Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.01.2018 18.07.2006 yildagi PQ-419-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.01.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rangli metall parchalari, chiqindilarini yig‘ish, tayyorlash va qayta ishlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-yanvardagi PF-5300-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etib o‘tilsinki, ko‘rilayotgan choralarga qaramay, tarkibida rangli metallar bo‘lgan mexanizm va agregatlarni talon-toroj qilish bilan bog‘liq huquqbuzarlik faktlari, rangli metall parchalari va chiqindilarini yashirincha tayyorlash, ularni mamlakat tashqarisiga kontrabanda yo‘li bilan olib chiqib ketish hollari uchrab turibdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zikkilamchiranglimetall” OAJ va uning hududiy bo‘linmalari rangli metall parchalarini to‘liq yig‘ib olish, temir-tersak topshiruvchilar bilan shartnomalarni o‘z vaqtida tuzish, ularni rag‘batlantirishning ta’sirchan tizimini joriy etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmayaptilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rangli metall parchalari va chiqindilarining hosil bo‘lishi hamda ulardan foydalanishni hisobga olish va hisobot berish, ular aylanishini nazorat qilishning tegishli tizimi mavjud emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish, rangli metallarning noqonuniy aylanishiga chek qo‘yish, ularning faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish qurilmalaridan o‘g‘irlanishining oldini olish, shuningdek rangli metall parchalari va chiqindilari hosil bo‘lishi hamda ulardan foydalanish to‘liq hisobga olinishini ta’minlash, ularni kompleks va chuqur qayta ishlash korxonalarini rivojlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “O‘zikkilamchiranglimetall” OAJ va uning hududiy bo‘linmalari aksiyadorlari hamda qatnashchilarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zikkilamchiranglimetall” OAJ va uning hududiy bo‘linmalarini 1-ilovaga* muvofiq qayta tashkil etish va ularning negizida “Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zikkilamchiranglimetall” OAJning rangli metall parchalari va chiqindilarini qabul qilish va tayyorlash punktlarini 2-ilovaga* muvofiq, belgilangan tartibda tugatish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-2-ilovar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, “Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi” OAJ Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi hamda “O‘zikkilamchiranglimetall” OAJ va uning hududiy bo‘linmalarining huquq va majburiyatlari bo‘yicha, shu jumladan jalb etilgan kreditlar bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar “Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi” OAJning eng muhim vazifalari va funksiyalari deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rangli metall parchalari va chiqindilarini kompleks ravishda chuqur qayta ishlash, respublika iste’molchilarining ishlab chiqarish ehtiyojlari hamda eksportga yetkazib berishni kengaytirish uchun ulardan prokat, qotishmalar va tayyor mahsulot ishlab chiqarish borasida tizimli ishlarni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud qayta ishlaydigan quvvatlarni modernizatsiyalash va texnik jihatdan qayta qurollantirish, rangli metallarni qayta ishlashning zamonaviy yuksak samarali uskuna va texnologiyalarini tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rangli metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash hamda ularni temir-tersak topshiruvchilardan qabul qilish, shu jumladan rangli metall parchalari va chiqindilari muntazam hosil bo‘lib turadigan yuridik shaxslar bilan fyuchers shartnomalarini tuzish yo‘li bilan tayyorlash va qabul qilishning aniq-puxta tizimini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topshiriladigan rangli metall parchalari va chiqindilari uchun faqat yuridik shaxslar — temir-tersak topshiruvchilar tomonidan temir-tersak hamda chiqindilar topshirilishini rag‘batlantiruvchi erkin (shartnomaviy) narxlar bo‘yicha hisob-kitoblar tizimini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi” OAJ boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 24 kishidan iborat bo‘lgan boshqaruv apparati tuzilmasi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi” OAJ Bosh direktori Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan tayinlanishi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi” OAJga hududlarda rangli metall parchalari va chiqindilarini yig‘ish, qabul qilish va birlamchi qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy uskunalar, yuk ko‘tarish va transport vositalari bilan jihozlangan filiallarini yuridik shaxs tuzmasdan tashkil etish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zikkilamchiranglimetall” OAJ va uning hududiy bo‘linmalarini qayta tashkil qilish bilan bog‘liq masalalarni hal etish uchun 4-ilovaga* muvofiq tarkibda maxsus komissiya tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus komissiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda “O‘zikkilamchiranglimetall” OAJ va uning hududiy bo‘linmalarini qayta tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda “Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi” OAJ Ustav jamg‘armasini shakllantirishga, aksiyalar paketining 51 foiz miqdorini davlatda saqlab qolgan holda ulushlarni qatnashchilar o‘rtasida taqsimlashga, shuningdek Ustavni tayyorlash va ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda “O‘zikkilamchiranglimetall” OAJ va uning hududiy bo‘linmalari balansida bo‘lgan mol-mulkni xatlovdan o‘tkazsin va undan yanada samarali foydalanish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Mudofaa vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamda boshqa idora va tashkilotlarning rahbarlari rangli metallar, ularning parchalari va chiqindilari aylanishi borasida o‘rnatilgan tartibga rioya etilishini ta’minlash uchun shaxsan javobgar ekanliklari to‘g‘risida ogohlantirilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PF-4578-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 584-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tuman hokimliklari bilan birgalikda tarkibida rangli metallar bo‘lgan uskunalar, parcha va chiqindilarni yashirincha qabul qilish punktlari faoliyatiga hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketishga urinish holatlariga chek qo‘yish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar qabul qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda rangli metallar, ularning parchalari va chiqindilarini tayyorlash, sotib olish, foydalanish va sotish qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda rangli metallar, ularning parchalari va chiqindilarini tayyorlash, sotib olish, foydalanish va sotish qoidalari buzilishning oldini olish hamda unga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar televideniye orqali muntazam yoritib borilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda temir-tersak topshiruvchilar bilan rangli metall parchalari va chiqindilari topshirishni rag‘batlantiruvchi erkin (shartnomaviy) narxlar bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirilishini nazarda tutgan holda, topshiriladigan rangli metall parchalari va chiqindilariga narx belgilash Tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda rangli metall parchalari va chiqindilari hosil bo‘lishi va ulardan foydalanish bo‘yicha statistik hisobotlarning shaklini ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda uni 2006-yilning 1-oktabridan joriy etsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 3-oktabrdagi PF-4473-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 40-son, 466-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “Ikkilamchiranglimetall” ishlab chiqarish birlashmasini ochiq turdagi “O‘zikkilamchiranglimetall” aksionerlik jamiyatiga aylantirish to‘g‘risida” 1994-yil 24-martdagi 160-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 18-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-419-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 28-29-son, 268-modda; 2012-y., 40-son, 466-modda; 2013-y., 45-son, 584-modda; 2017-y., 2-son, 25-modda)