Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.12.2018 14.07.2006 yildagi 138-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.12.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-dekabrdagi 994-sonli “Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 28-fevraldagi PQ-294-son qarorini bajarish yuzasidan hamda aholiga yoʻlovchi tashish transporti bilan transport xizmati koʻrsatishni tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 14-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
138-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 14-iyuldagi 138-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida,
shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tijorat asosida amalga oshiriladigan yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati litsenziyalanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat asosida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining hayoti va sogʻligʻini xavf ostiga qoʻygan tabiiy ofatlar, epidemiyalar, yirik avariyalar oqibatlarini tugatish hamda Hukumatning qarorlari boʻyicha avariya-qutqarish va tiklash ishlari amalga oshirilishi va muruvvat yuklari yetkazib berilishi talab etilishi bilan bogʻliq tashishlarni amalga oshirishga, elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan tovarlarni sotuvchiga va yetkazib beruvchiga shaxsiy mulk, ijara va boshqa foydalanish huquqiga asosan tegishli boʻlgan avtomobil transportida Oʻzbekiston hududi boʻylab yetkazib berishga, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno, shuningdek “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasida nazarda tutilgan korxonalar va muassasalarga litsenziya olish talab etilmaydi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 09/18/583/1582-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Litsenziya berish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar litsenziyalovchi organlar tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi tomonidan (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasida yoʻlovchi va yuklarni xalqaro tashish boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan — shahar, shahar atrofi, shaharlararo yoʻlovchi va yuklarni tashish boʻyicha.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agentlikka litsenziyalovchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish, litsenziyalash tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi litsenziyalarning yigʻma reyestrini yuritish, litsenziyalovchi organlar tomonidan avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish vakolatlari yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish huquqi uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgorining arizasiga koʻra litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning quyidagi qismlariga beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) yoʻlovchilarni shaharda avtobuslarda tashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) yoʻlovchilarni shaharda mikroavtobuslarda tashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) yoʻlovchilarni shaharda yengil avtomobillarda tashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) yoʻlovchilarni shahar atrofida avtobuslarda tashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) yoʻlovchilarni shahar atrofida mikroavtobuslarda tashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) yoʻlovchilarni shahar atrofida yengil avtomobillarda tashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) yoʻlovchilarni shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha avtobuslarda tashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) yoʻlovchilarni shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha mikroavtobuslarda tashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) yoʻlovchilarni shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha yengil avtomobillarda tashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha avtobuslarda tashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o) yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha mikroavtobuslarda tashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
p) yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha yengil avtomobillarda tashish;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi “r” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 739-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1048-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) yuklarni avtomobil transportida shaharda va shahar atrofida tashish;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi “s” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 739-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1048-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi “t” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 739-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1048-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
u) yuklarni avtomobil transportida shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha tashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) yuklarni avtomobil transportida xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziat litsenziyalovchi organga murojaat qilganda bir ariza boʻyicha ushbu litsenziyalovchi organ tomonidan beriladigan litsenziya turlarining bir necha qismini olish huquqiga ega.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro yoʻnalishlarda yuklarni tashishni amalga oshirish huquqiga litsenziyaga ega boʻlgan avtomobilda milliy yuk tashuvchilar unga muvofiq shaharlararo yoʻnalishlarda yuk tashishni amalga oshirish huquqiga ham egadirlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qaroriga asosan oʻn toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Litsenziya bilan birga har bir avtotransport vositasiga litsenziya kartochkasi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya kartochkasi — litsenziya talablari va shartlariga majburiy tarzda rioya qilingan holda yoʻlovchilar va yuklarni tashishda foydalaniladigan har bir avtotransport vositasiga litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun beriladigan ruxsatnoma (litsenziya).
