Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 14.08.2006 yildagi 172-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUXORO VILOYATI VA SAMARQAND ShAHRI SUV TA’MINOTI KORXONALARINING BARQAROR FAOLIYAT KO‘RSATIShINI TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etish lozimki, respublikada aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy kreditlar va investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro viloyati va Samarqand shahri aholisining suv ta’minotini yaxshilashga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida umumiy summasi 66,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan xorijiy kreditlar jalb qilingan.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qarorlari bilan “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi hamda Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasining o‘z mablag‘lari hisobiga xorijiy kreditlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni qoplash nazarda tutilgan.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-apreldagi 109-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 16-son, 202-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq, ushbu korxonalarda qarz mablag‘lari hisobiga sotib olingan asbob-uskunalardan maqsadsiz va samarasiz foydalanish hollariga yo‘l qo‘yilgan, ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yilmoqda, aylanma mablag‘larni korxonalarning ish ixtisosligiga muvofiq bo‘lmagan tovar-moddiy boyliklar sotib olishga jalb etilmoqda. Suv chiqarish inshootlarida beriladigan suv hajmlari bo‘yicha hisob-kitobning yo‘qligi energetika va suv resurslaridan samarasiz foydalanilishiga olib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Natijada debitor va kreditor qarzlar yuqori darajada qolmoqda, loyihaning TIA ko‘rsatkichlariga rioya qilinmayapti, jalb qilingan xorijiy kreditlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish imkonini bermaydigan zararlar paydo bo‘lmoqda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarga tariflarning maqbul darajasini saqlagan holda “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi hamda Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasining samarali faoliyat ko‘rsatishini, shuningdek jalb qilingan xorijiy kreditlar bo‘yicha majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-apreldagi 109-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 16-son, 202-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi rahbari (A. Vafoyev) hamda Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasi rahbari (R. Astanov) egallab turgan lavozimlaridan chetlashtirilganligi va ular jinoiy javobgarlikka tortilganligi to‘g‘risidagi axborot ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-apreldagi 109-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 16-son, 202-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Buxoro viloyati hokimi (S. Xusenov) hamda Samarqand viloyati hokimi (M.Nurmurotov)ga suv ta’minoti korxonalarining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash va xorijiy kreditlar jalb qilingan ushbu loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ta’sirchan nazorat va zarur darajada muvofiqlashtirish ishlari yo‘qligi ko‘rsatib o‘tilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Samarqand shahar va Buxoro viloyati suv ta’minoti tizimini yaxshilash bo‘yicha loyihalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishni ta’minlash yuzasidan tadbirlar kompleksi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu tadbirlarning o‘z vaqtida va so‘zsiz bajarilishini ta’minlash uchun shaxsiy javobgarlik Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimlari zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-apreldagi 109-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 16-son, 202-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida loyihalarning amalga oshirilishi va ushbu qarorning bajarilishi to‘g‘risida har chorakda axborot berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 14-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
172-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 14-avgustdagi
172-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand shahar va Buxoro viloyati suv ta’minoti tizimini yaxshilash bo‘yicha loyihalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishni ta’minlash yuzasidan tadbirlar kompleksi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Tadbirlar nomi‎

Bajarish muddatlari‎

Kutilayotgan natija‎

Mas’ullar‎

‎‎I. Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini tanqidiy baholash

1.‎ Quyidagilarni:

‎— Ispaniya Hukumatining krediti bo‘yicha “Buxoro viloyatining suv ta’minotini ta’minlash”;
‎— Fransiya Hukumatining krediti bo‘yicha “Samarqand shahrida ichimlik suv ishlab chiqarishni ko‘paytirish, modernizatsiyalash hamda taqsimlash” yuzasidan amalga oshirilgan investitsiya loyihalarning iqtisodiy va ijtimoiy samarasini baholash ‎
2006-yil 15-sentabrgacha ‎ Jalb qilingan kreditlarning samaradorligini oshirish hamda ulardan maqsadli foydalanilishini ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlash (Vazirlar Mahkamasiga tahliliy ma’lumotlar kiritish)‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, invstitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari‎
2.‎ ‎Ispaniya Hukumatining kreditini o‘zlashtirish bo‘yicha import kontrakti bajarilishini ekspertizadan o‘tkazish hamda samaradorligini baholash 2006-yil 15-sentabrgacha ‎ ‎Import kontraktiga qo‘shimcha bitimni ekspertiza qilish. Tovarlar va xizmatlar qiymatining bozor konyunkturasida yuzaga kelgan darajasidan farqi aniqlangan taqdirda, zararni qoplash yuzasidan takliflar kiritish ‎Tashqi iqtisodiy aloqalar,
‎ investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, Buxoro viloyati hokimligi
3.‎ ‎“O‘zkommunxizmat” agentligi huzuridagi Loyihani muvofiqlashtirish guruhi hamda Buxoro va Samarqand viloyatlari Loyihani amalga oshirish guruhlari rahbarlari faoliyatini tahlil qilish va baholash ‎2006-yil 10-sentabrgacha ‎Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni samarali boshqarish bo‘yicha Loyihani muvofiqlashtirish guruhi va Loyihani amalga oshirish guruhlari rahbarlari mas’uliyatini oshirish ‎Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti
4.‎ ‎Servis kontraktining moliyaviy va texnikaviy shartlari “Uzbek Water management GmbH” xalqaro operator tomonidan bajarilishini tahlil qilish ‎2006-yil 15-sentabrgacha ‎Suv ta’minlash korxonalarini boshqarishning samaradorligini oshirish hamda kredit mablag‘laridan foydalanishni maqbullashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash ‎Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari

‎‎II. Suv ta’minoti korxonalari menejmentini, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan
‎xizmatlar hajmlarini hisobga olish va nazorat qilishni takomillashtirish

5.‎ ‎Samarqand shahri va Buxoro viloyati suv ta’minoti korxonalari rahbarlarini Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda kontrakt asosida tayinlashni amaliyotga kiritish, yollash shartnomalarida ularning majburiyatlarini, ish natijalarini baholash mezonlarini, shuningdek rag‘batlantirish va iqtisodiy javobgarlikning aniq chora-tadbirlarini belgilash ‎muntazam ravishda ‎Rahbarlarning mas’uliyatini oshirish, kontrakt shartlarini bajarish, korxonani samarali boshqarish ‎Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari, Vazirlar Mahkamasi Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti, “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi va Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasi
6.‎ ‎Suv ta’minoti korxonalari bo‘yicha xizmatlar iste’molchilarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish ‎2006-yil 1-sentabrgacha va keyinchalik har chorakda ‎Ichimlik suvi hamda oqovalar oqib chiqishining haqiqiy miqdorini aniqlash, shuningdek aniqlangan hisobga olinmagan iste’molchilar hisobiga daromadlarni oshirish ‎Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi va Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi
7.‎ ‎“O‘zkommunxizmat” agentligi tomonidan 2004-yil 9-avgustdagi 86-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan metodikaga asosan ixtisoslashtirilgan loyihalash tashkilotlari hisob-kitoblari bo‘yicha o‘z ehtiyojlari, texnologik xarajatlar va yo‘qotishlarga suv sarfining normalarini tasdiqlash ‎2006-yil 1-sentabrgacha ‎O‘z ehtiyojlari, texnologik xarajatlar va hisobga olinmagan yo‘qotishlarga normativ va haqiqiy suv sarfini aniqlash ‎“O‘zkommunxizmat” agentligi, ixtisoslashtirilgan loyihalash institutlari, “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi va Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi
8.‎ ‎O‘z ehtiyojlari, texnologik xarajatlar va yo‘qotishlarga haqiqiy suv sarfini tasdiqlangan normalar darajasigacha yetkazish ‎2007-yil 1-yanvargacha ‎Yo‘qotishlarni qisqartirish, ortiqcha xarajatlarni kamaytirish ‎“O‘zkommunxizmat” agentligi, ixtisoslashtirilgan loyihalash institutlari, “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi va Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi
9.‎ ‎Suv ta’minoti va kanalizatsiya bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar haqi yig‘iluvchanligi darajasini 100 foiz darajasiga yetkazish ‎har oyda ‎Aylanma mablag‘larni ko‘paytirish, debitor va kreditor qarzlarni kamaytirish ‎Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari, “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi va Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi
10.‎ ‎Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 61-son qaroriga asosan tasdiqlangan Dasturlarga hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2005-yil 18-oktabrdagi 05-5-90-son tarkibiy o‘zgartirish rejalariga muvofiq suv chiqarish inshootlarida va aholiga suvni hisobga olish priborlari o‘rnatilishini ta’minlash ‎doimiy ravishda ‎Hisobga olishni yo‘lga qo‘yish, ortiqcha yo‘qotishlarni aniqlash ‎Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi va Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi
11.‎ ‎Moliya vazirligi va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalariga moliyaviy hisobot taqdim etish, keyinchalik ularni Moliya vazirligiga va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasiga taqdim etgan holda ‎har chorakda ‎Debitor va kreditor qarzlar paydo bo‘lishini hisobga olish va nazorat qilishni yo‘lga qo‘yish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning haqiqiy hajmlarini va xarajatlar miqdorlarini aniqlash ‎Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, Buxoro va Samarqand viloyatla�i hokimliklari, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi va Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi

‎‎III. Suv ta’minoti korxonalarining moliyaviy ahvolini yaxshilash hamda jalb etilgan
‎ xorijiy kreditlar bo‘yicha majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash

12.‎ ‎Ilgari berilgan kanalizatsiya inshootlari va tarmoqlarini Samarqand viloyat “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi balansidan “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi balansiga berish ‎2006-yil 1-sentabrgacha “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasining daromad qismini ko‘paytirish ‎Samarqand viloyati hokimligi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, Samarqand viloyat “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi, “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi
13.‎ ‎Debitorlik qarzlarni undirib olish, muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlar bo‘yicha ishlarni sudlarga oshirish ‎doimiy ravishda ‎Debitorlik qarzlarni qisqartirish, aylanma mablag‘larni to‘ldirish ‎Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari, Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi, “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi, Moliya vazirligi
14.‎ ‎Kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchilar, Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va aholi o‘rtasida tomonlarning javobgarligini aniq belgilovchi uch tomonlama shartnomalar tuzish ‎2006-yil 20-sentabrgacha ‎Kommunal xizmatlar ko‘rsatilishi va ularga haq to‘lanishi uchun tomonlarning javobgarlik choralarini belgilash ‎Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari, Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmalari, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari, Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi, “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi
15.‎ ‎Kreditlarga xizmat ko‘rsatishda Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi, “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasining ulush qo‘shib qatnashishini ekspert jihatidan tahlil qilish va hisob-kitoblarni tayyorlash ‎2006-yil 20-sentabrgacha ‎Vujudga kelgan shart-sharoitlarga muvofiq TIA ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish kiritish ‎“Asaka” banki, “O‘zkommunxizmat” agentligi, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari, Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi, “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi
16.‎ ‎Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi va “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasining 2006-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra kumulyativ qarzlarini qoplash yo‘li bilan ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yuzasidan takliflar kiritish ‎2006-yil 5-sentabrgacha ‎Moliyaviy ahvolni yaxshilash, dekbitorlik-kreditorlik qarzlarni qisqartirish ‎Moliya vazirligi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-apreldagi 109-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 16-son, 202-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 14-avgustdagi 172-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining
ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Fransiya Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi Moliyaviy Protokol doirasidagi qarz mablag‘laridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 17-iyundagi 305-son qarorining 4-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Samarqand viloyati hokimligining hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari hisobiga” so‘zlari “Samarqand viloyat, Samarqand shahar “Suvoqava” ishlab-chiqarish boshqarmalari hamda “Tuyamo‘yin-Nukus” mintaqalararo suv quvuridan foydalanish boshqarmasining o‘z mablag‘lari hisobiga, yetmaydigan qismi — mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Moliya vazirligi 2007-yildan boshlab har yili, Davlat budjetini shakllantirishda olingan kreditlar bo‘yicha asosiy qarzni, foizlar va boshqa moliyaviy xarajatlarni qoplashning yetmaydigan qismi uchun mablag‘larni nazarda tutsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Buxoro viloyatini suv bilan ta’minlashni yaxshilash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 26-fevraldagi 67-son qarorining 4-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “o‘z mablag‘lari” so‘zlaridan keyin “etmaydigan qismi — mahalliy budjet mablag‘lari” so‘zlari qo‘shilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bandga quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Moliya vazirligi 2007-yildan boshlab har yili, Davlat budjetini shakllantirishda olingan kreditlar bo‘yicha asosiy qarzni, foizlar va boshqa moliyaviy xarajatlarni qoplashning yetmaydigan qismi uchun mablag‘larni nazarda tutsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Jahon banki guruhi ishtirokida “Buxoro va Samarqand shaharlarini suv bilan ta’minlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 11-dekabrdagi 435-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 5-bandning uchinchi xatboshidagi “boshqarmalari mablag‘lari” so‘zlaridan keyin “etmaydigan qismi esa — respublika budjeti mablag‘lari” so‘zlari qo‘shilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 7-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2007-yildan boshlab har yili, Davlat budjetini shakllantirishda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi krediti bo‘yicha asosiy qarzni, foizlar va vositachilik haqini qoplash uchun mablag‘larni nazarda tutsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi hisoblansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 33-son, 332-modda; 2009-y., 16-son, 202-modda)