Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.09.2001 07.05.1993 yildagi 860-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.09.2001
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAHSULOT BELGILARI VA XIZMAT KOʻRSATISh BELGILARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 30-avgustdagi 268-II-sonli “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasida mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari bilan ishlashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslari hamda tartibini belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bob. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Qonun bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish, huquqiy jihatdan muhofaza etish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasida mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlari bilan ham tartibga solib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi (matnda bundan keyin “Patent idorasi” deb yuritiladi) ushbu Qonunga muvofiq mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilarini muhofaza etish sohasida davlatning yagona siyosatini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Patent idorasi mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi talabnomalarni koʻrib chiqish uchun qabul qiladi, ular boʻyicha ekspertiza oʻtkazadi, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi, guvohnomalar beradi, davlat reyestrlarini yuritadi, rasmiy maʼlumotlarni eʼlon qiladi, ushbu Qonunning qoʻllanilishiga oid tushuntirishlarni chop etadi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga molik amallar uchun Patent idorasi tomonidan olinadigan patent boji, davlat budjeti mablagʻi, shuningdek Patent idorasi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar va beriladigan materiallar uchun olinadigan haq Patent idorasining faoliyatini mablagʻlar bilan taʼminlashning manbai hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Mahsulot belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi va jamoa belgisini huquqiy jihatdan muhofaza qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasida mahsulot belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi va jamoa belgisini (matnda bundan keyin “mahsulot belgisi” deb yuritiladi) huquqiy jihatdan muhofaza qilish ular davlat roʻyxatidan oʻtganligi va ushbu Qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma berilganligiga asosan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mahsulot belgisiga oid huquq qonun muhofazasidadir.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xoʻjalik – tijorat faoliyati bilan shugʻullanayotgan hamda fuqarolik muomalasida qatnashayotgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxsga mahsulot belgisini huquqiy jihatdan muhofaza qilish topshirilishi mumkin.
(3-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. MAHSULOT BELGISI, XIZMAT KOʻRSATISh BELGISI VA JAMOA BELGISINING MUHOFAZAGA LAYoQATLILIK ShARTLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Mahsulot belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi va jamoa belgisi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mahsulot belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi — bu fuqarolik muomalasi qatnashchilarini, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositasi boʻlib, bir shaxsning mahsulotlari va xizmatlarini boshqa shaxsning shu turdagi mahsulotlari va xizmatlaridan (matnda bundan buyon “mahsulotlar” deb yuritiladi) farqlash uchun xizmat qiladi.
(4-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xoʻjalik assotsiatsiyasi yoki korxonalarning boshqa shakldagi ixtiyoriy birlashmasi (matnda bundan keyin “birlashma” deb yuritiladi) tomonidan ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan, yagona sifat koʻrsatkichi yoki oʻzgacha umumiy xususiyatlarga ega boʻlgan mahsulotlarni belgilab qoʻyishga moʻljallangan mahsulot belgisi jamoa belgisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mahsulot belgisi sifatida soʻzlar, tasvirlar, qabariq va boshqa belgilar yoki ularning jamlama ifodasi roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mahsulot belgisi istalgan bir rangda yoki turli ranglarda roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Mahsulot belgilarini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun mutlaq asoslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mahsulot belgilarini roʻyxatdan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi, agar ular:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farqlanish xususiyatiga ega boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat gerbi, bayrogʻi va ramzlarini; davlatlarning rasmiy nomlarini, xalqaro yoki hukumatlararo tashkilotlarning qisqa yoki toʻliq nomlarini, rasmiy nazorat, kafolat tamgʻalari va namuna yoʻsinidagi tamgʻalar, muhrlar, mukofotlar va boshqa nishonlar hamda almashtirib yuborish darajasida ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilarni, shuningdek mahsulot tayyorlovchisining joylashgan yerini koʻrsatuvchi belgi sifatida fahmlanishi mumkin boʻlgan, qisman yoki butunlay jugʻrofiy belgilardan iborat boʻlgan belgilarni ifodalasa. Bunday belgilar, basharti tegishli vakolatli idoraning yoki belgi egasining roziligi olingan boʻlsa, mahsulot belgisiga muhofaza qilinmaydigan qism sifatida kiritilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan turdagi mahsulotlarni anglatuvchi belgi sifatida umum isteʼmolga kirib ketgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umum eʼtirof etgan ramzlar va atamalar boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotning turi, sifati, xususiyati, qanday maqsadga moʻljallanganligi, qiymati, shuningdek mahsulotning ishlab chiqarilayotgan yoki sotilayotgan joyi va vaqtini ifoda etsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qismning beshinchi va oltinchi xatboshilarida bayon etilgan belgilar, basharti, ular belgida yetakchi oʻrinni egallamasalar, mahsulot belgisiga muhofaza qilinmaydigan qism sifatida kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagi belgilar, chunonchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qalbaki yoki isteʼmolchini mahsulot yoxud uning ishlab chiqaruvchisi haqida chalgʻitadigan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat manfaatlariga, odamiylik va axloq qoidalariga zid boʻlgan belgilar mahsulot belgisi yoki mahsulot belgisining qismi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Mahsulot belgilarini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun boshqa asoslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagi belgilar, chunonchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari Oʻzbekiston Respublikasida oʻzga shaxs nomiga xatlangan yoki roʻyxatdan oʻtkazilishini soʻrab talabnoma berilgan xuddi shu turdagi mahsulotning belgilari bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzga shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan roʻyxatdan oʻtkazilmay ham muhofaza qilinadigan mahsulot belgilari bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda roʻyxatga olingan sertifikat belgilari bilan bir xil yoki almashtirib yuborish darajasida ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilar mahsulot belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagi belgilar, chunonchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzga shaxslarga tegishli va Oʻzbekiston Respublikasi hududida taniqli boʻlgan firma nomlarini (yoki ularning bir qismini), agar bu nomga egalik huquqi bir turdagi mahsulotlarni belgilash uchun mahsulot belgisiga doir talabnoma kelib tushishidan avvalroq olingan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
egalik huquqi Oʻzbekiston Respublikasida oʻzga shaxslarga tegishli boʻlgan sanoat namunalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mualliflik huquqiga ega boʻlgan shaxs yoki uning huquqiy vorislari (merosxoʻrlari) roziligini olmagan tarzda Oʻzbekiston Respublikasida mashhur boʻlgan ilmiy asarlar, adabiyot va sanʼat asarlarining nomlarini, ularning qahramonlarini yoki iboralarini, sanʼat asarlarini yoki ulardan koʻrinishlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atoqli shaxslar, ularning merosxoʻrlari yoxud, basharti, Oʻzbekiston Respublikasining tarixiy va madaniy boyligi sifatida eʼtirof qilingan boʻlsa, tegishli vakolatli idoralar roziligini olmagan tarzda ana shu atoqli shaxslarning familiyalari, ismlari, taxalluslari va ulardan yasalgan soʻzlarni, mazkur atoqli shaxslarning portretlarini hamda dastxatlarini oʻzida aks ettirgan belgilar mahsulot belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. MAHSULOT BELGISINI VA JAMOA BELGISINI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Mahsulot belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot belgisini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabnoma (matnda bundan keyin “talabnoma” deb yuritiladi) yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan (matnda bundan buyon “talabnoma beruvchi” deb yuritiladi) shaxsan yoki Patent idorasida roʻyxatga olingan patent vakili orqali berilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida istiqomat