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir avtotransport vositasiga litsenziya kartochkasi litsenziyaning amal qilish muddatidan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi. Agar ashyoviy huquqlarning yoki ijara shartnomasining amal qilish muddati litsenziyaning amal qilish muddatidan kam boʻlsa, litsenziya kartochkasining amal qilish muddati ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomasining amal qilish muddati bilan cheklanadi. Litsenziya kartochkasining amal qilishi litsenziya kartochkasi berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat tashuvlarida litsenziya kartochkalari bilan taʼminlanmagan avtomobil transporti vositasidan foydalanish noqonuniy hisoblanadi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqiy taʼsir choralarini qoʻllashga olib keladi.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talabgorining arizasiga koʻra litsenziyalovchi organ qaroriga binoan beriladigan litsenziya bilan birgalikda — birinchi litsenziya kartochkalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talabgorining arizasiga koʻra avtotransport vositalari harakatdagi tarkibi koʻpaygan taqdirda mavjud litsenziya asosida — qoʻshimcha litsenziya kartochkalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan holatlarda, shuningdek avtotransport vositasining davlat raqami belgisi oʻzgarganda, avtotransport vositasining yuk koʻtarish yoki yoʻlovchi sigʻimi koʻpayganda (kamayganda), bir avtotransport vositasi shu klassdagi boshqa avtotransport vositasiga almashtirilganda ushbu avtotransport vositasiga mavjud litsenziya kartochkalari asosida litsenziya talabgorining litsenziya kartochkalarini qayta rasmiylashtirish boʻyicha arizasiga koʻra — qayta rasmiylashtirilgan litsenziya kartochkalari beriladi;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talabgorining arizasiga koʻra yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga — litsenziya kartochkalarining dublikatlari beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir holatda ariza beruvchi (litsenziya talabgori yoki litsenziat) avtotransport vositalarining mulk huquqi, ashyoviy huquqlar bilan yoki ijara asosida tegishliligini, shuningdek avtotransport vositalarining texnik jihatdan sozligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga avtotransport vositalarining roʻyxatini taqdim etadi, dublikat berish holati bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Litsenziya talablari va shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) litsenziat tomonidan avtotransport vositalaridan foydalanishda, ularni shaylashda qonun hujjatlariga, tashish qoidalariga majburiy rioya qilinishi, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) shtatda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan, tegishli lavozimni egallash huquqi uchun Agentlik tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtgan mansabdor shaxslarning mavjud boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) litsenziat foydalanayotgan har bir avtotransport vositasi uchun litsenziya kartochkasi mavjud boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik koʻrikdan oʻtganligini va texnik jihatdan sozligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjud boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) avtomobil transportida yuk tashuvchi yakka tartibdagi tadbirkorning va yuridik shaxs xodimlarining avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuk tashishlarni amalga oshirishda qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli tashilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) tendyerlar natijalari boʻyicha, vakolatli organlar bilan shartnoma asosida yoʻlovchilarni yoʻlovchilar huquqlariga, harakatlanishning belgilangan jadvallariga, transportda yurish tariflariga rioya etgan, yoʻlovchilarning belgilangan toifalarini tekin va imtiyozli tarzda tashishni taʼminlagan, qoida buzish, antisanitariya hollariga xizmat koʻrsatishning sifatining past boʻlishiga yoʻl qoʻymagan holda avtomobilda muntazam tashish (yoʻnalishli taksilardan tashqari);
(9-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) tashish va yongʻin xavfsizligi talablarini bajarish, avtotransport vositasini texnik jihatdan soz holatda saqlash, uni asrash, texnik koʻrikdan oʻtkazish, texnika xavfsizligini taʼminlash, avtotransport vositalarini yoʻlga chiqishdan oldin texnik koʻrikdan oʻtkazish va haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) yangidan olinayotgan va toʻldirilayotgan avtotransport vositalariga litsenziatlar tomonidan qoʻshimcha litsenziya kartochkalarining oʻz vaqtida olinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) shaharlararo, viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishda avtomobilda tashishlarni amalga oshirayotgan avtotransport vositalarida servis ustaxonasining tamgʻasi qoʻyilgan nazorat priborlari (taxograflar) mavjud boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) yoʻnalishsiz taksilarning texnik holati va asbob-uskunalarining yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga doir normativ-huquqiy hujjatlar talablariga, tashqi koʻrinishiga va anjomlariga, yagona tanish belgilari bilan jihozlashga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 139-sonli qaroriga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 20-21-son, 201-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya bitimida mazkur bandda sanab oʻtilganlardan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; jismoniy shaxs uchun yuk tashish huquqiga litsenziya olishda — familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportga oid maʼlumotlar va haydovchilik guvohnomasi; faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) va faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat koʻrsatilgan holda litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mavjud avtotransport vositalarining mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlari, shuningdek Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmatining tegishli boʻlinmasi tomonidan berilgan avtotransport vositasining texnik jihatdan soz ekanligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan avtotransport vositasi texnik pasportining yoki avtotransport vositalari guruhi texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi dalolatnomasining nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) litsenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy koʻrikdan va avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish yoxud litsenziya talabgorining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy koʻrik va texnik koʻrikdan oʻtish imkoniyati berilishi toʻgʻrisidagi shartnomasi nusxasi mavjudligi haqidagi maʼlumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) litsenziya talabgori tomonidan ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Hujjatlar litsenziyalovchi organga bevosita litsenziya talabgori tomonidan yoxud ular olinganligini tasdiqlovchi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, uning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Arizalarni koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya/litsenziya kartochkasi talabgorining litsenziya/litsenziya kartochkasi berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Litsenziya/litsenziya kartochkasi talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi Agentlik bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi. Litsenziya/litsenziya kartochkasi talabgori oʻz hujjatlari koʻrib chiqilayotgan davrda berilgan arizadan voz kechgan taqdirda yigʻim qaytarilmaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Litsenziya va litsenziya kartochkalari blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanish darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari va litsenziya kartochkalari namunalari Agentlik tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi hamda ularning buyurtmasiga koʻra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziya va litsenziya kartochkasi blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun litsenziyalovchi organ rahbari javob beradi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Litsenziya talabgoriga avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashishga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qaror qabul qilingani toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin uch ish kuni mobaynida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
