16.05.2006 yildagi PQ-350-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TIKLANISH VA TARAQQIYOT JAMG‘ARMASI FAOLIYATINI TASHKIL QILISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 11-maydagi PF–3751-sonli Farmoniga muvofiq hamda ustuvor investitsiya loyihalarini samarali moliyalashtirishni ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi Jamg‘arma ijroiya organi va uning mablag‘larini tasarruf etuvchi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi tarkibida tegishli loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha tavsiyanomalar berilishi uchun mas’ul bo‘lgan ekspert guruhi tashkil qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va undan ozod qilinadi, maqomi bo‘yicha esa Vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi faoliyati Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 32 nafardan iborat bo‘lgan Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 9-martdagi PQ-1725-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 114-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish prinsiplari to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, quyidagilar har oyda Jamg‘arma hisobiga o‘tkazib turiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlarini tasdiqlash vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan strategik resurslarga belgilanadigan chegara narxdan jahon narxining oshishi natijasida tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini xorijiy investorlarga chet el valyutasiga sotishda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda hisobga olingan hajmlardan ortiqcha tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan Jamg‘arma mablag‘larining bo‘sh qoldiqlarini joylashtirishdan keladigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘lari uning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan hisobvaraqlarida xorijiy valyutada shakllantiriladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma tijorat banklarni moliyalashtirishni taklif etiladigan investitsiya loyihalari hamda ochiladigan kredit liniyalarining samaradorligi va o‘zini qoplash muddatlarini hisobga olgan holda moliyalashtirish shartlari va Jamg‘arma mablag‘larini qaytarish mexanizmi to‘g‘risida imzolanadigan bosh bitimlar asosida amalga oshiradi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PQ-4233-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 07/19/4233/2725-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma tomonidan beriladigan kredit resurslari bo‘yicha foiz stavkasi yiliga 6 foizgacha tabaqalashtirilgan miqdorlarda belgilanadi.
(4-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-martdagi PQ-811-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma hisobvarag‘iga tushgan milliy valyutadagi mablag‘lar ular tushgan sanadagi O‘zbekiston respublika valyuta birjasining savdo sessiyalarida o‘rnatilgan joriy kurs bo‘yicha chet el valyutasiga konvertatsiya qilinadi va Jamg‘armaning valyuta hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PQ-4233-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 07/19/4233/2725-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma hisobidan moliyalashtiriladigan (qo‘shma moliyalashtiriladigan) import kontraktlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan import kontraktlari uchun belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-martdagi PQ-811-sonli qarori asosida beshinchi va oltinchi xatboshilari bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan kreditlar berish va kredit liniyalarini ochish, shuningdek, kreditlar va kredit liniyalar tarkibini o‘zgartirish faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida amalga oshiriladi.
(4-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-maydagi PF-71-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.05.2024-y., 06/24/71/0322-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamg‘arma aktivlarining barqarorligi va ularning daromadliligini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Jamg‘arma bilan ishonchli boshqaruv to‘g‘risidagi bosh bitim asosida Jamg‘arma mablag‘larining bo‘sh qoldiqlarini yuqori likvidli, ishonchli xorijiy moliya vositalariga joylashtirishni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning bo‘sh qoldiqlarini xorijiy moliya vositalariga, investitsiya operatsiyalariga joylashtirish tartibini, jumladan Jamg‘arma mablag‘larining bir qismini ishonchli tashqi boshqaruvchi tomonidan boshqarishga topshirishni belgilab beradigan me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqsin va Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengashga tasdiqlash uchun kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma manbalaridan biri sifatida — alohida soliq stavkalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish Tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi zarur aloqa vositalari bilan ta’minlangan holda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki binosiga joylashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining statistik axborotnomalari yuborilishi shart bo‘lgan ro‘yxatga kiritilsin.