Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 09.03.2006 yildagi 39-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
M.V.LOMONOSOV NOMIDAGI MOSKVA DAVLAT UNIVERSITETINING TOShKENT ShAHRIDAGI FILIALI BINOSI QURILIShINI TUGALLASh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 24-fevraldagi PQ-290-son qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 24-fevraldagi PQ-290-son qaroriga muvofiq M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali Toshkent shahar, Movarounnahr ko‘chasi, 22-uydagi Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti huzuridagi akademik litseyning qurilayotgan binolari kompleksiga joylashtirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi Respublika akademik litseylarni qurish injiniring kompaniyasi ushbu qarorning 1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan binolar kompleksini qurish va qayta ixtisoslashtirish bo‘yicha buyurtmachi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qarorning 1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan binolar kompleksini 2006-yil 1-iyulgacha foydalanishga topshirishni ta’minlash uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti huzuridagi akademik litseyni M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti filialiga qayta ixtisoslashtirish 2006-yildagi qurilishlarning aniq ro‘yxatiga kiritilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi akademik litsey hamda Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti huzuridagi akademik litsey qurilishini ro‘yxatdan chiqarish va ularning limitlarini tegishli ravishda 720 o‘ringa kamaytirish hisobiga kapital qo‘yilmalar limiti 3178,2 mln so‘m miqdorida belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda, belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti huzuridagi akademik litseylar qurilishini 2007-yilga o‘tkazsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yilda akademik litseylar qurishning aniq ro‘yxatiga tegishli o‘zgartirishlar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Toshkent shahar hokimligi Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti huzuridagi akademik litseyning yangi binosini qurish uchun yer uchastkasini ajratish to‘g‘risidagi masalani belgilangan tartibda hal etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Toshkent shahar hokimligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“12-son trest” ochiq aksiyadorlik jamiyatini M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialini joylashtirish uchun binolar kompleksini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha, tanlov savdolari o‘tkazmasdan, bosh pudratchi etib belgilash to‘g‘risidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 15-aprelgacha loyihalash bilan qurilishni bir vaqtda amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga istisno tariqasida rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zLITTI” OTAJ 2006-yil 15-aprelgacha Toshkent avtomobil-yo‘llari instituti huzuridagi akademik litseyni M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti filialiga qayta ixtisoslashtirish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2006-yil uchun kapital qo‘yilmalar limitini, uni 2006-yil 1-maygacha mutanosib ravishda chegirgan holda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti huzuridagi akademik litseylar binolarini qurishning aniq ro‘yxatida belgilangandan 40 foizi miqdorida “12-son trest” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “O‘zLITTI” OTAJga avans berish uchun O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq 2006-yil 1-iyulgacha obyektni foydalanishga topshirishni ta’minlash maqsadida uni qurishning borishini va ishlarning bajarilishi sifatini nazoratga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qurilish tugallangandan keyin va obyekt foydalanishga topshirilgandan keyin ushbu kompleksga M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali joylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari N.M.Xanov va R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.MIRZIYOEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 9-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-son