Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGIGA 15 YIL” ESDALIK NISHONI BILAN MUKOFOTLASH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil” esdalik nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida” 2006-yil 19-iyundagi PF-3763-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil” esdalik nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida” 2006-yil 19-iyundagi PF-3763-son Farmonini bajarish yuzasidan:
“Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil” esdalik nishonlari va ularga guvohnomalar namunalari tasdiqlanganligi va tayyorlanganligi;
belgilangan miqdorda — yigirma besh ming esdalik nishoni bilan mukofotlash uchun hududlar, vazirliklar, idoralar, jamoat tashkilotlari boʻyicha nomzodlar tanlanganligi;
esdalik nishonlariga shaxsiy guvohnomalar rasmiylashtirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Davlatimiz mustaqilligi, iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-taʼlim, madaniy, maʼnaviy salohiyati va mudofaa qudratini mustahkamlash, uning sarhadlari xavfsizligi va daxlsizligini taʼminlash, mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiyalash, Vatanning munosib yosh avlodini tarbiyalash ishiga munosib hissa qoʻshgan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari va tashkilotlarining ishchi va xizmatchilari, qishloq va suv xoʻjaligi mehnatkashlari, tadbirkorlar, ijtimoiy soha xodimlari, fan, madaniyat va sanʼat arboblari, ijodiy uyushmalar, jamoat, xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlarining vakillari, harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va davlat xizmatchilari taqdim etilgan roʻyxatlarga muvofiq “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil” esdalik nishoni bilan mukofotlansin.
3. “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil” esdalik nishonlarini topshirish jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari rahbarlari nishonlar “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil” nishoni toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda topshirilishini taʼminlasinlar.
5. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi esdalik nishonlari topshirilishi marosimi ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishini taʼminlasinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil” esdalik nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida” 2006-yil 19-iyundagi PF-3763-son Farmonining bajarilishini taʼminlash boʻyicha tuzilgan Ishchi guruhga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 22-avgust,
180-son
“Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil”
esdalik nishonlarini topshirish jadvali
esdalik nishonlarini topshirish jadvali
|
T/r |
Mukofotlanganlar toifasi |
Kim tomonidan topshiriladi |
Muddati |
| 1. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi a) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi b) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri v) Hisob palatasi raisi g) Markaziy saylov komissiyasi raisi |
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri | 2006-yil 25-avgust |
| a) Senat aʼzolari b) Markaziy bank raisi v) Senat apparati xodimlari |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi | ||
| a) Qonunchilik palatasi deputatlari b) Qonunchilik palatasi apparati xodimlari |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri | ||
| 2. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a) Milliy xavfsizlik xizmati raisi, Bosh prokuror, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Harbiy sud raislari b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari v) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati aʼzolari g) Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari |
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri | 2006-yil 25-avgust soat 17-30 2006-yil 28-avgust soat 18-00 |
| 3. | Komplekslar tarkibiga kiradigan xoʻjalik boshqaruvi respublika organlarining rahbarlari | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari — Kompleks rahbarlari | 2006-yil 28-avgust |
| 4. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Taqdim etilgan roʻyxatlar boʻyicha mukofotlanganlar |
Bosh vazir oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari | 2006-yil 28—31-avgust |
| 5. | Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi respublika organlari, jamoat tashkilotlari xodimlari va boshqalar | Vazirliklar, idoralar va respublika boshqa organlari rahbarlari | 2006-yil 28—31-avgust |
| 6. | Jamoat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — R.Qosimov | 2006-yil 28—31-avgust |
| 7. | Respublika gazetalari va jurnallari rahbarlari | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — A.Aripov | 2006-yil 28—31-avgust |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 347-modda)