Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.03.2018 14.11.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1641
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 14.11.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1641
Kuchga kirish sanasi
24.11.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.03.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN TIJORAT BANKLARI VA ULARNING FILIALLARI RAHBARLARI, BOSh BUXGALTERLARI, BOShQARUV AʼZOLARI HAMDA MIKROKREDIT TAShKILOTLARI IJRO ORGANLARI RAHBARLARI LAVOZIMLARIGA TAVSIYA ETILAYOTGAN NOMZODLARGA NISBATAN MALAKA TALABLARI QOʻYISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 14-noyabrda 1641-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/10-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2988, 30.03.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv aʼzolari, kredit uyushmalari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning loyihasini koʻrib chiqib va muhokama qilib, Boshqaruv qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv aʼzolari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab, Markaziy bank Boshqaruvining 29-yanvar 2005-yildagi 1/7-son qarori va u bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv aʼzolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (2005-yil 10-mart, roʻyxat raqami 1455), ushbu Nizomga Markaziy bank Boshqaruvining 28-may 2005-yildagi 11/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan 1-son oʻzgartirish (2005-yil 27-iyun, roʻyxat raqami 1455-1), Markaziy bank Boshqaruvining 7-oktabr 2005-yildagi 21/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2-son oʻzgartirish (2005-yil 28-oktabr, roʻyxat raqami 1455-2) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kredit uyushmalari Kengashlari raislariga hozirda faoliyat koʻrsatayotgan oliy iqtisodiy maʼlumotga ega boʻlmagan kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlarini 2 yil muddat ichida ikkinchi mutaxassislik boʻyicha oliy iqtisodiy maʼlumot olishi uchun oliy oʻquv yurtiga kirishlarini taʼminlash yoki ijro organi rahbarini oliy iqtisodiy maʼlumotga ega boʻlgan xodim bilan almashtirish vazifasi yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qaror Adliya vazirligida Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan oʻn kun oʻtgandan soʻng kuchga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 7-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24/6-son

Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 7-oktabrdagi 24/6-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv aʼzolari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NI3OM

