Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.05.2018 21.04.2006 yildagi PQ-331-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.05.2018
Hujjat 21.04.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MOLIYA-IQTISODIY, SOLIQ SOHASIDAGI JINOYATLARGA, JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA QARShI KURAShIShNI KUChAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-sonli “Budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatning huquqni muhofaza qilish, moliya organlari tomonidan soliq sohasidagi qonunbuzarliklarni aniqlash va ularga barham berish, korrupsiya, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan bosh tortish, naqd pul va xorijiy valyuta mablagʻlarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlar olib borilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy va moliyaviy sohalarda qonuniylikni taʼminlashda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti muhim oʻrin egallamoqda. Oʻzining 5 yillik faoliyatida Departament tomonidan soliq va valyutaga oid 52 mingtadan ortiq qonun buzilishlari aniqlangan boʻlib, 13530 tasi boʻyicha jinoiy ishlar qoʻzgʻatildi, 38887 nafar shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrilgan choralar natijasida jami 142,9 mlrd. soʻm miqdoridagi moddiy zarar va budjetga qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar undirildi. Respublikaga noqonuniy olib kirilgan 22,4 mlrd. soʻmlik tovar-moddiy boyliklar olib qoʻyildi. Xorijiy valyutaning yashirib qolinishi, chetga chiqib ketishi, noqonuniy aylanishi bilan bogʻliq 2420 qonunbuzarliklar fosh etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, soliq, valyuta, boshqa iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish ishlarini tashkil etishda jiddiy kamchiliklar va foydalanilmagan rezervlar mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy, moliyaviy, soliq sohalarida sodir etilgan jinoyatlarning shart-sharoitlari va sabablarini, “xufyona biznes”ni shakllanish yoʻllarini, xorijiy valyutaning chetga chiqib ketish kanallari va koʻp miqdordagi pul mablagʻlarining bankdan tashqari noqonuniy aylanishi manbalarini aniqlash va bartaraf etish ishlarining samaradorligi past darajada qolmoqda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish holatlarini chuqur tahlil qilish, aniqlash, oldini olish va ularga barham berishdagi axborot-tahliliy ishlarida zamonaviy tahlil usuli, uslublari va vositalari keng qoʻllanilmayotir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligi tizimdagi barcha tezkor-tergov, bank, boshqaruv va nazorat qiluvchi tuzilmalarning iqtisodiy va moliyaviy sohalardagi huquq buzishlarini oʻz vaqtida aniqlash va zararsizlantirish boʻyicha kompleks va aniq muvofiqlashtirilgan tarzda faoliyat koʻrsatishlarini talab etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy razvedka va monitoringning samarali tizimini yaratish, tezkor-qidiruv faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga asoslangan zamonaviy kurashish vositalarni joriy etish muhim vazifa hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor xizmat va surishtiruv boʻlinmalarining faoliyati asosan yaqqol koʻrinib turgan qonun buzilishlarini aniqlash va oldini olishga yoʻnaltirilgan boʻlib, ularni keltirib chiqaradigan shart-sharoitlarini chuqur oʻrganish va sabablarini aniqlash taʼminlanmayotir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq va valyuta sohasidagi qonun buzilishlari va ularni sodir etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona markazlashtirilgan hisobini yuritish va maʼlumotlarning kompyuter bazasini yaratish ishlari tugallanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy, moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish ishlarini tashkil etish, kriminogen vaziyat monitoringini amalga oshirish, ushbu sohada profilaktika ishlarini olib borishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, moliya va bank muassasalarining oʻzaro hamkorlik darajasi zamon talablariga javob bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament organlarida kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash ishlari, tahliliy, tezkor boʻlinmalarning maxsus texnika va kriminalistika vositalari bilan taʼminlanishi tubdan qayta koʻrib chiqishni talab etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy, valyuta-moliya va soliq sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari ijrosini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga (bundan buyon matnda Departament deb yuritiladi) aylantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament tuzilmasida Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi tashkil etilsin, Departament va uning hududiy boʻlinmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 20 nafarga koʻpaytirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Departament Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi mustaqil ixtisoslashtirilgan vakolatli huquqni muhofaza qilish organi hisoblanadi, soliq, valyutaga oid jinoyatlar va huquq buzilishlariga hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish sohasida tezkor-tahliliy, qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek, sodir etilgan qonun buzilishlari oqibatida yetkazilgan iqtisodiy zararni undirib olish uning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq, valyutaga oid jinoyatlar va huquq buzilishlarini oʻz vaqtida aniqlash, ularning oldini olish va bartaraf etish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bajarilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq siyosati amalga oshirilishini taʼminlash, soliqqa tortish bazasini kengaytirish, soliq toʻlovchilarni qamrab olinishi va hisobining toʻliqligini taʼminlash, soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash, qochishning mumkin boʻlgan kanallari va mexanizmlarini, “xufyona” iqtisodiyotning shakllanish yoʻllarini, korrupsiya hollarini oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
