Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018 02.08.2006 yildagi 156-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018
Hujjat 02.08.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARINI BOShQARISh HUQUQINI BERISh, HAYDOVChILARNI TAYYORLASh VA QAYTA TAYYORLASh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh ChORALARI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-sonli “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2018-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 28-fevraldagi PQ-294-son qarori talablarini bajarish va Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash tartibini, shu jumladan yoʻlovchi tashishda qatnashuvchi haydovchilar tarkibini tayyorlash va oʻqitish qoidalarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi oʻquv yurtlarini hisobga olish, imtihonlarga ruxsat berish va ularni oʻtkazish, haydovchilik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Respublika mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining markaziy kengashi, Oʻzbekiston avtomotohavaskorlar jamiyati, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi tarkibidagi hamda mulkchilikning barcha shakllaridagi haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi oʻquv yurtlari oʻz faoliyatini mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomlar talablariga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Ichki ishlar vazirligi hamda Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi ikki oy muddatda Respublika mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining markaziy kengashi va “Toshshahartransxizmat” uyushmasi bilan hamkorlikda barcha toifadagi haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun oʻquv rejalari va dasturlarini toʻliq qayta ishlab chiqsin va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yoʻlovchi tashishda qatnashuvchi haydovchilar tarkibini tayyorlashni takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi barcha oʻquv yurtlari faoliyatini oʻrnatilgan yagona talab va tartiblar asosida muvofiqlashtirib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda haydovchilikka nomzodlar oʻquv yurtini tugatganligini tasdiqlovchi guvohnomaning yagona namunasini ishlab chiqib tasdiqlasin va barcha oʻquv yurtlarini buyurtmalar asosida taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda oʻquv yurtlari oʻquv va moddiy negizining namunaviy normativlarini hamda ularga doir uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi va muddatini mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, qayta koʻrib chiqsin va takomillashtirish choralarini amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasining xalqaro talablarga mos boʻlgan takomillashtirilgan yangi namunasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchilik guvohnomalari toʻgʻrisidagi yagona elektron maʼlumotlar bankini yuritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash (malakasini oshirish), imtihondan oʻtkazish va ularga milliy haydovchilik guvohnomalari berish tartibi toʻgʻrisida” 1998-yil 19-oktabrdagi 445-son qarori 1-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari, shuningdek qarorga 1- va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov va Ichki ishlar vaziri B.A. Matlyubov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 2-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
156-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 2-avgustdagi 156-sonli qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi oʻquv yurtlarini hisobga olish, imtihonlarga ruxsat berish va ularni oʻtkazish, haydovchilik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi oʻquv yurtlarini hisobga olish, imtihonlarga ruxsat berish, Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalarida imtihonlarni oʻtkazish va avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini berish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Barcha transport vositalari oʻz turi, vazifasi va boshqarilish xususiyatlariga koʻra “A”, “V”, “S”, “D” va “E” toifalariga hamda tramvay va trolleybuslarga boʻlinadi. Ularni boshqarish uchun berilgan haydovchilik guvohnomasining tegishli katagida ruxsat beruvchi yoki transport vositasining toifasi yozilgan belgi qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Haydovchilik guvohnomasining “A”, “V”, “S”, “D” va “E” katagida ruxsat beruvchi belgisi boʻlgan shaxslar quyidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“A” — mototsikl, motoroller, motochana va boshqa mototransport vositalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“V” — ruxsat etilgan toʻla vazni 3500 kilogrammdan yoki haydovchining oʻrindigʻidan tashqari oʻrindiqlar soni sakkiztadan ortiq boʻlmagan, shuningdek ular bazasida ishlab chiqarilgan qoʻl bilan boshqariladigan avtomobillarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“S” — ruxsat etilgan toʻla vazni 3500 kilogrammdan ortiq boʻlgan yuk avtomobillarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“D” — yoʻlovchi tashishga moʻljallangan, haydovchi oʻrindigʻidan tashqari oʻrindiqlar soni sakkiztadan ortiq boʻlgan avtomobillarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E” — “V”, “S”, “D” toifali tirkamali avtomobillarni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tramvay haydovchisiga faqat tramvay, trolleybus haydovchisiga faqat trolleybus boshqarishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan avtomobillarga avtobuslar, tegishli oʻrindiqlarga ega boʻlgan mikroavtobuslar, ishlab chiqaruvchi zavodda seriyali tayyorlangan yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan yuk avtomobillarining shassisidagi avtofurgonlar, shuningdek, yoʻlovchilar tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Haydovchilar “V”, “S” va “D” toifasidagi transport vositalarini ruxsat etilgan toʻla vazni 750 kilogrammdan koʻp boʻlmagan tirkama bilan ham boshqarishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Haydovchilar “V”, “S” va “D” toifasidagi transport vositalarini toʻla vazni 750 kilogrammdan ortiq boʻlgan tirkama bilan, shuningdek boʻgʻimli avtobuslarni boshqarishlari uchun haydovchilik guvohnomasida “E” toifasini boshqarishga ruxsati boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi oʻquv yurtlariga qoʻyiladigan talablar va ularni hisobga olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan barcha oʻquv yurtlari Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (keyingi oʻrinlarda DYHXX deb ataladi) roʻyxatlash va imtihon olish boʻlimlari (RIB) va tumanlararo roʻyxatlash va imtihon olish boʻlinmalari (TRIB) tomonidan hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquv yurtlari hisobga olinishi uchun ularning rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda YHXBB deb ataladi) yozma ravishda murojaat etadi. YHXBBning koʻrsatmasiga asosan tekshiruv komissiyasi tomonidan ushbu oʻquv