O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA VA TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA QARShI KURAShISh BILAN BOG‘LIQ AXBOROTNI BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 12-oktabrdagi 272-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ma’lumotlarni taqdim etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotni berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq, majburiy nazorat qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan operatsiyalar amalga oshirilishi to‘g‘risidagi axborotni belgilangan tartibda taqdim etishlari shart.
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda mazkur qarorda belgilangan tartibda axborot taqdim etilishi uchun qattiq nazorat o‘rnatsin.
3. Vazirliklar va idoralar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori R.X. Qodirov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 30-iyun,
126-son
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 30-iyundagi 126-son qaroriga
1-ILOVA
2006-yil 30-iyundagi 126-son qaroriga
1-ILOVA
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq
axborotni berish tartibi to‘g‘risida
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq
axborotni berish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 21-apreldagi PQ–331-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq, majburiy nazorat qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga taqdim etish tartibini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti (keyingi o‘rinlarda matnda “Departament” deb yuritiladi) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Departament jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan operatsiyalar amalga oshirilishi ustidan majburiy nazoratni amalga oshiradi.
3. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar, agar ularning summasi operatsiya bajarilayotgan kundagi holatga ko‘ra belgilangan eng kam oylik ish haqining to‘rt ming baravariga teng yoki undan ortiq bo‘lsa hamda quyidagi turlarda amalga oshirilayotgan bo‘lsa, majburiy nazorat qilinishi kerak:
ikkita yoki undan ortiq hisobvaraqlar ochish;
bir kunda yoki bir necha kun mobaynida odatdagi ko‘lamga nomuvofiq miqdorda operatsiyalar bajarish;
pul mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga egasining nomi yashirin holda ochilgan hisobvaraqqa o‘tkazish va pul mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasiga egasining nomi yashirin holda ochilgan hisobvaraqdan kelib tushishi;
bank omonatlariga pul mablag‘larini naqd holda kiritish;
pul mablag‘larini naqd holda hisobvaraqdan olish, hisobvaraqdan o‘chirish yoki hisobvaraqqa kiritish, agar bu yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatining xususiyati taqozosi bo‘lmasa;
pul mablag‘larini jismoniy shaxs taqdim qiluvchiga pul beriladigan hujjatlar bo‘yicha olishi;
jismoniy shaxs qimmatli qog‘ozlarni naqd pulga olishi;
jismoniy shaxs yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) pul mablag‘larini naqd holda kiritishi;
uchinchi shaxslar foydasiga omonat (depozit) ochib, unga pul mablag‘larini naqd holda joylashtirish;
chet el valyutasini naqd pulga sotib olish yoki sotish;
bir qimmatdagi banknotni boshqa qimmatdagi banknotga almashtirish;
mol-mulkni saqlash uchun maxsus xonalarni yoki ularda turgan seyflarni ijaraga olish uchun bank bilan shartnoma tuzish;
kredit (zayom) berish yoki olish;
qimmatli qog‘ozlar, qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar, zargarlik buyumlari yoki boshqa qimmatli narsalarni lombardga qo‘yish;
sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lash yoki sug‘urta mukofoti olish;
lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar o‘ynalganda yutuq olish.
pul mablag‘larini imtiyozli soliq rejimi beradigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda axborotni oshkor etish va berishni nazarda tutmaydigan davlatlar va hududlarga (offshor zonalarga) o‘tkazish, shuningdek pul mablag‘larini ko‘rsatib o‘tilgan davlatlar va hududlardan o‘tkazish.
Chet el valyutasi bilan yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan operatsiyalarni amalga oshirishda operatsiyaning milliy valyutadagi miqdori operatsiya o‘tkazilgan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha belgilanadi.
4. Mazkur Nizomning 3-bandida belgilanganidan kamroq summadagi pul mablag‘lari yoki mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya, shu operatsiyaning taraflaridan biri:
terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatda ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatni amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori bo‘lgan yoki uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatni amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoki tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs ekanligi haqida belgilangan tartibda olingan axborot mavjud bo‘lsa, majburiy nazorat qilinishi kerak.
5. Mazkur Nizomning 3 va 4-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan operatsiyalar to‘g‘risidagi axborot (keyingi o‘rinlarda matnda “operatsiyalar to‘g‘risidagi axborot” deb yuritiladi) Departamentga pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi quyidagi tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda matnda “tashkilotlar” deb yuritiladi) tomonidan taqdim etiladi:
banklar, kredit uyushmalari va boshqa kredit tashkilotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya fondlari, depozitariylar va boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari;
(5-bandning uchinchi xatboshiO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
birjalar;
sug‘urtalovchilar;
lizing xizmati yoki boshqa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar;
pochta aloqasi tashkilotlari;
lombardlar;
lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni o‘tkazuvchi tashkilotlar;
notarial idoralar (notariuslar).