valyuta operatsiyalari boʻyicha hisob va hisobotlarning toʻliqligi va obyektivligini nazorat qilish; xorijiy valyuta mablagʻlarining qonunga xilof ravishda chetga chiqib ketishi, olib kelinishi va olib chiqilishi, noqonuniy muomalada boʻlishi va valyuta-ayirboshlash operatsiyalari bilan bogʻliq boshqa qonun buzilishlarini oldini olish va bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy razvedkaning zamonaviy tizimini yaratish; jinoiy yoʻl bilan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning mumkin boʻlgan kanallari va mexanizmlarini aniqlashga yoʻnaltirilgan moliyaviy, mulkiy operatsiyalar monitoringini tashkil etish va amalga oshirish; aniqlangan huquq buzilishlari toʻgʻrisida tegishli huquqni muhofaza qilish organlari boʻlinmalariga jinoiy taʼqibni tashkil etish, maʼmuriy taʼsir choralarini koʻrishlik uchun oʻz vaqtida axborot taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq va valyuta-moliya sohasida aniqlangan jinoyatlar va huquq buzilishlari hamda qonun hujjatlariga muvofiq nazorat qilinadigan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona kompyuter bazasini yaratish va yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari va shartnomalariga muvofiq valyutani tartibga solish sohasida, shuningdek, jinoiy yoʻl bilan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha xorijiy davlatlarning vakolatli organlari hamda xalqaro-ixtisoslashgan va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish va axborotlar ayirboshlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq siyosati va valyuta muomalasini tartibga solish, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlarining oldini olish masalalari boʻyicha keng tushuntirish, profilaktika ishlarini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining tashkiliy-shtat tuzilmasi hamda Departament hududiy boshqarmalari va boʻlimlarining namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi 2, 3, 3a, 4, 4a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga Departament va uning hududiy boʻlinmalari tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori (R.H. Qodirov), Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boshqarmasini huquqni muhofaza qiluvchi, boshqaruv va nazorat organlari, moliyaviy tashkilotlar tizimida amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan, moliyaviy razvedka sohasida ishlash uchun zarur boʻlgan tahliliy fikrlash qobiliyatiga, axborot toʻplash va tahlil qilish koʻnikmalariga, yuksak axloq-irodaga, boshqa kasbiy va shaxsiy sifatlarga ega boʻlgan mutaxassislar (iqtisodchilar, yuristlar, axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari) bilan ikki oy muddatda butlanishini taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining yangi tashkil etilgan boshqarmasi ishini tashkil etish uchun zarur moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (A.N. Aripov) bilan birgalikda Departamentda soliq, valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish, gʻayriqonuniy yoʻllar bilan topilgan pul mablagʻlarini qonuniylashtirishning oldini olish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha maʼlumotlar bazasini tashkil etish va yuritish uchun moʻljallangan yagona axborot-kompyuter tarmogʻini tashkil etish yuzasidan ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar, Departamentning yangidan tashkil etilgan boʻlinmalarini zarur aloqa va telekommunikatsiya vositalari, shu jumladan, hukumat aloqa vositalari bilan, shuningdek, Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (R.S. Qosimov), Ichki ishlar vazirligi (B.A. Matlyubov), Milliy xavfsizlik xizmati (R.R. Inoyatov) Davlat soliq qoʻmitasi (B.R. Parpiyev) bilan birgalikda Davlat soliq qoʻmitasining Soliq akademiyasi bazasida moliyaviy razvedka masalalari bilan shugʻullanuvchi xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun moʻljallangan “Moliyaviy-iqtisodiy xavfsizlik” maxsus kursini tashkil etish toʻgʻrisida uch oy muddatda takliflar kiritsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi (B. Mustafoyev) bilan birgalikda gʻayriqonuniy yoʻllar bilan topilgan pul mablagʻlarini qonuniylashtirishning oldini olish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalarida aholining, birinchi navbatda tadbirkorlar, oʻrta va kichik biznes vakillarining, moliya, bank tuzilmalari xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish boʻyicha 2006-yilda turkum axborot-tashviqot tadbirlarini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bosh prokuratura (R.H. Qodirov) Markaziy bank, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda — Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq maʼlumotlarni Departamentga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda — jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi, boshqaruv va nazorat qiluvchi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi va litsenziyalovchi organlar boʻlinmalarining oʻzaro hamkorligini tashkil etish chora-tadbirlari kompleks dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti Markaziy bank bilan birgalikda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish yuzasidan zamonaviy talab va meʼyorlarga muvofiq keluvchi ichki nazoratni amalga oshirish qoidalarini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Iqtisodiyot vazirligi (B.A. Xoʻjayev), Moliya vazirligi (R.S. Azimov) Bosh prokuratura bilan birgalikda Departamentda soliq, valyutaga oid jinoyatlarga, jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha yagona axborot-kompyuter tarmogʻini va maʼlumotlar kompyuter bazasini yaratish tadbirlarini 2007-yil investitsiya dasturiga kiritilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (R.S. Azimov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentning qayta tashkil etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining shtat jadvaliga va xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuratura, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda Departament xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish yuzasidan bir oy muddatda takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Departament Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining byulletenlari va statistika maʼlumotlari majburiy tartibda yuboriladigan reyestrga kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (B. Mustafoyev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuratura hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va idoralar tomonidan oʻz normativ hujjatlarining mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 28-noyabrdagi 415-son qaroriga 1, 2, 2a, 3, 3a, 4-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining oʻrinbosari A.E. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 21-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ–331-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ–311-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

I. Umumiy qoidalar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti faoliyatining huquqiy asoslarini, vazifalari va funksiyalarini, tizimi va tuzilmasini, vakolatlari va javobgarligini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti (bundan keyin matnda Departament deb yuritiladi):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi mustaqil ixtisoslashtirilgan huquqni muhofaza qilish organi hisoblanib, soliq, valyutaga oid jinoyatlar va huquq buzilishlari hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terroristik faoliyatni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida tezkor-tahliliy, qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek, davlatga yetkazilgan iqtisodiy zararni undirib olish uning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. Departamentning qonun hujjatlarida belgilangan vakolati doirasida qabul qilingan qarorlari vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruv, mahalliy hokimiyat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Soliq va valyutaga oid jinoyatlarni aniqlash va oldini olish boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻashdan boshlab uni sudda koʻrib chiqishgacha boʻlgan protsessual harakatlarning uzviyligi va izchilligi Departament va uning hududiy boʻlinmalarining iqtisodiyot, soliq va valyutaga oid, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga hamda terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoiy ishlarni koʻrib chiquvchi, sudda ular boʻyicha davlat aybnomasini quvvatlovchi barcha darajadagi prokuratura organlari bilan oʻzaro uzviy hamkorligi va harakatlarining muvofiqlashtirilishi natijasida taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Departament boʻlinmalari huquqni muhofaza qiluvchi, boshqaruv va nazorat organlari, moliya tashkilotlari tizimida amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan, tahliliy fikrlay oladigan va axborot-tahliliy ishlar koʻnikmalariga, yuksak maʼnaviy irodaga, moliyaviy razvedka sohasida ishlash uchun zarur boʻlgan boshqa kasbiy va shaxsiy sifatlarga ega boʻlgan mutaxassislar (iqtisodchilar, yuristlar, axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar) orasidan yuqori malakali kadrlardan butlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Departament mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasalarida hisob-kitob, joriy va boshqa hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi gerbi tasviri tushirilgan va Departamentning toʻliq nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

II. Departamentning asosiy vazifalari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq, valyutaga oid jinoyatlar va huquq buzilishlarini oʻz vaqtida aniqlash, ularning oldini olish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bajarilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq siyosati amalga oshirilishini taʼminlash, soliqqa tortish bazasini kengaytirish, soliq toʻlovchilarni qamrab olinishi va hisobini toʻliqligini taʼminlash, soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash, qochish mumkin boʻlgan kanallari va mexanizmlarini, “xufyona” iqtisodiyotning shakllanishi yoʻllarini, korrupsiya holatlarini oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