Mazkur Nizom “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 51-moddasiga muvofiq, tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv aʼzolari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablarini qoʻyish va kasbga muvofiqligini aniqlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Malaka talablarini qoʻyish va kasbga muvofiqlikni aniqlash (keyingi oʻrinlarda — kasbga muvofiqlikni aniqlash) — bank ishi va amaliyotini hamda mikrokredit tashkilotlari faoliyatini yuritishda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash uchun yuqori malaka va salohiyatga ega boʻlgan mutaxassislarni tanlash usulidir.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kasbga muvofiqlikni aniqlashning asosiy tamoyillari — ochiqlik, kengashlilik va xolislikdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv aʼzolari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlarining kasbga muvofiqligini aniqlash komissiyasi” (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) kasbga muvofiqlikni aniqlovchi kollegial organ hisoblanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv aʼzolari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarning lavozimga muvofiqligini baholash maqsadida Tijorat banklarining Bosh banklarida kasbga muvofiqlikni aniqlash boʻyicha ichki komissiya tashkil etiladi. Ushbu komissiya tarkibiga Bank Kengashining aʼzolaridan biri kiritilishi shart.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 19-apreldagi 10/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-1, 19.05.2008-y.) asosida ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 185-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Komissiyada tijorat banklari Boshqaruvi raislari va rais oʻrinbosarlari (Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlar bundan mustasno), Boshqaruv aʼzolari, Bosh bankning bosh buxgalteri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tuman filiallari, Amaliyot boshqarma (boʻlim)lari rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari va mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari (keyingi oʻrinlarda — Tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari rahbarlari) lavozimlariga tayinlash uchun tavsiya etilayotgan nomzodlarning kasbga muvofiqligi aniqlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari rahbarlari quyidagi hollarda tavsiya etilayotgan lavozimga muvofiq emas deb topiladilar va oʻz navbatida ular ushbu lavozimlarga tayinlanishi mumkin emas:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirgan harakatlari yuridik shaxslarning bankrotlikka yoki moliyaviy ahvoli yomonlashuviga olib kelganligi toʻgʻrisida dalillar maʼlum boʻlgan taqdirda, bankrotlikka uchragan yoki moliyaviy ahvoli yomonlashgan banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va yuridik shaxslarning sobiq rahbarlari, boshqaruv va kuzatuv kengashi aʼzolari hamda yirik ishtirokchilari (ustav kapitalida 10 foiz va undan koʻp miqdorda ovoz beruvchi aksiyalar yoxud ulushlarga ega boʻlgan shaxslar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzining ishbilarmonlik va shaxsiy xatti-harakatida notoʻgʻri ish yuritsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzaro yaqin qarindosh boʻlgan shaxslar bir bankda rahbarlik yoki moddiy javobgarlik bilan bogʻliq lavozimlarda biri ikkinchisiga bevosita boʻysunib yoki uning nazorati ostida birga ishlasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bank yoki filial rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari bir bank tarkibida boshqa yuqori lavozimga yoki boshqa bankka teng yoki yuqori lavozimlarga, bir mikrokredit tashkiloti ijro organi rahbari boshqa mikrokredit tashkiloti ijro organi rahbarligiga tavsiya etilganda ularning kasbga muvofiqligi Komissiya tomonidan qayta koʻrib chiqiladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank filiali rahbari hamda bosh buxgalteri bir bank tarkibida boshqa filialga teng lavozimlarga oʻtkazilishi Bosh bank taqdimnomasiga asosan Komissiyaning suhbat va (yoki) test sinoviga taklif etilmasdan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etilishi masalasi tijorat banki Boshqaruvi yoki mikrokredit tashkiloti muassis(lar)i tomonidan Komissiyani xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari va mikrokredit tashkiloti rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etilganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma 3 ish kunidan kechiktirmasdan Markaziy bankning Kredit tashkilotlari rahbar xodimlari bilan ishlash departamentiga yetkazilishi hamda ushbu oʻrinlarga tayinlash uchun tavsiya etilayotgan nomzodlarning hujjatlari tijorat banklari tomonidan 1-ilovaga va mikrokredit tashkilotlari tomonidan 2-ilovaga muvofiq 15 ish kunidan kechiktirmasdan Komissiyaga koʻrib chiqish uchun taqdim etilishi lozim.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu Nizomning 4-bandida qayd etilgan rahbarlik lavozimlari boʻyicha boʻsh oʻrinlar 1 oy muddat ichida butlanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari ushbu Nizomning 7 va 8-bandlari talablariga rioya qilmagan taqdirda, ularga nisbatan Markaziy bank tomonidan quyidagi choralar qoʻllanilishi mumkin:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklariga oʻrnatilgan minimal ustav kapitali miqdorining 0,01 foizi miqdorida jarima solish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklarida ushbu holatlar qayta takrorlangan taqdirda, bank filialini yopishgacha boʻlgan choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkiloti lizensiyasini amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish hamda litsenziyasini bekor qilishgacha boʻlgan choralarni koʻrish.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Malakaga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Rahbarlik lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod quyidagilarni bilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari rahbarligiga nomzodlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining asarlarida yoritilgan asosiy masalalar mohiyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va bank faoliyatiga oid qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlari va boshqa meʼyoriy hujjatlarni, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik, xoʻjalik va mehnat qonunchiligi;

bank hisobotlarini tuzish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob-kitoblar va toʻlovlarni amalga oshirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy hisobotlar, buxgalteriya hisobining milliy va xalqaro standartlari bank ichki kredit siyosati va kreditlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik biznesni kreditlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
omonatlarni qabul qilish va ularni berish tartibi;

bankni korporativ boshqarish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit vazifalari va faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiya-kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el valyutasi bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul muomalasini tashkil etish masalalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bazel qoʻmitasining bank faoliyatiga oid asosiy tamoyillari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika bank tizimida olib borilayotgan kadrlar siyosatining mohiyati va ahamiyati.

Mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarligiga nomzodlar:
(10-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, bank, mikrokredit tashkiloti faoliyatiga oid qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlari va boshqa meʼyoriy hujjatlarni, shu jumladan:
(10-bandning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik, xoʻjalik va mehnat qonunchiligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkiloti hisobotlarini tuzish tartibi;
(10-bandning yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit siyosati va kreditlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
omonatlarni qabul qilish va ularni berish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika bank tizimida olib borilayotgan kadrlar siyosatining mohiyati va ahamiyati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tijorat banklarining rahbarlik lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar oliy iqtisodiy maʼlumotga, bank tizimida yetarli ish tajribasiga va oxirgi ish joyidan tavsiyaga, mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlar oliy iqtisodiy maʼlumotga, bank yoki moliya sohasida yetarli ish tajribasiga ega boʻlishlari lozim.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tijorat banklarining Boshqaruvi aʼzoligiga bankning yuridik xizmati rahbari tavsiya etilsa, nomzod oliy yuridik maʼlumotga va bank tizimida yetarli ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklarining tuman filiallari rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari lavozimlariga istisno tariqasida bank yoki iqtisodiy mutaxassislik boʻyicha oliy oʻquv yurtida taʼlim olayotgan noiqtisodiy oliy maʼlumotga ega boʻlgan nomzodlar tavsiya etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Nomzodning kasbga muvofiqligini aniqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Komissiya tarkibi Markaziy bank Raisining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibidagi xodimlar boshqa lavozimga yoki boshqa ishga oʻtgan taqdirda, ular oʻrniga tayinlangan xodimlar Komissiya tarkibiga kiritilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Komissiya yigʻilishi va qarorlari aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirdagina haqiqiy hisoblanadi. Komissiya qarori unda ishtirok etgan aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng kelib qolganda, Komissiya raisi hal qiluvchi ovozga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Komissiya raisi yoʻqligida majlisni uning oʻrinbosari oʻtkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Komissiya ishini tashkil etish Kredit tashkilotlari rahbar xodimlari bilan ishlash departamenti tomonidan olib boriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 19-apreldagi 10/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-1, 19.05.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 185-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarning hujjatlari dastlab tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari tomonidan koʻrib chiqilib, soʻng Markaziy bankka taqdim etiladi. Kredit tashkilotlari rahbar xodimlari bilan ishlash departamenti mazkur hujjatlarni oʻrganib chiqib, soʻng Komissiyaning barcha aʼzolarini tanishtirishi lozim.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari rahbarlik lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlarning Komissiyaga taqdim etilgan hujjatlaridagi maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun javobgardirlar.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Komissiya tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan nomzodlarning hujjatlarini ushbu Nizom talablariga muvofiq holda, 10 kun muddatda oʻrganib chiqadi va nomzodning lavozimga muvofiqligini aniqlash masalasini oʻzining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritadi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank zarurat tugʻilgan hollarda, nomzod toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tasdiqlaydigan axborotlarni nomzodning oʻzidan, shuningdek tegishli vakolatli idoralardan surishtirib aniqlashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tavsiya etilayotgan nomzodning lavozimga muvofiqligi Komissiya tomonidan oʻtkaziladigan suhbat va (yoki) test sinovi orqali aniqlanadi. Suhbat va (yoki) test natijalariga koʻra nomzodning tavsiya etilayotgan lavozimga muvofiq yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va mazkur qarordan koʻchirma tijorat banklari hamda mikrokredit tashkilotlariga yuboriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Faoliyat koʻrsatayotgan tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari rahbarlari lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlar muvofiq emas deb topilganda, tijorat banki (bank Kengashi) va mikrokredit tashkilotlari tomonidan Komissiya qaroridan tegishli koʻchirmani olganidan soʻng, 15 kun muddat ichida ushbu lavozimga boshqa malakali nomzodlar tavsiya etilishi lozim.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tavsiya etilayotgan lavozimga muvofiq emas, deb topilgan nomzodlar kamida olti oy muddat oʻtgandan soʻng ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan lavozimlarga qayta tavsiya etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 24-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimining rahbar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida” F-896-sonli farmoyishiga muvofiq holda oʻtkaziladigan attestatsiya yakunlari boʻyicha egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilgan tijorat banklari rahbar xodimlari 3 yildan soʻng rahbarlik lavozimiga qayta tavsiya etilishi mumkin. Istisno tariqasida, attestatsiyada egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilgan rahbarni attestatsiya sanasidan 1 yil oʻtgandan soʻng quyidagi qoʻshimcha hujjatlar taqdim etilgan taqdirda rahbarlik lavozimlariga qayta tavsiya etilishiga ruxsat beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bank Boshqaruvi raisining tavsiyanomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bank Kengashi yoki Boshqaruvining kamida ikkita aʼzosining fikrnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) xodimning oʻtgan vaqt mobaynida ish faoliyati natijalari, malakasi, nazariy va amaliy bilimlarini oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlar (agar shunday tavsiyalar berilgan boʻlsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Xodim tijorat banklarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tuman filiallari, Amaliyot boshqarma (boʻlim)lariga rahbar yoki bosh buxgalter lavozimiga tayinlanganidan soʻng (Markaziy bank nomenklaturasiga kiruvchi lavozimga teng yoki yuqori lavozimga tayinlangan xodimlar bundan mustasno) tijorat banklarining Bosh banki tomonidan mazkur filialning iqtisodiy koʻrsatkichlari boʻyicha 1 yil davomida monitoring oʻrnatilib, uning tahlili har chorak yakuni boʻyicha bank Boshqaruvi muhokamasiga kiritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tijorat banklarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman filiali, Amaliyot boshqarmasi (boʻlimi)ga rahbar yoki bosh buxgalter (Markaziy bank nomenklaturasiga kiruvchi lavozimga teng yoki yuqori lavozimga tayinlangan xodimlar bundan mustasno) lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Kasbga muvofiqlikni aniqlash komissiyasining suhbat va (yoki) test sinoviga taklif etilishidan avval bank tizimining oʻquv markazlarida tashkil etilgan kurslarda yoki tegishli oliy oʻquv yurtlari huzuridagi malaka oshirish kurslarida oʻz malakasini oshirishi hamda malaka oshirganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasini Markaziy bankka taqdim etishi lozim.
(23 va 24-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 19-apreldagi 10/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-1, 19.05.2008-y.) bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 185-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv aʼzolari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)

Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari hamda boshqaruv aʼzolarining tijorat banki tomonidan Komissiyaga taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh bank Boshqaruvi taqdimnomasi (Bank Kengashi taqdimnomasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻrovnoma;

tarjimai hol;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv yurtini tugatganligi toʻgʻrisida diplom nusxasi (agar oliy oʻquv yurtida oʻqiyotgan boʻlsa — oʻqiyotgan joyidan maʼlumotnoma) va malaka oshirganligi toʻgʻrisida hujjat nusxasi;
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 19-apreldagi 10/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-1, 19.05.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 185-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oxirgi ish joyidan tavsifnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavsiya etilayotgan nomzod bilan Bosh bankda oʻtkazilgan suhbat natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan bayonnoma nusxasi va nomzod bilan oʻtkazilgan suhbat varaqasi;
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 19-apreldagi 10/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-1, 19.05.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 185-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6 x 4 hajmdagi 4 dona surat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning ish faoliyati haqidagi maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning ish faoliyati haqida kasbdoshlari tomonidan bildirilgan fikrnoma yoki mulohazalar (Bosh bank va uning viloyatlardagi boshqarmalari rahbarlariga 5 ta, bosh buxgaltyerlariga 3 ta hamda shahar va tumanlardagi filiallar rahbarlariga va bosh buxgaltyerlariga 3 tadan kam boʻlmasligi kerak);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joyidan maʼlumotnoma va tavsifnoma hamda nomzodning pasporti nusxasi.
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 19-apreldagi 10/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-1, 19.05.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 185-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, nomzod shaxsini tasdiqlovchi hujjat, maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom, mehnat daftarchasi yoki oʻqiyotganligini tasdiqlovchi sinov daftarchasining asl nusxasini oʻzi bilan birga olib kelishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv aʼzolari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari tomonidan Komissiyaga taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar roʻyxati
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrokredit tashkiloti muassis(lar)i taqdimnomasi;
(birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻrovnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarjimai hol;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv yurtini tugatganligi toʻgʻrisida diplom nusxasi (agar oliy oʻquv yurtida oʻqiyotgan boʻlsa — oʻqiyotgan joyidan maʼlumotnoma);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oxirgi ish joyidan tavsifnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6 x 4 hajmdagi 4 dona rangli surat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit tashkiloti tomonidan tayyorlangan nomzodning ish faoliyati haqidagi maʼlumotnoma;
(yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-2, 06.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning ish faoliyati haqida kasbdoshlari tomonidan bildirilgan fikrnoma yoki mulohazalar (5 tadan kam boʻlmasligi kerak);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joyidan maʼlumotnoma va tavsifnoma hamda nomzodning pasporti nusxasi.
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 19-apreldagi 10/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1641-1, 19.05.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 185-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, nomzod shaxsini tasdiqlovchi hujjat, maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom, mehnat daftarchasi yoki oʻqiyotganligini tasdiqlovchi sinov daftarchasining asl nusxasini oʻzi bilan birga olib kelishi shart.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 467-modda; 2008-y., 20-21-son, 185-modda; 2013-y., 10-son, 138-modda)