Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 06.05.2006 yildagi 78-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjat 06.05.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“MIKROKREDITBANK” AKSIYADORLIK-TIJORAT BANKI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA UNING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 5-maydagi PF–3750-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda uning samarali faoliyatini tashkil etishni taʼminlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Boshqaruv kengashining tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrokreditlar berish va mikrolizing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Boshqaruv kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning tadbirkorlik subyektlariga mikrokredit berish va mikrolizing boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini va qulayligini oshirishga yoʻnaltirilgan uzoq muddatli siyosatini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank faoliyatini, shu jumladan kredit berish va mablagʻlarni investitsiyalashning omonatchilar va aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilishni taʼminlaydigan tizimi joriy etilishini va uning samarali faoliyat koʻrsatishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankda korporativ boshqaruvning ahvolini va uning Boshqaruvi faoliyatini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankka yuklangan vazifalarni va majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarish uchun uning yetarli darajada kapitallashtirilishini va likvidligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
samarali faoliyat koʻrsatadigan, ayniqsa qishloq joylarda, filiallar va minibanklar tarmogʻini shakllantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Mikrokreditbank” markaziy apparat tuzilmasida Mikrokreditlar qaytarilishini va ulardan samarali foydalanilishini nazorat qilish boʻyicha maxsus monitoring guruhi tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Monitoring guruhining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini muntazam ravishda puxta tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqaviy boʻlimlarda mikromoliyalashtirish ishlarini muvofiqlashtirish, biznes-reja parametrlariga muvofiq kredit portfelining holati hamda mikrokreditlar boʻyicha taʼminlanishning holati monitoringini olib borish va ularni xolisona baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokreditlarning qaytariluvchanlik darajasini oshirish, ular boʻyicha toʻlov muddati oʻtgan qarzdorlikka yoʻl qoʻymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Mikrokreditbank”ning Boshqaruv kengashi va Boshqaruvi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish va bank faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya olish uchun zarur hujjatlar paketini bir hafta muddatda tayyorlasinlar va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankka yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi zaruriyatidan kelib chiqqan holda, oʻn kun muddatda bank va uning filiallari tuzilmasini hamda shtatlar jadvalini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda bank xodimlarini toʻliq attestatsiyadan oʻtkazsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning markaziy apparatini hamda uning filiallarini bank boʻlimlarida va mikromoliyalash sohasida ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, “Mikrokreditbank” boshqaruvi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 17-apreldagi 165–f-son farmoyishi bilan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan “Tadbirkor” aksiyadorlik-tijorat banki mol-mulki kompleks xatlovdan oʻtkazilganligi, uning filiallari va mini-banklarining asbob-anjomlar, hisoblash texnikasi va aloqa vositalari bilan taʼminlanishi oʻrganilganligi, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha takliflar tayyorlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari uch oy muddatda “Mikrokreditbank”ning, ayniqsa qishloq joylardagi filiallari va mini-banklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Banklar uyushmasi va Bank-moliya akademiyasi 2006—2008-yillar mobaynida oʻqitish uchun toʻlov undirmasdan “Mikrokreditbank” mutaxassislari uchun mikromoliyalashtirish xizmatlari boʻyicha maxsus kurslar tashkil etilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Banklar uyushmasi, “Mikrokreditbank”, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, birinchi navbatda qishloq joylarda mikrokreditlar berish va mikrolizing xizmatlari koʻrsatish tartibi, tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan kasanachilik bilan shugʻullanuvchilar, shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaligida band boʻlganlar tomonidan mikrokreditlar olish uchun biznes-rejalar