6. Tashkilotlar Departamentning operatsiyalar to‘g‘risidagi axborot yuboriladigan (taqdim etiladigan) pochta, elektron va boshqa rekvizitlarini bilishga majburdir, Departament esa ko‘rsatib o‘tilgan rekvizitlarni barcha bilishi uchun qulay bo‘lishini ta’minlashi shart.
7. Departament va uning xodimlari o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan tijorat, bank siri yoki boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning saqlanishini ta’minlashlari shart, yuridik va jismoniy shaxslarni ularga nisbatan o‘tkazilayotgan majburiy nazoratdan xabardor qilishga haqli emas va ushbu ma’lumotlar oshkor qilinganligi yoki taqdim etilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
8. Davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim etish davlat sirlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
II. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq, majburiy
nazorat qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni
Departamentga taqdim etish tartibi
nazorat qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni
Departamentga taqdim etish tartibi
9. Tashkilotlar quyidagilarga majburdir:
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish chog‘ida yuridik va jismoniy shaxsni identifikatsiyalash;
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni, yuridik yoki jismoniy shaxs hisobvarag‘iga tushgan pul mablag‘larini hisobga kiritish bo‘yicha operatsiyalarni istisno etganda, bu operatsiya bajarilishi lozim bo‘lgan sanadan e’tiboran ikki ish kuniga to‘xtatib turish hamda bunday operatsiya haqida operatsiya to‘xtatib turilgan kunning o‘zida Departamentni xabardor qilish. Operatsiyani to‘xtatib turish to‘g‘risida Departamentning ko‘rsatmasi bo‘lmasa, ko‘rsatilgan muddat o‘tgach, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilot to‘xtatib turilgan operatsiyani bajarishga kirishaveradi;
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar amalga oshirilishi haqida shu operatsiya bajarilishi lozim bo‘lgan kunning o‘zida Departamentga axborot (hujjatlar) taqdim etish;
o‘z ichki nazorat tizimini joriy etish;
pul mablag‘lari yoki majburiy nazorat qilinadigan boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarning hujjatli hisobini yuritish;
10. Operatsiyalar to‘g‘risidagi axborot elektron hujjat shaklida, axborotni kiritish, faqat qayta ishlash va uzatish bo‘yicha dasturli vositalarning avtomatlashtirilgan kompleksi yordamida, axborotni kriptografik himoya qilish vositalarini va axborot uzatishning elektron tizimini (keyingi o‘rinlarda DVAK deb yuritiladi) qo‘llagan holda, shaklga solingan xabar tarzida tuziladi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi (ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).
11. Samarali va narx parametrlari bo‘yicha raqobatbardoshli DVAKlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmani tashkilotlarga berish Departament tomonidan ta’minlanadi.
DVAKdan faqat ushbu Nizomda nazarda tutilgan axborotni tayyorlash va Departamentga taqdim etish uchun foydalaniladi.
12. Operatsiya to‘g‘risidagi elektron hujjat tarzidagi axborotni uzatish Departamentning tashkilot joylashgan joydagi bo‘linmasida (banklardan tashqari) almashtiriladigan magnitli va boshqa manbalarda (disketalarda, kompakt-disklarda va boshqa xotirada saqlab qoladigan qurilmalarda), axborot yetkazib beruvchi tomonidan, yetkazib berish vaqtida hujjatning maxfiyligi buzilishini istisno qiluvchi chora-tadbirlarga rioya qilgan holda yoki maxsus pochta aloqasi vositasida amalga oshiriladi.
13. Operatsiya to‘g‘risidagi axborotni elektron hujjat tarzida taqdim etish imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda axborot yetkazib berish vaqtida hujjatning maxfiyligi buzilishini istisno qiluvchi chora-tadbirlarga rioya qilgan holda qog‘ozda bevosita taqdim etiladi yoki maxsus pochta aloqasi vositasida yetkazib beriladi.
14. Operatsiya to‘g‘risidagi axborot bevosita keltirib berilgan yoki u belgilangan tartibda maxsus pochta aloqasi bo‘linmasiga topshirilgan sana axborot taqdim etilgan sana hisoblanadi.