161. Agar Agentlik litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati mobaynida litsenziya berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qilmasa, u holda koʻrsatib oʻtilgan muddat tamom boʻlgandan keyin litsenziya talabgori oʻzi ariza bergan faoli.yatni, bu haqda Agentlikni yozma ravishda xabardor qilib, amalga oshirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda Agentlik litsenziya talabgorining yozma bildirishnomasi olingandan keyin besh ish kuni mobaynida unga litsenziyani berishga majbur.
(161-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya bitimi ilova qilingan va bank hisob raqamining rekvizitlari, davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma yoki elektron shaklda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgori davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgandan va litsenziya bitimini imzolagandan keyin ikki kun muddatda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya litsenziyalovchi organ (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi va litsenziatlarga litsenziyalovchi organ tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoxud litsenziya bitimini imzolamagan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining rad etish sabablari bartaraf etilgani toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar olingan kundan boshlab besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarni takroriy koʻrib chiqishda litsenziyalovchi organ tomonidan ariza beruvchiga ilgari yozma ravishda bayon qilinmagan rad etish sabablari koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Rad etish sabablari bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq boʻlgan rad etish sabablarini koʻrsatish bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi;
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Litsenziya bitimlari, litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Litsenziyalovchi organ bilan litsenziat oʻrtasidagi oʻzaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi litsenziya bitimlari litsenziyalovchi organ va litsenziat oʻrtasida tuziladi hamda ularda quyidagilar boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomonlarning rekvizitlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining (yoki faoliyat turi qismlarining) nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning amal qilish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishi ustidan litsenziyalovchi organning nazorat qilish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Litsenziat — yuridik shaxs oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni, shuningdek davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasini ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida litsenziyalovchi organga ariza berishi shart.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziat — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yashash joyi oʻzgargan taqdirda litsenziat qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida litsenziyalovchi organga ariza berishi shart.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega yuridik shaxslar — litsenziatlar qoʻshib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun toʻxtatilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza litsenziyalovchi organ tomonidan olingan kundan yoki litsenziyaning amal qilishini litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati tamom boʻlgungacha ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan amal qilish muddati tugamagan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organ litsenziya dublikatini tegishli ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya dublikati berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
(26-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻluvchi masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻraydi va oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirishlar natijalari asosida litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqaradi, bunday qonun buzilishlarini bartaraf etish muddatlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoxud ularni bekor qilish masalasi boʻyicha qaror chiqaradi va/yoki sudga murojaat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirishning aniqlangan hollari toʻgʻrisidagi materiallarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar koʻrish uchun belgilangan tartibda soliq organlariga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
(VII boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilishini toʻxtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda litsenziyalovchi organ litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilish muddatini oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turadi. Litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilish muddatini oʻn ish kunidan ortiq muddatga toʻxtatib turish litsenziyalovchi organning arizasiga koʻra sud tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror sud yoki litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan (chiqarilgan) kundan boshlab uch ish kunidan kechikmay, litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilishi toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlarning litsenziat tomonidan bartaraf etish muddati koʻrsatilgan holda yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilishi toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar litsenziat tomonidan bartaraf etilgan taqdirda litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilishini toʻxtatib turgan litsenziyalovchi organ yoki oʻzining arizasiga koʻra litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilishi sud tomonidan toʻxtatib turilgan organ koʻrsatib oʻtilgan holatlarning bartaraf etilgani toʻgʻrisidagi tasdiqnoma olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida uning amal qilishini tiklash yoki tiklashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organ yoki sudning litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning/litsenziya kartochkasining” amal qilishini toʻxtatishda litsenziyalovchi organ litsenziatdan litsenziya talablari va shartlari buzilishiga yoʻl qoʻyilgan avtotransport vositasiga berilgan litsenziya kartochkasini olib qoʻyadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilishini toʻxtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror litsenziyalovchi organ tomonidan quyidagi hollarda:
(29-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