yurtlarining moddiy-texnika va oʻquv-metodik bazasi atroflicha koʻrikdan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tekshiruv komissiyasi tarkibi hududiy Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda YHXB), hokimliklar qoshidagi harakat xavfsizligi komissiyasi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining hududiy boʻlinmalari vakillaridan iborat boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Komissiya tomonidan tekshirilayotgan oʻquv yurtining quyidagi talablarga javob berishi oʻrganib chiqiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv xonalarining yuzasi 48 kv. metrdan kam emasligi, qishda isitilishi va yoritilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv transport vositalarini saqlash hududi va ularni tuzatish uchun alohida usti yopiq joy mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv xonalari moddiy-texnika bazasining avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom talablari asosida toʻliq taʼminlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv yurtining ish rejasida koʻrsatilgan avtomobilni boshqarish boʻyicha amaliy mashgʻulot dasturini toʻliq oʻzlashtirish uchun uning yetarli darajada yonilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandis-oʻqituvchilar, amaliy boshqaruv hamda ishlab chiqarish ustalarining maʼlumoti, bilim darajasi, shuningdek oʻquv xonalarining haydovchilar tayyorlash va qayta tayyorlash darslarini oʻtishga tayyorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchilikka nomzodlarga amaliy boshqarishni oʻrgatish uchun belgilangan talablarga muvofiq jihozlangan yopiq maydoncha, avtodrom mavjudligi yoki undan foydalanish shartnomasi borligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv transport vositalarining texnik holati, ularning qoʻshimcha tepki(pedal)lari hamda taniqlik belgilari bilan jihozlanganligi va boshqa masalalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquv yurtining oʻquv xonalari, ulardagi jihozlar va mashq avtomobillaridan mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida foydalanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur komissiya tomonidan haydovchilarni qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi oʻquv yurtlari ham ushbu talablarga muvofiq oʻrganib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Komissiya tomonidan oʻquv yurti ushbu Nizom talablariga toʻliq javob berishi oʻrganib chiqilgach, tekshiruv natijalari boʻyicha dalolatnoma tuziladi va hududiy YHXB boshliqlari tomonidan tasdiqlanib, YHXBBga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnoma 4 (toʻrt) nusxada tuzilib, hududiy YHXBda, RIB (TRIB)da, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining hududiy boʻlimida hamda oʻquv yurtida saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻrnatilgan talablarga javob bergan nomzod oʻquv yurtlari YHXBB tomonidan ushbu Nizomda belgilangan tartibda hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. YHXBBda hisobga olingan oʻquv yurtlari rahbarlari hududiy YHXB boshliqlari bilan oʻquv guruhlarining sonini, nazariy va amaliy mashgʻulotlarning boshlanishini va oʻqish muddatini belgilab oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash guruhlarida nomzodlar soni 30 kishidan ziyod boʻlmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻquv guruhlarining roʻyxati mashgʻulotlar boshlanishidan avval hududiy YHXB kotibiyatiga taqdim etiladi. Roʻyxat RIB (TRIB) tomonidan oʻquv guruhlarini roʻyxatga olish kitobida qayd etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. DYHXX RIB (TRIB)larida belgilangan tartibda hisobga olingan oʻquv yurtlarining oʻquv moddiy-texnika bazasi va faoliyati har yili kamida bir marta atroflicha, har bir oʻquv guruhlarining oʻquv jarayoni esa har oyda kamida bir marta tekshiriladi. Tekshiruv natijalari boʻyicha dalolatnoma tuzilib, ish faoliyatida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan kelayotgan oʻquv yurtlariga taqdimnoma yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻquv yurti DYHXX RIB (TRIB) tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etmay, nazariy bilimi past va transport vositalarini boshqarish boʻyicha amaliy mashgʻulotlarni yaxshi oʻzlashtirmagan nomzodlarni DYHXX imtihoniga taqdim etadigan boʻlsa, u holda bunday oʻquv yurtining oʻquv guruhlarini DYHXX RIB (TRIB)larida qayd etish kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar toʻxtatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Bunday oʻquv yurtlarida oʻquv guruhlarini yangidan qayd etish dalolatnomada koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. DYHXX RIB (TRIB)larida haydovchilar tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi oʻquv yurtlari boʻyicha nazorat-kuzatuv jildi yuritiladi. Unga oʻquv yurtlarining moddiy-texnika bazasi, oʻquv avtomobillarining roʻyxati, amaliy mashgʻulot oʻtkaziladigan yoʻl xaritasining nusxasi, oʻquv guruhlarida darslarni tekshirish haqidagi maʼlumotlar, tekshirish dalolatnomalari, yil davomida amalga oshirilgan ishlarning tahlili va boshqalar tikib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Davlat harakati xavfsizligi xizmatida imtihonlarga va
transport vositalarini boshqarishga ruxsat berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. “A”, “V”, “S”, “VS”, “D” va “E” toifalaridagi transport vositalarini, tramvaylar va trolleybuslarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomasini olishni istagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi YHXBB bilan kelishilgan, Oliy va Oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona oʻquv rejasi va dasturi asosida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlovchi oʻquv yurtlarida yoki tashkilotlarida (keyingi oʻrinlarda oʻquv yurtlari deb ataladi) tayyorgarlikdan oʻtishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“A” toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomasini olish uchun mustaqil tayyorgarlik koʻrgan shaxslarga ham DYHX RIB (TRIB)larida topshirishga ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Haydovchilik guvohnomasini olish uchun fuqarolar doimiy yoki vaqtinchalik turar joylaridagi, majburiy xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatchilar esa xizmat joylaridagi DYHXX RIB (TRIB)larida topshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Alohida holatlarda (favqulodda holatlar yuz bergan vaqtda, oʻquv yurtlari olish joylaridan uzoq masofada joylashgan hududlarda va hokazo), istisno tariqasida, qabul qilish joyi yoki muddati YHXB rahbariyati tomonidan koʻrib chiqilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. “A”, “V”, “S” va “D” toifalaridagi transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalari DYHXX RIB (TRIB)larida nazariy va amaliy imtihonlarni, tramvay, trolleybuslarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalari esa nazariy imtihonlarni topshirgan