qiluvchi jismoniy shaxslar yoki boshqa davlatlarning yuridik shaxslari yoxud ularning patent vakillari mahsulot belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish va shu bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga molik amallarni Patent idorasida roʻyxatga olingan patent vakillari orqali yuritadilar. Patent vakilining vakolati talabnoma beruvchi patent vakiliga bergan ishonch qogʻozi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Mahsulot belgisini roʻyxatdan oʻtkazish soʻralgan talabnomaga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Talabnoma bir mahsulot belgisiga taalluqli boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Talabnoma:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabnoma beruvchining kimligi, shuningdek qayerda joylashganligi yoki qayerda yashashi koʻrsatilgan belgini mahsulot belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish soʻralgan arizadan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabnomada koʻrsatilgan belgi va uning tavsifidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun mahsulotlar va xizmatlarning Xalqaro tasnifi boʻyicha guruhlangan mahsulot belgisini roʻyxatdan oʻtkazish soʻralgan mahsulotlarning roʻyxatidan iborat boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Talabnomaga belgilangan miqdorda boj toʻlanganligini tasdiqlovchi, basharti talabnoma patent vakili orqali berilgan boʻlsa, uning vakolati tasdiqlangan hujjat ilova qilinmogʻi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Talabnomaga taalluqli hujjatlarga doir talablarni Patent idorasi belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Jamoa belgisini roʻyxatdan oʻtkazish soʻralgan talabnomaga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jamoa belgisini roʻyxatdan oʻtkazish soʻralgan talabnomaga ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari jamoa belgisining ustavi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamoa belgisining ustavi quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoa belgisini oʻz nomiga rasmiylashtirish vakolatiga ega boʻlgan birlashmaning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu belgini roʻyxatdan oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu belgidan foydalanish huquqiga ega boʻladigan subyektlar roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoa belgisi bilan belgilanadigan mahsulotlarning roʻyxati va ularning yagona sifat koʻrsatkichlari yoki oʻzga umumiy xususiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgidan foydalanish shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgidan foydalanishni nazorat etib turish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoa belgisi ustavining qoidalariga rioya qilmaganlik uchun javobgarlik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamoa belgisiga taalluqli talabnomaga doir talablar Patent idorasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Mahsulot belgisining ustuvorligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mahsulot belgisining ustuvorligi (prioriteti) talabnoma ushbu Qonunning 8 va 9-moddalariga muvofiq tarzda rasmiylashtirilib, Patent idorasiga kelib tushgan kunga qarab belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mahsulot belgisining ustuvorligi birinchi talabnoma sanoat mulkini muhofaza qilish Xalqaro ittifoqining qatnashchisi boʻlmish davlatga berilgan vaqtga qarab, basharti Patent idorasiga talabnoma ana shu vaqtdan keyin olti oy mobaynida tushgan boʻlsa (konvensiya ustuvorligi), belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sanoat mulkini muhofaza qilish Xalqaro ittifoqining qatnashchisi boʻlmish davlatlardan birining hududida tashkil etilgan rasmiy yoki rasmiy deb tan olingan xalqaro koʻrgazmalarning eksponatlariga qoʻyilgan mahsulot belgisining ustuvorligi eksponat koʻrgazmada ochiq namoyish etila boshlangan (koʻrgazma ustuvorligi) vaqtga qarab, basharti Patent idorasiga mahsulot belgisiga doir talabnoma ana shu vaqtdan keyin olti oy mobaynida tushgan boʻlsa, belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Konvensiya yoki koʻrgazma ustuvorligi huquqidan foydalanish istagida boʻlgan talabnoma beruvchi bu haqda mahsulot belgisiga doir talabnoma berayotganida yoki Patent idorasiga talabnoma tushganidan keyingi ikki oy mobaynida albatta maʼlum qilishi hamda qoʻyilgan talablar haqqoniy ekanligini tasdiqlovchi zarur hujjatlarni ilova qilishi, yoxud bunday hujjatlarni Patent idorasiga talabnoma tushgan vaqtdan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay taqdim etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mahsulot