valyuta operatsiyalari boʻyicha hisobga olish va hisobotlarning toʻliqligi va obyektivligini nazorat qilish; xorijiy valyuta mablagʻlarining qonunga xilof ravishda chetga chiqib ketishi, olib kirilishi va olib chiqilishi, ularning noqonuniy muomalada boʻlishi, valyuta-ayirboshlash operatsiyalari bilan bogʻliq boshqa qonun buzilishlarini oldini olish va bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy razvedkaning zamonaviy tizimini yaratish; jinoiy yoʻl bilan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning mumkin boʻlgan kanallari va mexanizmlarini aniqlashga yoʻnaltirilgan moliyaviy, mulkiy operatsiyalar monitoringini tashkil etish va olib borish; aniqlangan huquq buzilishlari toʻgʻrisida tegishli huquqni muhofaza qilish organlari boʻlinmalariga jinoiy taʼqibni tashkil etish, maʼmuriy taʼsir koʻrsatish choralarini koʻrish uchun oʻz vaqtida axborot taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq va valyuta-moliya sohasida aniqlangan jinoyatlar va huquq buzilishlari, hamda qonun hujjatlariga muvofiq nazorat qilinadigan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona kompyuter bazasini yaratish va yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari va shartnomalariga muvofiq valyutani tartibga solish sohasida, shuningdek jinoiy yoʻl bilan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha xorijiy davlatlarning vakolatli organlari hamda boshqa xalqaro ixtisoslashgan tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish va axborotlar ayirboshlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq siyosati va valyuta muomalasini tartibga solish, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlarining oldini olish masalalari boʻyicha keng tushuntirish, profilaktika ishlarini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

III. Departamentning asosiy funksiyalari va faoliyat yoʻnalishlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.1. Soliq sohasidagi jinoyatlar va huquq buzilishlariga qarshi kurashish sohasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish, foyda (daromad) hajmlarini yashirish, sotilgan mahsulot, tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmlarini pasaytirish mexanizmlarini oʻrganish va aniqlash, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan hisobga olinmagan (tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlmagan) mahsulotlar (tovarlar) sotilishi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarning davlat soliq inspeksiyalarida hisobga turishdan boʻyin tovlashi mexanizmlarini oʻrganish va aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan budjetga soliqlar va toʻlovlarning toʻgʻri hisoblanishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishini tekshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.2. Valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish sohasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirishda qonun buzilishlarini aniqlash, oldini olish, bartaraf etish va profilaktik chora-tadbirlarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy valyuta mablagʻlarining noqonuniy aylanishi, yashirib qolinishi, chetga chiqib ketish kanallarini, hamda xorijiy valyutani sotish boʻyicha majburiyatlardan boʻyin tovlash yoʻllarini oʻrganish va aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududida rezidentlar va norezidentlar tomonidan xorijiy valyutada ish haqi toʻlash va hisob-kitob qilish hollarini aniqlash va ularning oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.3. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terroristik faoliyatni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar (bitimlar) ustidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terroristik faoliyatni moliyalashtirishga qarshi kurashishda qatnashuvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit va boshqa moliya tashkilotlaridan yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulklari bilan bogʻliq operatsiyalar (bitimlar) toʻgʻrisida olingan axborotlarni ularni noqonuniy daromadlarni legallashtirishga va terrorizm (ekstremizm)ni moliyalashtirishga ehtimoliy daxldorligini aniqlash maqsadida tahlil qilish va qayta ishlashni tashkil etish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishda, shuningdek terroristik tashkilotlarga moliyaviy va boshqa yordam koʻrsatish uchun foydalaniladigan shakl va usullarni, hamda terroristik faoliyatga daxldorligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi hujjatlarni tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarining yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish va axborotlar ayirboshlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.4. Tezkor-qidiruv faoliyatida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentning tezkor-qidiruv faoliyatini axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash va muvofiqlashtirishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uning hududiy boʻlinmalarida tezkor-qidiruv ishlari tashkil etilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.5. Surishtiruv olib borish sohasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy ishlar qoʻzgʻatish, moliya-iqtisodiyot, soliq sohasida jinoyatlar va huquq buzilishlarini sodir etish hollari, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish holatlari boʻyicha tergovoldi tekshiruv va surishtiruv ishlarini tashkil qilish va olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentning hududiy boʻlinmalarida surishtiruv olib borilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.6. Faoliyatni tashkiliy-nazorat jihatdan taʼminlash va muvofiqlashtirish sohasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq va iqtisodiyot sohasidagi, shu jumladan, xorijiy valyutadagi operatsiyalarni amalga oshirishdagi huquq buzilishlarining, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish holatlarini aniqlash, oldini olish va payini qirqishga yoʻnaltirilgan rejali, rejadan tashqari va boshqa tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirilishiga doir tashkiliy chora-tadbirlarni bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament hududiy boʻlinmalari faoliyatini ular tomonidan oʻz funksional vazifalarining bajarilishi hamda ijro va xizmat intizomiga rioya etilishi yuzasidan muvofiqlashtirish va nazoratni amalga oshirish (shu jumladan, idoraviy