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Markaziy banki, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgarishlar kiritilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 16-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-350-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 16-maydagi PQ-350-sonli qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish prinsiplari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda “Jamg‘arma” deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot Jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2006-yil 11-maydagi PF–3751-sonli Farmoniga muvofiq tashkil etilgan. Jamg‘arma Vazirlar Mahkamasi huzuridagi moliyaviy muassasa bo‘lib, faoliyatining asosiy maqsadi iqtisodiyotning yetakchi, eng avvalo bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirish bo‘yicha loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish hamda samarali tarkibiy va investitsiyaviy siyosatni amalga oshirishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamg‘arma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilib, yuridik shaxs huquqlariga, o‘zining mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida hisobvaraq, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisobvarag‘iga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tushirilgan muhriga ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi timsolida Jamg‘arma muassisi hisoblanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 9-martdagi PQ-1725-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 114-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi QKKMda Jamg‘armaning maxsus hisobvaraqlarida jamlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jamg‘arma loyihalarni moliyalashtirish (qo‘shma moliyalashtirish) quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash qarori bilan tasdiqlanadigan ro‘yxatga kiritilgan tijorat banklarning (keyingi o‘rinlarda — tijorat banklari) buyurtmanomalariga binoan — muddatli, to‘lovli va qaytarish asosida kreditlar berish va kredit liniyalarini ochish;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PQ-4233-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 07/19/4233/2725-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bo‘yicha ayrim investitsiya loyihalarining dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi buyurtmanomalariga binoan — grantlar yoki foizsiz kreditlar berish (yiliga Jamg‘armaning o‘tgan yildagi foydasining 5 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda);
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tijorat banklari va qarz oluvchining buyurtmanomalari bo‘yicha hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari asosida — Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan imtiyozli kreditlar berish;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5284-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlarning ta’sis hujjatlariga va ularni tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarorlariga muvofiq — yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritish (korxona yoki tashkilot ustav kapitali (fondi)ning 25 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga ishlatilishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha va tegishli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga asosan — davlatning tashqi qarzlari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to‘lash;
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5284-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bo‘yicha — yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa tovarlarni xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar berish.
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5284-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi Jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etuvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Jamg‘arma manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 101-uy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Jamg‘armaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jamg‘armaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlatning Jamg‘armaga yo‘naltiriladigan moliyaviy mablag‘larini jamlash;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 9-martdagi PQ-1725-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 114-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotni rivojlantirish hamda ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va modernizatsiya qilishdagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan g‘oyat muhim loyihalarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
strategik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarni, birinchi navbatda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini yangilash va texnik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini kreditlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo sanoati, mashinasozlik va rangli metallurgiya tarmoqlarini texnik jihatdan qayta qurollantirishga hamda ishlab chiqarish sur’at va hajmlarini oshirishga yo‘naltirilgan loyihalar moliyalashtirilishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi tarmoqlarni modernizatsiya qilish uchun muhim ustuvor ahamiyatga ega investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish, eksportga mo‘ljallangan va import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun xorijiy texnologiyalar va uskunalarni sotib olishga mablag‘larni maqsadli yo‘naltirgan holda respublikaning tijorat banklariga Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash qarori bilan belgilangan tartibda kredit liniyalarini ochish.