(29-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan vaqtdan boshlab yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida toʻxtatilganda — qayta tashkil etish vaqtidan boshlab, uning oʻzgartirilishi shuningdek, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslar qoʻshib yuborilishi bundan mustasno;
(29-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil transportida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashishni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorning — litsenziatning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi toʻxtatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil transportida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashishni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorning — litsenziatning huquqiy muomalaga layoqatliligi cheklanganda yoki u huquqiy muomalaga layoqatli emas deb eʼtirof etilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilish muddati tugaganda qabul qilinadi.
(29-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror faqat sud tomonidan quyidagi hollarda:
(29-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talablari va shartlari muntazam yoki bir marta qoʻpol tarzda buzilganda;
(29-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar litsenziyalovchi organ yoki sud belgilagan muddatda litsenziat tomonidan bartaraf etilmaganda;
(29-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalovchi organning litsenziya/litsenziya kartochkasi berish toʻgʻrisidagi qarorining noqonuniyligi aniqlanganda qabul qilinadi.
(29-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror sud yoki litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziatga yozma shaklda, qarorni puxta asoslagan holda qaror qabul qilingan (chiqarilgan) sanadan boshlab besh kundan kechikmay yetkaziladi. Litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilishi uni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab toʻxtatiladi.
(29-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organ yoki sudning litsenziyaning/litsenziya kartochkasining amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat berilishi mumkin.
(29-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
291. Quyidagilar litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining qoʻpol tarzda buzilishi hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatning shtatida Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tegishli lavozimni egallash uchun attestatsiyadan oʻtgan, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslarning boʻlmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat tomonidan ishlatish uchun belgilangan tartibda ruxsat etilmagan va yoʻlga chiqishdan oldin texnik koʻrikdan oʻtmagan avtotransport vositalaridan foydalanilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davriy tibbiy koʻrikdan va yoʻlga chiqishdan oldin tibbiy koʻrikdan oʻtmagan haydovchilarning ishlashiga yoʻl qoʻyilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya kartochkalari bilan taʼminlanmagan avtotransport vositalariga yoʻl varaqalarining berilishi.
(291-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Litsenziyani/litsenziya kartochkasini bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan tartibda va holatlarda amalga oshiriladi.
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organning litsenziyani/litsenziya kartochkasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori litsenziatga yozma (elektron) shaklda, asoslangan holda qaror qabul qilingan kunidan boshlab uch kundan kechikmay yetkaziladi. Sudning litsenziyani/litsenziya kartochkasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori litsenziatga va litsenziyalovchi organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berilgan sanadan boshlab amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyani/litsenziya kartochkasini bekor qilishda toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi.
(30-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Litsenziyalar reyestri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Litsenziyalovchi organ belgilangan tartibda litsenziyalar reyestrini yuritadi. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxs — yakka tartibdagi tadbirkor — avtomobil transportida yuk tashishni amalga oshirish boʻyicha litsenziat uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya va litsenziya kartochkasining berilgan sanasi va tartib raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya va litsenziya kartochkasining amal qilish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositasining rusumi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan raqami;
(31-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umuman faoliyat turiga yoki uning bir qismiga litsenziya berish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilish muddatini toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dublikatlar berishning asoslari va sanasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytida joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq boʻladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Davlat boji toʻlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashishga litsenziyalar berilganligi va ularning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun davlat boji Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorlarda undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtotransport vositalari soni toʻldirilgan (koʻpaytirilgan) taqdirda davlat boji har bir litsenziya kartochkasi uchun qoʻshimcha ravishda undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalar berilganligi uchun undiriladigan davlat boji mablagʻlari Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining Avtomobil transportini rivojlantirish jamgʻarmasining maxsus gʻaznachilik hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va ilmiy-tadqiqot ishlari, yoʻlovchilar avtovokzallari va avtostansiyalari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga qarashli boʻlgan umumiy foydalanishdagi yoʻlovchi yoʻnalishlari toʻxtash punktlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini, dasturlarni moliyalashtirishda, shuningdek, avtotransport vositalarini xarid qilish va avtomobil transportini boshqarish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, “Oʻzavtotrans” agentligini saqlash uchun foydalaniladi.
(33-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtotransport vositasining yuk koʻtarish yoki yoʻlovchi sigʻimi koʻpayishi munosabati bilan litsenziya kartochkasini qayta rasmiylashtirishda davlat boji undirilmaydi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda
yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo
va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini
litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash sxemasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 14-iyuldagi 138-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MIQDORLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Faoliyat turlari

