Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 13.11.2006 yildagi PQ-510-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-2008 YILLARDA TO‘QIMAChILIK SANOATI KORXONALARINI MODERNIZATSIYA QILISh VA TEXNIKAVIY QAYTA JIHOZLASh DASTURI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
To‘qimachilik sanoatini jadal va barqaror rivojlantirish, tayyor, sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish quvvatlari oshirilishini rag‘batlantirish, uni eksportga yetkazib berishni ko‘paytirish, shuningdek tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish hamda texnikaviy qayta jihozlash hisobiga yangi ish o‘rinlari barpo etishni ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “O‘zbekyengilsanoat” DAK tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan, 2006—2008-yillarda to‘qimachilik sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash Dasturi (keyingi o‘rinlarda — modernizatsiya Dasturi) ma’qullansin, Dastur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekyengilsanoat” DAKning 1-ilovaga* muvofiq 2006—2008-yillarda to‘qimachilik sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash loyihalari ro‘yxatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-ilovaga* muvofiq 2006—2008-yillarda hududiy boshqaruv tasarrufidagi to‘qimachilik sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash loyihalari ro‘yxatini o‘z ichiga olgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va “O‘zbekyengilsanoat” DAK modernizatsiya Dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha ishlarni faollashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, yengil sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlashga oid barcha loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ekspertizadan o‘tishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertiza qilishda asosiy e’tibor ishlab chiqarishning texnikaviy darajasini oshirishga, birinchi navbatda, ishlab chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmining kamida 70—80 foizini eksportga yetkazib berish sharti bilan, korxonalarni yuqori sifatli raqobatbardosh mahsulot chiqarishni ta’minlaydigan zamonaviy uskunalar bilan jihozlashga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihalarning mazkur shartlarga muvofiq bo‘lishi uchun shaxsiy javobgarlik “O‘zbekyengilsanoat” DAK hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-dekabrdagi PQ-2687-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 51-son, 584-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, “O‘zbekyengilsanoat” DAK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari korxonalarning muassislari bilan birgalikda 1 va 2-ilovalarda ko‘rsatilgan loyihalarning TIAlari o‘z vaqtida va sifatli tayyorlanishi hamda ular belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga ekspertizaga taqdim etilishi uchun qat’iy javobgardirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qarorning 1 va 2-ilovalariga kiritilgan korxonalar mazkur qarorda nazarda tutilgan loyihalar bo‘yicha shaxsiy ehtiyojlar uchun olib kelinadigan texnologik va yordamchi uskunalar, texnologik jihozlar va ehtiyot qismlarga bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsiy ehtiyojlar uchun olib kelinadigan texnologik va yordamchi uskunalar, texnologik jihozlar va ehtiyot qismlar ro‘yxati Idoralararo ekspertlar kengashi xulosasi asosida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan aniqlanishi belgilab qo‘yilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-iyundagi PF-3883-son Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 23-son, 232-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar tomonidan tayyor iste’mol mollari ishlab chiqarishni ko‘paytirishni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2003-yil 20-iyundagi PF-3267-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va respublika yengil sanoatini yanada rivojlantirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 25-martdagi 141-sonli qarorida nazarda tutilgan imtiyozlar 2009-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan muddatda mazkur qarorning 1 va 2-ilovalariga kiritilgan korxonalarga tatbiq etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, mazkur qarorda berilgan imtiyozlarga muvofiq bo‘shaydigan mablag‘lar ishlab chiqarishni texnikaviy qayta jihozlash va modernizatsiya qilish, tayyor mahsulotlar yangi turlarini o‘zlashtirish, shaxsiy aylanma mablag‘larni to‘ldirishga maqsadli yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi bo‘shaydigan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin. Ulardan maqsadli foydalanilmagan taqdirda, ushbu mablag‘lar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarima sanksiyalari qo‘llangan holda davlat budjetiga to‘la undirib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ma’qullangan modernizatsiya Dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash uchun “O‘zbekyengilsanoat” DAK Boshqaruvi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekyengilsanoat” DAK O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda modernizatsiya Dasturining bajarilishi to‘g‘risida har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “Respublika to‘qimachilik tarmog‘iga investitsiyalar jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 27-yanvardagi 38-sonli qarorining 1—4-bandlari hamda qarorning 1, 2-ilovalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “O‘zbekyengilsanoat” DAK hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 13-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-510-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 454-modda; 2007-y., 23-son, 232-modda; 2016-y., 51-son, 584-modda)