1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.05.00 Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat mulki qoʻmitasi
raisi birinchi oʻrinbosari
M.S. Yunusmatov
1998-yil 18-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AYIRBOSHLANADIGAN QIMMATLI QOGʻOZLARNI JOYLASHTIRISH VA MUOMALADA BOʻLISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizom

[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1997-yil 1-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 351]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur nizom Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 19-iyundagi 12-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3521, 20.06.2024-y.) asosan 2024-yil 22 sentabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlar (bundan buyon matnda — AQQ deb yuritiladi) — ayni bir emitentning oddiy aksiyalariga ayirboshlanishi mumkin boʻlgan imtiyozli aksiyalari, korporativ obligatsiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AQQ egasi — AQQni sotib olgan va uni boshqaruvchisi hisoblanadigan yuridik yoki jismoniy shaxs (egasi boʻlishi shart emas);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayirboshlanadigan obligatsiyalarni muomaladan chiqarish — obligatsiyalarni toʻliq nominal qiymati boʻyicha emitent tomonidan obligatsiyalarini oʻz egalarining qaytarib sotib olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent — emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqaruvchi va ular yuzasidan qimmatli qogʻozlarning egalari oldida majburiyatlari boʻlgan yuridik shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. AQQni chiqarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1. AQQni chiqarish va joylashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oddiy, ayirboshlanmaydigan qimmatli qogʻozlar, bank kreditlari, qarzlar va boshqalarni chiqarish bilan bir qatorda moliyaviy mablagʻlarni jalb qilishning muqobil manbai boʻlib xizmat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻproq daromad olish imkonini beradi (AQQning bozor narxi oddiy aksiyalar narxiga qaraganda barqarordir, aksiyalar bahosi oshganda AQQni narxi oshadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AQQ emitentining faoliyatiga oid masalalarni hal qilishda ovoz berish huquqini amalga oshirish imkonini beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditorlarga qarzdorlik boʻyicha sarf-xarajatlarni kamaytirib past foiz belgilash imkonini beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa qimmatli qogʻozlarga (oxirgisining daromadligini oshirishda) ayirboshlash imkoniyati tufayli AQQni yanada jozibador qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2. AQQni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror, ularni ayirboshlash darajasi va shartlari, shuningdek ularni chiqarish bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish tartibi va muddatlari aksiyadorlar umumiy yigʻilishi yoki emitentning kuzatuv kengashi tomonidan, agar emitentning ustaviga yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga muvofiq emitentning kuzatuv kengashi bunday qaror qabul qilish huquqiga ega boʻlsa, tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AQQni ayirboshlash shartlari ayirboshlashni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AQQ egalarining talabi boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AQQni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddatda (belgilash tartibi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AQQni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan holatlar yuz berganda amalga oshirishni nazarda tutishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizomning 1-ilovasida ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni ayirboshlashni hisob-kitob qilish tartibini aniqlash boʻyicha tavsiyalar berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3. AQQni chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng emitent qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi (bundan buyon matnda — professional ishtirokchi) bilan AQQni joylashtirish, ularni taʼminotida chiqariladigan qimmatli qogʻozlarni sotib olish va ayirboshlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.4. Oddiy aksiyalarga ayirboshlanadigan imtiyozli aksiyalarning va ayirboshlanmaydigan imtiyozli aksiyalarning umumiy nominal qiymati aksiyadorlik jamiyati ustav fondining (ustav kapitalining) 20 foizidan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.5. Aksiyadorlik jamiyatlari ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarishi mumkin. Agar obligatsiyalar hisobidan ustav fondini shakllantirish nazarda tutilgan boʻlsa, ayirboshlanadigan obligatsiyalarning umumiy qiymati ustav fondi miqdorining 20 foizidan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.6. AQQning har bir chiqariluvi mazkur Nizomga muvofiq AQQni muomalada boʻlish shartlari koʻrsatilgan qaror bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.7. AQQ hujjatsiz shaklda chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.8. AQQga boʻlgan huquq sotib oluvchining depo hisobiga tegishli kiruvchi yozuv kiritilgan paytdan boshlab sotib oluvchiga oʻtadi