15. Banklar tomonidan bajariladigan operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni Departament banklarning avtomatlashtirilgan tizimida ochiladigan, ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilingan maxsus elektron pochta manzilidan oladi.
16. Tashkilotning Departamentga operatsiya to‘g‘risidagi axborotni belgilangan shaklga muvofiq bo‘lmagan holda taqdim etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
17. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi operatsiya to‘g‘risidagi axborotning tasdiqlangan shakliga belgilangan tartibda o‘zgartirish kiritish huquqiga ega.
18. Departament operatsiya to‘g‘risidagi axborotni jo‘natuvchini identifikatsiya qiladi va axborot mazmunining aynanligini (o‘zgarmaganligini) nazorat qiladi.
19. Tashkilotlar tomonidan operatsiya to‘g‘risidagi axborot buzilgan tarzda yoki to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganda, shuningdek unda elektron raqamli imzo (tashkilot muhri, vakolatli shaxslar imzolari) mavjud bo‘lmaganda Departament operatsiya to‘g‘risidagi axborot olingan kuni, maxfiylikni ta’minlash choralariga rioya qilgan holda, aniq kamchiliklarini ko‘rsatib, uni qaytadan taqdim etish to‘g‘risida so‘rovnoma jo‘natadi.
20. Departamentning so‘rovnomasi olingan taqdirda tashkilot so‘rovnomada ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘radi va uning olingan vaqtidan boshlab bir ish kuni mobaynida Departamentga tuzatilgan axborotni ushbu Nizomda belgilangan tartibda jo‘natadi.
21. Tashkilot tomonidan Departamentga majburiy nazorat qilinmaydigan operatsiya to‘g‘risidagi axborot noto‘g‘ri taqdim etilgan taqdirda tashkilot ushbu Nizomda belgilangan tartibda Departamentga tashkilotning rahbari imzolagan va muhri bilan tasdiqlangan xat bilan, noto‘g‘ri taqdim etilgan axborotni haqiqiy emas deb e’tirof etish to‘g‘risida murojaat qiladi. Xatda operatsiya to‘g‘risidagi axborotni haqiqiy emas deb e’tirof etish sabablari, shuningdek operatsiya to‘g‘risida noto‘g‘ri taqdim etilgan axborotni so‘zsiz identifikatsiya qilish imkonini beradigan ma’lumotlar (axborotning tartib raqami va sanasi, uni aloqaning elektron kanali bo‘yicha yoki qog‘ozda taqdim etish usuli, shuningdek operatsiyaning u amalga oshirilgan valyutadagi summasi va uni amalga oshirish sanasi) ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
III. Departament tomonidan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk
bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha qo‘shimcha axborot olinishi
tartibi
bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha qo‘shimcha axborot olinishi
tartibi
22. Departament qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi masalasi bo‘yicha tekshirish tadbirlarini amalga oshirishga haqlidir.
23. Departament quyidagi hollarda tashkilotga qo‘shimcha axborotni va tegishli operatsiya bo‘yicha hujjatlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalarini taqdim etish to‘g‘risida yozma so‘rovnoma jo‘natishga haqlidir:
operatsiya to‘g‘risida olingan axborotning ishonchliligini tekshirish zarurati bo‘lganda;
bunday operatsiyaning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida axborot mavjud bo‘lganda;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni bajarish doirasida.
Departamentning axborot va hujjatlar taqdim etish to‘g‘risidagi yozma so‘rovnomalari Departamentning rasmiy blankalarida rasmiylashtiriladi hamda Departament rahbari yoki uning o‘rinbosarlari, Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy organlari rahbarlari (ular bo‘lmaganda ularning vazifasini bajarayotgan shaxslar) tomonidan imzolanadi va maxsus pochta aloqasi vositasida tashkilotlarga jo‘natiladi.
24. Tashkilot Departamentga maxsus topshiriq berilgan pochta aloqasi orqali tegishli yozma so‘rovnoma olingan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida so‘ralayotgan axborotni va hujjatlarning tasdiqlangan nusxalarini taqdim etadi.
Departament so‘ralayotgan axborot va hujjatlarning hajmini, xususiyatini va mazmunini hisobga olgan holda ularni taqdim etishning boshqacha muddatini belgilashi mumkin.
IV. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga
va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi
axborotni to‘plash, saqlash va taqdim etish tartibi
va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi
axborotni to‘plash, saqlash va taqdim etish tartibi
25. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida Departament ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron axborot bazasini yuritadi.
26. Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Departamentga ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan shaxslar to‘g‘risida o‘zlarining ixtiyorida mavjud bo‘lgan barcha ma’lumotlarni taqdim etadilar.
Ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Departament tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudidan tizimli asosda so‘rab olinadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlar elektron hujjat tarzida rasmiylashtiriladi va Departamentga ana shunday axborot olingan yoki aniqlangan vaqtdan boshlab ikki ish kunidan kechikmay maxsus pochta aloqasi orqali taqdim etiladi.
27. Departament ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan shaxslar ro‘yxatini pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga har oyning 15-kunidan kechikmay maxsus pochta aloqasi orqali taqdim etadi.
28. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni bajarish doirasida Departament ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan shaxslar to‘g‘risida axborot taqdim etadi.
29. Ushbu Nizomning 27-bandida ko‘rsatilgan ro‘yxatni yuritish, saqlash va undan foydalanishda Departament hamda pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan maxfiylikni ta’minlash shartlariga qat’iy rioya qilinishi kerak.
30. Ushbu Nizomda ko‘rsatilgan axborotni saqlash muddatlari va tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
V. Yakuniy qoidalar
31. Ushbu Nizom talabalari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar, shu jumladan maxsus vakolatli organning, tashkilotlarning, shuningdek ushbu Nizomning 26-bandida ko‘rsatilgan organlarning mansabdor shaxslari belgilangan tartibda javob beradilar.
Pul mablag‘lari yoki boshqa mol- mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risida ma’lumotlar
* Operatsiya xususiyati bunday ma’lumotlarni taqdim etishni nazarda tutgan hollarda to‘ldiriladi.
Pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar turlarining kodlari
|
Tashkilot nomi |
Tashkilot turi kodi |
| Banklar, kredit uyushmalari va boshqa kredit tashkilotlari | 100 |
| O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki | 111 |
| Markaziy bankning hududiy bo‘linmalari | 112 |
| Aksiyadorlik-tijorat banklari | 121 |
| Aksiyadorlik-tijorat banklarining filiallari | 122 |
| Aksiyadorlik-tijorat banklarining boshqa alohida bo‘linmalari | 123 |
| Xususiy banklar | 131 |
| Xususiy banklarning filiallari | 132 |
| Xususiy banklarning boshqa alohida bo‘linmalari | 133 |
| Xorijiy sarmoya ishtirokidagi banklar | 141 |
| Xorijiy sarmoya ishtirokidagi banklarning filiallari | 142 |
| Xorijiy banklarning v�kolatxonalari | 151 |
| Kredit uyushmalari | 161 |
| Kredit uyushmalarining filiallari | 162 |
| Kredit uyushmalarining vakolatxonalari | 163 |
| Boshqa kredit tashkilotlari | 171 |
| Boshqa kredit tashkilotlarining filiallari | 172 |
| Boshqa kredit tashkilotlarining vakolatxonalari | 173 |
| Investitsiya fondlari, depozitariylar va qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa professional ishtirokchilari | 200 |
| Investitsiya fondlari | 211 |
| Investitsiya fondlarining filiallari | 212 |
| Investitsiya fondlarining vakolatxonalari | 213 |
| Depozitariylar | 221 |
| Depozitariylarning filiallari | 222 |
| Depozitariylarning vakolatxonalari | 223 |
| Qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa professional ishti�okchilari | 231 |
| Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining boshqa filiallari | 232 |
| Qimmatli qog‘ozlar bozori boshqa professional ishtirokchilarining boshqa alohida bo‘linmalari | 233 |
| Birjalar | 300 |
| Tovar-xomashyo birjalari | 311 |
| Tovar-xomashyo birjalarining filiallari | 312 |
| Tovar-xomashyo birjalarining boshqa alohida bo‘linmalari | 313 |
| Fond birjalari | 321 |
| Fond birjalarining filiallari | 322 |
| Fond birjalarining boshqa alohida bo‘linmalari | 323 |
| O‘zbekiston respublika valyuta birjasi | 331 |
| O‘zbekiston respublika valyuta birjasining filiallari | 332 |
| O‘zbekiston respublika valyuta birjasining boshqa alohida bo‘linmalari | 333 |
| Birjalarning boshqa turlari | 341 |
| Birjalar boshqa turlarining filiallari | 342 |
| Birjalar boshqa turlarining boshqa alohida bo‘linmalari | 343 |
| Sug‘urtalovchilar | 400 |
| Sug‘urtalovchilar | 411 |
| Sug‘urtalovchilarning filiallari | 412 |
| Sug‘urtalovchilarning boshqa alohida bo‘linmalari | 413 |
| Lizing xizmatlari yoki boshqa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar | 500 |
