O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
XALQARO SHARTNOMALARNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 27-apreldagi PQ-2339-sonli “Xalqaro shartnomalarga qo‘shilish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq:
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Umumjahon pochta ittifoqining Umumiy reglamenti (Buxarest, 2004-yil 5-oktabr);
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 4-martdagi PQ-1495-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 4-martdagi PQ-1495-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani to‘g‘risida tegishli bildirishnomalar yo‘llasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri hamda Vazirlar Mahkamasi tegishli komplekslarining, vazirliklar va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari ijrosi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 18-maydagi PQ-78-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 11-yanvar,
PQ-559-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 1-2-son, 8-modda)