va depo hisob varagʻidan olingan koʻchirma bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.11. AQQning ayirboshlanilishini taʼminlash uchun aksiyadorlik jamiyati tomonidan qoʻshimcha (yangi) aksiyalar chiqarilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.12. AQQni bevosita almashtirish AQQni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan ayirboshlash muddati tugagandan soʻng amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar AQQ oʻz egalarining talabiga binoan amalga oshirilsa, ayirboshlash tartibi va shartlari AQQ egalari tomonidan tegishli ariza berilishi mumkin boʻlgan muddatni (muddatni belgilash tartibini), shuningdek bunday arizalar asosida ayirboshlanishi kerak boʻlgan muddatni (muddatni belgilash tartibini) belgilashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.13. Ayirboshlashni amalga oshirish uchun AQQ egasi emitent yoki emitentga xizmat koʻrsatuvchi professional ishtirokchi bilan ayirboshlash toʻgʻrisida shartnoma tuzishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga faqat belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan AQQni chiqarishga yoʻl qoʻyiladi. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan AQQning chiqarilishi noqonuniy hisoblanadi, bu AQQ egasidan sotishdan tushgan daromadlarni olib qoʻyish va boy berilgan foydani qoplashni hisobga olgan holda investorlarga qaytarilishiga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.2. AQQ chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun emitent Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalarida (roʻyxat raqami 2000, 2009-yil 30-avgust) belgilangan tartibda hujjatlarni Agentlikka taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4. Agentlik quyidagi hollarda AQQ chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AQQni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar va ulardagi maʼlumotlar qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga mos kelmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AQQni chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxsda ularni chiqarish huquqining yoʻqligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.5. AQQni chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoxud roʻyxatga oluvchi organ tomonidan AQQ chiqarish davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi asoslantirilgan qarorni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar olingan kundan boshlab oʻttiz kun ichida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.6. Emitentning mansabdor shaxslari AQQ chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning ishonchliligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.7. Agentlik faqat AQQ chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻliqligi uchun javobgar boʻladi, shuningdek qonun hujjatlarida va mazkur Nizomda belgilangan AQQni chiqarish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.8. Agentlik AQQni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda va emissiya risolasida keltirilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgar boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.9. Taqdim etilgan hujjatlarga eʼtiroz mavjud boʻlmagan taqdirda AQQni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorning har bir nusxasiga qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi va AQQning chiqarilishiga berilgan davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik raqami koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik raqamini, shuningdek emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishining Yagona davlat reyestriga yozuvlarni kiritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.10. AQQ chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazgandan soʻng, AQQni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorning bir nusxasi roʻyxatga oʻtkazuvchi organda qoladi, bir nusxasi emitentga beriladi va AQQ chiqarilishini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan bir nusxasi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga taqdim etiladi. Agar AQQ boʻyicha qarorning nusxalari matnida nomuvofiqlik mavjud boʻlsa, roʻyxatga oluvchi organda saqlanadigan hujjat matni ustunlikka ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. AQQni joylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.1. Aksiyadorlik jamiyati tomonidan aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni joylashtirishda eʼlon qilingan aksiyalar soni ushbu qimmatli qogʻozlarning muomala muddati davomida ayirboshlash uchun zarur boʻlgan miqdordan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.2. Aksiyadorlik jamiyati qimmatli qogʻozlar egalarining roziligisiz jamiyat tomonidan joylashtirilgan AQQga ayirboshlanishi mumkin boʻlgan aksiyalar bilan berilgan huquqlarni cheklash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.3. Aksiyadorlik jamiyati AQQni joylashtirishni ochiq va yopiq obuna orqali amalga oshirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.5. Qonun hujjatlarida aksiyadorlik jamiyati tomonidan AQQni majburiy joylashtirish holatlari ochiq obuna orqali belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.6. Aksiyadorlik jamiyatining oddiy ovoz beruvchi aksiyalarini AQQga ayirboshlash orqali joylashtirish bunday qimmatli qogʻozlarni joylashtirish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.7. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qarorida yoki jamiyat ustavida AQQni joylashtirish usullari toʻgʻrisidagi masalalar boʻyicha (ochiq yoki yopiq obuna) koʻrsatmalar mavjud boʻlmasa, joylashtirish faqatgina ochiq obuna orqali amalga oshiriladi. Jamiyat ustavida yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarorida AQQni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma boʻlmasa, faqat ochiq obuna orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.8. Aksiyadorlik jamiyatlari AQQni joylashtirishni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilganidan kam boʻlmagan narxda amalga oshirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.9. Jamiyat ustavida, jamiyat tomonidan naqd pul mablagʻlari bilan toʻlanadigan AQQni joylashtirishda, ovoz beruvchi aksiya egalari-aksiyadorlar ularni olishda imtiyozli huquqqa ega boʻladilar. Aksiyador, shu jumladan aksiyadorlar umumiy yigʻilishida qarshi ovoz bergan yoxud unda ishtirok etmagan aksiyador AQQni sotib olishda oʻziga tegishli shu turdagi aksiyalarning soniga mutanosib boʻlgan miqdorda imtiyozli sotib olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.9.1. AQQlarni imtiyozli sotib olish huquqidan foydalanmaslik toʻgʻrisidagi, shuningdek ushbu qarorning amal qilish muddati toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlar umumiy yigʻilishida qatnashayotgan ovoz beruvchi aksiya egalarining koʻpchilik ovozi bilan aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinishi mumkin. Bunda, bunday qarorning amal qilish muddati ushbu qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yildan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.10. Aksiyadorlik jamiyati AQQlar chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun ichida ommaviy axborot vositalari orqali AQQlarni imtiyozli sotib olish huquqiga ega boʻlgan oʻz aksiyadorlariga (agar ushbu jamiyat ustavida nazarda tutilgan boʻlsa) AQQni chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan jamiyat boshqaruv organi tomonidan belgilagan joylashtirish bahosi boʻyicha ularda mavjud boʻlgan aksiyalarning soniga mutanosib ravishda teng shartlarda taklif qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.10.1. Xabarnoma matnida joylashtirilayotgan AQQlar miqdori, ularni joylashtirish narxi, har bir aksiyador sotib olish huquqiga ega boʻlgan AQQ sonini aniqlash tartibi, aksiyadorlarning ushbu huquqini amalga oshirish muddati va tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imtiyozli huquqning amal qilish muddati xabarnoma eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn kundan kam va oʻttiz kundan ortiq boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.10.2. Imtiyozli huquqqa ega boʻlgan aksiyador aksiyadorlik jamiyatiga aksiyadorning ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan joyi)ni oʻz ichiga olgan AQQni sotib olish toʻgʻrisida yozma ariza yuborish orqali oʻzining imtiyozli huquqini toʻliq yoki qisman amalga oshirish huquqiga ega. Bunday ariza ushbu imtiyozli huquqning amal qilish muddati davomida jamiyatga topshirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. AQQlar muomalasining oʻziga xos xususiyatlari Ayirboshlanadigan imtiyozli aksiyalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.1. Imtiyozli aksiyalarni oddiy aksiyalarga ayirboshlash muddati chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda belgilanadi va ayirboshlanadigan imtiyozli aksiyalar chiqarilganidan paytdan boshlab 2 yildan kam boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.2. Agar jamiyatning ustavida ushbu turdagi aksiyalarni oddiy aksiyalarga ayirboshlash imkoniyati nazarda tutilgan boʻlsa, jamiyatning ustavi bilan muayyan turdagi imtiyozli aksiyalar boʻyicha ovoz berish huquqi nazarda tutilishi mumkin. Shu bilan birga bunday imtiyozli aksiyalarning egasi tegishli imtiyozli aksiyalarini ayirboshlashi mumkin boʻlgan oddiy aksiyalar boʻyicha ovozlar sonidan oshmaydigan ovozlar soniga egalik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.3. Ayirboshlanadigan imtiyozli aksiyaning egasi oddiy imtiyozli aksiya egasi uchun amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan barcha huquqlarga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayirboshlanadigan obligatsiyalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.4. Obligatsiyalarni oddiy aksiyalarga ayirboshlash muddati chiqarilish toʻgʻrisidagi qarorda belgilanadi va ayirboshlanadigan imtiyozli aksiyalar chiqarilgan paytdan boshlab 1 yildan kam boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.5. Ayirboshlanadigan obligatsiyalarni soʻndirish uchun professional ishtirokchi ularni AQQ egasidan olgan kundan boshlab 2 kun ichida emitentga topshirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.6. Ayirboshlanadigan obligatsiyaning egasi oddiy obligatsiya egasi uchun amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan barcha huquqlarga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.1. AQQni