Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEVA-SABZAVOT MAJMUI KORXONA VA TAShKILOTLARINING IQTISODIY MUSTAQILLIGINI TAʼMINLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-iyuldagi 363-sonli “Respublika meva-sabzavot xoʻjaligida monopoliyadan chiqarish va ixtisoslashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Turli oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni va aholiga sotishni koʻpaytirish, bozor munosabatlarini chuqurlashtirish hamda respublika meva-sabzavot majmui qishloq xoʻjaligi, qayta ishlovchi va boshqa korxonalarning iqtisodiy mustaqilligi asosida raqobatli ish sharoitlari yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Mevasabzavotuzumsanoat” hududiy birlashmalarining qishloq xoʻjaligi, qayta ishlovchi va xizmat koʻrsatuvchi korxonalari negizida 1-ilovaga muvofiq dehqonchilik sanoati firmalari tashkil etilsin.
Dehqonchilik sanoati kombinatlari 2-ilovaga muvofiq Dehqonchilik sanoati firmalariga aylantirilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, dehqonchilik sanoati firmasi mahsulotlarni yetishtiruvchi, saqlovchi, qayta ishlovchi hamda sotuvchi korxonalar va tashkilotlarning ixtiyoriy birlashmasi hisoblanadi hamda ochiq turdagi aksionerlik jamiyati shaklida tashkil etiladi.
Dehqonchilik firmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar xoʻjalik mustaqilligini va yuridik shaxs huquqini saqlab qoladilar. Korxonalar va tashkilotlar, idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, Dehqonchilik firmasi tarkibiga kirishlari mumkin. Ularning dehqonchilik firmasi bilan oʻzaro munosabatlari shartnomalar bilan belgilanadi.
Dehqonchilik firmasining yuqori organi kengash hisoblanadi, uning tarkibiga dehqonchilik sanoati firmasining bosh direktori—kengash raisi, bosh direktor oʻrinbosarlari, dehqonchilik sanoati firmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarining rahbarlari kiradilar.
Dehqonchilik sanoati firmasi boshqarmasining namunaviy tuzilmasiga 3-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
3. Joylarda mustaqil Dehqonchilik sanoati firmalari tashkil etilishi munosabati bilan “Mevasabzavotuzumsanoat” Qoraqalpogʻiston va viloyat birlashmalari belgilangan tartibda tugatilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Mevasabzavotuzumsanoat” davlat-kooporativ konserni “Mevasabzavotuzumsanoat” Oʻzbekiston respublika meva-sabzavot va uzumchilik uyushmasi tashkil etilsin.
5. Belgilab qoʻyilsinki, “Mevasabzavotuzumsanoat” oʻziga berilgan vakolatlar va funksiyalar doirasida quyidagi vazifalarni hal etadi:
tizimda bozor munosabatlarini rivojlantirish, dehqonchilik sanoatini integratsiyalashning zamonaviy tashkiliy shakllarini keng yoyish, davlat korxonalari va tashkilotlarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga, jamoa korxonalariga hamda mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish ishlarini tashkil etish;
meva-sabzavot majmui faoliyati samaradorligini oshirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish, ularni saqlashni, qayta ishlashni va sotishni yaxshilash;
fan va ilgʻor tajriba yutuqlarini, zamonaviy texnika va texnologiyani joriy etish, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish texnologik jarayonining barcha bosqichlarida nobudgarchilikning oldini olish;
uyushma muassislariga marketing xizmati koʻrsatishni taʼminlash shu asosda mahsulot yetishtirish va uni sotishni koʻpaytirish;
uyushmaga kiruvchi korxonalar va xoʻjaliklarni ixtisoslashtirishni chuqurlashtirish asosida meva-sabzavot majmuining samaradorligini oshirish va eksportga yoʻnaltirilganligini taʼminlash dasturi roʻyobga chiqarilishini muvofiqlashtirish.
6. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi:
yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan uyushma hisoblanadi hamda dehqonchilik sanoati firmalarini va meva-sabzavot majmuining mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalari va tashkilotlarini ixtiyoriylik asosida birlashtiradi;
oʻz faoliyatini muassislarning pay va boshqa badallari hamda ular tomonidan berilgan vakolatlar va funksiyalar asosida tashkil etadi;
oʻz faoliyati masalalarini mustaqil hal etadi, markazlashtirilgan sugʻurta, zaxira va boshqa jamgʻarmalar tashkil qiladi;
shartnomalar va majburiyatlar boʻyicha “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konsernining huquqiy vorisi hisoblanadi hamda oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
7.“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasining tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi:
bir oy muddatda oʻz faoliyati ustavini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda qabul qilsin;
ikki hafta muddatda dehqonchilik sanoati firmasining namunaviy ustavini ishlab chiqsin.
9. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparati tuzilmasining 5 va 5a-ilovalarga muvofiq boʻlishi hamda xodimlari cheklangan sonining 114 nafardan iborat boʻlishiga rozilik berilsin.
“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasiga raisning besh nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bitta birinchi oʻrinbosari boʻlishi tavsiya etilsin.
Uyushma raisi va uning oʻrinbosarlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi:
“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi bilan birgalikda 1994-yil oxirigacha uyushmaning qayta ishlovchi korxonalarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirishga doir tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsin. Bunda ularning mahsulotlarini qayta ishlaydigan xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalari umumiy miqdorining kamida 10 foizini dehqonchilik sanoati firmalari tarkibiga kiruvchi xoʻjaliklarga ajratish nazarda tutilsin.
spirt va vino-araq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni aksionerlik jamiyatlariga aylantirishda ustav sarmoyasidagi davlat ulushini 51 foiz miqdorida belgilasin;
uyushmaga aksionerlik jamiyatlaridagi davlatga tegishli aksiyalarning egasi funksiyasini bersin;
davlatga tegishli aksiyalar boʻyicha dividendlarni shartnoma asosida uyushmaga bersin;
savdo hamda xizmat koʻrsatish obyektlarini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda xususiy va jamoa mulki qilib sotsin.
11. Moliya vazirligi, Markaziy bank, “Oʻzistiqbolstat” davlat Qoʻmitasi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekbirlashuv, “Oʻztayyorlovsavdo” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda faoliyat koʻrsatayotgan meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarining texnik-iqtisodiy va moliyaviy ahvolini mufassal tahlil qilsinlar hamda ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish (sanatsiya) yoki zarar koʻrib ishlovchi va past rentabelli korxonalarning bundan keyin faoliyat koʻrsatishining maqsadga muvofiqligi yohud muvofiqmasligi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
12. Respublika meva-sabzavot majmuini bosqichma-bosqich tubdan qayta tashkil etish asosida uning samaradorligini oshirish va eksportga yoʻnaltirilganligini taʼminlash dasturini ishlab chiqish maqsadida 6-ilovaga* muvofiq ishchi guruh tuzilsin.
* Ilova berilmaydi.