tayyorlash boʻyicha doimiy asosda seminarlar va oʻquv kurslari oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Mikrokreditbank” Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Matbuot va axborot agentligi, Markaziy bank, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Banklar uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda 2006-2007-yillarda ommaviy axborot vositalarida bank faoliyatini va uning koʻrsatadigan xizmatlarini keng yoritishga doir kompleks tadbirlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar, ularda respublika ommaviy axborot vositalarida reklama materiallarining toʻlov undirmasdan eʼlon qilinishini nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 6-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil
6-maydagi 78-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Boshqaruv kengashining
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ashrafxonov B.B.‎‎ —‎‎ Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari, Kengash raisi‎‎
Rofiyev Q.T.‎‎ —‎‎ Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari, Kengash raisining oʻrinbosari‎‎
Saidova G.K.‎‎ —‎‎ Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining raisi, Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari‎‎
Xaitov A.A.‎‎ —‎‎ Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining birinchi oʻrinbosari‎‎
Shayxov A.E.‎‎ —‎‎ Savdo-sanoat palatasi raisi‎‎
Oripov Q.T.‎‎ —‎‎ “Asaka” banki raisining birinchi oʻrinbosari‎‎
Saidahmedov F.‎‎ —‎‎ “Oʻzbekinvest” sugʻurta kompaniyasining raisi‎‎
Sattorov B.Y.‎‎ —‎‎ “Sangzor parranda” xususiy korxonasi rahbari (Jizzax viloyati, Gʻallaorol tumani)‎‎
Xudoyberganov N.D.‎‎ —‎‎ “Dushamboy Ibrohim” fermer xoʻjaligi rahbari (Xorazm viloyati, Shovot tumani)‎‎
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank Boshqaruvi kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda bank Boshqaruvi kengashi tarkibiga ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil
6-maydagi 78-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrokreditlar berish va mikrolizing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaqtinchalik nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Fuqarolik kodeksiga, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi PF–3750-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki (keyingi oʻrinlarda bank deb ataladi) tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlariga, dehqon va fermer xoʻjaliklariga (keyingi oʻrinlarda tadbirkorlik subyektlari deb ataladi) mikrokreditlar berish va mikrolizing xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tadbirkorlik subyektlariga mikrokreditlar berish va mikrolizing xizmatlari koʻrsatish xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, oilaviy biznesni va kasanachilikni rivojlantirish yoʻli bilan yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi keng qatlamlarining, shu jumladan qishloq joylarda, moliyaviy resurslardan foydalana olishini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanish yoʻnalishlariga koʻra mikrokreditlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshlangʻich (start) sarmoyasini shakllantirish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biznesni rivojlantirishga (kengaytirishga) va aylanma mablagʻlarni toʻldirishga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Boshlangʻich (start) sarmoyasini shakllantirish uchun mikrokredit yiliga 5 foiz stavka boʻyicha 18 oy muddatgacha:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda — yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan tadbirkorlik subyektlari uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng kam oylik ish haqining 100 baravarigacha miqdorda — mikrofirmalar va dehqon xoʻjaliklari uchun (yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan);
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng kam oylik ish haqining 200 baravarigacha miqdorda — fermer xoʻjaliklari uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlariga mikrokredit boshlangʻich (start) sarmoyasini shakllantirish uchun ular kredit olish uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 6 oy mobaynida buyurtma taqdim etilganda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mikrokreditlar biznesni rivojlantirish (kengaytirish) va aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kichik tadbirkorlik subyektlariga (mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xoʻjaliklariga) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori boʻlmagan foiz stavkasi boʻyicha, 24 oy muddatgacha, eng kam oylik ish haqining 500 baravarigacha miqdorda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Imtiyozli mikrolizing boʻyicha xizmatlar kichik biznes subyektlariga 3 yilgacha