Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.02.2019 27.07.2006 yildagi 150-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.02.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKA AXBOROT-KUTUBXONA TIZIMI FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh BO‘YIChA IDORALARARO KENGASh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 20-iyundagi PQ-381-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 27-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
150-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 27-iyuldagi 150-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash (keyingi o‘rinlarda Idoralararo kengash deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari va kutubxonalari faoliyatini uning yo‘nalishlariga muvofiq muvofiqlashtirishni amalga oshiruvchi kollegial idoralararo organ hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Idoralararo kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Idoralararo kengash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, kutubxona shoxobchalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Idoralararo kengashning vazifalari, funksiyalari va huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Idoralararo kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining milliy axborot-kutubxona tizimi va milliy axborot-kutubxona fondi faoliyat ko‘rsatishi va rivojlantirilishi sohasidagi strategik ustuvor vazifalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqlararo tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshirish, axborot-resurs markazlarini, axborot-kutubxona markazlarini va kutubxonalarni ular faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari va kutubxonalarning, kutubxona-axborot xizmati ko‘rsatish tizimining maqbul faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha, mamlakatimiz va xorijdagi ilmiy-axborot faoliyati rivojlanishini hisobga olgan holda tavsiyanomalar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Idoralararo kengash asosiy vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot-kutubxona tizimi sifatida axborot-resurs markazlarini, axborot-kutubxona markazlarini va kutubxonalarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-resurs markazlarini, axborot-kutubxona markazlarini va kutubxonalarni komplektlashning asosiy yo‘nalishlari, mamlakatimizdagi adabiyotlar (shu jumladan hujjatlarning majburiy nusxalari), qog‘oz va elektron manbalardagi xorijiy nashrlar (shu jumladan xalqaro kitoblar almashish), ma’lumotlar bazalari va banklari bilan eng to‘liq ta’minlash bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqadi va ishlarni muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari va kutubxonalar fondlarining fizik holatini nashrlarning, ayniqsa noyob fondlar va madaniy meros yodgorliklarining saqlanishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar hamda tavsiyanomalar ishlab chiqish yo‘li bilan nazorat qilishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari va kutubxonalar uchun mamlakatimizdagi va xorijiy nashrlarga obuna bo‘lishga budjet, shu jumladan valyuta mablag‘larini taqsimlash, shuningdek kutubxona ishlarini yuritishning ilg‘or texnologiyalari negizida kutubxona kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari va kutubxonalari faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarning ishlab chiqilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-resurs markazlarida va axborot-kutubxona markazlarida yangi axborot texnologiyalarini joriy etish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada axborot-kutubxona ishlarini istiqbolli rivojlantirishning kompleks dasturlarini va asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari va kutubxonalarning nashriyotlar, kitob savdosi tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorligini yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari va kutubxonalar fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish, adabiyotlarni nashr etish va qayta nashr etish hamda ularning tirajlarini belgilash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari va kutubxonalarida mehnat sharoitlarini yaxshilashga va ularni kadrlar bilan mustahkamlashga yo‘naltirilgan takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning axborot-kutubxona shoxobchalarini rivojlantirish, shu jumladan elektron kataloglar tashkil etish tizimini rivojlantirish, elektron ilmiy-ta’lim resurslaridan foydalanishning korporativ tizimlarini, noyob fondlarni raqamlashtirish markazlarini va shu kabilarni tashkil etish bo‘yicha ilmiy-texnik loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda tashabbus ko‘rsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish tajribalarini o‘rganish, xalqaro kutubxonalararo abonementni rivojlantirish, axborotlarni o‘zaro ayirboshlash, xalqaro kutubxona anjumanlarida va tashkilotlarida qatnashish uchun chet el kutubxonalari, nashriyotlari, axborot markazlari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro va respublika kutubxona konferensiyalari va seminarlarini tashkil etishda va o‘tkazishda tashabbus ko‘rsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Idoralararo kengash o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari va kutubxonalari faoliyatining muvofiqlashtirilishini yaxshilashga yo‘naltirilgan qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va idoralardan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Idoralararo kengash vakolatiga taalluqli axborot va ma’lumotnoma materiallarini belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari va kutubxona muassasalari vakillarining axborot-kutubxona ishlari sohasidagi ishlarni ta’minlash va takomillashtirishning ahvoli va chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hisobotlari va ma’ruzalarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari va kutubxonalar faoliyatining eng muhim masalalari bo‘yicha takliflarni o‘rganish va takliflar tayyorlash uchun ishchi komissiyalar va ekspert guruhlar tashkil etish, shuningdek mutaxassislar va ilmiy xodimlarni ushbu komissiyalar va guruhlarda ishlashga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika axborot-kutubxona shoxobchalarini rivojlantirishga doir ilmiy-texnik loyihalarni qo‘llab-quvvatlash yoki rad etish bo‘yicha ekspert xulosalari va tavsiyalar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengash o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi va har yili Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Tarkibi va ishlarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Idoralararo kengashning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Idoralararo kengash o‘z majlislarini zaruriyatga ko‘ra, lekin har yili kamida ikki marta o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq Idoralararo kengash har yili o‘z ishlari rejasini tasdiqlaydi, shuningdek rais o‘rinbosarlari, mas’ul kotib va kengashning boshqa a’zolari vazifalarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi Idoralararo kengashning ishchi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Idoralararo kengash o‘z blankasiga ega bo‘ladi. Idoralararo kengash faoliyati bilan bog‘liq yozishmalarni yuritishda xatlar, Idoralararo kengash raisi (uning o‘rinbosari) yoki mas’ul kotibi tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Idoralararo kengash majlisini o‘tkazish joyi, sanasi va tartibi rais yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan belgilanadi, qarorlar esa majlisda qatnashganlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Idoralararo kengash majlisda tarkibidagilarning kamida yarmi qatnashgan taqdirda masalalarni hal etish vakolatiga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Idoralararo kengash bilan kelishgan holda Idoralararo kengashga bo‘ysunadigan ana shunday hududiy kengashlar tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Idoralararo kengash qarorlari protokol bilan rasmiylashtiriladi, uni rais yoki uning o‘rinbosarlaridan biri, shuningdek mas’ul kotib imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Idoralararo kengash qarorlari barcha manfaatdor shaxslarga yetkaziladi hamda kutubxona shoxobchalariga ega bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 30-son, 295-modda)