| Lizing xizmatlari yoki boshqa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar | 511 |
| Lizing xizmatlari yoki boshqa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning filiallari | 512 |
| Lizing xizmatlari yoki boshqa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning boshqa alohida bo‘linmalari | 513 |
| Pochta aloqasi tashkilotlari | 600 |
| Pochta aloqasi provayderi | 611 |
| Pochta aloqasi provayderining filiallari | 612 |
| Pochta aloqasi provayderining boshqa alohida bo‘linmalari | 613 |
| Pochta aloqasi operatori | 621 |
| Pochta aloqasi operatorining filiallari | 622 |
| Pochta aloqasi operatorining boshqa alohida bo‘linmalari | 623 |
| Pochta aloqasining boshqa obyektlari | 631 |
| Lombardlar | 700 |
| Lombardlar | 711 |
| Lombardlarning filiallari | 712 |
| Lombardlarning vakolatxonalari | 721 |
| Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni o‘tkazuvchi yuridik shaxslar | 800 |
| Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar | 811 |
| Totalizatorlar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar | 812 |
| Tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar | 814 |
| Notarial idoralar (notariuslar) | 900 |
| Notarial idoralar | 911 |
| Notariuslar | 912 |
| | |
Izoh: Ilova pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘ldirishda foydalaniladi va maxsus vakolatli organga taqdim etilmaydi.
(ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Majburiy nazorat qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar turlarining kodlari
|
Operatsiya nomi |
Operatsiya kodi |
| Ikkita yoki undan ortiq hisobvaraqlar ochish | 010 |
| Bir kunda yoki bir necha kun mobaynida odatdagi ko‘lamga nomuvofiq miqdorda operatsiyalar bajarish | 011 |
| Pul mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga egasining nomi yashirin holda ochilgan hisobvaraqqa o‘tkazish va pul mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasiga egasining nomi yashirin holda ochilgan hisobvaraqdan kelib tushishi | 012 |
| Bank omonatlariga pul mablag‘larini naqd holda kiritish | 013 |
| Pul mablag‘larini naqd holda hisobvaraqdan olish, hisobvaraqdan o‘chirish yoki hisobvaraqqa kiritish, agar bu yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatining xususiyati taqozosi bo‘lmasa | 014 |
| Pul mablag‘larini jismoniy shaxs taqdim qiluvchiga pul beriladigan hujjatlar bo‘yicha olishi | 015 |
| Jismoniy shaxs qimmatli qog‘ozlarni naqd pulga olishi | 016 |
| Jismoniy shaxs yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) pul mablag‘larini naqd holda kiritishi | 017 |
| Uchinchi shaxslar foydasiga omonat (depozit) ochib, unga �ul mablag‘larini naqd holda joylashtirish | 018 |
| Chet el valyutasini naqd pulga sotib olish yoki sotish | 019 |
| Bir qimmatdagi banknotni boshqa qimmatdagi banknotga almashtirish | 020 |
| Mol-mulkni saqlash uchun maxsus xonalarni yoki ularda turgan seyflarni ijaraga olish uchun bank bilan shartnoma tuzish | 021 |
| Kredit (zayom) berish yoki olish | 022 |
| Qimmatli qog‘ozlar, qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar, zargarlik buyumlari yoki boshqa qimmatli narsalarni lombardga qo‘yish | 023 |
| Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lash yoki sug‘urta mukofoti olish | 024 |
| Lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar o‘ynalganda yutuq olish | 025 |
| Pul mablag‘larini imtiyozli soliq rejimi beradigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda axborotni oshkor etish va berishni nazarda tutmaydigan davlatlar va hududlarga (offshor zonalarga) o‘tkazish, shuningdek pul mablag‘larini ko‘rsatib o‘tilgan davlatlar va hududlardan o‘tkazish | 026 |
| Terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatda ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsning operatsiyalari | 027 |
| Terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatni amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori bo‘lgan yoki uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsning operatsiyalari | 028 |
| Terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatni amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxsning operatsiyalari | 029 |
| | |
Izoh: Ilova pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘ldirishda foydalaniladi va maxsus vakolatli organga taqdim etilmaydi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 25-26-son, 238-modda; 42-son, 418-modda; 2008-y., 40-41-son, 412-modda; 2009-y., 42-son 450-modda)