan takliflarni asoslaydi va ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqda mehnatni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologiya sohasi uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini muntazam amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat geologiya qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalarni va o‘z funksiyalarini bevosita, shuningdek o‘ziga qarashli ilmiy-ishlab chiqarish markazlari, korxonalar va tashkilotlar orqali hal etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Davlat geologiya qo‘mitasining huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat geologiya qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, korxonalar va tashkilotlardan o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z vakolatlari doirasida yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda tashkilotlar bilan kelishuv bo‘yicha geologiya materiallari ekspertizasini o‘tkazish uchun ularning mutaxassislarini jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, to‘xtatib turish va to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti boyliklarini geologik o‘rganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaruriyat bo‘lganda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun olimlar, tarmoq mutaxassislaridan vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish, shartnoma asosida ushbu ishga boshqa vazirliklar va idoralarning mutaxassislari va ekspertlarini jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti mablag‘lari va boshqa manbalar hisobiga olingan yer osti boyliklari to‘g‘risidagi geologik axborotlar va boshqa axborotlarni belgilangan tartibda shartnoma asosida realizatsiya qilish (berish, almashtirish, sotish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat geologiya qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlashga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya qo‘mitasi, zarur hollarda, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar chiqarishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat geologiya qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Davlat geologiya qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat geologiya qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rais boshchilik qiladi.
(11-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raisning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar o‘rinbosarlari bo‘ladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya qo‘mitasi raisi moddiy, maishiy, transport va tibbiy xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlari bo‘yicha vazirga, uning o‘rinbosarlari esa vazirning o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12.Davlat geologiya qo‘mitasi raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya qo‘mitasi faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda Davlat geologiya qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaruriyat bo‘lganda xodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Davlat geologiya qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya qo‘mitasining markaziy apparati shtat jadvalini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya qo‘mitasi markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, Davlat geologiya qo‘mitasi tizimiga kiruvchi davlat korxonalari va tashkilotlarining ustavlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya qo‘mitasi tasarrufidagi davlat korxonalarini qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya qo‘mitasi markaziy apparati xodimlarini, Davlat geologiya qo‘mitasi tizimiga kiruvchi ilmiy-ishlab chiqarish markazlari, korxonalar va tashkilotlar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi a’zolarining shaxsiy tarkibini ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat geologiya qo‘mitasida rais (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), shuningdek Davlat geologiya qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi raisning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hay’at quyidagilar bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya qo‘mitasi faoliyatining yerosti boyliklarini geologik o‘rganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral-xomashyo bazasini takroriy ishlab chiqarish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, kon munosabatlari sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish, foydali qazilmalar konlarini qidirish va razvedka qilish samaradorligini oshirishni ta’minlovchi geologiya-qidiruv ishlarini sifatli prognoz qilish, shuningdek prognozlashtirishning ilg‘or usullardan foydalangan holda yerosti boyliklari to‘g‘risidagi geologik va boshqa axborotlarni chuqur ilmiy tahlil qilish asosida geologiya-qidiruv ishlarining uzoq muddatli, o‘rta muddatli hamda har yilgi dasturlarini shakllantirish bo‘yicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Davlat geologiya qo‘mitasi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hay’at Davlat geologiya qo‘mitasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hay’at majlisiga Davlat geologiya qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hay’at qarorlari Qo‘mitaning qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Rais va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda rais paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Yer osti boyliklarini geologik o‘rganish bilan bog‘liq eng muhim yo‘nalishlarni, ishlar natijalarini va boshqa masalalarni ko‘rib chiqish uchun Davlat geologiya qo‘mitasi huzurida yuqori malakali mutaxassislardan iborat tarkibda ilmiy-texnik kengash tashkil etiladi. Ilmiy-texnik kengashning tarkibi va uning to‘g‘risidagi nizom hay’at tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qidiruv va foydalanish konditsiyalarini, foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash va geologiya materiallarining davlat ekspertizasini o‘tkazish uchun Davlat geologiya qo‘mitasi huzurida Davlat geologiya qo‘mitasi raisi boshchilik qiladigan Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi faoliyat ko‘rsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Davlat geologiya qo‘mitasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Davlat geologiya qo‘mitasi apparati ta’minoti davlat budjeti mablag‘lari, tasarrufidagi davlat korxonalari va tashkilotlarining ajratmalari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 4-6-son, 47-modda; 29-30-son, 305-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda)