Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MEHNATGA HAQ TOʻLAShNING YaGONA TARIF SETKASINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-oktabrdagi 218-sonli “Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2006-yilning 1-iyulidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2006-yil 9-iyundagi PF-3761-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda ish haqining ragʻbatlantiruvchi ahamiyatini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2006-yil 1-iyuldan boshlab boshlangʻich razryadning oyiga 10800 soʻm miqdorida belgilangan eng kam oylik ish haqi tarif stavkasi mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasiga asos qilib olinsin va yangi tarif koeffitsiyentlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-iyuldagi 309-son qarori 2006-yil 1-iyuldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 20-iyun,
120-son
Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasi
Mehnatga haq toʻlash razryadlari |
Tarif koeffitsiyentlari |
| 0 | 1,000 |
| 1 | 2,278 |
| 2 | 2,507 |
| 3 | 2,758 |
| 4 | 3,033 |
| 5 | 3,322 |
| 6 | 3,625 |
| 7 | 3,941 |
| 8 | 4,268 |
| 9 | 4,597 |
| 10 | 4,933 |
| 11 | 5,274 |
| 12 | 5,625 |
| 13 | 5,982 |
| 14 | 6,341 |
| 15 | 6,708 |
| 16 | 7,080 |
| 17 | 7,457 |
| 18 | 7,839 |
| 19 | 8,227 |
| 20 | 8,620 |
| 21 | 9,019 |
| 22 | 9,420 |
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 233-modda)