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 6-yanvardagi PQ-1031-sonli qaror asosida oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 11-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi navbatda istiqbolli, ammo yetarlicha rivojlanmagan hududlarda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzulmasini shakllantirish bo‘yicha ijtimoiy jihatdan ahamiyatli milliy davlat dasturlari va loyihalarning amalga oshirilishini moliyalashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini imtiyozli asosda, shu jumladan keyinchalik Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplash yo‘li bilan moliyalashtirish;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-martdagi PQ-811-sonli qarori asosida yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 57-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning xalqaro kommunikatsiyalar tarmog‘iga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratadigan, xalqaro transport yo‘laklari va jahon bozorlariga eng qisqa yo‘l bilan chiqishni ta’minlaydigan transport hamda telekommunikatsiyalar infratuzilmasini modernizatsiyalash va rivojlantirishni moliyalashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlatning tashqi qarzlari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to‘lashni moliyalashtirish;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-martdagi PQ-811-sonli qarori asosida to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 57-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari, respublika va xorijiy mamlakatlarning kredit muassasalari bilan loyihalarning qo‘shma moliyalashtirilishini tashkil etishni ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Jamg‘arma quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
navbatdagi yil uchun mo‘ljallangan makroiqtisodiy va pul-kredit ko‘rsatkichlari, Davlat budjeti hamda rivojlanish davlat dasturlarining asosiy parametrlari bilan bog‘liq holda Jamg‘arma mablag‘larining kelib tushish va ulardan foydalanish prognozlarini ishlab chiqadi va belgilangan muddatlarda Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengashga taqdim etadi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini tuziladigan shartnomalar asosida kreditlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlatning tashqi qarzlari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qaytarib bermaslik asosida mablag‘larni beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritadi (korxona yoki tashkilot ustav kapitali (fondi)ning 25 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bo‘yicha va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi buyurtmanomalariga binoan ayrim investitsiya loyihalarining dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun grantlar hamda foizsiz kreditlar beradi, ajratilgan kreditlar miqdori keyinchalik loyihaning umumiy qiymatiga va loyiha Jamg‘arma kreditini jalb qilish yo‘li bilan amalga oshirilgan taqdirda, ajratilayotgan kreditning umumiy qiymatiga qo‘shiladi;
(10-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq xarid qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bo‘yicha imtiyozli kreditlar beradi;
(10-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5284-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyalashtirish shartlari va Jamg‘arma mablag‘larini qaytarish mexanizmi to‘g‘risida imzolanadigan bosh bitimlar asosida, har bir tijorat banki uchun har yili belgilanadigan limitlar doirasida tijorat banklarini moliyalashtirishni amalga oshiradi;
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-martdagi PQ-811-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 57-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi va tijorat banklariga berilgan mablag‘larning o‘z vaqtida qaytarilishi ustidan doimiy ravishda monitoring olib boradi hamda kelib tushish manbalari va ulardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha Jamg‘arma mablag‘larining hisobini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklarida ochilgan hisobvaraqlar va ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan operatsiyalar to‘g‘risidagi har qanday ma’lumotni olish huquqiga ega bo‘lgan holda, tijorat banklari va qarz oluvchi korxonalar zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini o‘rganadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish bo‘yicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma faoliyatini takomillashtirish yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida choralar ko‘radi yoki belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan Jamg‘arma mablag‘larining bo‘sh qoldiqlarini ishonchli boshqarish to‘g‘risida shartnomalar tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Jamg‘armani boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash Jamg‘armaning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi, uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning e’lon qilingan ustav kapitalini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, biroq u O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 11-maydagi PF-3751-son Farmonida belgilangan darajadan past bo‘lmasligi kerak;
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori asosida uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaga mablag‘lar kelib tushishi va ulardan foydalanish prognozlarini ko‘rib chiqadi hamda ularni navbatdagi yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy va pul-kredit ko‘rsatkichlarining asosiy parametrlari, Davlat budjeti hamda rivojlanish davlat dasturlari bilan bog‘liq holda belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi;
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz olgan korxonalarni qayta moliyalashtirish (qo‘shma moliyalashtirish) uchun tijorat banklariga Jamg‘arma mablag‘larini berish muddatlari va shartlari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi, xalqaro sarmoya bozorlarida amal qilayotgan foiz stavkalaridan kelib chiqib Jamg‘arma tomonidan berilayotgan mablag‘lar bo‘yicha foiz stavkalarining aniq miqdorlarini tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlarni berish muddatlari va shartlari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlatning tashqi qarzlari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga mablag‘lar ajratib berish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarning ustav kapitaliga Jamg‘arma mablag‘laridan investitsiya kiritish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim loyihalarning dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun grantlar va foizsiz kreditlarni ajratish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq xarid qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bo‘yicha imtiyozli kreditlar berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