tekshirishlar oʻtkazish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha metodik rahbarlik qilish, tegishli uslubiy yoʻriqnomalar va takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qonun hujjatlarining qoʻllanish amaliyotini umumlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Bosh prokurorga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatiga oid statistika hisobi va hisobotlarni yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezkor-xizmat faoliyatini axborot-tahliliy jihatdan taʼminlashni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq, valyuta qonun hujjatlari, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bogʻliq qonun hujjatlari buzilishi hollarini toʻplash, har tomonlama tahlil qilish va baholash, moliya-iqtisodiyot, soliq sohalaridagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, iqtisodiy, soliq va valyutaga oid jinoyatlarning sodir etilishiga imkon yaratuvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha tegishli organlarga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
prokuratura rahbariyatiga iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish natijalari va muammolari hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha axborot berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.7. Kadrlar bilan taʼminlash ishlarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, Departament va uning joylardagi boʻlinmalarida kadrlar zaxirasini shakllantirishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. Departament va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarining xizmat faoliyatini, ularning oʻz funksional vazifalarini bajarishini, xizmat intizomiga, amaldagi qonun hujjatlariga rioya etishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament va uning hududiy boʻlinmalari jamoasida sogʻlom maʼnaviy-psixologik muhit yaratishga doir tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, xodimlarning kasbiy tayyorgarligi, qayta tayyorgarligi va ijtimoiy muhofazasi tashkil etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarni oʻqitishni, shu jumladan ish jarayonida zamonaviy fan yutuqlaridan va yangi texnologiyalaridan foydalanishni tashkil etish va amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.8. Axborot-tahliliy taʼminlash sohasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, soliq va valyuta sohasida qonun buzilishi hollari va ularni sodir etgan shaxslar boʻyicha yagona markazlashtirilgan kompyuter hisobini yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.9. Axborot-targʻibot ishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarning huquqiy ongini mustahkamlash, ularda moliya-iqtisodiy faoliyat sohasidagi konstitutsiyaviy normalarni va amaldagi qonun hujjatlarini bajarishning zarurligi tushunchasini shakllantirish boʻyicha muntazam profilaktik ishlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

IV. Departament va uning hududiy boʻlinmalarining huquq va majburiyatlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Departament va uning hududiy boʻlinmalari oʻzlariga yuklangan vazifalar va bajaradigan funksiyalariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy hokimiyat organlaridan, mulkchilik shakllaridan va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan, mansabdor shaxslar va fuqarolardan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilaridan Departamentga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun zarur boʻlgan axborot, maʼlumotlar, materiallar va hujjatlarni belgilangan tartibda soʻrab olish, bunday axborot olishning qonun tomonidan maxsus tartibi belgilangan hollar bundan mustasno. Departament tomonidan olingan axborotdan faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi va u oshkora qilinishi mumkin emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Departament boʻlinmalari vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tushuntirishlar, maʼlumotnomalar, maʼlumotlar olish uchun taklif qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar soliq va valyuta sohalarida, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoyat sodir etishda shubha qilish uchun yetarlicha asoslar mavjud boʻlsa, fuqarolar va mansabdor shaxslarning zarur hujjatlarini belgilangan tartibda tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar, yigʻimlar va budjetga boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha hisob va hisobotlarning buzilishi, yoxud ularning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirilish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlarga aloqadorligi aniqlangan hollarda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning telekommunikatsiya vositalari va kompyuter maʼlumotlar bazalari, shuningdek, soliq toʻlovchilarning hujjatlari bilan qonunda belgilangan tartibda tanishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar legallashtirilishiga va terrorizmning moliyalashtirilishiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi masalasi boʻyicha tekshirish tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy daromadlarning oʻzlashtirilishi va terrorizmning moliyalashtirilishiga aloqador boʻlishi mumkin boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda — istisno hollarda, Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining ruxsati bilan ularni asoslaydigan sabablar mavjud boʻlganda rejadan tashqari tekshiruvlar oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq va valyuta sohalaridagi jinoyatlar toʻgʻrisida ishonchli maʼlumotlar boʻlgan taqdirda davlat soliq xizmati organlari bilan birgalikda Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi rejasiga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshirishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlar (soliq toʻlovchilar)ning daromad (foyda) olish uchun foydalaniladigan yoxud soliq solish obyektlarini saqlash bilan bogʻliq ishlab chiqarish, ombor, savdo binolarini hamda boshqa bino va joylarini ularning joylashgan joyidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar tekshirish, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlarni nazorat tartibida oʻlchash, tovar-moddiy boyliklarni inventarizatsiyadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirish, tadqiq etish va ekspertiza oʻtkazish uchun tovarlar, buyumlar, xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlar namunalarini, shuningdek hujjatlarni olib qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq valyuta nazorati organlari va agentlariga berilgan funksiyalarni bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan muddat va tartibda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi hujjatlarni jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda qatnashuvchi tegishli organlarga, shu jumladan, jinoiy taʼqib qilish, maʼmuriy taʼsir koʻrsatish choralari koʻrish uchun yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tergovoldi tekshirishlarni amalga oshirish va jinoiy ishlar qoʻzgʻatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga aniqlangan qonun buzilishlari boʻyicha ularni sodir etishga imkon yaratgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha taqdimnoma kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
valyuta va moliyaviy-iqtisodiy sohada huquq buzilishiga qarshi kurashish masalalari boʻyicha, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha xorijiy tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish va axborot ayirboshlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda, jinoiy yoʻllar bilan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha ixtisoslashgan ekspertlardan iborat doimiy yoki vaqtinchalik idoralararo guruhlar tashkil etish toʻgʻrisida Bosh prokurorga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirga rioya qilish sharti bilan tegishli ekspertizalar oʻtkazish, oʻqitish dasturlari, metodik hujjatlar ishlab chiqish, dasturiy va axborot taʼminoti, moliyaviy monitoring sohasida axborot tizimlarini yaratish uchun ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlarni, shu jumladan, shartnoma asosida alohida mutaxassislarni ishga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlar ham beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Departament xodimlari davlat, xizmat, tijorat sirini, jismoniy shaxslarning omonatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sirini va ular oʻz xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida olgan boshqa axborotni sir saqlashlari kerak. Sir oshkor qilingan taqdirda xodim qonunda belgilangan tartibda javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bosh prokuror va unga boʻysunuvchi prokurorlar Departament va uning hududiy boʻlinmalariga kelib tushgan xabarlar va arizalarni hisobga olinishi, roʻyxatdan oʻtkazilishi, tekshirilishi va koʻrib chiqilishining belgilangan tartibiga rioya qilinishi, surishtiruv olib borish va ular bilan bogʻliq protsessual harakatlarni amalga oshirilishi, soliq haqidagi qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan oʻtkazilgan tekshirishlar hamda prokurorning vakolatiga tegishli boʻlgan boshqa masalalar boʻyicha qabul qilingan qarorlarning qonuniyligi ustidan nazoratni amalga oshirilishini taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

V. Departamentning tuzilmasi va uning faoliyatini tashkil etish

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Departamentga maqomiga koʻra Bosh prokuror oʻrinbosariga tenglashtirilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan Departament boshligʻi rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament boshligʻi uch nafar oʻrinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega. Birinchi oʻrinbosar ayni vaqtda Yigʻma axborot-tahlil boshqarmasining boshligʻi hisoblanadi, uning asosiy funksiyalari qilib Departament faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha rejalar ishlab chiqish; ularning ijrosi ustidan tezkor nazoratni amalga oshirish; Departament rahbarlariga hisobot berish uchun yakuniy hujjatlarni umumlashtirish belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament boshligʻining oʻrinbosarlari oʻz lavozimlariga Departament boshligʻi taqdimnomasiga binoan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Bosh prokuror tomonidan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentning hududiy boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari tegishli lavozimlarga Departament boshligʻining taqdimnomasiga binoan Bosh prokuror tomonidan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Boshliq boshchiligidagi Departament yagona markazlashtirilgan tizimni tashkil etadi hamda quyi organlarning yuqori turuvchi organlarga va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga toʻliq boʻysunishi va hisobot berishi asosida faoliyat koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament berilgan vakolatlarga muvofiq oʻz hududiy boʻlinmalarining barcha turdagi faoliyati ustidan tezkor nazoratni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