Ishchi guruh ikki oy muddatda, vazirliklar, idoralar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarni jalb etgan holda, mazkur dastur loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda korxona va xoʻjaliklarni ixtisoslashtirishni chuqurlashtirishni hamda ular asosida quyidagi dehqonchilik sanoati firmalari uyushmalarini tashkil etishni nazarda tutsin:
uzumchilik va vinochilik boʻyicha;
konserva mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha;
yangi va quritilgan meva-sabzavot mahsulotlari va uzum yetishtirish boʻyicha;
kartoshka yetishtirish va uni qayta ishlash boʻyicha;
sabzavot-poliz ekinlari va kartoshka urugʻi yetishtirish boʻyicha.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavotchilik boʻyicha “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni masalalari” toʻgʻrisida 1991-yil 22-fevraldagi 41-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 28-oktabr,
525-son
Qishloq xoʻjaligi, qayta ishlovchi va xizmat
koʻrsatuvchi korxonalar negizida tashkil
etiladigan dehqonchilik sanoati firmalari
koʻrsatuvchi korxonalar negizida tashkil
etiladigan dehqonchilik sanoati firmalari
ROʻYXATI
“Nukus” dehqonchilik sanoati firmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
“Andijon” dehqonchilik sanoati firmasi, Andijon viloyati
“Xoʻjaobod” dehqonchilik sanoati firmasi, Andijon viloyati
“Shohrud” dehqonchilik sanoati firmasi, Buxoro viloyati,
“Gʻijduvon” dehqonchilik sanoati firmasi, Buxoro viloyati
“Gʻallaorol” dehqonchilik sanoati firmasi, Jizzax viloyati
“Baxmal” dehqonchilik sanoati firmasi, Jizzax viloyati
“Doʻstlik” dehqonchilik sanoati firmasi, Jizzax viloyati
“Kitob” dehqonchilik sanoati firmasi, Qashqadaryo viloyati
“Shahrisabz” dehqonchilik sanoati firmasi, Qashqadaryo viloyati
“Navoiy” dehqonchilik sanoati firmasi, Navoiy viloyati
“Namanganvino” dehqonchilik sanoati firmasi, Namangan viloyati
“Namangankonserva” dehqonchilik sanoati firmasi, Namangan viloyati
“Shirinlik” dehqonchilik sanoati firmasi, Namangan viloyati
“Samarqand” dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati
“Kattaqoʻrgʻon” dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati
Xovrenko nomli dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati
“Kishmish” dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati
“Ishtixon” dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati
“Denov” dehqonchilik sanoati firmasi, Surxondaryo viloyati
“Sariosiyo” dehqonchilik sanoati firmasi, Surxondaryo viloyati
“Sirdaryo” dehqonchilik sanoati firmasi, Sirdaryo viloyati
“Shirin” dehqonchilik sanoati firmasi, Sirdaryo viloyati
“Yangiyoʻl dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati
“Yangiyoʻlkonserva” dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati
Otajonov nomli dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati
“Sohibkor” dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati
“Navroʻz” dehqonchilik sanoati firmasi, Fargʻona viloyati
“Uchkoʻprik” dehqonchilik sanoati firmasi, Fargʻona viloyati
“Mastona” dehqonchilik sanoati firmasi, Fargʻona viloyati
“Urganch” dehqonchilik sanoati firmasi, Xorazm viloyati
Dehqonchilik sanoati kombinatlari negizida tashkil
etiladigan dehqonchilik sanoati firmalari
etiladigan dehqonchilik sanoati firmalari
ROʻYXATI
Chortoq dehqonchilik sanoati firmasi, Namangan viloyati
Yangiqoʻrgʻon dehqonchilik sanoati firmasi, Namangan viloyati
Bulungʻur dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati
Samarqand dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati
Toyloq dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati
Oltinsoy dehqonchilik sanoati firmasi, Surxondaryo viloyati
Ohangaron dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati
Boʻstonliq dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati
Parkent dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati
Zangiota dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati
Qibray dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati
Toshkent dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati
DEHQONChILIK SANOATI FIRMALARINI BOShQARIShNING TAXMINIY TUZILMASI
“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi
dehqonchilik sanoati firmalari, korxona va tashkilotlar
dehqonchilik sanoati firmalari, korxona va tashkilotlar
ROʻYXATI
I. Dehqonchilik sanoati firmalari