shaxslarga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Boshqa toifalardan “S” toifasiga qayta tayyorlashda nazariy va amaliy imtihonlar topshiriladi. “E” toifalariga qayta tayyorlashda (agar oxirgi 12 oy mobaynida transport vositasini boshqargan boʻlsa) faqat amaliy topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Nazariy imtihonda imtihon topshiruvchining yoʻl harakati qoidalari va oʻquv dasturida nazarda tutilgan fanlar boʻyicha bilimi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Amaliy imtihonda qaysi toifali transport vositasini boshqarish huquqini berish uchun olinayotgan boʻlsa, topshiruvchining faqat shu toifadagi transport vositasini boshqarish boʻyicha malakasi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Amaliy imtihonlar oʻquv yurti tomonidan taqdim etilgan tegishli toifadagi transport vositasida olinadi. Bunda “D” toifali transport vositasida imtihon olish oʻrta (uzunligi 8,0-9,5 m.) yoki katta sigʻimli (uzunligi 10,5-12,0 m.) avtobuslarda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amaliy olinadigan transport vositalarining texnik holati DYHXXning oluvchi xodimi tomonidan koʻzdan kechirilib, belgilangan talabga javob berishi tekshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tramvay va trolleybus haydovchiligiga oʻqiyotgan shaxslardan amaliy imtihonlar olishda DYHXX RIB (TRIB)lari xodimi qatnashishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurtlarini kasbiy yoʻnalishi avtomototransport haydovchilarini tayyorlash uchun tasdiqlangan yagona oʻquv dasturiga kiritilgan fanlarni toʻliq oʻqitilishini taqozo etgan ixtisosliklar boʻyicha tugatgan shaxslarga “V” yoki “VS” toifali guvohnomasini olish uchun imtihonlar topshirishga ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Oʻquv muddati yakunida mototransportni boshqarishni oʻrganuvchi 16 yoshga; yengil va yuk avtomobillarini boshqarishni oʻrganuvchi 18 yoshga; tramvay, trolleybus, avtobuslar va mikroavtobuslarni boshqarishni oʻrganuvchi 21 yoshga toʻlgan shaxslarga DYHXX RIB (TRIB)da topshirishga ruxsat etiladi. Ushbu Nizomning 56-bandida koʻrsatilgan holat bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Maxsus tovushli va yorugʻlik signallari bilan jihozlangan yoki xavfli yuklarni tashiydigan transport vositalarini boshqarish uchun oxirgi uch yil, shuningdek, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishda qatnaydigan avtobuslarni va mikroavtobuslarni boshqarish uchun oxirgi besh yil mobaynida tegishli toifadagi transport vositalarida haydovchi boʻlib ishlagan shaxslarga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat asosida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatuvchi yengil avtomobillarni boshqarish transport vositalarini oxirgi uch yil mobaynida uzluksiz boshqargan shaxslarga ruxsat etiladi. Ularning faoliyati muddatini belgilashda mehnat daftarchasidan koʻchirma, avtotransport vositasini qayd etish, ijara shartnomasi yoki ishonchnoma asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. “S” yoki “D” toifalarga oid transport vositalarini boshqarish uchun boʻlgan ayollarga yuk avtomobillarini yoki avtobuslarni boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan belgilangan maʼlum cheklashlar (avtomobillarning yuk koʻtarishi 2,5 tonnadan, avtobusda yoʻlovchilarning soni 14 kishidan oshmasligi kerak) asosida ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. “VS”, “S” yoki “D” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlgan, sohasidagi ish faoliyati bir yildan kam boʻlmagan (shaxsiy avtomobil haydovchilari uchun oxirgi 24 oy mobaynida avtomobil boshqargan), oʻquv yurtlarida tegishli dasturga muvofiq qayta tayyorgarlikdan oʻtgan va DYHXX RIB (TRIB)larida amaliy topshirgan haydovchilarga “E” toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E” toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqini olish uchun qayta tayyorgarlikdan oʻtgan “D” toifasiga ega boʻlgan haydovchilardan amaliy imtihonlar boʻgʻimli avtobuslarda olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. “D” toifasidagi transport vositasini boshqarish huquqi haydovchilik faoliyati muddatidan qatʼiy nazar, oʻquv yurtlarida tegishli dasturga muvofiq toʻliq tayyorgarlikdan oʻtib, DYHXX RIB (TRIB)larida nazariy va amaliy imtihonlarni topshirgan shaxslargagina beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Har qanday transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi boʻlgan shaxslar, 12 oydan koʻp vaqt transport vositasini boshqarmagan boʻlsalar, ish beruvchi tomonidan ular DYHXX RIB (TRIB)lariga nazariy va amaliy topshirish uchun yuboriladi. Imtihonlarni ijobiy topshirgan shaxslar tashkilotlarda kamida 30 soatlik amaliy boshqarish boʻyicha koʻnikma (stajirovka)dan oʻtganidan keyin, ularga transport vositalarini mustaqil boshqarishiga ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Agar tramvay yoki trolleybus haydovchilari 12 oydan koʻp vaqt shu toifali transport vositalarida haydovchi sifatida ishlamagan boʻlsalar, DYHXX RIB (TRIB)larda nazariy, tashkilot attestatsiya komissiyasi tomonidan ularning kasbiy bilimi va boshqarish tajribasi tekshirilib, amaliy imtihon olingandan soʻng, belgilangan yoʻnalishlarda (70—140 soatlik) amaliy boshqaruvdan oʻtganlaridan keyingina tramvay yoki trolleybusni mustaqil boshqarishlariga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo, xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan haydovchilar yuridik shaxslarda belgilangan muddat va yoʻnalishlarda (haydovchilik tajribasiga ega boʻlgan haydovchilar uchun — 30 soat, haydovchilik tajribasiga ega boʻlmagan haydovchilar uchun — 60 soat) amaliy boshqaruvdan oʻtganlaridan keyingina tegishli toifadagi avtomobillarni mustaqil boshqarishlariga ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Barcha transport vositalari haydovchilari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan muddatda, tijorat asosida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi haydovchilar esa bir yilda bir marta majburiy ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Agar DYHXX organlari yoki transport tashkilotlaridagi mansabdor shaxslarda haydovchining sogʻligiga nisbatan shubha tugʻilgan boʻlsa, unga belgilangan muddatdan oldin kasbiga layoqati boʻyicha tibbiy koʻrikdan qayta oʻtish uchun yoʻllanma berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Agar haydovchi kasbiga layoqati boʻyicha tibbiy koʻrikdan qayta oʻtishdan boʻyin tovlasa yoki u tibbiy komissiya tomonidan transport vositalarini boshqarishga noloyiq deb topilsa unga doir hujjatlar DYHXX xodimi tomonidan, belgilangan tartibda transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish masalasini koʻrib chiqish uchun sud idoralariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haydovchini tibbiy koʻrikdan qayta oʻtkazish haqida qaror DYHXX boʻlinmalarining boshligʻi yoki