Sigʻimi (yoʻlovchi oʻrni va yuk koʻtarish quvvati, tonna)

Avtomototransport vositasining
bir birligi uchun 1 yilga davlat boji miqdori (eng kam oylik ish haqiga nisbatan shuncha baravar)

1) yoʻlovchilarni shaharda tashish

avtobuslar

14 oʻringacha

1,0

14 oʻrindan ortiq

2,5

mikroavtobuslar

1 ta transport vositasi uchun

8,0

yengil avtomobillar

4 oʻringacha

2,0

4 oʻrindan ortiq

3,5

2) yoʻlovchilarni shahar atrofida tashish

avtobuslar

19 oʻringacha

2,0

19 oʻrindan ortiq

4,0

mikroavtobuslar

1 ta transport vositasi uchun

8,0

yengil avtomobillar

4 oʻringacha

2,0

4 oʻrindan ortiq

3,5

3) yoʻlovchilarni shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha tashish

avtobuslar

30 oʻringacha

6,0

30 oʻrindan ortiq

16,5

mikroavtobuslar

1 ta transport vositasi uchun

19,5

yengil avtomobillar

1 ta transport vositasi uchun

5,5

4) yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish

avtobuslar

12 oʻrindan ortiq

28,0

mikroavtobuslar

1 ta transport vositasi uchun

22,0

yengil avtomobillar

1 t� transport vositasi uchun

7,0

5) yuklarni avtomobil transportida shaharda va shahar atrofida tashish

3,5 tonnagacha

1,0

3,5 tonnadan
10 tonnagacha

2,5

10 tonnadan
16 tonnagacha

4,0

16 tonnadan ortiq

5,5

6) yuklarni avtomobil transportida shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha tashish

3,5 tonnagacha

2,0

3,5 tonnadan
10 tonnagacha

4,0

10 tonnadan
16 tonnagacha

5,5

16 tonnadan ortiq

7,0

7) yuklarni avtomobil transportida xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish

1 ta transport vositasi uchun

7,0

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Davlat boji litsenziya/litsenziya varaqalarini olish uchun toʻlangan kunda belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorida hisoblanadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 739-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1048-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 14-iyuldagi 138-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Transport sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 21-avgustdagi 360-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 73-modda) 1-bandining oltinchi xatboshi, shuningdek 5-ilova, qarorga 7-ilovaning 3-boʻlimi va izohlarining ikkinchi—toʻrtinchi xatboshi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida yoʻlovchi transporti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 31-yanvardagi 11-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 1-son, 6-modda) 1-bandining uchinchi xatboshi, shuningdek qarorga 2-ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ–186-son qarori)” 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga ilova 25-bandining “yo” kichik bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 272-modda; 2007-y., 44-son, 446-modda; 2009-y., 52-son, 560-modda; 2011-y., 20-21-son, 201-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; 2016-y., 25-son. 308-modda; 2017-y., 17-son, 300-modda, 38-son, 1048-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son, 27.07.2018-y., 09/18/583/1582-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)