(12-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5284-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi faoliyati, ayniqsa Jamg‘arma mablag‘larining maqsadli yo‘naltirilganligi, tijorat banklariga moliyalashtirishni o‘z vaqtida ochish hamda ularga berilgan mablag‘larning qaytarilishini ta’minlash ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘larining ishlatilishi to‘g‘risida Jamg‘arma ijro etuvchi direktorining hamda qarz olgan korxonalar tomonidan Jamg‘arma mablag‘laridan samarali foydalanilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaga aktivlarni boshqarish, ekspertiza qilish va investitsiya loyihalarini moliyalashtirish sohasidagi yuqori malakali mutaxassislarni jalb qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ijro etuvchi direksiya Jamg‘armaning ijroiya organi hisoblanadi, uning tarkibi va soni o‘rnatilgan tartibda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ijro etuvchi direksiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaga mablag‘larning kelib tushish va ulardan foydalanish prognozlarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchi korxonalarni qayta moliyalashtirish uchun muddatli, to‘lovli va qaytarish shartlari asosida tijorat banklariga moliyaviy mablag‘larni taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlar berish to‘g‘risida shartnomalar tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlatning tashqi qarzlari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to‘lash uchun Moliya vazirligiga mablag‘lar ajratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarning ustav kapitaliga Jamg‘arma mablag‘laridan investitsiya kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim investitsiya loyihalarining dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun loyiha tashabbuskorlariga grantlar va foizsiz kreditlarni, ajratilgan kreditlar miqdorini keyinchalik loyihaning umumiy qiymatiga va loyiha Jamg‘arma kreditini jalb qilish yo‘li bilan amalga oshirilgan taqdirda ajratilayotgan kreditning umumiy qiymatiga qo‘shish sharti bilan berish to‘g‘risida bitimlar tuzadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bo‘yicha xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar beradi;
(15-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5284-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi, tijorat banklariga berilgan mablag‘larning o‘z vaqtida qaytarilishi ustidan tizimli ravishda monitoring olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklarida ochilgan hisobvaraqlar holati va ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan operatsiyalar to‘g‘risidagi har qanday ma’lumotni olish huquqiga ega bo‘lgan holda, qarz oluvchi korxonalar tomonidan Jamg‘arma kreditlari bo‘yicha majburiyatlarining bajarilishi masalalari yuzasidan ular faoliyatining monitoringini olib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ishlab chiqadi va Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash tomonidan maqullangandan so‘ng uni belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Hisob palatasiga taqdim etadi.
(15-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, maqomi bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarga binoan ijrochi direksiyaning faoliyatini tashkil etadi va shaxsan mas’ul bo‘ladi, xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida ijrochi direksiyaning shtat jadvalini shakllantiradi, Jamg‘arma nomidan kredit, xo‘jalik va mehnat shartnomalarini imzolaydi;
(17-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-martdagi PQ-811-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 57-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash bilan kelishgan holda Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan belgilangan tartibda tekshiruvlar tashkil qiladi, ularning natijalarini ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralarni ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Jamg‘arma apparati tarkibida tegishli loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha xulosa yoki tavsiyalar berishga mas’ul bo‘lgan yuqori malakali ekspertlar guruhi tashkil qilinadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-martdagi PQ-811-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 57-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari va tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlarini tasdiqlash vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan strategik resurslarga belgilanadigan chegara narxdan jahon narxining oshishi natijasida tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini xorijiy investorlarga chet el valyutasiga sotishda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti daromadlarini shakllantirish chog‘ida hisobga olingan hajmlardan ortiqcha tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan Jamg‘arma mablag‘larining bo‘sh qoldiqlarini joylashtirishdan keladigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Jamg‘armaning mablag‘lari uning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan hisobvaraqlarida xorijiy valyutada shakllantiriladi.