Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.04.1998 25.09.1991 yildagi 244-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.09.1991 yildagi 244-son
Kuchga kirish sanasi
25.09.1991
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.04.1998
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINI ROʻYXATGA OLISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-apreldagi 160-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston SSJ Oliy Kengashining “Oʻzbekiston SSJning “Ommaviy-axborot vositalari toʻgʻrisida” Qonunini kuchga kiritish tartibi haqida” 1991-yil 14-iyundagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga olishning ilova qilinayotgan tartibi tasdiqlansin va kuchga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizalar, guvohnomalar shakllarini va roʻyxatga olingan ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shaklini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Oʻzbekiston SSJning “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilingunga va kuchga kirgunga qadar davlat boshqaruv organlarida ruxsatga olingan ommaviy axborot vositalari qayta roʻyxatga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi hududida ommaviy axborot vositalari faoliyat koʻrsatishining yagona qoidalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Mahkamasining 1990-yil 15-oktabrdagi 332-son qarorini bajarish yuzasidan belgilangan roʻyxatga olish yigʻimini undirish tartibini saqlab qolish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1991-yil 25-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
244-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil
25-sentabrdagi 244-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy axborot
vositalarini roʻyxatga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasida quyidagilar roʻyxatga olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga moʻljallangan davriy nashrlar — roʻznomalar, jaridalar, ularning ilovalari, davriyligi yiliga ikkita va undan koʻp boʻlgan, bir nomerining oʻrtacha bir martalik tiraji kamida bir ming nusxa boʻlgan roʻznoma, jarida xilidagi nashrlar (Oʻzbekiston aholisiga moʻljallangan davriy nashrlarga ularning taʼsischilari (yoki taʼsischilaridan biri) jumhuriyat yoki viloyatlararo davlat, jamoatchilik organlari yoki tashkilotlari boʻlgan nashrlar kiradi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jumhuriyat aholisiga va qoʻshni jumhuriyatlarning aholisiga moʻljallangan televizion va radio dasturlar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat televideniye va radioeshittirish qoʻmitasi bilan kelishuv boʻyicha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Televideniye va radioeshittirish sohasidagi tashqi iqtisodiy faoliyat (televizion va radio mahsulotlarini eksport va import qilish) davlat, jamoat, kooperativ va boshqa tashkilotlar, birlashmalar va korxonalar tomonidan, faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi beradigan guvohnomalar asosida, amalga oshiriladi. Televizion va radioeshittirish olib boradigan ommaviy axborot vositalari, ularning nomidan qatʼi nazar (tahririyat, agentlik, studiya va hokazo), eshittirish jarayonida ularning maʼlumotlari tinglovchilarga maʼlum qilib boriladi, eshittirishning mazmuni uchun mualliflar bilan birgalikda javob beradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-ommabop, hujjatli, xronikal-hujjatli filmlar, shuningdek, respublika aholisiga moʻljallangan kinovideo dasturlar ishlab chiqaruvchi kinovideo studiyalar, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelishuv boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot agentliklari, Oʻzbekiston axborot agentligi bilan kelishuv boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassislari Turkiston harbiy okrugi, jumhuriyat hududida), Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik qoʻmitasi boʻlgan ommaviy axborot vositalari, bu ommaviy axborot vositalari kimlarga moʻljallanganligidan qatʼi nazar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SSJ Ittifoqi, ittifoqdosh jumhuriyatlar va xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalarining vakillari akkreditatsiya tartibida.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatga olish uchun ariza Oʻzbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq beriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 3-apreldagi 162-sonli qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirilgan.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xorijiy ellarga moʻljallangan ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mahalliy aholiga moʻljallangan ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga hamda xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining ijroiya qoʻmitalariga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. SSJ Ittifoqi yoki boshqa ittifoqdosh respublikalarda roʻyxatga olish organlarida ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida guvohnoma olgan ommaviy axborot vositalari oʻz faoliyatini, bu vositalar va ularning vakillari Oʻzbekiston Respublikasining tegishli roʻyxatga olish organlarida albatta roʻyxatga olingandan keyin, amalga oshiradilar. Belgilangan tartibda roʻyxatga olinmagan ommaviy axborot vositalarini nashr etish va tarqatishga hamda SSJ Ittifoqi, ittifoqdosh respublikalar va chet davlatlar ommaviy axborot vositalarining akkreditatsiyadan oʻtmagan vakillarining faoliyatiga jumhuriyat hududida yoʻl qoʻyilmaydi; bu qoidalarni buzganlik uchun aybdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish, bu ish jarayonida vujudga keladigan turli bahslarni hal qilish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga moʻljallangan ommaviy axborot vositalarini chiqarishni va nashr etishni toʻxtatish ommaviy-axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonun asosida roʻyxatga olish organlari ishlab chiqqan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ommaviy axborot vositalarining roʻyxatga olingani toʻgʻrisida guvohnoma berilganligi uchun muassislardan quyidagi miqdorlarda roʻyxatga olish yigʻimi undiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻznomalar (shu jumladan, haftalik), ijtimoiy-siyosiy, adabiy-badiiy, ilmiy- ommabop, ishlab chiqarish-texnikaviy jaridalar ‎
‎— 3 ming soʻm‎

‎maktabgacha yoshdagi bolalar, boshlangʻich va yuqori sinf oʻquvchilari uchun roʻznomalar va jaridalar ‎


‎‎— 1 ming soʻm‎

‎asosan xorijiy ellarga moʻljallangan roʻznomalar, jaridalar, boshqa nashrlar, televizion va radio mahsulotlarini valyutada
‎va import qilish ‎


‎‎— 20 ming soʻmga
‎teng summadagi
‎xorijiy valyutada‎


‎xorijiy firmalar ishtirokidagi qoʻshma davriy nashrlar ‎

‎— 20 ming soʻm‎

‎televideniye va radioeshittirish ‎

‎— 10 ming soʻm‎

‎boshqa ommaviy axborot vositalari‎

‎— 5 ming soʻm ‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mahalliy aholiga moʻljallangan ommaviy axborot vositalarining roʻyxatga olingani toʻgʻrisida guvohnoma berilgani uchun roʻyxatga olish yigʻimlari miqdorlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashlarining tegishli ijro etuvchi va boshqaruvchi organlari tomonidan belgilanadi. Bunda ular mazkur tartibning 6-bandida nazarda tutilgan roʻyxatga olish yigʻimlari miqdorlarining 50 foizidan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ommaviy axborot vositalarining roʻyxatga olingani uchun undiriladigan yigʻimlarning 50 foizi roʻyxatga oluvchi organlarning hisobiga va qolgan qismi tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetlariga va mahalliy Kengashlar budjetiga kelib tushadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublika Davlat matbuot qoʻmitasi roʻyxatga olingan ommaviy axborot vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi yagona davlat roʻyxatini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatilgan roʻyxatni yuritish uchun, shuningdek, bir xil nomdagi ommaviy axborot vositalarini va boshqa foydalaniladigan ramzlarni roʻyxatdan oʻtkazishning oldini olish uchun joylardagi barcha roʻyxatga olish organlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasiga roʻyxatga olgan ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishga majburdirlar.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat qarorlari toʻplami, 1991-y., 9-son, 32-modda)