O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“MILLIY SERIAL” KOMPLEKS IJODIY-IShLAB ChIQARISh DASTURI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-245-son qarorini bajarish yuzasidan hamda aholining ta’lim va madaniy darajasini oshirish, milliy an’analarni tarixiy va ma’naviy merosni saqlab qolish, fuqarolar ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirish, yoshlarni va o‘sib kelayotgan avlodni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom ruxida tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Milliy serial” kompleks ijodiy-ishlab chiqarish dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining:
“Milliy serial” kompleks ijodiy-ishlab chiqarish dasturini O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining o‘z mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish;
televizion seriallar ishlab chiqarish hajmini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga 2010-yilgacha (har yili 10 soatga) bosqichma-bosqich ko‘paytirish;
zamonaviy talablar va standartlarga muvofiq yagona videoyozuv, yorug‘lik texnikasi, montaj qilish tizimi va maxsus binolar bilan jihozlangan televizion seriallar ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan suratga olish pavilonini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
3. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga televizion seriallar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun suratga olish paviloniga bepul bino ajratish masalasini hal qilsin.
4. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi suratga olish paviloni uchun ajratilayotgan binoning o‘z mablag‘lari hisobiga rekonstruksiya qilinishi va jihozlanishini ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 12-iyun,
115-son
“Milliy serial” kompleks ijodiy-ishlab chiqarish
dasturi
| T/r |
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddatlari | Moliyalashtirish manbalari | Mas’ul bajaruvchilar |
|
I. Tashkiliy masalalar | ||||
| 1. | Teleseriallar ishlab chiqarish bozorida marketing va sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish, ushbu sohadagi jahon tendensiyalarini o‘rganish. | Doimiy ravishda | MTRK o‘z mablag‘lari va tasdiqlangan moliyalashtirish hajmlari doirasida budjet mablag‘lari | O‘zbekiston MTRK, “O‘zbektelefilm” davlat unitar korxonasi |
| 2. | Vatanimizning teleseriallar ishlab chiqarish industriyasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish. | 2006-yil iyul | — | O‘zbekiston MTRK, “O‘zbektelefilm” davlat unitar korxonasi |
| 3. | Televizion seriallarning yuksak g‘oyaviy-badiiy va professional darajasini ta’minlashga qodir bo‘lgan ijodiy guruhlarni shakllantirish, shuningdek, yuqori malakali rejissorlarni, operatorlarni, shu jumladan sifatli rejissurani ta’minlaydigan xorijiy mutaxassislarni jalb etish. | 2006-2007-yillar, keyinchalik doimiy ravishda | MTRK o‘z mablag‘lari va tasdiqlangan moliyalashtirish hajmlari doirasida budjet mablag‘lari | O‘zbekiston MTRK, “O‘zbektelefilm” davlat unitar korxonasi |
| 4. | Vatanimizning teleseriallar ishlab chiqarish industriyasi uchun mamlakatimiz tegishli o‘quv yurtlarida, shuningdek, ixtisoslashgan xorijiy ta’lim markazlarida, kino va televideniye tashkilotlarida milliy kadrlarni kasb jihatidan tayyorlash va qayta tayyorlash. | 2007-2010-yillar | O‘z mablag‘lari hisobiga | O‘zbekiston MTRK, “O‘zbektelefilm” davlat unitar korxonasi |
| 5. | Televizion seriallar ishlab chiqarish hajmini 2010-yilgacha har yili bosqichma-bosqich ko‘paytirishni ta’minlash: 2006-yil – 10 soat; 2007-yil – 20 soat; 2008-yil - 30 soat; 2009-yil – 40 soat; 2010-yil - 50 soat. |
2006-2010-yillar | O‘z mablag‘lari va homiylar mablag‘lari hisobiga | O‘zbekiston MTRK, “O‘zbektelefilm” davlat unitar korxonasi |
|
II. Televizion seriallarni g‘oyaviy-tematik ta’minlash | ||||
| 6. | O‘zbekiston MTRK telekanallari eshittirishlari xususiyatlarini, tomoshabinlar auditoriyasi turli toifalari qiziqishlarining ko‘p turliligini hisobga olgan holda 2010-yilgacha bo‘lgan davrda televizion seriallar ishlab chiqarishning tematik istiqbol rejasini ishlab chiqish (“ssenariylar portfeli”ni shakllantirish). | 2006-yil oktyabr | — | O‘zbekiston MTRK, “O‘zbektelefilm” davlat unitar korxonasi |
| 7. | O‘zbekiston MTRK Ijodiy kengashi qarori bilan “O‘zbektelefilm” davlat unitar korxonasining har yilgi televizion seriallar ishlab chiqarish tematik rejasini tasdiqlash. | Har yili 1-sentabrgacha | | O‘zbekiston MTRK, “O‘zbektelefilm” davlat unitar korxonasi |
| 8. | Ko‘p seriyali televizion, hujjatli, multiplikatsion filmlar va boshqa kinovideo mahsulotlarning g‘oyaviy-tematik, janr va kompozitsion turli-tumanligini kengaytirish. | Doimiy ravishda | — | O‘zbekiston MTRK, “O‘zbektelefilm” davlat unitar korxonasi |
| 9. | Professional yozuvchilar, dramaturglar, jurnalistlar, prodyusyerlar va boshqalardan mualliflar jamoalarini tashkil etish. | 2006-yil iyun, keyinchalik doimiy ravishda | — | O‘z�ekiston MTRK, “O‘zbektelefilm” davlat unitar korxonasi |
| 10. | Teleserial ssenariysini saralab olish bo‘yicha tanlov o‘tkazish va ssenariyni “O‘zbektelefilm” davlat unitar korxonasi taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston MTRK Ijodiy kengashi qarori bilan tasdiqlash. | Har yili 1-noyabrgacha | — | O‘zbekiston MTRK, “O‘zbektelefilm” davlat unitar korxonasi |
|
III. Moddiy-texnika bazasini takomillashtirish | ||||
| 11. | Teleseriallar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun suratga olish paviloniga maxsus bino tanlash. Suratga olish pavilonini texnik jihozlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash va tasdiqlash. | 2006-yil iyun 2006-yil avgust |
— MTRK o‘z mablag‘lari va homiylar mablag‘lari hisobiga |
O‘zbekiston MTRK, Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston MTRK, “O‘zbektelefilm” davlat unitar korxonasi |
| 12. | Suratga olish pavilonining texnik ro‘yxatini ishlab chiqish va uni televizion seriallar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy asbob-uskunalar, shu jumladan turg‘un maxsus yoritish vositalari, ovoz yozib olish uskunalariga ega bo‘lgan konditsioner tizimi va boshqalar bilan jihozlash. | 2006-yil – 2007-yil I yarim yillik | Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-avgustdagi 412-son qarorini amalga oshirish doirasida hamda o‘z mablag‘lari hisobiga | O‘zbekiston MTRK, Moliya vazirligi |