birinchi egalariga sotuvni amalga oshiruvchi professional ishtirokchi har bir xaridorga mazkur qimmatli qogʻozlarni sotib olish va muomalasi shartlari bilan ushbu qimmatli qogʻozlarni sotib olish paytiga qadar tanishish imkoniyatini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.2. Agentlik qimmatli qogʻozlar muomalasi toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlari va mazkur Nizomning buzilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida roʻyxatga olingan AQQ emissiyasi ustidan joriy nazoratini taʼminlaydi. Agentlik emitentlar yoxud emitentlar bilan shartnoma asosida harakat qiluvchi professional ishtirokchilar tomonidan qonun hujjatlari yoki oʻrnatilgan chiqarish tartiblari buzilganda AQQ xaridorlarining shikoyat va noroziliklarini qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.3. Emitent va AQQ egasi Agentlikka belgilangan muddatda AQQning chiqarilishi (muomalasi) holati yuzasidan soʻralgan maʼlumotni taqdim etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.5. Ayirboshlash huquqi AQQni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat mobaynida foydalanilmagan taqdirda AQQ turiga muvofiq oddiy qimmatli qogʻozlarga aylantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.6. Mazkur Nizom talablarini bajarmaganlik, toʻliq va/yoki oʻz vaqtida bajarmaganlik uchun, shu bilan birga amaldagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda AQQ emitenti yoki emitent bilan shartnoma asosida harakat qiluvchi professional ishtirokchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ILOVA

Ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni ayirboshlash qiymatini hisoblash tartibini aniqlash boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIYALAR

1. Asosiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.1 Mazkur tavsiyalar ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlar emitentlari uchun ayirboshlash qiymatini hisoblash tartibini aniqlashtirish maqsadida hamda ularni muomala tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.2. Mazkur tavsiyalar uchun quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayirboshlash qiymati — ayirboshlash darajasi va aksiyalarning bozor qiymatiga teng boʻlgan koʻrsatkich;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayirboshlash darajasi — ayirboshlash predmeti boʻlgan qimmatli qogʻoz (aksiya) ning muomaladagi narxiga 1 AQQ nominal qiymatiga boʻlish yoʻli bilan hisoblangan koeffitsiyent;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muomaladagi narx — ayirboshlash vaqtida AQQni taʼminlash uchun chiqarilgan bitta qimmatli qogʻozi sotib olinishi mumkin boʻlgan narx;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayirboshlash davri — bu AQQni oddiy aksiyalarga ayirboshlash mumkin boʻlgan davr.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ayirboshlash narxini hisoblash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1. AQQning nominal qiymati emitent AQQ chiqarish toʻgʻrisidagi qarorida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2. Birinchi AQQni ayirboshlash qiymati 1 aksiyaning ayirboshlash darajasiga bozor qiymati mahsulotiga teng.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SK = RSA x UK, bu yerda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SK — ayirboshlash qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RSA — aksiyaning bozor qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
UK — ayirboshlash darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3. Ayirboshlash darajasi nominal qiymati 1 AQQni ayirboshlash predmeti boʻlgan qimmatli qogʻozlar (aksiyalar) muomalasiga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
UK = N/SO, bu yerda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
N — 1 AQQning nominal qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SO — muomaladagi narx.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.4. Ayirboshlash predmeti boʻlgan qimmatli qogʻozlar (aksiyalar) muomalasining dastlabki narxi chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatiladi va u aksiyadorlik jamiyatining qarori yoki ustavida belgilangan tartibda oʻzgarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.5. Professional ishtirokchi ayirboshlashni amalga oshirishi zarur yaʼni oddiy aksiyalarni AQQga oʻtkazish va AQQ egasining DEPO hisob varagʻiga AQQni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan muddatda oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayirboshlashning taxminiy hisob-kitobi (chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayirboshlash uchun ariza qabul qilingan sana
Muomaladagi narx
S “__”___________ (ayirboshlash muddati boshlanishi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-ILOVA

____________________________ (Emitentning nomi)
ARIZA Men, ___________________________________________________________________________ (familiya, ismi, sharifi, yur. rekvizitlari yoki manzili)
Quyidagi ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni (AQQ) sotib olmoqchiman AQQ turi ________________________ Miqdori _________________________dona Summa ________ soʻm. Toʻlov toʻgʻrisidagi toʻlov hujjatining nusxasi ilova qilinadi.