“Nukus” dehqonchilik sanoati firmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
“Andijon” dehqonchilik sanoati firmasi, Andijon viloyati
“Xoʻjaobod” dehqonchilik sanoati firmasi, Andijon viloyati
“Shohrud” dehqonchilik sanoati firmasi, Buxoro viloyati
“Gʻijduvon” dehqonchilik sanoati firmasi, Buxoro viloyati
“Gʻallaorol” dehqonchilik sanoati firmasi, Jizzax viloyati
“Baxmal” dehqonchilik sanoati firmasi, Jizzax viloyati
“Doʻstlik” dehqonchilik sanoati firmasi, Jizzax viloyati
“Kitob” dehqonchilik sanoati firmasi, Qashqadaryo viloyati
“Shahrisabz” dehqonchilik sanoati firmasi, Qashqadaryo viloyati
“Navoiy” dehqonchilik sanoati firmasi, Navoiy viloyati
“Chortoq” dehqonchilik sanoati firmasi, Namangan viloyati
“Yangiqoʻrgʻon” dehqonchilik sanoati firmasi, Namangan viloyati
“Namanganvino” dehqonchilik sanoati firmasi, Namangan viloyati
“Namangankonserva” dehqonchilik sanoati firmasi, Namangan viloyati
“Shirinlik” dehqonchilik sanoati firmasi, Namangan viloyati
Bulungʻur dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati
“Samarqand” dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati
Toyloq dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati
“Samarqand” dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati
“Kattaqoʻrgʻon” dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati
Xovrenko nomidagi dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati
“Kishmish” dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati
“Ishtixon” dehqonchilik sanoati firmasi, Samarqand viloyati
Oltinsoy dehqonchilik sanoati firmasi, Surxondaryo viloyati
“Denov” dehqonchilik sanoati firmasi, Surxondaryo viloyati
“Sariosiyo” dehqonchilik sanoati firmasi, Surxondaryo viloyati
“Sirdarb” dehqonchilik sanoati firmasi, Sirdaryo viloyati
“Shirin” dehqonchilik sanoati firmasi, Sirdaryo viloyati
Ohangaron dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati
Boʻstonliq dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati
Parkent dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati
Zangiota dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati
Qibray dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati
Toshkent dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati
“Yangiyoʻl” dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati
“Yangiyoʻlkonserva” dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati
Otajonov nomidagi konchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati
“Sohibkor” dehqonchilik sanoati firmasi, Toshkent viloyati
“Navroʻz” dehqonchilik sanoati firmasi, Fargʻona viloyati
“Uchkoʻprik” dehqonchilik sanoati firmasi, Fargʻona viloyati
“Mastona” dehqonchilik sanoati firmasi, Fargʻona viloyati
“Urganch” dehqonchilik sanoati firmasi, Xorazm viloyati
I. Respublika korxonalari va tashkilotlari
“Oʻzmevasabzavotimpeks” tashqi savdo firmasi, Toshkent shahri
“Oʻzmevasabzavotmarkazservis” firmasi, Toshkent shahri
“Oʻzbekagrotrans” RKIB
“Oʻzmevasabzavotloyiha” loyihalash instituti, Toshkent shahri
“Mevasabzavotuzumsanoat” LKTB loyihalash-konstruktorlik byurosi, Toshkent shahri
“Mevasabzavotuzumsanoatqurilish” firmasi, Toshkent shahri
“Toshshaharmevasabzavotsavdo” meva-sabzavotlar sotish Toshkent shahar uyushmasi, Toshkent shahri
“Oʻzsabzavotnavurugʻlari” sabzavot-poliz ekinlari, ozuqabop ildizmevalar, kartoshka va sarimsoqpiyoz urugʻlari yetishtirish hamda tayyorlash respublika firmasi, Toshkent shahri
“Zarafshon” Samarqand spirt-araq zavodi, Samarqand shahri
“Toshkentvino” kombinati, Toshkent shahri
Toshkent shampan vinolari zavodi, Toshkent shahri
“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasining ijro etuvchi apparati
TU3ILMASI
1. Rahbariyat
2. Marketing va rivojlantirish boshqarmasi
3. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish boʻlimi
4. Konserva sanoati boʻlimi
5. Vinochilik sanoati boʻlimi
6. Iqtisodiy tahlil va istiqbolni belgilash boʻlimi
7. Davlat tasarrufidan chiqarish, hisobga olish va hisobot boʻlimi
8. Moliya va narxlarni boshqarish boʻlimi
9. Savdoni tashkil etish boʻlimi
10. Saqlashni tashkil etish boʻlimi
11. Yuk tashuvlarni tashkil etish boʻlimi
12. Tashqi iqtisodiy aloqalar boʻlimi
13. Yangi texnologiyalar, qayta qurish va texnika bilan qayta jihozlash boʻlimi
14. Ishlar boshqarmasi
“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasining ijro etuvchi apparati
TUZILMASI