Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“OʻZBEKNEFTGAZ” MILLIY XOLDING KOMPANIYASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Geologiya-qidiruv ishlarini prognozlash, uglevodorodlarni izlash, razvedka qilish, qazib chiqarishdan tortib ularni qayta ishlash va mahsulot sotishgacha boʻlgan ishlab chiqarish-texnologik siklining barcha bosqichlarida korxonalarning oʻzaro bogʻliq hamda maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarini taʼminlovchi neftgaz kompleksini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish, shuningdek yagona texnikaviy siyosatni olib borish va tarmoqqa xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzbekneftgaz” MXK hamda neftgaz tarmogʻi kompaniyalari va korxonalari aksiyadorlarining:
“Oʻzgeoburgʻuneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasini qayta tashkil etish hamda uning negizida “Oʻzgeoburgʻuneftgaz” va “Oʻzneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyalari tashkil etishni;
“Oʻzneftgazqurilishinvest” aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etishni;
Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksini “Oʻzneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga oʻtkazishni;
“Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi”, “Amirobod geofizika ekspeditsiyasi”, “Fargʻona geofizika ekspeditsiyasi” va “Buxoro geofizika ekspeditsiyasi” aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek “Yakkabogʻ geofizika ekspeditsiyasi” unitar korxonasini “Oʻzbekgeofizika” OAJga qoʻshishni;
“Avtogaz” aksiyadorlik kompaniyasini “Oʻztransgaz” AKga qoʻshish yoʻli bilan uni “Avtogazsotish” shuʼba korxonasiga aylantirishni;
“Oʻzbekneftgaz” MXK Boshqaruvchilar kengashini tashkil etish va xolding kompaniyasi Boshqaruvining funksiyalari oʻzgartirilishini nazarda tutgan “Oʻzbekneftgaz” MXKni tarkibiy qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Boshqaruv xodimlari cheklangan soni 72 birlikdan iborat boʻlgan “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi hamda ijroiya apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
“Oʻzbekneftgaz” MXK Boshqaruvchilari kengashi Raisiga zarur hollarda xolding kompaniyasining ijroiya apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni doirasida oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Belgilansinki:
Boshqaruvchilar kengashi “Oʻzbekneftgaz” MXK faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiruvchi, tarmoqning rivojlanish strategiyasi va istiqbollarini belgilovchi, xolding kompaniyasining taktikasi va uning oldida turgan oʻrta muddatli vazifalarni ishlab chiquvchi organ hisoblanadi;
xolding kompaniyasining ijroiya apparati (Boshqaruvi) Boshqaruvchilar kengashi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning kuzatilishi, nazorat qilinishi va ijro etilishini taʼminlaydigan Boshqaruvchilar kengashining ishchi organi hisoblanadi;
xolding kompaniyasi boshqaruvi Raisi Boshqaruvchilar kengashi Raisining oʻrinbosari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar belgilansin:
“Oʻzgeoburgʻuneftgaz”, “Oʻzneftgazqazibchiqarish”, “Oʻzneftmahsulot”, “Oʻztransgaz”, “Oʻzneftgazqurilishinvest” va “Oʻzneftgazmash” aksiyadorlik kompaniyalari “Oʻzbekneftgaz” MXKning alohida mulkka va mustaqil balansga ega boʻlgan yuridik shaxs shaklidagi shoʻba korxonalari hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekneftgaz” MXK tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik kompaniyalari bosh direktorlari Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimlarga tasdiqlanadi, xolding kompaniyasi Boshqaruvchilar kengashining aʼzolari hisoblanadi hamda maqomi, tibbiy va transport xizmati koʻrsatilishi boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosarlariga, ularning oʻrinbosarlari esa vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Quyidagilar:
xodimlarning umumiy cheklangan soni 68 birlik, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 45 birlikdan iborat boʻlgan “Oʻzgeoburgʻuneftgaz” aksiyadorlik kompaniyasi tashkiliy tuzilmasi va uning ijroiya apparati tuzilmasi 3 va 4-ilovalarga* muvofiq;
xodimlarning umumiy cheklangan soni 86 birlik, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 60 birlikdan iborat boʻlgan “Oʻzneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasi tashkiliy tuzilmasi va uning ijroiya apparati tuzilmasi 5 va 6-ilovalarga* muvofiq;
xodimlarning umumiy cheklangan soni 174 birlik, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 113 birlikdan iborat boʻlgan “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tashkiliy tuzilmasi va uning ijroiya apparati tuzilmasi 7 va 8-ilovalarga* muvofiq;
xodimlarning umumiy cheklangan soni 46 birlik, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 40 birlikdan iborat boʻlgan “Oʻzneftgazqurilishinvest” aksiyadorlik kompaniyasi tashkiliy tuzilmasi va uning ijroiya apparati tuzilmasi 9 va 10-ilovalarga* muvofiq;
boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 8 birlikdan iborat boʻlgan “Oʻzneftgazmash” aksiyadorlik kompaniyasi tashkiliy tuzilmasi va uning ijroiya apparati tuzilmasi 11 va 12-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
* 3—12-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Quyidagilar belgilansin:
“Oʻzgeoburgʻuneftgaz” AK va “Oʻzneftgazqazibchiqarish” AK “Oʻzgeoburgʻuneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tegishli faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha tuzilgan shartnomalar va majburiyatlarning huquqiy vorislari hisoblanadilar;
taʼsis etilayotgan “Oʻzneftgazqurilishinvest” aksiyadorlik kompaniyasi “Oʻzbekneftgaz” MXK tomonidan tuzilgan shartnomalar va majburiyatlarning loyiha ishlarini oʻtkazish va kapital qurilish qismi boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Vazirlar Mahkamasining yoqilgʻi, energetika, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari boʻyicha kompleksi rahbari E.R. Shoismatov Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzbekneftgaz” MXK bilan birgalikda bir oy muddatda:
“Oʻzgeoburgʻuneftgaz”, “Oʻzneftgazqazibchiqarish”, “Oʻzneftgazqurilish-invest” aksiyadorlik kompaniyalarini taʼsis etish, ularning ustav jamgʻarmalari miqdorini belgilash, kompaniyalarning nizomlarini roʻyxatdan oʻtkazish borasidagi barcha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
xolding kompaniyasi va “Oʻzbekneftgaz” MXK tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik kompaniyalari ijroiya apparatlarining tuzilmalari ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini va ular yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
7. “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzgeoburgʻuneftgaz”, “Oʻzneftgazqazibchiqarish”, “Oʻzneftmahsulot”, “Oʻztransgaz” va “Oʻzneftgazqurilishinvest” aksiyadorlik kompaniyalari, “Oʻzbekgeofizika” OAJ va “Andijonneft” OAJ emissiya prospektlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun yigʻim toʻlashdan ozod qilinsin.
8. Ijroiya apparatlari quyidagi manzillarga joylashtirilsin:
“Oʻzneftgazqazibchiqarish” AK — Toshkent shahri, Amir Temur koʻchasi 66-uy;
“Oʻzgeoburgʻuneftgaz” AK — Qarshi shahri, Mustaqillik koʻchasi 35-uy;
“Oʻzneftgazqurilishinvest” AK — Toshkent shahri, Muqimiy koʻchasi 98-uy.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” MXK manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 21-avgust,
PQ-446-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 341-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5207/0139-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)