muddatgacha, Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan yuqori boʻlmagan stavka boʻyicha, eng kam oylik ish haqining 2000 baravarigacha miqdorda koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mikrokreditlar va mikrolizing:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari olingan kreditlarni yoki boshqa har qanday qarzlarni toʻlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tamakichilikni va alkogolli ichimliklarni ishlab chiqarishni tashkil etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etishga berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mikrokreditlar olish uchun ushbu Vaqtinchalik nizomda nazarda tutilgan shartlar va talablar mikrolizing xizmatlari koʻrsatishga ham tatbiq etiladi. Mikrolizing xizmatlari koʻrsatish xususiyatlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Mikrokreditlarni rasmiylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Mikrokreditbank”ka murojaat qilgan tadbirkorlar kredit olgungacha “Mikrokreditbank” tomonidan bepul tashkil etiladigan seminarlarga yuboriladi. Beriladigan mikrokreditlar va koʻrsatiladigan lizing xizmatlari turlari va mexanizmlari, shuningdek biznes-reja tuzish boʻyicha ikkita bazaviy seminarda qatnashish majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qarz oluvchilar mikrokredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokredit olish uchun buyurtmanoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biznes-reja, pul oqimlari prognozini albatta koʻrsatgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokreditning qaytarilishi taʼminlanishi bilan bogʻliq hujjatlar, shu jumladan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻldirilgan buxgalteriya va moliyaviy hisobotlar maʼlumotlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Taqdim etiladigan biznes-reja mikrokredit olish uchun buyurtmanoma berilgan sanadan koʻpi bilan 60 kun oldin tuzilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kredit beruvchi bank xodimi kredit hujjatlarini olgach va ularning toʻliqligini tekshirgach buyurtmanomani maxsus daftarda roʻyxatdan oʻtkazadi, daftarga tartib raqami qoʻyiladi, ip oʻtkazib tikiladi, bank muassasasining rahbari va bosh buxgalteri imzolari hamda dumaloq muhr bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daftarda buyurtmanoma bergan mijozning nomi, buyurtmanoma berilgan sana, soʻralayotgan mikrokredit miqdori, mikrokredit olishning maqsadi, uni taʼminlash turi koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Buyurtmanoma roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin kredit beruvchi bank xodimi keyingi kundan kechikmay hujjatlar paketini koʻrib chiqish uchun bank muassasasining kredit qoʻmitasiga beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit qoʻmitasi, shu jumladan joyiga borgan holda, qarz oluvchining kredit buyurtmanomasini va toʻlovga qodirligini, shuningdek, mikrokredit maqsadlarining faoliyat xarakteriga muvofiqligini oʻrganadi. Kredit paketini tahlil qilish, shuningdek, qarz oluvchining kredit tarixini va uning rahbari obroʻsini baholashga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Kredit tarixini baholash bank tomonidan Markaziy bankning Kredit axboroti milliy institutidagi qarz oluvchi toʻgʻrisidagi mavjud maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kredit qoʻmitasi buyurtmanomani koʻrib chiqqandan keyin tegishli qaror chiqaradi, qaror kredit qoʻmitasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Mikrokredit berish toʻgʻrisidagi ijobiy qaror kredit qoʻmitasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi tomonidan maʼqullanishi kerak. Kredit qoʻmitasining ijobiy qarori asosida qarz oluvchi bilan kredit shartnomasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayni bir vaqtda kredit toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bankning berilgan kreditlar toʻgʻrisidagi oʻz maʼlumotlar bazasiga va Kredit axboroti milliy institutiga tushadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Kredit qoʻmitasi tomonidan salbiy qaror qabul qilingan taqdirda qarz oluvchi bu haqda rad etish sabablari koʻrsatilgan holda yozma ravishda xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyekti kredit qoʻmitasi qarori yuzasidan sudga belgilangan tartibda shikoyat bildirishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mikrokredit berish toʻgʻrisidagi qaror kredit qoʻmitasi tomonidan bankka zarur hujjatlar ilova qilingan holda kredit buyurtmanomasi tushgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tadbirkorlik subyekti tomonidan zarur darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilganda yoxud hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar mavjud boʻlganda bank koʻrsatilgan muddat mobaynida hujjatlarni aniq mulohazalar roʻyxatini yozma shaklda bayon qilgan holda puxta ishlash uchun qaytarishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Mikrokreditni taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mikrokreditlar taʼminlanish, shuningdek ishonch asosida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mulk garovi mikrokreditni taʼminlashning asosiy shakli boʻlib xizmat qiladi. Har qanday mulk, shu jumladan buyumlar va “Garov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mulkiy huquqlar (talablar) garov predmeti boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarz oluvchining oʻzi, shuningdek uchinchi shaxs ham garov qoʻyuvchi boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Koʻchmas mulk garovi toʻgʻrisidagi shartnoma “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli tuman (shahar) xoʻjalik hisobidagi kadastr va koʻchmas mulk xizmatida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli tuman (shahar) xoʻjalik hisobidagi kadastr va koʻchmas mulk xizmatlari mansabdor shaxslari koʻchmas mulk garovidan boʻsh boʻlmagan bitishuvlarning roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar, garov toʻgʻrisidagi oldingi shartnomalarda taqiqlanmagan keyingi garovni nazarda tutuvchi garov toʻgʻrisidagi shartnoma roʻyxatdan oʻtkaziladigan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Beriladigan mikrokredit summasi garovga qoʻyilgan mol-mulk qiymatining 80 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas. Garov buyumlari — transport vositalari va koʻchmas mulk obyektlari — yoʻqotish va ziyon yetkazilishi hodisalaridan qarz oluvchi hisobiga sugʻurta qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Yuqori likvidlikka ega boʻlgan qimmatli qogʻozlar ham garov buyumi boʻlishi mumkin. Garovga qoʻyilgan qimmatli qogʻozlar tegishli shartnoma bilan rasmiylashtiriladi va qarz toʻliq qaytarilgunga qadar saqlash uchun bankka oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mikrokreditni taʼminlash uchun likvidli tovarlar, xorijiy valyuta va garov shaklida rasmiylashtiriladigan valyuta boyliklarining boshqa turlari qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Bank foydasiga rasmiylashtirilgan uchinchi shaxslarning kafilligidan qoʻshilgan foizlar hisobga olingan holda qarz summasi miqdorida mikrokreditni taʼminlash sifatida foydalanilishi mumkin. Faqat benuqson toʻlov qobiliyatli subyekt obroʻsiga ega boʻlgan yuridik shaxslar kafolat beruvchi boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kafillik kafolat beruvchining moliyaviy holati tahlili asosida bank tomonidan qabul qilinishi kerak. Budjet tashkilotlari kafolat beruvchi boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kafillik shartnomasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafolat beruvchining bank hisob raqami holati toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafolat beruvchining boshqa banklardagi barcha hisob raqamlari toʻgʻrisida ulardagi qoldiq koʻrsatilgan maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafolat beruvchining xizmat koʻrsatuvchi bankdan ssuda qarzi va boshqa qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarz oluvchi ssuda qarzdorligi boʻyicha oʻz majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarmagan taqdirda bank mablagʻlarni kafolat beruvchining talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamidan akseptsiz tartibda undirib olishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mikrokreditlar faqat qoniqarli kredit tarixiga ega boʻlgan va oldin olingan uchta kreditni oʻz vaqtida toʻlagan qarz oluvchilarga ishonch asosida berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit ishonch asosida berilganda boʻlajak toʻlovlar boʻyicha taʼminlash sifatida qarz oluvchilar tomonidan kredit qiymatining 20 foizigacha miqdordagi summada majburiy jamgʻariladigan depozit joylashtiriladi, unga bank tomonidan foiz toʻlovlari qoʻshiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Mikrokreditni berish va qaytarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Mikrokreditlar naqd pulda yoki naqd pulsiz shaklda berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mikrokreditlar tovar-moddiy boyliklar, xizmatlar va ishlar uchun toʻlov topshiriqnomalarini naqd pulsiz shaklda toʻlagan holda alohida ssuda hisob raqami ochish yoki bank kassasi orqali xarajat dalolatnomasi boʻyicha naqd mablagʻ berish yoʻli bilan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ssuda hisob raqami, agar kredit shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, kredit shartnomasi tuzilgan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Bank kredit summasidan va foiz stavkasidan kelib chiqib asosiy qarz va foizlarning boʻlajak toʻlovlari summasini kreditning butun muddatiga teng toʻlovlarda