03.01.2007 yildagi O‘RQ-76-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.01.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARI FAOLIYATINING KAFOLATLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 11-noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2006-yil 1-dekabrda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga kafolatlar berish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Ushbu Qonunning ayrim nodavlat notijorat tashkilotlariga nisbatan qoʻllanilishining oʻziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, nodavlat notijorat tashkilotlariga, shu jumladan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlar va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlariga nisbatan, agar ularning tashkil etilishini hamda faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunlarda oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi, ularni qoʻllab-quvvatlash shakllari va shartlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini moliyaviy yoki boshqa jihatdan qoʻllab-quvvatlashlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining asosiy kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Faoliyat erkinligi kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlari qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyat turini oʻz ustavlarida belgilangan maqsadlari doirasida amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlari oʻz faoliyatida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan mustaqildir, qonunlarda nazarda tutilganidan boshqa hollarda ularga hisobot bermaydi hamda ularning nazorati ostida boʻlmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki aralashish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Axborotdan foydalanish kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining qonun hujjatlariga muvofiq axborotni izlash, olish, tadqiq etish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlashga boʻlgan huquqini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborotdan foydalanish tegishli materiallarni eʼlon qilish yoʻli bilan hamda ustavda belgilangan faoliyatni amalga oshirish maqsadida zarur axborotni olish uchun davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga soʻrov bilan murojaat qilish huquqining nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan roʻyobga chiqarilishi orqali taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotining soʻroviga iloji boricha qisqa muddatda, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, soʻrov olingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay javob qaytarilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar organ yoki mansabdor shaxs soʻralayotgan axborotga ega boʻlmasa, oʻziga murojaat etgan nodavlat notijorat tashkilotiga soʻrov olingan sanadan eʼtiboran yetti kundan kechiktirmay bu haqda maʼlum qilishi, shuningdek imkoniyatga qarab, unga bunday axborotga ega boʻlgan organning yoki mansabdor shaxsning nomini maʼlum qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari nodavlat notijorat tashkilotlariga bu tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qonun hujjatlari, hujjatlar, qarorlar hamda boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor axborot bepul beriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Mulk huquqi kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlarining mulki daxlsiz va qonun bilan muhofaza qilinadi. Nodavlat notijorat tashkilotlarining mol-mulki natsionalizatsiya, rekvizitsiya va musodara qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Ishchanlik obroʻsini himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkiloti oʻzining ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlar yuzasidan raddiya berilishini sud tartibida talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar nodavlat notijorat tashkilotining ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan boʻlsa, ayni shu ommaviy axborot vositalarida raddiya berilishi lozim. Agar bunday maʼlumotlar tashkilotdan yuborilgan hujjatda uchrasa, bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzining ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlar tarqatilgan nodavlat notijorat tashkiloti bunday maʼlumotlarga raddiya berilishi bilan bir qatorda ularni tarqatish natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrni qoplanishini talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Intellektual faoliyat natijalarini himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotining intellektual faoliyatning obyektiv ifoda etilgan natijalariga va uning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga boʻlgan mutlaq huquqi qonun bilan muhofaza etiladi hamda davlat tomonidan himoya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Davlat organlarining gʻayriqonuniy qarorlaridan, ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlaridan (harakatsizligidan) himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlari davlat organlarining gʻayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlari oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat organlarining gʻayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda davlat boji toʻlashdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlarining gʻayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida nodavlat notijorat tashkilotiga yetkazilgan zararning oʻrni sudning qarori asosida qoplanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash shakllari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar shaklida qoʻllab-quvvatlashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat qonun hujjatlariga muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini boshqa jihatdan ham qoʻllab-quvvatlashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Davlat subsidiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat subsidiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash uchun beriladigan va maxsus loyihalar bilan bogʻliq boʻlmagan moliyaviy yoki boshqa moddiy koʻmakdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlariga davlat subsidiyalarini ajratish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Davlat granti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat granti nodavlat notijorat tashkilotlariga ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun tanlov asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan beriladigan pul mablagʻlari va moddiy resurslardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlariga davlat grantlarini ajratish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Davlat ijtimoiy buyurtmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlariga davlat ijtimoiy buyurtmasi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organi va nodavlat notijorat tashkiloti oʻrtasida shartnoma tuzish orqali ishlarni bajarish yoki tadbirlar oʻtkazishga qaratilgan davlat topshirigʻidan iboratdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlariga davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga kafolatlar berish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 3-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-76-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 1-2-son, 2-modda; 2008-y., 51-son, 500-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)