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Jamg‘arma hisobvarag‘iga tushgan milliy valyutadagi mablag‘larni ular tushgan sanadagi O‘zbekiston respublika valyuta birjasining savdo sessiyalarida o‘rnatilgan joriy kurs bo‘yicha chet el valyutasiga konvertatsiya qiladi va Jamg‘armaning valyuta hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PQ-4233-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 07/19/4233/2725-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Soliq va to‘lovlarning ayrim turlari bo‘yicha mablag‘larni Jamg‘arma hisobvarag‘iga o‘tkazish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Jamg‘arma mablag‘lari tushumi manbalari va ulardan foydalanish yo‘nalishlari har yili belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturlariga kiritiladi va Jamg‘arma balansida aks ettiriladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23.Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) avvalo yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo sanoati, mashinasozlik, rangli metallurgiya va iqtisodiyotning boshqa bazaviy tarmoqlarida, shuningdek transport va telekommunikatsiya sohasida rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan g‘oyat muhim loyihalarni moliyalashtirish, shu jumladan xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar ishtirokidagi loyihalarda O‘zbekiston Respublikasi ulushini qo‘shma moliyalashtirish;
(23-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini moliyalash maqsadida, shu jumladan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan imtiyozli kreditlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) davlatning tashqi qarzlari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to‘lash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturlari doirasida tijorat banklariga xorijiy valyutada ochilayotgan kredit liniyalari orqali investitsiya loyihalarini jadal moliyalashtirish hamda amalga oshirish;
(23-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5284-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) ayrim loyihalarning dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni grant asosida yoki foizsiz kreditlar ajratish yo‘li bilan moliyalashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar berish;
(23-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) birinchi navbatda istiqbolli, ammo yetarlicha rivojlanmagan hududlarda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish bo‘yicha ijtimoiy jihatdan ahamiyatli milliy davlat dasturlari va loyihalarini, Davlat budjeti va rivojlanish davlat dasturlarining tasdiqlangan parametrlari doirasida, grant asosida moliyalashtirish (qo‘shma moliyalashtirish);
(23-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) tijorat banklari bilan birgalikda qarz oluvchi korxonalarning investitsiya dasturi (biznes-rejalari)ni, shu jumladan ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta jihozlash, ishlab chiqarish quvvatlarining ishlatilishini ko‘paytirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qilish hajmlarini oshirish hamda qo‘shilgan qiymat o‘sishini ta’minlashga imkoniyat beruvchi loyihalarni qo‘shma moliyalashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) Jamg‘arma boshqaruvi va ijro etuvchi apparatining ta’minoti bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplashga.
(23-bandning “k” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mablag‘larni berish muddati va shartlari Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash qarori bilan belgilanadi. Jamg‘arma tomonidan beriladigan kredit resurslari bo‘yicha foiz stavkasi yiliga 6 foizgacha tabaqalashtirilgan miqdorlarda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning kredit resurslari shartnomada belgilangan chet el valyutasida ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banki marjasining eng yuqori chegarasi Jamg‘arma va tijorat banki o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasida har bir loyiha bo‘yicha alohida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ajratilgan mablag‘larning qaytarilishi tijorat banklari tomonidan kechiktirilgan holatlarda har bir kechiktirilgan kun uchun muddati kechiktirilgan to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik summasining 0,01 foizi miqdorida (qarzga olingan mablag‘lar hajmining 10 foizidan oshmagan holda) penya undiriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-martdagi PQ-811-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan birgalikda moliyalashtiriladigan import kontraktlari bo‘yicha avans to‘lovlarini to‘lash, qoidaga ko‘ra, yetkazib beruvchi tomonidan qayta moliyalashtiruvchi tijorat bankiga birinchi darajali xorijiy bank tomonidan, avans to‘lovini qaytarishga berilgan kafolatnomani taqdim etgan holda amalga oshiriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 9-martdagi PQ-1725-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 114-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tijorat banklariga ajratiladigan kredit mablag‘larining hajmi ularning buyurtmanomalari asosida belgilanadi va ushbu buyurtmanomalarda qarz oluvchi korxonalarning kredit olish uchun tijorat banki tomonidan ma’qullangan loyihalar mablag‘larining umumiy miqdori aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklariga har bir loyiha (modernizatsiya, qayta qurish yoki ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish) uchun beriladigan kredit hajmi loyiha qiymati umumiy miqdorining 75 foizidan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarz oluvchi korxonalar (tashkilotlar)ga kredit berish Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish shartlari, ko‘rib chiqish tartibi va ekspertizasi to‘g‘risidagi Nizom va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning hujjatlari va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirib boriladi.
