26.04.1996 yildagi 225-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.05.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amir Temur ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Amir Temur” ordeni taʼsis etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Amir Temur” ordeni toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Amir Temur” ordenining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 266-modda) 11-moddasining “Mustaqillik” ordeni” degan soʻzlaridan keyin “Amir Temur” ordeni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 26-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
225-I-son

“Amir Temur” ordeni toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1. “Amir Temur” ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari davlatchilikni mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari, meʼmorchilikni, ilm-fan, adabiyot va sanʼatni, shu jumladan harbiy mahoratni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissalari uchun mukofotlanadilar. “Amir Temur” ordeni bilan davlatlararo hamkorlikni, tinchlikni hamda xalqlar oʻrtasida doʻstlikni mustahkamlash ishiga alohida hissa qoʻshganlik uchun ham taqdirlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Amir Temur” ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Amir Temur” ordeni bilan mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash va ordenni topshirish “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Amir Temur” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam ish haqining ellik karrasi miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Amir Temur” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan imtiyozlardan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Amir Temur” ordeni koʻkrakning oʻng tomoniga “Mustaqillik” ordenidan keyin taqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Amir Temur” ordeni bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda orden, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjat va bir yoʻla beriladigan pul toʻlovi mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Amir Temur” ordenining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI

“Amir Temur” ordeni 0,25 mikron qalinlikdagi tilla qoplangan 925 darajali (probali) kumush qotishmadan tayyorlanadi va ikki yonbagʻridan nurlar taralgan sakkiz qirrali boʻrtma koʻrinishida boʻladi. Yulduzning burchaklari orasida yashil rang emal qoplangan taram boʻlib taralayotgan nurlar joylashgan. Yulduzning qarama-qarshi joylashgan uchlarining orasi 57 millimetr. Nurlar jo boʻlgan aylananing diametri esa 52 millimetrdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ordenning markazida, sidirgʻa moviy emal fonda gijinglab turgan oq ot mingan Amir Temurning ulugʻvor qiyofasi kumushrangda tasvirlangan. Otliq Amir Temurning tasviri aylana bilan oʻralgan boʻlib, aylananing sirt chizigʻi boʻyicha diametri 35,5 millimetr, ichki chizigʻi boʻyicha diametri 24,5 millimetrdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amir Temur qiyofasini oʻrab turgan oq emalli aylananing yuqorisida yarim oy va yulduzni oʻz ichiga olgan moviy musamman tasvirlangan. Musamman jo boʻlgan sath aylanasining diametri 8 millimetr. Yarim oy jo boʻlgan sath aylanasining diametri 5,5 millimetr, besh qirrali yulduz jo boʻlgan sath aylanasining diametri esa 3,5 millimetrdir
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aylananing yuqorisida, musammanning soʻl tomoniga balandligi 3 millimetrli harflar bilan “KUCH” coʻzi, musammanning oʻng tomoniga balandligi 3 millimetrli harflar bilan “ADOLATDA” soʻzi yozilgan. Aylananing pastida, balandligi 2,5 millimetrli harflar bilan “AMIR TEMUR” soʻzlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ordenning orqa tomonida burma qadagʻich bor.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pastki qismida ordenning tartib raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ordenning qalinligi 7,5 millimetr.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ordenning ogʻirligi 68 gramm.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 63-modda; 1997-y., 4-5-son, 126-modda; 2003-y., 9-10-son, 149-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son )