belgisining ustuvorligi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq mahsulot belgisi xalqaro roʻyxatga olingan vaqtga qarab belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Mahsulot belgisiga doir talabnomani ekspertizadan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Talabnomani ekspertizadan oʻtkazish Patent idorasi tomonidan amalga oshiriladi va u dastlabki ekspertiza hamda roʻyxatdan oʻtkazish soʻralayotgan belgining ekspertizasidan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Talabnomani ekspertizadan oʻtkazish davrida bu talabnoma yuzasidan qaror qabul qilingunga qadar talabnoma beruvchi oʻz tashabbusi bilan talabnomaga oid materiallarni toʻldirish, aniqlashtirish yoki tuzatishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti, qoʻshimcha materiallar talabnoma mohiyatini oʻzgartirgudek boʻlsa, bunday materiallar qarab chiqish uchun qabul qilinmaydi va talabnoma beruvchi tomonidan mustaqil talabnoma sifatida rasmiylashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ekspertiza oʻtkazish davrida qoʻshimcha materiallarsiz ekspertiza oʻtkazish mumkin boʻlmasa, Patent idorasi talabnoma beruvchidan bunday materiallarni soʻrash huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertizaning qoʻshimcha materiallarga doir soʻrovi olingan kundan keyingi ikki oy mobaynida ular taqdim etilmogʻi lozim. Talabnoma beruvchining iltimosiga binoan mazkur muddat, basharti uni uzaytirish xususidagi iltimos bu muddat tugashiga qadar tushgan boʻlsa, uzaytirilishi mumkin. Agar talabnoma beruvchi ushbu muddatni buzsa yoki ekspertiza soʻrovini javobsiz qoldirsa, talabnoma qaytarib olingan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Talabnoma uni qarab chiqishning istalgan bosqichida, ammo mahsulot belgisini roʻyxatga olish vaqtigacha talabnoma beruvchining iltimosiga binoan qaytarib olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Patent idorasi tomonidan qarab chiqish uchun qabul qilingan talabnomalar talabnoma beruvchilarga qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Dastlabki ekspertiza
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Talabnomaning dastlabki ekspertizasi u Patent idorasiga tushgan kundan eʼtiboran bir oy ichida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Dastlabki ekspertiza davomida talabnoma mazmuni, zarur hujjatlarning mavjudligi, shuningdek ularning belgilangan talablarga mos kelishi tekshiriladi. Dastlabki ekspertiza natijalariga binoan talabnoma qarab chiqish uchun qabul qilingani yoki rad etilgani haqida talabnoma beruvchiga maʼlum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Talabnoma qarab chiqish uchun qabul qilingan taqdirda talabnoma beruvchiga mahsulot belgisi ustuvorligi belgilanganligi maʼlum qilinadi. Talabnoma beruvchi konvensiya yoki koʻrgazma ustuvorligini soʻragan, lekin talabnomani qarab chiqish uchun qabul qilish chogʻida qoʻyilayotgan talab toʻgʻri ekanligini tasdiqlovchi zarur hujjatlarni taqdim etmagan hollar bundan mustasnodir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi dastlabki ekspertiza tugagach, talabnoma Patent idorasiga tushgan paytdan eʼtiboran oʻn ikki oy ichida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertiza davomida arizada ifodalangan belgining ushbu Qonun 5, 6, 8, 9-moddalari talablariga mosligi tekshiriladi va basharti, dastlabki ekspertiza oʻtkazilayotganida belgilanmagan boʻlsa, mahsulot belgisining ustuvorligi belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ekspertiza natijalariga binoan mahsulot belgisini roʻyxatdan oʻtkazish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Birmuncha oldingi ustuvorlikka ega boʻlgan talabnoma tushgan taqdirda mahsulot belgisini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ekspertizaning qarori ushbu Qonunning 10-moddasiga muvofiq qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Talabnomaga doir qaror ustidan shikoyat qilish hamda oʻtkazib yuborilgan muddatlarni qayta tiklash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Talabnoma beruvchi ekspertiza qarorida koʻrsatilgan materiallar bilan tanishishga va talabnoma yuzasidan chiqarilgan qarorni olganidan soʻng bir oy mobaynida ana shu materiallarning nusxasini talab qilib olishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar talabnoma beruvchi dastlabki ekspertiza yoki talabnomada ifodalangan belgi yuzasidan oʻtkazilgan ekspertiza qaroridan norozi boʻlsa, qaror olingan paytdan eʼtiboran uch oy mobaynida Patent idorasining Apellatsiya kengashiga (matnda bundan keyin “Apellatsiya kengashi” deb yuritiladi) eʼtiroznoma berishga haqlidir. Eʼtiroznoma toʻrt oy ichida Apellatsiya kengashi tomonidan qarab chiqilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Talabnoma beruvchi Apellatsiya kengashi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda qaror olingan kundan eʼtiboran olti oy ichida Oliy sudga shikoyat bilan murojaat etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qonun 11-moddasining 3-bandida va mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan, talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatlar ana shu muddatlar tugashiga qadar ikki oy ichida talabnoma beruvchining iltimosiga binoan Patent idorasi tomonidan, basharti uzrli sabablar mavjudligi tasdiqlansa va boj toʻlansa, tiklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Mahsulot belgisini roʻyxatdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mahsulot belgisini roʻyxatga olish haqidagi qarorga asosan Patent idorasi mahsulot belgisini Oʻzbekiston Respublikasining Mahsulot belgilari davlat reyestrida (matnda bundan keyin “Davlat reyestri” deb yuritiladi) roʻyxatdan oʻtkazadi. Davlat reyestriga va mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga mahsulot belgisining tasviri, uning egasi haqidagi maʼlumotlar, mahsulot belgisi ustuvorligi belgilangan va belgi roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqt, ushbu belgini qoʻyish moʻljallangan mahsulotlar roʻyxati, mahsulot belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga tegishli boshqa maʼlumotlar, shuningdek bu maʼlumotlarga taalluqli keyingi barcha oʻzgartishlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat reyestriga va jamoa belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarga qoʻshimcha ravishda mazkur belgidan foydalanish huquqiga ega boʻlgan korxonalar roʻyxati kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoa belgisining egasi jamoa belgisi ustaviga kiritilgan oʻzgartishlar haqida Patent idorasini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning 15-moddasiga muvofiq mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtkazilganligi va Davlat reyestriga kiritilganligiga oid maʼlumotlar Patent idorasining rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, roʻyxatdan oʻtkazishga taalluqli maʼlumotlardagi keyingi barcha oʻzgarishlar ham eʼlon qilinib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eʼlon qilinadigan maʼlumotlarning toʻliq tarkibini Patent idorasi belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Muhofaza hujjati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Qonunga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan mahsulot belgilariga mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida belgilangan nusxadagi guvohnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mahsulot belgisi Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganidan va belgilangan boj toʻlanganligi haqidagi hujjat olinganidan keyin uch oy ichida Patent idorasi mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma talabnomada ifodalangan belgining mahsulot belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilganligini, mahsulot belgisining ustuvorligini, mahsulot belgisi egasining guvohnomada koʻrsatilgan mahsulotlar va xizmatlarga nisbatan mutlaq huquqini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning shaklini va unda keltirilishi kerak boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatini Patent idorasi belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV bob. MAHSULOT BELGISIGA BOʻLGAN MUTLAQ HUQUQ
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Mahsulot belgisiga boʻlgan mutlaq huquq
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mahsulot belgisining egasi ushbu belgidan foydalanishda va uni tasarruf etishda, shu jumladan undan oʻzga shaxslar foydalanishiga ruxsat berish yoki taqiqlab qoʻyishda mutlaq huquqqa egadir. Tovar belgisiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritishdan iborat mutlaq huquq ham tovar belgisining egasiga tegishlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida muhofaza qilinayotgan mahsulot belgisidan uning egasi ruxsatisiz hech kim foydalana olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar belgisini nashr etganda, uni koʻpchilik oldida ijro etganda yoki undan oʻzgacha tarzda foydalanganda tovar belgisining oʻziga ham, uning belgilariga ham biror-bir oʻzgartish kiritishga faqat uning egasining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar belgisining daxlsizligiga boʻlgan huquq tovar belgisining egasiga tegishlidir.