guruhlarining katta inspektori, ular boʻlmaganida esa ichki ishlar boʻlimi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Haydovchilarni transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi qaror qonunchilikda belgilangan tartibda qabul qilinadi. Transport vositalarini mast holda boshqarganligi uchun haydovchilik huquqidan mahrum qilingan shaxslar, haydovchilik guvohnomasini olish uchun mahrum qilish muddatidan qatʼi nazar, majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishlari hamda nazariy va amaliy topshirishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu holda imtihon komissiyasining qaroriga muvofiq haydovchilikdan mahrum qilingan boshqarish huquqiga oid biror toifa boʻyicha, “D” toifasi mavjud boʻlgan holatlarda aynan “D” toifa boʻyicha amaliy imtihon olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Birinchi marotaba haydovchilik guvohnomalarini olish uchun murojaat qilgan barcha xorijiy fuqarolarga haydovchilik guvohnomalarini berish ushbu Nizomda nazarda tutilgan umumiy qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Imtihonlarni oʻtkazish, haydovchilik guvohnomasi va uning talonini berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Imtihonlarni qabul qilish va “A”, “V”, “S”, “D”, “E” toifalaridagi transport vositalarini, shuningdek, tramvay, trolleybuslarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalarni berish DYHXX RIB (TRIB)lari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Barcha toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini berish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni (tramvay, trolleybusdan tashqari) DYHXX RIB (TRIB)larining komissiyalari qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. DYHXX RIB (TRIB)larining komissiyasi tarkibi kamida uch kishidan iborat boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tarkibiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DYHXX RIB (TRIB)lar boshligʻi (komissiya raisi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv yurtlarining haydovchilar tayyorlash bilan shugʻullanuvchi oʻqituvchilari (topshirayotgan oʻquv guruhi oʻqituvchisi va bir oʻquv yurtidan bir nafardan ortiq oʻqituvchi jalb etilmasligi kerak), avtotransport korxonasi, mudofaa ishlari boʻlimi va boshqa mutasaddi tashkilotlarning vakillari kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Imtihon komissiyasi aʼzolari Yoʻl harakati qoidalarini va imtihon olish uslubini bilishi, amaliy va nazariy olayotganlar esa, bundan tashqari, boshqarish boʻyicha malakasi tekshirilayotgan toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Oʻquv guruhlari mashgʻulotlar tugaganidan soʻng haydovchilikka nomzodlarning oʻquv jarayonida dasturda koʻrsatilgan barcha fanlarni oʻzlashtirganliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar DYHXX xodimlari tomonidan tekshirib chiqiladi va ularning roʻyxati DYHXX RIB (TRIB)lardagi roʻyxat bilan solishtiriladi hamda haydovchining varaqasida RIB (TRIB)lar xodimining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Haydovchilik guvohnomasi va uning talonini olish uchun haydovchilikka nomzodlar DYHXX RIB (TRIB)larga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tegishli toifadagi transport vositalarini boshqarish uchun dasturlar boʻyicha oʻqishni tugatganligi haqidagi guvohnomani (ushbu Nizom 18-bandining ikkinchi xatboshida hamda 26-bandida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari);
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) diplom va oʻquv dasturidagi fanlarni oʻtganligi toʻgʻrisidagi diplom varaqasidan koʻchirmaning notarial idoralari tomonidan tasdiqlangan nusxalari (ushbu Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan shaxslar uchun);
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) oʻlchami 3,5 x 4,5 sm boʻlgan 2 dona fotosurat;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) sogʻligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) bank muassasalariga topshirish va haydovchilik guvohnomasini olish uchun toʻlovlar toʻlanganligi haqidagi toʻlov qogʻozi (toʻlovlar miqdori Oʻzbekiston Respublikasi IIV tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) oʻquv yurti tomonidan toʻldirib tasdiqlangan haydovchining imtihon varaqasi va fuqaroning pasporti yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Imtihonlar quyidagi tartibda oʻtkaziladi: avval — nazariy, keyin — amaliy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazariy imtihon topshira olmagan shaxslar amaliy imtihonlarga qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Oʻquv yurtlarida avtomototransport vositalarini boshqarishga tayyorlash va qayta tayyorlash kursini oʻtgan shaxslardan takroran imtihonlar kamida 10 kundan soʻng olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haydovchilik guvohnomasi va uning talonining dublikatini olish, guvohnomadan mahrum qilinganlik yoki uni almashtirish va boshqa shu kabi holatlar uchun DYHXX RIB (TRIB)lar imtihoniga kiritilgan shaxslarning qayta imtihon topshirishlariga 5 kundan soʻng ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Nazariy imtihonlarda olingan ijobiy baho 2 oy davomida haqiqiy deb hisoblanadi. Agar haydovchilikka nomzod ushbu muddatda amaliy imtihonlarni topshira olmasa, u yana qayta nazariy imtihonga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. “A” toifali haydovchilik guvohnomasini olish uchun mustaqil tayyorgarlik koʻrgan shaxslar nazariy va amaliy imtihonlarni ikkinchi marotaba (15 kundan keyin) topshira olmagan taqdirda, ularning imtihon varaqasi taqdim etilgan hujjatlari bilan birga olib qoʻyiladi va yashash joyidagi hududiy DYHXX RIB (TRIB)larda imtihon topshira olmaganlar kartotekasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur shaxslar DYHXX imtihonlariga haydovchilikka tayyorlovchi oʻquv yurtlarini belgilangan tartibda tamomlaganlaridan keyingina qoʻyiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Yoʻl harakati qoidalari va amaliy boshqarish boʻyicha natijalari haydovchining imtihon varaqasiga yoziladi hamda imtihon komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma imtihonda qatnashgan komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va DYHXX RIB (TRIB)lari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Nazariy va amaliy imtihonlarni topshirgan shaxslarga mazkur bayonnoma asosida haydovchilik guvohnomasi va uning taloni yozib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haydovchilik guvohnomasi va uning taloni qayd etish kitobiga seriyasi va tartib raqamini oʻsishi boʻyicha yoziladi hamda imtihon varaqasiga qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haydovchilik guvohnomasi va uning talonidagi yozuvlar maxsus siyoh bilan yoki boshqa texnik vositalar bilan yoziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Haydovchilik guvohnomasi va uning taloni berilishining asosliligi va toʻgʻri