Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2018 28.11.2006 yildagi 245-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XORIJIY AVTOMOBILDA YuK TAShUVChILAR AVTOTRANSPORT VOSITALARINING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA HARAKATLANISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 553-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanishini tartibga solish va nazorat qilishni kuchaytirish, eksport qilinadigan yuklarni tashish uchun ulardan oqilona va samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish yoʻnalishlarini oʻzgartirish tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish yoʻnalishlaridagi oʻzgartirishlar qatʼiy ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish yoʻnalishlarini oʻzgartirishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi diplomatik kanallar orqali xorijiy davlatlarning manfaatdor elchixonalari, konsulliklari va vakolatxonalarini xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining harakatlanish tartibini takomillashtirish yuzasidan ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida xabardor qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar tomonidan respublika hududida belgilangan harakatlanish yoʻnalishlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 28-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
245-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 28-noyabrdagi 245-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish yoʻnalishlarini oʻzgartirishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududidan xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilarning avtotransport vositalarida tovarlar olib chiqishni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan hamda xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish yoʻnalishlarini oʻzgartirishga 1-ilovaga muvofiq ruxsatnoma berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizomning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasining avtomobilda yuk tashuvchilariga nisbatan ushbu Nizomga oʻxshash ruxsat berish tartibotini qoʻllamayotgan davlatlar xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilarning avtotransport vositalariga tatbiq etilmaydi.
(1-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 28-sentabrdagi 205-sonli qarori asosida ikkinchi xatboshi bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 40-son, 416-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti — transport-ekspeditorlik tashkilotlari yoki transport tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda “ariza beruvchi” deb ataladi) xorijiy davlatning transport-ekspeditorlik tashkiloti bilan unga tegishli avtotransport vositalaridan foydalanish yuzasidan shartnoma tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi yuk joʻnatuvchi — eksport qiluvchi bilan eksport qilinadigan mahsulotni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish uchun xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilardan foydalanilishi toʻgʻrisida shartnoma tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi eksport qilinadigan mahsulotni olib chiqish uchun xorijiy avtomobilda yuk tashuvchining harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirgan holda xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilardan foydalanishni moʻljallayotganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga yozma ravishda murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaatga quyidagi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilardan foydalanilishi toʻgʻrisida shartnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasini ariza beruvchining eksport qilinadigan mahsulotni olib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirgan holda xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilardan foydalanishni moʻljallayotganligi hamda ariza beruvchi muayyan xorijiy avtomobilda yuk tashuvchining harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirish toʻgʻrisida murojaat qilgan taqdirda bir martalik ruxsatnoma berish haqida xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchi Oʻzbekiston Respublikasiga import yuk bilan kirishda bojxona organiga murojaat qiladi, ushbu organ tovar-yoʻl hujjatlariga muvofiq uning Oʻzbekiston Respublikasidagi borish joyigacha boʻlgan harakatlanish yoʻnalishini belgilaydi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 28-sentabrdagi 205-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 40-son, 416-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositasi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import yuk bilan kirgan taqdirda — borish joyiga yetib kelgandan va import yuk tushirilgandan keyin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy avtomobilda yuk tashuvchining transport vositasi tranzit orqali boʻsh kelayotgan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish bojxona maskaniga yetib kelguncha ariza beruvchini eksport qilinadigan mahsulotni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga tayyorligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 28-sentabrdagi 205-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 40-son, 416-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchining harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirish Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmasining mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi ruxsatnomasiga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirish uchun ariza beruvchi Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasiga yozma ravishda murojaat qiladi. Yozma murojaatnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining amalda joylashgan joyi (pochta manzili) va bank rekvizitlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy avtomobilda yuk tashuvchi haydovchisining familiyasi, ismi va pasportiga oid maʼlumotlar, kirish vizasining amal qilish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositasining rusumi va uning davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy avtomobilda yuk tashuvchining rejalashtirilayotgan harakatlanish yoʻnalishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yukni joʻnatuvchining nomi va manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olib chiqiladigan tovarning nomi va miqdori (hajmi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarni olib chiqish moʻljallanayotgan muddat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnoma olish vakolati berilgan shaxs (ariza beruvchining vakili yoki haydovchi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ariza beruvchining murojaatnomasi Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasi tomonidan, murojaatnoma berilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Faqat quyidagi hollarda ariza beruvchiga harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirishga ruxsatnoma berish rad etilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yozma murojaatnomada mazkur Nizomning 2 va 7-bandlariga muvofiq maʼlumotlar koʻrsatilmagan va hujjatlar taqdim etilmagan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) murojaatnomada koʻrsatilgan xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalari tomonidan bojxonaga oid qonun hujjatlari va harakatlanish yoʻnalishlari takroran buzilgan boʻlsa;
(9-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 28-sentabrdagi 205-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 40-son, 416-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) xorijiy avtotransport vositasi haydovchisi kirish vizasining amal qilish muddati tovarni olib chiqish rejalashtirilayotgan muddatga muvofiq boʻlmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasi ariza beruvchini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bir ish kuni mobaynida yozma ravishda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasi ariza beruvchining vakolatli shaxsiga belgilangan shakl boʻyicha ruxsatnoma beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirishga ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda bildirishnomada ham rad etishning sabablari koʻrsatilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirishga ruxsatnoma berish ushbu Nizomning 9-bandi “a” va “v” kichik bandlariga muvofiq rad etilgan taqdirda ariza beruvchi 15 kun mobaynida, rad etish sabablarini bartaraf etgan holda, Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasiga harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirishga ruxsatnoma olish uchun yozma ravishda takroran murojaat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻnalishni oʻzgartirish uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani qayta koʻrib chiqishda ilgari ushbu ruxsatnomani berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha yoʻnalishni oʻzgartirish uchun ruxsatnoma berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirishga ruxsatnoma berish rad etilgani toʻgʻrisidagi bildirishnoma olingandan keyin belgilangan muddat oʻtgandan soʻng berilgan yozma murojaatnoma yangidan berilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ariza beruvchi yoxud uning vakolatli shaxsi harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirishga olingan ruxsatnomani:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositasi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import yuk bilan kirgan taqdirda — import tovarlarning tushirilishini nazorat qilgan bojxona maskaniga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy avtomobilda yuk tashuvchining transport vositasi tranzit orqali boʻsh kelayotgan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish bojxona maskaniga taqdim etadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 28-sentabrdagi 205-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 40-son, 416-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Taqdim etilgan ruxsatnoma asosida harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositasi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import yuk bilan kirgan taqdirda — import tovarlarning tushirilishini nazorat qilgan bojxona maskani vakolatli xodimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy avtomobilda yuk tashuvchining transport vositasi tranzit orqali boʻsh kelayotgan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish bojxona maskani vakolatli xodimi tomonidan ruxsatnomaning tartib raqamini va berilgan sanasini koʻrsatgan holda rasmiylashtiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 28-sentabrdagi 205-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 40-son, 416-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzgartirish boriladigan joy harakatlanish yoʻnalishi varaqasining oʻng tomondagi pastki burchagida olib chiqiladigan tovarning yuklangan joyi va sanasini hamda xorijiy avtomobilda yuk tashuvchi tovarni olib chiqadigan, bojxona maskani vakolatli xodimining imzosi va tartib raqamli shaxsiy muhri bilan tasdiqlangan yangi harakatlanish yoʻnalishini koʻrsatish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirishga ruxsatnoma oʻzgartirilgan harakatlanish yoʻnalishi varaqasi bilan birga xorijiy avtomobilda yuk tashuvchiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Harakatlanish yoʻnalishi oʻzgartirilgandan keyin ruxsatnomaning toʻldirilgan yirtma koreshogi bojxona maskani tomonidan ruxsatnomani bergan Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasiga hisobga olish va nazorat qilish uchun joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchi Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketayotganda harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirishga ruxsatnoma xorijiy avtomobilda yuk tashuvchi tomonidan chiqib ketish joyidagi bojxona maskaniga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirishga ruxsatnoma hisobga olish va nazorat qilish uchun tegishli bojxona maskanining hujjatlar yigʻmajildida qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish yoʻnalishlarini oʻzgartirishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirish masalasi boʻyicha transport-ekspeditorlik va transport tashkilotlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarining oʻzaro hamkorligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sxemasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 28-sentabrdagi 205-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 40-son, 416-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish yoʻnalishlarini oʻzgartirishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48–50-son, 482-modda; 2007-y., 40-son, 416-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda)