O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OZODLIK” OBIDASINING ENG YaXShI LOYIhASI
UChUN RESPUBLIKA TANLOVINI O‘TKAZISh HAqIDA
UChUN RESPUBLIKA TANLOVINI O‘TKAZISh HAqIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonini bajarish yuzasidan va respublika jamoatchiligining istaklarini hisobga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mustaqillik maydonidagi “Ozodlik” obidasining eng yaxshi loyihasi uchun 1991-yilning oktyabridan 30-dekabrigacha ochiq tanlov e’lon qilinsin.
* Tarkib berilmaydi.
3. Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasiga, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga, O‘zbekiston Yozuvchilar, Me’morlar, Rassomlar uyushmalariga tanlovni yuksak tashkiliy va g‘oyaviy-badiiy darajada o‘tkazish topshirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilangan mukofotlarni mablag‘ bilan ta’minlash manbaini aniqlasin.
5. 1991-yil 1-noyabrga qadar Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi qoshida “Ozodlik” obidasi qurilishiga hissa qo‘shmoqchi bo‘lgan davlat, jamoat va kooperativ tashkilotlari hamda alohida shaxslardan ixtiyoriy xayriya mablag‘lari yig‘ish uchun “Ozodlik” jamg‘armasi ochilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat teleko‘rsatuv va radioeshittirish qo‘mitasiga, O‘zTAG, ro‘znomalar tahririyatiga tanlovning o‘tkazilishi, yakuni va “Ozodlik” obidasi qurilishining borishini yoritish topshirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vitse-Prezident Sh. MIRSAIDOV
Toshkent sh.,
1991-yil 1-noyabr,
276-son
Mustaqillik maydonidagi “Ozodlik” obidasining chizma
loyihasi — obida konsepsiyasini ishlab chiqish uchun
ochiq tanlov dasturi va shartlari
loyihasi — obida konsepsiyasini ishlab chiqish uchun
ochiq tanlov dasturi va shartlari
O‘zbekiston Prezidentining 1991-yil 6-sentabrdagi Farmoniga muvofiq va respublika ko‘p sonli jamoatchiligining Toshkentdagi V, I. Lenin maydonini Mustaqillik maydoni deb o‘zgartirish haqidagi xohish-istaklarini hisobga olib, bu maydonda “Ozodlik” obidasi o‘rnatishga qaror qilingan.
Obidani qurish uchun hozirgi maydon chegarasida joy tanlanishi lozim.
Obidani maydonning qayeriga joylashtirish tanlovda qatnashadigan mualliflar ixtiyoriga havola etiladi.
Ushbu tanlovni o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va obidani qurish uchun Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasining yer ajratish to‘g‘risidagi qarori asos hisoblanadi.
Tanlovni o‘tkazuvchilar:
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Me’morlar uyushmasi va Rassomlar uyushmasi.
Tanlovning maqsadi va vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi, uning ko‘p asrli madaniyati va milliy an’analari mavzuini monumental san’at va me’morchilik vositasida namoyon etish.
Me’moriy va monumental yechimdagi loyihaviy takliflar “Ozodlik” obidasini yaratish g‘oyasining maydondagi me’moriy-qurilish majmui bilan uyg‘unlashgan bo‘lishi, joy qiyofasi, dendrologiya vaziyatiga mos kelishi kerak.
Tanlov shartlari
1. Tanlov 1991-yilning oktyabridan 31-dekabriga qadar o‘tkaziladi.
2. Tanlovda qatnashishga me’morlar, haykaltaroshlarning ijodiy jamoalari va barcha xohlovchilar taklif etiladi.
3. Boshlang‘ich manbalar:
ushbu dastur;
masshtabi 1:1000 bo‘lgan bosh rejadan olingan ko‘chirma nusxa;
joyning topografik s’yomkasi, unga masshtabi 1:500 bo‘lgan qizil belgili reja ilova qilingan.
Tuziladigan loyiha tarkibi
Tanlovning loyihaviy materiallari erkin chizmada 1X1 planshetda taqdim etiladi.
1. Maydonning 1:500 masshtabdagi bosh rejasi.
2. Fasad, planlar, kesmalar va perspektiva 1:50; 1:25 masshtabda beriladi.
3. Obida modeli 1:25 masshtabda beriladi (modelning eng katta o‘lchami 1 m dan oshmasligi kerak).
4. Tushuntiruv xati.
5. Fotoalbom (oq-qora).
Mualliflarning xohishiga ko‘ra qo‘shimcha materiallar berilishi mumkin.
Tanlov materiallari to‘la holda 1991-yil 30-dekabr soat 18 gacha quyidagi manzilga topshirilishi zarur:
Toshkent, S-1, Pushkin ko‘chasi, 7, O‘zbekiston Me’morlar uyushmasi.
Boshqa shaharliklar uchun ko‘rsatilgan vaqt pochta kvitansiyasidagi muddat hisoblanadi.
Ko‘rsatilgan muddatdan keyin topshirilgan loyihalar muhokamaga qo‘yilmaydi.
Tanlov ishtirokchilarini mukofotlash
Eng yaxshi loyihaviy takliflar uchun quyidagi mukofotlar belgilangan:
| Bitta birinchi mukofot | 10000 so‘m | |
| Bitta ikkinchi mukofot | 7500 so‘m | |
| Ikkita uchinchi mukofot | 5000 so‘mdan | |
| Uchta rag‘batlantiruvchi mukofot | 2500 so‘mdan | |
Tanlov g‘olibi loyihani hayotga joriy etish huquqiga ega bo‘ladi.
Tanlov dasturi va shartlariga javob bermaydigan loyihalar, shuningdek, muddat o‘tgandan keyin topshirilgan loyihalar tanlov hakamligi tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
1992-yilning 10-yanvaridan 25-yanvarigacha O‘zbekiston Me’morlar uyushmasi zalida jamoatchilik muhokamasi uchun tanlov loyihalarining ko‘rgazmasi bo‘ladi.
Tanlov yakunlari haqidagi qaror 1992-yilning 1-fevraligacha qabul qilinadi.
Tanlov natijalari respublika matbuotida va teleko‘rsatuv orqali e’lon qilinadi.