Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.08.2017 13.06.2006 yildagi 116-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.08.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON ELEKTR ENERGETIKA, NEFT-GAZNI QAYTA IShLASh, KIMYo VA OG‘IR SANOAT DAVLAT LOYIHA INSTITUTI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-avgustdagi 647-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2831-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston elektr energetika, neft-gazni qayta ishlash, kimyo va og‘ir sanoat davlat loyiha institutini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 13-iyundagi PQ-377-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bir oy muddatda O‘zbekiston elektr energetika, neft-gazni qayta ishlash, kimyo va og‘ir sanoat davlat loyiha instituti (“O‘zog‘irneftgazkimyoloyiha” instituti) ustavini tasdiqlasin va uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “O‘zog‘irneftgazkimyoloyiha” instituti O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda Institutning shtat jadvalini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda budjet mablag‘lari hisobiga 2006-yil uchun daromadlar va xarajatlar smetasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda “O‘zog‘irneftgazkimyoloyiha” institutini ta’minlash, shuningdek, ajratilgan binoni mukammal ta’mirlash, zarur asbob-uskunalar, inventarlar, kompyuter texnikasi, transport vositalari sotib olish, Internet tarmog‘iga ulash, davriy va maxsus nashrlarga obuna bo‘lish, ilmiy-texnika adabiyotlari kutubxonasi fondini shakllantirish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zog‘irneftgazkimyoloyiha” institutiga uchta yengil avtomobil saqlashga limitlar ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zog‘irneftgazkimyoloyiha” instituti ta’minoti uchun davlat budjetidan har yili, belgilangan tartibda mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan birgalikda qisqa muddatlarda institutni uning oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash bo‘yicha tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi belgilangan tartibda, ikki oy muddatda “O‘zog‘irneftgazkimyoloyiha” institutini zarur aloqa turlari va vositalari, shu jumladan Hukumat aloqasi bilan, shuningdek, Internet tarmog‘iga ulashni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “O‘zog‘irneftgazkimyoloyiha” instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oliy Majlis palatalari materiallari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning normativ hamda yo‘riqnoma hujjatlari, statistika axborotlari majburiy tartibda yuboriladigan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bir oy muddatda “O‘zog‘irneftgazkimyoloyiha” institutini unga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun barcha zarur hujjatlar bilan ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “O‘zog‘irneftgazkimyoloyiha” instituti Toshkent shahar, Pushkin ko‘chasi, 66-uyga joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir hafta muddatda ko‘rsatib o‘tilgan binoni belgilangan tartibda “O‘zog‘irneftgazkimyoloyiha” institutiga bepul berishni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 13-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116-son