Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.03.2020 25.11.2006 yildagi 244-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.03.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAZIRLAR MAHKAMASINING “MAHSULOTLAR, XOM AShYo VA MATERIALLARNING YUQORI LIKVIDLI TURLARINI SOTIShNING BOZOR MEXANIZMLARINI JORIY ETIShNI DAVOM ETTIRISh TO‘G‘RISIDA” 2004 YIL 5 FEVRALDAGI 57-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli “Tovar xomashyo birjalari faoliyatiga ilg‘or axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja savdolari o‘tkazishni yanada takomillashtirish hamda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moddiy-texnika resurslari olishlari uchun teng shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 10-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan birgalikda polietilen, suyultirilgan gaz, sement va shiferni birja savdolariga qo‘yish va sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qo‘yilsinki, polietilen, suyultirilgan gaz, sement va shiferni birja savdolariga qo‘yish va sotish tartibi tasdiqlangunga qadar mahsulotlarning ushbu turlari umumiy belgilangan tartibda sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 25-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
244-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-noyabrdagi 244-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshiga “belgilangan tartibda tasdiqlanadigan” so‘zlaridan keyin “korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan jadvallarga muvofiq” so‘zlari qo‘shilsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi xatboshi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“monopolist korxonalarning 1 va 2-ilovaga kiritilgan mahsulotlari ichki bozorda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha, shuningdek birja (kimoshdi) savdolarida sotilishi mumkin. Bunda mahsulotlar (davlat ehtiyojlari, davlat strategik zaxiralarini to‘ldirish va yangilash, davlat buyurtmasi bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish, ishlab chiqaruvchilarning ichki tarmoq ehtiyojlari uchun, limitlar bo‘yicha iste’molchilarning alohida toifalariga sotiladigan mahsulotlar, elektr energiyasi, tabiiy gaz va aviakerosin bundan mustasno) to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha oxirgi sanada e’lon qilingan birja (kimoshdi) savdolari kotirovkalarining o‘rtacha narxlari bo‘yicha sotiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy balanslarga muvofiq birja (kimoshdi) savdolarida sotishga mo‘ljallangan mahsulotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha faqat birja (kimoshdi) savdolariga qo‘yilgan vaqtdan boshlab bir oy mobaynida sotilmagan hajmlarda oldingi haftadagi birja savdolarida vujudga kelgan birja savdolari o‘rtacha narxlari bo‘yicha sotilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi va oltinchi xatboshi tegishli ravishda oltinchi va yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshiga quyidagi mazmundagi jumla qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda birja bitishuvlari sotuvchi va xaridor tomonidan tegishli ravishda birja savdosiga qo‘yilgan tovar umumiy qiymatining va mo‘ljallanayotgan bitishuv hajmining 2 foizigacha miqdorda garov ta’minoti to‘langan holda, hisob-kitoblarni hisob-kitob-kliring palatasi orqali o‘tkazib amalga oshiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maxsus belgilanadigan tartib bo‘yicha sotiladigan moddiy-texnika resurslarining strategik turlari ro‘yxatiga (2-ilova) quyidagi bandlar qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“11. Polietilen
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Suyultirilgan gaz
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sement
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Shifer”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Moddiy-texnika resurslari strategik turlarini sotishning maxsus tartibi to‘g‘risidagi nizomning (3-ilova) 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Monopolist korxonalarning mahsulotlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha, shuningdek birja (kimoshdi) savdolarida sotiladi. Bunda mahsulotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha oxirgi sanada e’lon qilingan birja (kimoshdi) savdolari kotirovkalarining o‘rtacha narxlari bo‘yicha sotiladi, mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq sotiladigan mahsulotlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moddiy balanslarga muvofiq birja (kimoshdi) savdolarida sotishga mo‘ljallangan mahsulotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha faqat birja (kimoshdi) savdolariga qo‘yilgan vaqtdan boshlab bir oy mobaynida sotilmagan hajmlarda oldingi haftadagi birja savdolarida vujudga kelgan birja savdolari o‘rtacha narxlari bo‘yicha sotilishi mumkin”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 48–50-son, 481-modda)