(25-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 9-martdagi PQ-1725-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 114-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash tomonidan tijorat banklarining buyurtmanomalarini ko‘rib chiqish muddati ariza olingan kundan boshlab 30 kundan oshmasligi lozim. Ushbu muddatda Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash tijorat banki tomonidan taklif qilingan loyihani moliyalashtirish to‘g‘risida ijobiy qaror chiqaradi yoki tijorat bankiga yozma ravishda asoslangan raddiyanoma beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengashning ijobiy xulosasi qabul qilinganidan so‘ng Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi 5 ish kuni mobaynida tijorat banki bilan kredit shartnomasini tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit shartnomasida tijorat bankiga berilayotgan kredit resurslarining miqdori, foiz stavkasi va maqsadi (yo‘naltirish manzili), muddati va shartlari, shuningdek tomonlarning qonun hujjatlari talablariga muvofiq huquq va burchlari hamda boshqa masalalar aks ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining buyurtmanomalarini ko‘rib chiqish muddati buyurtmanoma olingan sanadan boshlab 15 kundan oshmasligi lozim.
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengashning ijobiy qarori qabul qilinganidan so‘ng Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi 5 ish kuni mobaynida taqdim etilgan buyurtmanoma va Kengash qaroriga binoan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Moliya vazirligi bilan — qaytarib bermaslik asosida buyurtmanomada va ushbu Nizomda belgilangan maqsadlar uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida bitim;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va tegishli loyihaning tashabbuskori bilan — buyurtmanomada va ushbu Nizomda belgilangan maqsadlar uchun grant asosida mablag‘ ajratish yoki foizsiz kredit berish to‘g‘risida bitim tuzadi.
(28-bandning 2-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘lari ularni birinchi darajali xalqaro moliya vositalariga joylashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga ishonchli boshqaruv uchun belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘lari bo‘sh qoldiqlarining umumiy hajmi uning jami aktivlarining kamida qirq foizini tashkil etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki har chorakda Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengashga Jamg‘arma mablag‘larini ishonchli boshqarish natijalari, jumladan operatsiyalar bo‘yicha daromadlilik, hisobot davrida olingan daromad miqdori, joylashtirilgan Jamg‘arma mablag‘lari portfeli tarkibi, foiz stavkalarining joriy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
(28 va 29-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-martdagi PQ-811-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 57-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Jamg‘armaga mablag‘lar kelib tushishi va ulardan foydalanish prognozini tayyorlash, ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi har yili O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Markaziy banki, tijorat banklari va boshqa idoralardan olingan dastlabki ma’lumotlar hamda hisobot davrida o‘tkazilgan tizimli monitoring asosida keyingi kalendar yil uchun Jamg‘armaga mablag‘lar kelib tushishi va ulardan foydalanish prognozi loyihasini ishlab chiqadi hamda uni Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash tasdiqlashi uchun taqdim etadi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Jamg‘arma mablag‘larining kelib tushishi va ulardan foydalanishning prognoz loyihalarini tayyorlash, ko‘rib chiqish va tasdiqlashda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va rivojlanish davlat dasturlarining kelgusi yil parametrlarini ishlab chiqish va tasdiqlash bilan uzviy bog‘liq holda amalga oshiriladi.
