Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 15.11.2006 yildagi PQ-512-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 15.11.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKA PILLAChILIK TARMOGʻINI YaNADA ISLOH QILISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pillachilik sohasida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, respublika pillachilik tarmogʻiga uni modernizatsiyalash va yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha qulay shart-sharoitlar yaratish, jahon bozorida raqobatbardosh tayyor mahsulot hajmini koʻpaytirish va turlarini kengaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbek ipagi” uyushmasi ishtirokchilarining uni tugatish toʻgʻrisidagi taklifiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Pilla” hududiy birlashmalari umumiy yigʻilishi va Oʻzbekiston pillachilik ilmiy-tadqiqot institutining 1-ilovaga* muvofiq “Pilla” hududiy birlashmalarining Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibiga, Oʻzbekiston pillachilik ilmiy-tadqiqot institutining Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibiga kiritilishi toʻgʻrisidagi taklifiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pillachilik sanoati korxonalari va tashkilotlarining 2-ilovaga* muvofiq “Oʻzbekyengilsanoat” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiritilishi toʻgʻrisidagi taklifiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining uning markaziy apparati tuzilmasida xodimlar cheklangan soni 5 kishidan iborat ipakchilikni rivojlantirish boshqarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekyengilsanoat” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasining uning ijro etuvchi apparati tuzilmasida xodimlar cheklangan soni 7 kishidan iborat pillachilik sanoatini rivojlantirish boshqarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzbekyengilsanoat” DAK tomonidan ishlab chiqilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006—2010-yillar davrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha maxsus ajratiladigan yer maydonlarida yangi tutzorlar barpo etish parametrlari 3-ilovaga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006—2010-yillar davrida mahalliy ipak qurti urugʻining serunum zotlari va duragaylarini yetishtirish hajmlari 4-ilovaga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006—2010-yillar davrida pillachilik sanoati korxonalarini tashkil etish va modernizatsiya qilishga investitsiyalarni, jumladan toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish dasturi 5-ilovaga** muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3—5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus ajratiladigan yer maydonlarida tutzorlar barpo etish va ipak qurti urugʻidan tirik pilla yetishtirish boʻyicha 3-ilovada nazarda tutilgan belgilangan topshiriqlarning bajarilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tutzorlar saqlab qolinishi ustidan qattiq nazoratni, ixtisoslashtirilgan pillachilik fermer xoʻjaliklari tashkil etilishi va fermer xoʻjaliklarida namunaviy qurtxonalar qurilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Respublika oʻsimliklarni muhofaza qilish va agrokimyo markazi bilan birgalikda qizil kapalak bilan zararlangan barcha tut daraxtlariga har yili uch marotaba ishlov berish hamda uning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va butunlay yoʻq qilish boʻyicha profilaktika tadbirlari oʻtkazilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzbekyengilsanoat” DAK Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda 2006—2010-yillar davrida pillachilik sanoati korxonalarini tashkil etish va modernizatsiya qilish dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investorlarni tanlab olish va jalb etish, mahsulot umumiy hajmining kamida 70 foizi eksportga yetkazib berilishi sharti bilan ushbu korxonalarni raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni taʼminlaydigan zamonaviy uskunalar va texnologiyalar bilan jihozlash boʻyicha ishlarni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil hosilidan boshlab 2010-yilning 1-yanvarigacha ipak qurti urugʻi zavodlari oʻzi ishlab chiqargan urugʻlarni pilla yetishtiruvchi xoʻjaliklarga toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha va pilla tayyorlash tashkilotlari orqali sotishda, shuningdek pilla tayyorlash va birlamchi ishlov berish korxonalari — quruq pillani qayta ishlovchi respublika pillachilik tarmogʻi korxonalariga sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekyengilsanoat” DAKning pillachilik tarmogʻi korxonalari tomonidan, 6-ilovaga muvofiq respublikada ishlab chiqarilmaydigan, shaxsiy ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinadigan xomashyo, boʻyoqlar, kimyoviy vositalar va yordamchi materiallar 2008-yilning 1-yanvarigacha bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi shaxsiy ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ipakchilik tarmogʻi korxonalari tomonidan import boʻyicha olib kelinadigan xomashyo va materiallardan maqsadli foydalanish ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzbek ipagi” uyushmasi, “Pilla” hududiy birlashmalari va pillachilik tarmogʻi korxonalarining ayrim rahbarlari moliya intizomini, pillachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va sotishda belgilangan tartibni qoʻpol ravishda buzgani uchun respublika Prokuraturasi idoralari tomonidan qattiq javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka tortilganligi va egallab turgan lavozimlaridan ozod etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi majburiyatlar boʻyicha kafolatini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbek ipagi” uyushmasining majburiyatlari boʻyicha — “Oʻzbekyengilsanoat” DAKning Koreya Eksport-import banki krediti yuzasidan Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki oldidagi majburiyatlari etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Koreya Eksport-import banki oldidagi majburiyatini belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “Atlas” AJ va “Buloqboshi ipagi” AJ pillakashlik korxonalarini texnikaviy qayta jihozlash toʻgʻrisida 2001-yil 30-noyabrdagi qarz bitimi va kredit shartnomasiga “Oʻzbek ipagi” uyushmasi majburiyatlarining “Oʻzbekyengilsanoat” DAKga qayta rasmiylashtirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 15-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-512-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 456-modda; 2017-y., 23-son, 460-modda)