24.10.2006 yildagi PQ-498-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OROL DENGIZINING OʻZBEKISTONGA TEGISHLI QISMIGA NISBATAN MAHSULOTNI TAQSIMLASH TOʻGʻRISIDAGI BITIMNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI VA MEXANIZMI HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 30-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi va “Oʻzbekneftgaz” AJ tarkibidagi investorlar Konsorsiumi, Koreya Milliy Neft Korporatsiyasi, “Lukoyl Oversiz Xolding Ltd.” (Rossiya), “Petronas Charigali Oversiz Sdn. Bxd.” (Malayziya) va “Si-En-Pi-Si Interneshnl Ltd” (XXR) kompaniyalari tomonidan Orol dengizining Oʻzbekistonga tegishli qismiga nisbatan Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish maqsadida:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar Orol dengizining Oʻzbekistonga tegishli qismiga nisbatan Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish doirasida maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani toʻliq amalga oshirish uchun “Lukoyl Oversiz Xolding Ltd.” (Rossiya) va Koreya Milliy Neft Korporatsiyasi Bitim boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini toʻla hajmda tegishli ravishda “Lukoyl Oversiz Aral Ltd.” va “KNNK Aral Ltd.” shuʼba kompaniyalariga topshirishdi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlar Konsorsiumi ishtirokchilari ikki oy muddatda investorlar konsorsiumi doirasidagi huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi hamkorlikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi bitimni imzolaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qazib olingan (ishlab chiqarilgan) mahsulotni, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining daromadli mahsulotidagi ulushini sotish marketing kompaniyasi tomonidan birgalikda sotish prinsipi asosida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrnatilgan tartibga koʻra, qazib olingan (ishlab chiqarilgan) mahsulotni sotishdan tushgan pul mablagʻlari (kompensatsiya mahsulotlari va investorning daromadli mahsulotdagi ulushi qiymati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi pul oʻtkazmalarini amalga oshirishda bank komissiyalari sifatida ushlanadigan mablagʻlar) Bitim shartlariga muvofiq ularning keyingi taqsimlanishi uchun marketing kompaniyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi bankda ochiladigan hisob raqamiga toʻliq hajmda jamlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlar Konsorsiumi Oʻzbekiston Respublikasi hududida neftgaz operatsiyalarini amalga oshirishda jalb etilgan barcha operator ishchilari tarkibida 80 foizidan kam boʻlmagan miqdorda respublika fuqarolari ishtirokini taʼminlash majburiyatini oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq solish rejimi, shu jumladan bojxona toʻlovlarini toʻlash Bitimda nazarda tutilgan shartlar asosida amalga oshiriladi va amaldagi muddati davomida oʻz kuchini saqlab qoladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator va marketing kompaniyasiga ularga Bitimni amalga oshirish doirasida berilgan imtiyozlar va preferensiyalar tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlar Konsorsiumi Oʻzbekiston Respublikasi oldida oʻz shaxsiy faoliyati singari operator va marketing kompaniyasi faoliyati uchun mulkiy javobgardir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatorga Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari — pudratchi tashkilotlari tomonidan Bitimni amalga oshirish doirasida yetkazib berilgan tovarlar va bajariladigan (koʻrsatiladigan) ishlar (xizmatlar) uchun hisob-kitoblar va toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy valyutada amalga oshirish huquqi berilgan;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekneftgaz” AJ oʻz xarajatlarini qoplash va investorlar Konsorsiumining daromadli mahsuloti ulushi uchun tegishli boʻlgan valyuta mablagʻlari marketing kompaniyasi tomonidan uning xorijiy bankdagi hisobvaragʻidan “Oʻzbekneftgaz” AJning Oʻzbekiston Respublikasining tijorat bankida ochilgan maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi”;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatorlar tomonidan Bitimda nazarda tutilgan koʻrinishlar boʻyicha majburiy tartibda sugʻurtalash amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimining Boshqaruv qoʻmitasi tarkibi Oʻzbekiston tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi hamda Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi-energetika kompleksi, metallurgiya, mashinasozlik va kimyo masalalari axborot-tahlil departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakillarini kiritadi.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekneftgaz” AJga zarur boʻlgan holatda, operator talabi boʻyicha, Bitimni amalga oshirish doirasida neftgaz operatsiyalarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi operatorning Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli bankida ochilgan hisob raqamiga uning investorlar Konsorsiumidagi ulushi chegarasida xorijiy valyutada pul mablagʻlarini oʻtkazishga ruxsat berilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining rezident banklari bilan korrespondentlik munosabatlariga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi birinchi darajali banklarda xorijiy valyutadagi hisob raqamlarini ochishga ruxsatnoma bersin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatorga — bitimni amalga oshirish doirasida faqatgina neftgaz operatsiyalarini yuritish maqsadida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
marketing kompaniyasiga — bitim doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotdan kelib tushadigan mablagʻlarni hisobga olish va taqsimlash uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim boʻyicha majburiyatlarni bajarish yuzasidan javobgar respublika davlat boshqaruvi va joylardagi davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimda nazarda tutilgan tartibda investorlar majburiyati va jadvaldagi ishlar bajarilishi taʼminlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimni amalga oshirishda vakolatli organ vazifasini bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-sentabrdagi 428-sonli qarorining 6-bandiga asosan tashkil qilingan Bitimni amalga oshirish boʻyicha guruh sonining shtat jadvali ilovaga* muvofiq 4 birlikka oshirilsin, unga Orol dengizining Oʻzbekiston qismiga nisbatan Mahsulotni taqsimlash bitimini amalga oshirish boʻyicha belgilangan vazifalarni bajarish yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, bitimni amalga oshirish boʻyicha guruhni moliyalash, qoʻshimcha kiritiladigan birliklarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-sentabrdagi 428-sonli qarorining 8-bandida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda ikki oy muddatda bitimni amalga oshirish doirasida operator tomonidan tovarlarni olib kirish va olib chiqishni rasmiylashtirish boʻyicha bojxona tartibini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bitimda koʻrsatilgan muddat davomida neftgaz operatsiyalarini oʻtkazish uchun belgilangan tartibda yer maydonlari ajratib berishni amalga oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslari qoʻmitasi bilan birgalikda belgilangan tartibda operatorga yer usti va yer osti suv manbalaridan foydalanish boʻyicha yetarli hajmda limit ajratsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi belgilangan tartibda bitimni amalga oshirish doirasida operatorga, pudratchiga va subpudratchiga radioelektron vositalar va yuqori chastotali uskunalardan foydalanish uchun ruxsatnoma bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi operator talabnomasiga koʻra, vakolatli organ tasdigʻi bilan belgilangan tartibda Bitimni amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga vizalar va shu jumladan koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xorijiy investorlar yoki operator talabnomasiga koʻra, Bitimni amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislar uchun belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar muddatini uzaytirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishni va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasinlar.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi belgilangan tartibda operator va marketing kompaniyasiga Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy ishchi kuchini jalb etishga shuningdek, ularning talabnomalariga koʻra, xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati olib borish uchun tasdiqnoma berish(uzaytirish)ni taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 24-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-498-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 426-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)