(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning strategik resurslari bo‘yicha jahon bozorlaridagi qulay narxlar natijasida hosil bo‘ladigan prognozdan yuqori tushumlarning pul massasi hajmiga va inflyatsiya darajasiga ta’sirini bartaraf qilish maqsadida Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning yuqori chegarasi asosiy makroiqtisodiy va pul-kredit ko‘rsatkichlarining prognoz parametrlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Jamg‘arma mablag‘lari kelib tushishi va ulardan foydalanish prognozlarida umuman prognoz qilinayotgan yil uchun, shu jumladan choraklar bo‘yicha quyidagilar aks ettiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jumladan, har bir manba bo‘yicha mablag‘ tushumlarining umumiy hajmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustuvor investitsiyaviy va ijtimoiy yo‘naltirilgan loyihalarni, qarz oluvchi korxonalarning investitsiya dasturlarini moliyalashtirish, olinayotgan uzoq muddatli kredit va investitsiyalarga xizmat ko‘rsatish hamda Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi faoliyatini moliyaviy ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga mablag‘lar ajratib berish bo‘yicha sarf-xarajatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Jamg‘armaning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Jamg‘armaning huquqlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tijorat banklari hamda qarz olgan tashkilotlarda Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish ustidan tekshiruvlar o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Jamg‘arma mablag‘larining maqsadli foydalanilishi monitoringini olib borish uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlarni, jumladan, Jamg‘arma tomonidan ajratilgan mablag‘lar ishlatilishining holati va prognozi to‘g‘risidagi hamda boshqa ma’lumotlarni tijorat banklaridan olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) loyihalarning birlamchi texnik-iqtisodiy asoslanganligini ko‘rib chiqish, shu jumladan Jamg‘arma mablag‘larining maqsadli va samarali foydalanilishi monitoringi hamda tekshiruvini olib borish maqsadida yuqori malakali mustaqil ekspertlar va soha mutaxassislarini jalb qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Jamg‘arma majburiyatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yuklatilgan vazifalarga muvofiq holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘larini jalb etish va jamlashga qaratilgan ishlarning olib borilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘larining aniq belgilangan maqsadlarga yo‘naltirilishini ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengashga choraklik va yillik hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi uchun javobgarlik va uni nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi zimmasiga Jamg‘arma mablag‘larining qat’iyan maqsadli va qonuniy yo‘naltirilishi, shuningdek buxgalterlik hisobining yuritilishi va Jamg‘arma faoliyati bo‘yicha hisobotlarning tuzilishi uchun javobgarlik yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Tijorat banklari Jamg‘arma mablag‘laridan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish hamda ularni o‘z vaqtida qaytarish uchun mas’uldirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi Jamg‘arma mablag‘larining maqsadli yo‘naltirilishi monitoringini doimiy ravishda belgilangan tartibda o‘tkazib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari tomonidan Jamg‘arma mablag‘larining maqsadga muvofiq bo‘lmagan holda foydalanish holatlari aniqlanganda, maqsadga nomuvofiq foydalanilgan mablag‘larning umumiy hajmi muddatidan oldin undirib olinib, Jamg‘arma hisobvarag‘iga o‘tkaziladi hamda Jamg‘arma va tijorat banki o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan jarima sanksiyalari qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Jamg‘arma mablag‘larining Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasi tomonidan qonuniy va qat’iyan maqsadli yo‘naltirilishi ustidan nazorat Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Jamg‘armaning har yilgi auditi mustaqil xalqaro auditor tomonidan amalga oshiriladi, Jamg‘arma mablag‘larining shakllantirilishi va foydalanilishi O‘zbekiston Respublikasi hisob palatasi tomonidan tekshirib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Tijorat banklari tomonidan o‘z vaqtida qaytarilmagan Jamg‘arma mablag‘lari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Jamg‘armani qayta tuzish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 171-modda; 2007-y., 52-son, 534-modda; 2008-y., 10-11-son, 57-modda, 52-son, 515-modda; 2009-y., 3-son, 11-modda; 2012-y., 11-son, 114-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son; 09.03.2019-y., 07/19/4233/2725-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 07/23/397/0948-son; 03.05.2024-y., 06/24/71/0322-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)