(18-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mahsulot belgisini yoki almashtirib yuborish darajasida unga oʻxshash boʻlgan belgining ruxsat olmagan holda xoʻjalik muomalasiga kiritilishi mahsulot belgisi egasining huquqlarini buzish deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Mahsulot belgisidan foydalanishning shart ekanligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mahsulot belgisining egasi undan foydalanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mahsulot belgisining egasi tomonidan yoki ushbu Qonunning 21-moddasiga binoan litsenziya shartnomasi asosida shunday huquq berilgan shaxs tomonidan mahsulot belgisi qaysi mahsulotlarga qoʻyish uchun roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, shu mahsulotlarda va ularning oʻrovi ustida ishlatilishi mahsulot belgisidan foydalanish deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot belgisini reklamalarda, matbaa nashrlarida, rasmiy ish qogʻozlarida, osib qoʻyiladigan lavhalarda, koʻrgazmalar va yarmarkalarda eksponatlarni namoyish qilishda ishlatish ham undan foydalanish deb topilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vositachilik faoliyati bilan shugʻullanadigan yuridik va jismoniy shaxslar mahsulot tayyorlovchisining mahsulot belgisi bilan bir qatorda shartnoma asosida oʻz mahsulot belgilaridan ham foydalanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyingi besh yil davomida uzluksiz ishlatilmagan yoki ushbu ariza berilgunga qadar oʻtgan besh yil mobaynida umuman foydalanilmagan boʻlsa, istalgan shaxsning arizasiga muvofiq Oliy sud chiqargan qaror asosida toʻliq yoki qisman muddatidan avval bekor qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini muddatidan ilgari toʻxtatish xususidagi masalani hal etish chogʻida mahsulot belgisi egasi taqdim etgan mahsulot belgisidan oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra foydalanilmaganligini isbotlovchi dalillar eʼtiborga olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Ogohlantiruvchi tamgʻa
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mahsulot belgisining egasi mahsulotdagi oʻz belgisi yoniga – mahsulotga yoki uning oʻroviga qoʻyilgan belgi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan mahsulot belgisi ekanligini koʻrsatuvchi ogohlantiruvchi tamgʻa qoʻyishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan mahsulot belgisiga nisbatan ogohlantiruvchi tamgʻa qoʻygan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Mahsulot belgisiga boʻlgan huquqni boshqa shaxsga berish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Guvohnomada koʻrsatilgan barcha turdagi mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga yoki ularning ayrim qismiga mahsulot belgisi qoʻyishdan iborat huquqni egasi shartnoma asosida oʻzga shaxsga berishi mumkin.
(21-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mahsulot belgisiga boʻlgan huquqni boshqa shaxsga berishga, basharti bu ish mahsulotga yoki uning tayyorlovchisiga nisbatan isteʼmolchini chalgʻitishga sababchi boʻlib qolishi mumkin boʻlsa, yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mahsulot belgisidan foydalanish huquqi mahsulot belgisining egasi (matnda bundan keyin “litsenziar” deb yuritiladi) tomonidan litsenziya shartnomasi asosida oʻzga shaxsga (matnda bundan keyin “litsenziat” deb yuritiladi) berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya shartnomasida litsenziat mahsulotining sifati litsenziar mahsulotining sifatidan past boʻlmasligi va litsenziar ana shu shartga amal qilinayotganligini nazorat etib turishi toʻgʻrisidagi shart boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mahsulot belgisiga egalik huquqini berish toʻgʻrisidagi shartnoma va litsenziya shartnomasi tegishli boj toʻlanganidan keyin Patent idorasida roʻyxatga olinadi. Roʻyxatdan oʻtkazilmagan shartnomalar haqiqiy emas.
