OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
OʻSIMLIK YOGʻINI SOTISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 24-avgustda 1617-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 23-avgustdagi 355-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1617-1, 23.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-maydagi “Chigit yetkazib berish mexanizmini hamda oʻsimlik yogʻi va yogʻ-moy mahsulotlari sotishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi PQ-360-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi “Mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi 57-sonli qaroriga asosan qaror qilamiz:
1. Ilova* qilinayotgan Oʻsimlik yogʻini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoat uyushmasi, Oʻzbekiston respublika tovar xom-ashyo birjasining 2004-yil 5-apreldagi “Birja savdolarida oʻsimlik moyini sotish tartibi toʻgʻrisida Vaqtinchalik nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 25, 01/24-18, 46, 01/1-10, 42-01/156-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-avgust,
6-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-avgust,
77-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 351-modda)