toʻldirilganligi imtihon komissiyasi raisi (RIB (TRIB)lar boshligʻi) tomonidan tekshirilib, imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haydovchilik guvohnomasi va uning taloni berilganida shaxsning oʻquv yurtini tamomlaganligi haqidagi guvohnomasiga haydovchilik guvohnomasi va talonining seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi yozib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Haydovchilik guvohnomasidagi boshqarilishi ruxsat etilgan transport vositalari toifasi kataklariga lotin grafikasida “RUXSAT” va ingliz tilida “ENABLE” belgilari qoʻyiladi. Haydovchilik guvohnomasi va uning talonidagi boshqarilishiga ruxsat berilmagan transport vositalari toifasining kataklariga diagonali boʻyicha chiziq tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Tramvay va trolleybuslarni boshqarish huquqiga ruxsat beruvchi haydovchilik guvohnomasini olishda “Alohida belgilar uchun” katagiga transport vositalarining tegishli toifasi koʻrsatilgan yozuvli tamgʻa qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Tibbiy komissiya tomonidan qayta tekshiruvdan oʻtish muddati belgilangan shaxslarga haydovchilik guvohnomasini berishda “Alohida belgilar uchun” katagiga “Tibbiy maʼlumotnoma majburiy” degan muhr qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Mudofaa vazirligi tomonidan transport vositalari haydovchilari mutaxassisligi boʻyicha oʻqishga jalb etilgan chaqiriluvchilar oʻqishni tugatganlaridan soʻng, 18 yoshga toʻlmagan boʻlsalarda, DYHXX imtihonlariga kiritiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ularga, nazariy va amaliy imtihonlarni topshirganlaridan soʻng, tegishli toifadagi (“V”, “S” yoki “VS”) transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi va uning taloni beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda “Alohida belgilar uchun” katagida uning egasi qaysi muddatdan (18 yoshga toʻlganidan keyin) avtomobil boshqarish huquqiga ega ekanligi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Haydovchilik guvohnomasi faqat uning egasiga beriladi. Mazkur shaxs pasportini yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatni koʻrsatib, haydovchilik guvohnomasi va taloni beriladigan kitobga shaxsan imzo qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haydovchilik guvohnomasi vakolatnoma (ishonchnoma) bilan berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Ozodlikdan mahrum qilinib jazo muddatini oʻtayotgan, lekin transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinmagan shaxslarning haydovchilik guvohnomasi jazoni ijro etish muassasasi rahbariyatining iltimosnomasiga asosan (haydovchilik guvohnomasi saqlanayotgan) DYHXX RIB (TRIB) tomonidan ushbu muassasaga yuborilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Haydovchilik guvohnomasi va uning talonini almashtirish
hamda yoʻqolganlari oʻrniga boshqasini berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Haydovchilik guvohnomasi va (yoki) uning taloni belgilangan tartibda ariza, eski haydovchilik guvohnomasi va (yoki) uning taloni haydovchining imtihon varaqasi yoki haydovchilik guvohnomasini bergan hududiy YHXB tasdiqnomasi, tibbiy maʼlumotnoma hamda fuqaroning pasporti yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat taqdim etilganidan soʻng almashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haydovchilik guvohnomasi almashtirilganida uning taloni almashtirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Transport vositalarini oxirgi 12 oy davomida boshqargan shaxslarning haydovchilik guvohnomalari tegishli imtihonlarsiz almashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Quyidagilar transport vositalarini 12 oy mobaynida boshqarganligini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlib hisoblanishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ishlayotgan haydovchilar uchun mehnat daftarchasidan koʻchirma yoki ishlayotgan joyida unga biriktirilgan avtotransport turi koʻrsatilgan maʼlumotnoma (buyruqdan koʻchirma);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) shaxsiy transport haydovchilari uchun ularga tegishli boʻlgan transport vositasining roʻyxatdan oʻtganligi haqidagi qayd etish guvohnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ishonchnoma yoki ijara shartnomasi bilan avtomobil boshqargan shaxslar uchun avtomobil roʻyxatdan oʻtganligi haqidagi qayd etish guvohnomasi va uni boshqarish uchun notarial idora tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma yoki ijara shartnomasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Transport vositasini oxirgi 12 oy davomida boshqarmagan shaxslarning haydovchilik guvohnomalari nazariy va amaliy imtihon topshirganlaridan soʻng almashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bir necha toifadagi transport vositalarini boshqarishga ruxsati boʻlgan shaxslardan imtihon komissiyasining qaroriga koʻra “V” yoki “C” toifali transport vositasida, “D” toifali avtotransport vositasini boshqarish huquqi boʻlgan shaxslardan esa faqat “D” toifasidagi transport vositasida amaliy imtihon olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. “C”, “VS”, “D”, “CD”, “CDE”, “CE”, “DE” toifalariga tegishli haydovchilik guvohnomalariga ega boʻlgan va oxirgi 12 oy mobaynida transport vositasini boshqarmagan, qoʻshimcha “A” yoki “V” toifalarini olish uchun murojaat qilgan shaxslarning haydovchilik guvohnomasini almashtirishda, ulardan nazariy imtihon hamda guvohnomada mavjud toifalardan bittasi boʻyicha (“D” toifali avtotransport vositasini boshqarish huquqi boʻlgan shaxslardan esa aynan “D” toifasidagi transport vositasi boʻyicha), shuningdek soʻralayotgan “A” yoki “V” toifadagi transport vositasi boʻyicha amaliy imtihon olinadi. Olingan barcha imtihonlar natijasi imtihon komissiyasi bayonnomasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Eski namunadagi “V” “Yollanib ishlash huquqiga ega emas” toifali haydovchilik guvohnomasi “V” toifali haydovchilik guvohnomasiga nazariy va amaliy imtihon topshirilganidan soʻng almashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Bir necha toifali transport vositalarini boshqarishga ruxsati boʻlgan shaxs haydovchilik guvohnomasini almashtirishda oʻz xohishiga koʻra mavjud toifalardan birortasini yoki tibbiy koʻrik xulosasiga koʻra belgilangan toifalardan ruxsat etilganini olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda amaliy imtihon oʻz xohishi bilan qoldirgan (yoki tibbiy koʻrik xulosasiga koʻra ruxsat etilgan) transport vositasi toifasi boʻyicha olinadi va berilayotgan haydovchilik guvohnomasida faqat ushbu toifaga ruxsat belgisi qoʻyiladi. Haydovchining avval ega boʻlgan toifalarini qayta tiklash ushbu Nizomning 59-62-bandlaridagi talablarga muvofiq, uning arizasi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Yaroqsiz holga kelgan haydovchilik guvohnomasi va (yoki) uning taloni ushbu Nizomning 