(21-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamoa belgisi va undan foydalanish huquqi uning barcha egalari roziligisiz boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Mahsulot belgisining egasi boʻlmish yuridik shaxs qayta tashkil etilganda mahsulot belgisiga egalik huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yuridik shaxslar qoʻshilib ketgan taqdirda mahsulot belgilari qayta roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxs ixtiyoriga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mahsulot belgisi egasi boʻlmish yuridik shaxs – boʻlib yuborilgan taqdirda mahsulot belgisi qayta roʻyxatdan oʻtgan, mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish ixtiyoriga oʻtgan yuridik shaxsga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti, mahsulot belgisi egasi mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan mahsulotlar va xizmatlarning bir qismini ishlab chiqarish huquqini oʻzida saqlab qolsa, har ikkala yuridik shaxs oʻzaro kelishuvga (shartnomaga) muvofiq mahsulot belgisining hamkor egasi deb tan olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma boj toʻlab Patent idorasida roʻyxatdan oʻtkaziladi. Roʻyxatga olinmagan shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mahsulot belgisining egasi boʻlmish yuridik shaxs ikkinchi yuridik shaxsga qoʻshilgan taqdirda, mahsulot belgisiga boʻlgan huquq ikkinchi yuridik shaxsga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V bob. MUHOFAZA HUJJATLARINING AMAL QILIShI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma ustuvorlik belgilangan vaqtdan eʼtiboran 10 yil davomida amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati mahsulot belgisi egasining guvohnoma amal qilib turgan soʻnggi yilda bergan arizasiga muvofiq boj toʻlab borilgan taqdirda har gal yana 10 yilga uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatdan oʻtganlikning amal qilish muddati tugaganidan soʻng mahsulot belgisi egasining iltimosiga koʻra qoʻshimcha boj toʻlash sharti bilan mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati yana olti oyga uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza Patent idorasiga beriladi. Arizaga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (asl nusxasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan miqdorda boj toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish xususidagi ariza patent vakili orqali berilgan boʻlsa,bu vakilning vakolati tasdiqlangan hujjat ilova qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati uzaytirilganligiga oid qayd mahsulot belgilarining Davlat reyestriga va mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga oʻzgartishlar kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mahsulot belgisining, shu jumladan jamoa belgisining egasi oʻz nomi, familiyasi, ismi va otasining ismidagi oʻzgarishlarni, roʻyxatdan oʻtkazilgan mahsulot belgisi qoʻyiladigan mahsulotlarning roʻyxati qisqarganligini, mahsulot belgisining mohiyatiga taʼsir etmaydigan uning ayrim qism va joylaridagi oʻzgarishlarni, mahsulot belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga doir boshqa oʻzgarishlar boʻlganligini Patent idorasiga maʼlum qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Patent idorasi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi qaydlarni boj toʻlangani taqdirda mahsulot belgilari Davlat reyestriga va mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Mahsulot belgisini qayta roʻyxatdan oʻtkazish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Amal qilish muddati tugagan mahsulot belgisi bu belgi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati toʻxtatilgan vaqtdan eʼtiboran uch yil davomida avvalgi egasidan boʻlak shaxs nomiga qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Roʻyxatdan oʻtganlikning amal qilish muddati tugamasdan turiboq mahsulot belgisining egasi undan voz kechgan hollarda ham ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan qoida qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI bob. MAHSULOT BELGISINI HUQUQIY JIHATDAN MUHOFAZA QILIShNI TOʻXTATISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning haqiqiy emas deb topilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Basharti, mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma ushbu Qonunda yoki Oʻzbekiston Respublikasi qatnashadigan xalqaro shartnomada belgilab qoʻyilgan talablarga xilof ravishda berilgan boʻlsa bunday guvohnoma butun amal qilish muddati davomida tamomila yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan amallarga rozi boʻlmagan har qanday shaxs Apellatsiya kengashiga murojaat etishi mumkin. Bunday eʼtiroznoma qabul qilingan kundan eʼtiboran toʻrt oy ichida koʻrib chiqilishi lozim. Eʼtiroznoma bergan shaxs, shuningdek talabnoma beruvchi yoki mahsulot belgisining egasi Apellatsiya kengashida ularning masalasi qarab chiqilishi chogʻida qatnashish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Apellatsiya kengashi qarori ustidan qaror qabul qilingan kundan boshlab olti oy ichida