OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING
Qarori
Maxsus soʻyish korxonalarida va maydonchalarida chorva mollari soʻyish, chorva mollarni soʻyish bilan shugʻullanuvchi shaxslarga ruxsat guvohnomalari berish va roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 10-avgustda 1611-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining 2018-yil 12-fevraldagi 21 va 4-sonli “Maxsus soʻyish korxonalarida va maydonchalarida chorva mollarni soʻyish, chorva mollarni soʻyish bilan shugʻullanuvchi shaxslarga ruxsat beruvchi guvohnomalarni berish va roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1611-3, 27.02.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollarini koʻpaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–308-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
1. Maxsus soʻyish korxonalarida va maydonchalarida chorva mollari soʻyish, chorva mollarni soʻyish bilan shugʻullanuvchi shaxslarga ruxsat guvohnomalari berish va roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kundan keyin kuchga kiradi.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori T. Omarov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi B. Niyazmatov zimmalariga yuklatilsin.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2006-yil 13-iyul,
6/1-son
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 13-iyul,
5-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 31-32-son, 329-modda; 2014-y., 28-son, 353-modda)