59-64-bandlariga muvofiq almashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Haydovchilik guvohnomasi almashtirilganda yangi berilayotgan guvohnomaning “Alohida belgilar uchun” ajratilgan katagiga birinchi marotaba olgan eski guvohnomaning seriyasi, tartib raqami va berilgan kuni yozib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Tibbiy koʻrik maʼlumotnomasi va haydovchining imtihon varaqasi barcha rekvizitlar toʻldirilganidan soʻng yangi haydovchilik guvohnomasi bilan birga egasiga qaytarib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Yoʻqolgan (oʻgʻirlangan, yongʻin, tabiiy ofat oqibatida va boshqa hollarda) haydovchilik guvohnomasi (yoki uning taloni) dublikati haydovchining arizasi, imtihon varaqasi, tibbiy maʼlumotnoma, zarur hollarda, oʻqishni tamomlaganligi haqidagi oʻquv yurtining guvohnomasi yoki DYHXX RIB (TRIB)larining tasdiqnomasi asosida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Haydovchilik guvohnomasining dublikatini rasmiylashtirish davomida bir oy muddat bilan vaqtinchalik ruxsatnoma beriladi. Tasdiqlovchi hujjatlar olingunga qadar vaqtinchalik ruxsatnoma muddatini yana bir oygacha uzaytirish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Istisno tariqasida, hududiy YHXB boshligʻining ruxsati bilan, yashash joyi oʻzgarishi, xizmat safari, davolanish va boshqa sabablarga koʻra Oʻzbekiston hududidan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarga haydovchilik guvohnomalarining dublikatlari, DYHXX boʻlinmalari yoki RIB (TRIB)lar kartotekalari boʻyicha qayta tekshiruvdan soʻng, mazkur Nizomning 70-bandida koʻrsatilgan muddatdan oldin yozib berilishi ham mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Yoʻqolgan haydovchilik guvohnomasining dublikati nazariy va amaliy imtihonlar topshirilganidan hamda transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan haydovchilik guvohnomalari kartotekasi boʻyicha tekshirilganidan soʻng beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻgʻirlangan, yongʻin, tabiiy ofat oqibatida va boshqa shu kabi sabablarga koʻra yoʻqolgan hamda daxldor vakolatli idoralarning hujjatlari bilan tasdiqlangan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Guvohnomaning dublikati rasmiylashtirilayotgan vaqtda berilgan vaqtinchalik ruxsatnoma alohida daftarga qayd etiladi va guvohnoma nusxasi berilgandan keyin ushbu ruxsatnoma asos boʻlgan hujjatlarga tikiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Haydovchilik guvohnomasi oʻrniga dublikat guvohnoma berilganidan keyin, yoʻqolgan guvohnoma topilgan taqdirda, u haqiqiy emas deb hisoblanadi va DYHXX RIB (TRIB)larga yoʻq qilib yuborish uchun topshirilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Eski nusxadagi haydovchilik guvohnomalari yangi nusxadagi haydovchilik guvohnomalariga umumiy asoslarda almashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Uzluksiz haydovchilik mehnat faoliyati 10 yildan ortiq boʻlgan “VS” toifali haydovchilik guvohnomasi boʻlgan shaxslarning haydovchilik guvohnomasini “VSE” toifaga almashtirish “E” toifaga 10 soat tirkamali avtomobilda qoʻshimcha amaliy boshqarishni oʻtganliklari haqida oʻquv yurtlaridan berilgan maʼlumotnoma va haydovchining mehnat daftarchasidan koʻchirma asosida nazariy va amaliy imtihon topshirganlaridan soʻng amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Xalqaro haydovchilik guvohnomalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtomototransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiy hisoblanadi. 1968-yildagi Yoʻl harakati haqidagi Vena Konvensiyasi talablariga javob beradigan milliy haydovchilik guvohnomalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan tarjimasi mavjud boʻlganda haqiqiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Oʻzbekiston Respublikasidagi xorijiy davlat elchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarning, diplomatik va konsullik vakolatxonalarining xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan tartibda akrreditatsiyadan oʻtgan chet el ommaviy axborot vositalarining vakillari hamda boshqa xalqaro va xorijiy tashkilotlar xodimlarining (oʻzaro kelishuv asosida) Vena konvensiyasi talabalariga javob bermaydigan milliy haydovchilik guvohnomalari tibbiy koʻriksiz va imtihonlarsiz Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi murojaati asosida almashtirib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Boshqa xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatlarda olgan haydovchilik guvohnomalarini almashtirishdan oldin ular YHXBB orqali Tashqi ishlar vazirligida tekshiriladi. Tekshirish natijasida tasdiq olingan shaxslarning haydovchilik guvohnomalari, ular tibbiy koʻrikdan oʻtib, nazariy va amaliy imtihonlarni topshirganlaridan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Haydovchilik guvohnomalari va ularning talonlarini hamda boshqa
blankalarni tayyorlash, taʼminlash va hujjatlarni saqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Haydovchilik guvohnomalari va talonlari blankalari YHXBB buyurtmasiga asosan tayyorlanadi. Buyurtma 1,5 yillik doimiy zaxirani boʻlishini inobatga olib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Haydovchilik guvohnomalari va uning talonlari blankalari joylardan tushgan buyurtmalarga asosan YHXBB tomonidan tarqatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Haydovchilik guvohnomalari va uning talonlari hamda qatʼiy hisobot blankalari va raqam belgilarining kirim va chiqimlari hisobot daftarida qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Haydovchilik guvohnomalari hamda talonlarning blankalari qatʼiy hisobot hujjatlari tariqasida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Toʻldirish jarayonida buzilgan haydovchilik guvohnomalari va talonlarni qayta ishlatmaslik uchun ularning seriyasi va raqami qirqib olinib, navbatdagi taftishda yoqish yoʻli bilan yoʻq qilinadi va ushbu haqda tuzilgan dalolatnomaga haydovchilik guvohnomasi va talonining qirqib olingan seriya va raqami yopishtirib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Tibbiy koʻrik xulosasi asosida transport vositalarini boshqarish huquqidan chetlatilgan, yoʻqolgani oʻrniga dublikati berilgandan soʻng topib olingan, mahrum etilgan muddatdan keyin ikki yil davomida talab qilib olinmagan, vafot etgan fuqarolarning haydovchilik guvohnomalari va (yoki) talonlari navbatdagi taftishda belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Mazkur Nizomda nazariy va amaliy imtihonlar oʻtkazish tartibi uchun koʻzda tutilgan blankalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIBlarining YHXBlari tomonidan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Haydovchilik guvohnomasini (talonini) berish uchun asos boʻlgan hujjatlar (ariza, eski haydovchilik guvohnomasi (taloni), toʻlov qogʻozlari va boshqalar) hamda oʻquv guruhlaridagi oʻquvchilarning roʻyxati alohida ish hujjatlari