Oliy sudga shikoyat qilish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi ushbu Qonunning 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonun 9-moddasining 2-bandiga muvofiq yagona sifatli yoki boshqa umumiy xususiyatlarga ega boʻlmagan mahsulotlarda jamoa belgisidan foydalanilganligi sababli Oliy sud guvohnomaning amal qilishini muddatidan ilgari toʻxtatish toʻgʻrisida chiqargan qaroriga binoan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonun 19-moddasining 4-bandiga muvofiq mahsulot belgisidan foydalanilmaganligi sababli Oliy sud guvohnomaning amal qilishini muddatidan ilgari toʻxtatish toʻgʻrisida chiqargan qaroriga binoan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunning 27-moddasiga muvofiq guvohnoma haqiqiy emas deb topilgan hollarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs boʻlmish mahsulot belgisining egasi tugatilgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot belgisi maʼlum turdagi mahsulotlarni ifoda qiluvchi belgi sifatida umumiy isteʼmolga kirib ketgan belgiga aylanib qolgan hollarda Oliy sudning qaroriga binoan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot belgisining egasi undan voz kechgan hollarda muddatidan ilgari toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII bob. MAHSULOT BELGISIGA BOʻLGAN HUQUQNI HIMOYa QILISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Ushbu Qonunning qoʻllanilishi bilan bogʻliq nizolarni qarab chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning qoʻllanilishi bilan bogʻliq nizolar tegishli sudlar tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan tartibda qarab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Mahsulot belgisidan qonunga zid ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir xil mahsulotlarni belgilash uchun mahsulot belgisidan yoki almashtirib yuborish darajasida unga oʻxshash boʻlgan belgidan ushbu Qonun 18-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga zid ravishda foydalanganlikda aybdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mahsulot belgisi egasining huquqlarini buzuvchi xatti-harakatlar sodir etgan yuridik va jismoniy shaxslar belgi egasining talabiga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgi egasining ishbilarmonlik obroʻsini qayta tiklash maqsadida sud qarorini oʻz hisoblaridan eʼlon qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot belgisidan yoki almashtirib yuborish darajasida unga oʻxshash boʻlgan belgidan foydalanishni toʻxtatishga, shuningdek belgi egasiga yetkazilgan zararning oʻrnini toʻla qoplashga yoki belgidan qonunga zid ravishda foydalanish davrida olingan bor foydani belgi egasiga berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot belgisi yoki almashtirib yuborish darajasida unga oʻxshash boʻlgan belgini mahsulotdan yoki uning oʻrovidan olib tashlashga, mahsulot belgisining yoki almashtirib yuborish darajasida unga oʻxshash boʻlgan belgining tayyorlab qoʻyilgan tasvirini yoʻq qilib tashlashga majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII bob. YAKUNLOVChI QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Patent boji
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot belgisini roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga molik amallarni bajarganlik uchun patent boji olinadi. Patent boji Patent idorasiga toʻlanadi. Patent boji olinadigan amallar roʻyxati, boj miqdori va toʻlov muddati, shuningdek Patent bojini qaytarib berish asoslari Patent idorasi tomonidan belgilab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Mahsulot belgisini boshqa davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari mahsulot belgilarini boshqa davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazishga yoki xalqaro miqyosda roʻyxatdan oʻtkazishga haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari mahsulot belgisini boshqa davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazishni Oʻzbekiston Respublikasi Patent idorasiga talabnoma berganlaridan keyingina amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Z. Mahsulot belgilarini boshqa davlatlarda yoki xalqaro miqyosda roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan sarf-xarajatlar talabnoma beruvchi yoki u bilan kelishilgan holda boshqa manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Chet el yuridik va jismoniy shaxslarining huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki oʻzaro hamkorlik asosida ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan boshqa davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari ham Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan bab-baravar foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Xalqaro shartnomalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ushbu Qonundagidan farq qiluvchi oʻzgacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 7-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
860-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 244-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 9-10-son, 179-modda)