OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TOVAR-XOM AShYo BIRJASI TOMONIDAN OʻTKAZILADIGAN BIRJA SAVDOLARIDA PAXTA ShROTI (KUNJARASI) VA PAXTA ChIGITI ShELUXASINI SOTISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 25-sentabrda 2006-yil 1623-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 22-sentabrdagi 59 va 97-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi birja savdolarida paxta shroti (kunjarasi) va paxta chigiti sheluxasini sotish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1870, 18.11.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 10-martdagi PQ–24-sonli “Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish dasturi toʻgʻrisida”gi, 2006-yil 31-maydagi PQ–360-sonli qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-sonli “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi tomonidan oʻtkaziladigan birja savdolarida paxta shroti (kunjarasi) va paxta chigiti sheluxasini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilova* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi va OʻzRTXAB OAJning 2004-yil 6-maydagi 32, 01/24-30, 61, 4-1-167, 42-01/245-sonli “Kimoshdi savdolarida paxta shroti (kunjara)ni va paxta chigiti sheluxasini sotish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin (2004-yil 7-iyun, roʻyxat raqami 1368 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 22-23-son, 271-modda).
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan soʻng oʻn kun ichida kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 16-avgust,
5-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 16-avgust,
72-son
Davlat mulki qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 16-avgust,
01/UzRTSB-01-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 39-son, 391-modda; 2007-y., 48-49-son, 497-modda)