sifatida tikiladi va belgilangan tartibda ikki yil saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haydovchilik guvohnomasi (taloni)ning oʻrniga yangisi berilganida eski haydovchilik guvohnomasiga “Bekor qilinadi” shtampi qoʻyilib, boshqa asos boʻluvchi hujjatlar bilan birga tikiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imtihon komissiyasi bayonnomalari — 10 yil, haydovchilik guvohnomalarini berish kitobi — 60 yil DYHXX RIB (TRIB)larida belgilangan tartibda saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ulardan imtihon olish, haydovchilik guvohnomalari va talonlarini berish bilan bogʻliq boʻlgan barcha ish yuritish hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunalar asosida olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 2-avgustdagi 156-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash faoliyati bilan shugʻullanayotgan barcha (yangi ochilayotgan) oʻquv yurtlari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda oʻquv yurtlari deb ataladi) uchun yagona va majburiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qilish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash quyidagi taʼlim tizimidan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “A”, “V”, “S”, “VS” va “D” toifalaridagi avtomototransport vositalarini boshqarish uchun ushbu toifalar boʻyicha shaxslarni tayyorlash alohida oʻquv rejasi va dasturiga muvofiq olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻligi maxsus tibbiy talablarga javob bergan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumoti — umumiy oʻrta taʼlim maʼlumotidan kam boʻlmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv muddati yakunida “A” toifa olishlari uchun — 16 yosh, “V” va “VS” toifalari uchun — 18 yosh, avtobus va mikroavtobus, tramvay va trolleybuslarni boshqarishni oʻrganuvchilar uchun — 21 yoshga toʻladigan shaxslar bilan olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “V”, “S”, “D” va “E” toifasidagi avtotransport vositalarini boshqaruvchi haydovchilarni boshqa toifaga qayta tayyorlash tegishli oʻquv rejasi va dasturiga muvofiq tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “S” toifasidagi avtotransport vositalarini boshqarish uchun qayta tayyorlash “V”, “D” toifalaridagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqiga ega haydovchilaridan tashkil qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan yengil avtomobillarni boshqarishga layoqatli deb topilgan nogiron shaxslarni haydovchilikka tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlari vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda YHXBB) bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan maxsus oʻquv dasturlari asosida amalga oshiriladi. Kar, kar-soqov shaxslarni haydovchilikka tayyorlash umumiy oʻquv dasturi asosida surdotarjimon bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tramvaylarni, trolleybus va boʻgʻimli trolleybuslarni boshqarish uchun haydovchilarni tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan “Toshshahartransxizmat” uyushmasi va YHXBB bilan birgalikda ishlab chiqilib tasdiqlangan yagona oʻquv rejasi va dasturi asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ayollarni “VS” va “D” toifalariga tayyorlashni tashkil qilishda yuk avtomobillarining yuk koʻtarishi 2,5 tonnadan va avtobuslarning yoʻlovchilar tashish uchun ruxsat etilgan soni 14 kishidan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻquv yurtlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan yagona oʻquv rejasi va dasturlariga asosan olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash muddatlari, tasdiqlangan reja va oʻquv dasturlari yuklamasiga asosan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha oʻquv yurtlarida olib borilayotgan ishlar ularning rahbarlari tomonidan nazorat qilib boriladi, ular tomonidan nazariy va amaliy mashgʻulot darslari tashkil etiladi, qayta tuziladi va tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan taʼlim muassasalari hududiy Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda YHXB) RIB (TRIB)larida hisobga olingan boʻlishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “A”, “V”, “VS”, “S” va “D” toifalaridagi avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash uchun nomzodlarni oʻquv yurtlariga qabul qilish quyidagi hujjatlarga asosan tashkil etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tashkilotlar yoʻllanmasi (ular tomonidan oʻqishga yuborilgan shaxslar uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sogʻligi va kerakli toifalardagi transport vositalarini boshqarishga yaroqliligi toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 3,5x4,5 santimetrli 3 dona fotosurat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Haydovchilarni “S” va “E” toifalaridagi avtotransport vositalarini boshqarish uchun qayta tayyorlashda, ular tomonidan 9-bandda koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari haydovchilik guvohnomasi ham taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haydovchilikka nomzodlarni oʻqishga qabul qilish, guruhdan guruhga oʻtkazish, ularni roʻyxatdan chiqarish va taʼlim yakuni oʻquv yurti rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi oʻquv yurtlarining guruhlaridagi haydovchilikka nomzodlar soni 30 kishidan oshmasligi kerak. Oʻquv yurtlarining rahbarlari guruhlarda mashgʻulotlar boshlanishidan avval oʻquv guruhlaridagi oʻquvchilarning roʻyxatini tuzishlari va YHXB kotibiyatiga taqdim etishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻquv-tarbiya jarayoni nazariy hamda laboratoriya-tajriba mashgʻulotlaridan, avtomototransport vositalarini boshqarish boʻyicha amaliy mashqlardan va ishlab chiqarish tajribalarini oʻrganishdan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquv-tarbiya jarayonining tuzilishi va mazmuni oʻquv rejasi hamda avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash dasturi bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻquv rejasi va dasturlarida nazarda tutilgan barcha darslar tasdiqlangan dars jadvaliga asosan, avtomototransport vositalarini boshqarish mashgʻulotlari esa belgilangan jadval boʻyicha hududiy YHXB bilan kelishilgan yoʻnalishlarda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Barcha mashgʻulotlar dars jurnallarida qayd etiladi, avtomototransport vositalarini boshqarish esa, bundan tashqari yoʻl varaqalari, avtomototransport vositalarini boshqarishni va avtotrenajyorlarda oʻtkazilgan mashgʻulotlarni hisobga olish kitobchasida qayd etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi oʻquv yurtlari faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi barcha oʻquv yurtlarining faoliyatini nazorat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi barcha oʻquv yurtlari va ularning tegishli muvofiqlashtiruvchi va yuqori tashkilotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchi kadrlarni oʻqitish sifatini yaxshilash va taʼlim-tarbiya tadbirlarini amalga oshiradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv yurtlarining oʻquv-moddiy bazasini mustahkamlash, avtomototransport vositalarini tuzatish va texnik qarovini taʼminlash ishlarini nazorat qiladilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlashni mukammallashtirish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish va tavsiyanomalar tayyorlashda ishtirok etadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv yurtlarida xodimlarni, muhandis-oʻqituvchilar, amaliy boshqaruv ustalari va boshqa mutaxassis xodimlarning malakalarini oshirish, attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshiradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv yurtlarining haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlashda erishilgan yutuqlarini oʻrganadilar va targʻib qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Rahbar xodimlar, oʻqituvchi-muhandislar va ishlab chiqarish ustalarining asosiy vazifalari malaka tavsifnomalarida aks ettirilib, tasdiqlangan qoida va yoʻriqnomalarda ifoda etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Laboratoriya-tajriba mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun ishlab chiqarish ustalari lavozimiga oliy va oʻrta maxsus avtomototransport mutaxassisligiga va amaliy ishlab chiqarish tajribasiga ega shaxslar tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Avtomobilni boshqarish amaliy mashq ustalari lavozimiga bilimi oʻrta maʼlumotdan kam boʻlmagan, tegishli toifadagi avtomototransport vositasida uzluksiz uch yil (“D” toifasidagi transport vositasida uzluksiz 5 yil) haydovchilik faoliyatiga, shuningdek avtomobilni boshqarishni oʻrgatish uslubini maxsus oʻquv kurslarida tugatganligi haqidagi guvohnomaga ega boʻlgan shaxslar tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Avtomototransport vositalarining tuzilishi va ularni tuzatish, texnik qarovini oʻtkazish fanlaridan dars beruvchilar avtotransport mutaxassisligi boʻyicha oliy yoki oʻrta-maxsus maʼlumotga ega boʻlishlari kerak. Yoʻl harakati qoidalari, avtotransportni boshqarish asoslari va yoʻl harakati xavfsizligi fanlaridan dars beruvchi oʻqituvchilar, qoʻshimcha ravishda, avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻquv yurtlarining xodimlari, muhandis-oʻqituvchilari, amaliy boshqaruv ustalari hamda boshqa mutaxassis xodimlari oʻquv yurtlarining muvofiqlashtiruvchi va yuqori tashkilotlari tomonidan kasbiy yaroqliligi boʻyicha kamida 3 yilda bir marta attestatsiya sinovlaridan oʻtkaziladi va natijalari hududiy YHXB RIB(TRIB)larga taqdim etiladi. Xususiy mulk asosida tashkil etilgan va muvofiqlashtiruvchi yoki yuqori tashkilotlari mavjud boʻlmagan oʻquv yurtlarining tegishli mutaxassis xodimlari kasbiy yaroqliligi YHXB RIB(TRIB)lari tomonidan belgilangan tartibda har yili oʻtkaziladigan tekshirishlar davomida aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanuvchi avtotransport vositalari haydovchilari bir yilda bir marta 30 soatlik dastur asosida mashgʻulot oʻtishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Oʻquv yurtlarining oʻquv-metodik bazasi
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlovchi va qayta tayyorlovchi barcha oʻquv yurtlari oʻquv xonalariga, zamonaviy jihozlangan, amaliy tajriba mashqlari oʻtkaziladigan laboratoriyalarga, ustaxonalarga, oʻquv-texnik uskunalariga, oʻquv koʻrgazmalariga, oʻquv avtodromiga yoki avtomototransportni boshqarish mashqlarini oʻtkazish uchun yopiq maydonga va oʻquv transport vositalariga ega boʻlishlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oʻquv yurtlari zamonaviy avtomototransport vositalari, yonilgʻi-moylash materiallari, uskunalar, avtomobil ehtiyot qismlari va asboblari bilan taʼminlash ishlarini amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Oʻquv yurtlari moddiy bazasining namunaviy normativlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining uslubiy tavsiyalari asosida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Oʻquv yurtlariga qarashli barcha avtomototransport vositalari belgilangan tartibda YHXB RIB(TRIB)da roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Oʻquv yurtlarini bitirish imtihonlari
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Oʻquv yurtlarining ichki sinovlaridan oʻtgan haydovchilikka nomzodlar YHXB RIB (TRIB)larda imtihon topshiradilar. Imtihon olish vaqti YHXB RIB (TRIB) tomonidan oʻquv tashkilotining murojaatiga asosan oldindan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Oʻquv yurtida imtihon qabul qilish uchun rahbar buyrugʻi bilan rais va ikki kishidan iborat imtihon komissiyasi tuziladi. Qoʻshimcha ravishda komissiya aʼzolari tarkibiga muhandis-oʻqituvchilar, ishlab chiqarish ustalari, agar haydovchilar tashkilot uchun tayyorlanayotgan boʻlsa, shu tashkilotning vakili ham kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Imtihonga qoʻyiladigan haydovchilikka nomzodlar tasdiqlangan oʻquv rejasi va dasturini toʻliq oʻqib tugatgan va barcha fanlardan ijobiy yakunlovchi baho olgan boʻlishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haydovchilikka nomzodlarning nazariy fanlardan olgan bilimi besh ballik baho mezoni bilan, amaliy egallagan mahorati va tajribasi “topshirdi” yoki “topshirmadi” mezoni bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Barcha toifadagi avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv guruhlarining nazariy imtihonlari YHXBB ruxsat bergan va tasdiqlagan imtihon biletlariga asosan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Imtihonlardan oʻta olmagan oʻquvchilar, oʻquv yurtida qoʻshimcha tayyorgarlik koʻrgach, qaytadan imtihon topshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Imtihonlar natijasi haqida imtihon komissiyasi raisi va aʼzolari tomonidan bayonnoma toʻldiriladi, soʻngra oʻquv yurti rahbari tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Oʻquv yurtining imtihon va sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga imtihon komissiyasi bayonnomasiga asosan oʻqishni bitirganliklari haqidagi yagona namunadagi guvohnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqib tasdiqlangan yagona namunadagi guvohnoma haydovchilikka nomzodlar uchun oʻqishni tugatganligini tasdiqlovchi hujjat boʻlib, hududiy kodga, seriya va roʻyxat raqamiga ega boʻlishi hamda buyurtma asosida bosma usulda tayyorlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv dasturini tugatganligi haqidagi guvohnoma avtomototransport vositalarini boshqarishga ruxsat bermaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Oʻquv guruhlarining hujjatlari va imtihon komissiyasi bayonnomasi belgilangan muddatgacha oʻquv yurtida saqlanadi. Guvohnoma yoʻqolib qolgan hollarda oʻquv yurti ariza va imtihon komissiyasi bayonnomasiga asosan guvohnomaning dublikatini beradi.
Keyingi tahrirga qarang.