hisoblab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Mikrokreditning holati monitoringi va undan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Kredit shartnomasi shartlari bajarilishini taʼminlash, olingan mikrokreditdan qarz oluvchi samarali foydalanishi, mikrokreditdan foydalanishning butun muddati davomida uning oʻz vaqtida va toʻliq qaytarilishi maqsadida bankning masʼul xodimi tomonidan monitoring olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Bankning masʼul xodimi biznes-reja parametrlariga hamda garovning holatiga muvofiq mikrokreditdan samarali va maqsadli foydalanilishini bir oyda kamida bir marta tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Monitoring davomida masʼul xodim qarz oluvchi bilan uzluksiz aloqa oʻrnatadi, joyning oʻzida uning rejalari va niyatlarini oʻrganadi, shuningdek qarz oluvchining faoliyatidagi salbiy tendensiyalarni ilk bosqichida aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olib boriladigan monitoring natijalari qarz oluvchining maxsus shaxsiy hujjatlar toʻplamida tizimlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. “Mikrokreditbank”ning mintaqaviy filiallari berilgan mikrokreditlar, taʼminlash turlari, pul mablagʻlari harakati jadvallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni muntazam ravishda umumlashtiradilar va “Mikrokreditbank”ning mikrokreditlari qaytarilishi va ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan monitoring olib borish guruhiga (keyingi oʻrinlarda matnda Monitoring guruhi deb yuritiladi) har oyda taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monitoring guruhi olingan maʼlumotlar asosida filiallar va minibanklar, shuningdek beriladigan mikrokreditlar turlari boʻyicha kredit portfelining holatini puxta tahlil qiladi, qarzdorlik dinamikasini va mikrokredit mablagʻlaridan samarali foydalanilishini oʻrganadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zaruriyat boʻlganda Monitoring guruhi biznes-reja parametrlariga muvofiq joyiga borib filiallarning kredit portfeli, mikrokreditlar boʻyicha taqdim etilgan taʼminlashning holati xolisona baholanishini tashkil etadi, shuningdek berilgan kreditlar boʻyicha qaytarishning amaldagi va prognoz darajasini baholaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Oʻtkazilgan monitoring va oʻrganishlar natijalari boʻyicha Monitoring guruhi bankning kredit qoʻmitasiga filiallar va minibanklar boʻyicha kredit berish limitlarini belgilash, mavjud resurslardan samarali foydalanish, kredit portfeli tarkibini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monitoring guruhi bank Boshqaruviga mikrokreditlarning qaytarilishi darajasini oshirish, ular boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikka yoʻl qoʻymaslik, shuningdek mansabdor shaxslarning javobgarligi yuzasidan aniq chora-tadbirlar toʻgʻrisida muntazam ravishda takliflar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Bank oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmayotgan qarz oluvchiga nisbatan bank kredit shartnomasi shartlaridan kelib chiqqan holda quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar qarz oluvchi bankning tavsiyalarini kelishilgan muddatlarda bajarmasa, unga sanksiya qoʻllash toʻgʻrisidagi ogohlantirish bilan birga daʼvo xati yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy summa va kreditdan foydalanganlik uchun foizlar oʻz vaqtida toʻlanmagan, shuningdek kreditni kredit shartnomasida belgilangan muddatda qaytarish istiqboli mavjud boʻlmagan taqdirda kredit boʻyicha qarzdorlik qoldigʻini muddatidan oldin, shu jumladan garovga qoʻyilgan mol-mulk va boshqa mol-mulk hisobiga undirib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobga olish va buxgalteriya hisobi qoidalari qarz oluvchi tomonidan buzilishi hollari aniqlangan taqdirda kredit berishni toʻxtatib qoʻyish hamda hisobga olish va hisobot buzilishining sabablari toʻgʻrisida, ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini bankka taqdim etgan holda, undan tushuntirish talab qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Olingan mikrokreditlardan qarz oluvchilar tomonidan boshqa maqsadda foydalanilganligi aniqlangan taqdirda bank mikrokreditning boshqa maqsadda foydalanilgan qismini kredit shartnomasida belgilangan tartibda qarz oluvchining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamidan muddatidan oldin undirib olish va kredit shartnomasida belgilangan miqdorda jarima undirish huquqiga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 19-son, 163-modda; 2007-y., 33-34-son, 344-modda; 2008-y., 51-son, 501-modda; 2010-y., 23-son, 182-modda; 2017-y., 34-son, 894-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2018-y., 09/18/877/2113-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son)