VI. Prokuratura organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga va uning joylardagi organlariga quyidagilar yuklanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot, soliq va valyutaga oid jinoyatlar, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarning legallashtirishi va terrorizmni moliyalashtirilishi bilan bogʻliq jinoyat ishlarini oʻz vaqtida tekshirish, ularni qoʻzgʻatish vaqtidan boshlab sud tomonidan qaror qabul qilingungacha boʻlgan davrda jinoyat ishini koʻrib chiqish muddatlarini mumkin qadar qisqartirishni nazarda tutgan holda ularni tezda sudga yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot, soliq va valyutaga oid jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishda qonuniylikka hamda Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Fuqarolik va Fuqarolik-protsessual kodekslari normalariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Departament Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan belgilangan muddatlarda Departament va uning hududiy boʻlinmalarining faoliyati toʻgʻrisida, hamda soliq va valyuta muomalasi sohasida qonuniylikning holati haqida hisobot, axborot va hisob-tahliliy maʼlumotlar, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq hujjatlarni taqdim etilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Valyutani tartibga solish, soliqqa tortish va budjetga toʻlovlar sohasida qonuniylikning holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq olinadigan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladigan Departament tadbirlarini joriy va istiqbolli rejalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Bosh prokurorning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan buyruqlari va koʻrsatmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi hayʼatining Departament va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini tashkil etish masalalari boʻyicha qarorlari Departament va uning hududiy boʻlinmalarining barcha xodimlari tomonidan soʻzsiz bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Soliq, budjet va valyuta nazorati sohalarida qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlarni oldini olish, hamda ushbu sohalarda sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar uchun jazoning muqarrarligi tamoyilini taʼminlash boʻyicha qoʻshma tadbirlar amalga oshirilishida Departament va uning hududiy boʻlinmalarining prokuratura organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilishi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

VII. Davlat soliq xizmati hamda valyutani nazorat qilish organlari va agentlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Departament davlat soliq xizmati organlari, valyutani nazorat qilish organlari va agentlari bilan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq va valyutaga oid huquq buzilishlarini aniqlash, oldini olish va bartaraf etish, oylik, chorak va yillik profilaktika tadbirlariga muvofiq tegishli taftishlar oʻtkazilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq inspeksiyalariga reja koʻrsatkichlarni bajarishda, soliqlar va budjetga boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻz muddatida toʻlanmagan toʻlovlarni undirishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
valyutani nazorat qilish organlari va agentlari tomonidan valyutaga oid huquq buzilishlari toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq va valyutaga oid huquq buzilishlarini aniqlash, ularning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha qoʻshma reydlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organlari tomonidan Departament boʻlinmalariga aniqlanayotgan huquqbuzarliklar va boshqa tezkor-ahamiyatli maʼlumotlar toʻgʻrisida axborot taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Departamentning vazifalari, funksiyalari va majburiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilangan tartibda boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ham oʻzaro hamkorlik amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

VIII. Markaziy bank boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Departament Markaziy bank boʻlinmalari bilan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq qonunbuzarliklarni aniqlash, ularning oldini olish va ularga barham berish, ularning profilaktikasi boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit tashkilotlari va boshqa moliya tashkilotlaridan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar (bitimlar) toʻgʻrisida ularning terrorizmni (ekstremizmni) moliyalashtirishga aloqadorligi ehtimolini aniqlash maqsadida qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda axborotlarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiradigan tashkilotlar va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashda qatnashadigan organlarga jinoiy yoʻl bilan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish boʻyicha faoliyatda qatnashadigan yoki qatnashishda shubha qilinadigan yuridik yoki jismoniy shaxslar toʻgʻrisida oʻrnatilgan tartibda axborot taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish holatlarini aniqlash, ularning oldini olish va ularga barham berish borasida qoʻshma tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezkor-ahamiyatli axborotni ayirboshlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Departamentning vazifalari, funksiyalari va majburiyatlaridan kelib chiqqan holda boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ham belgilangan tartibda oʻzaro hamkorlik amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

IX. Boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Departament boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishgan holda, prokuratura tomonidan amalga oshiriladigan huquqni muhofaza qilish organlarining qonuniylikni mustahkamlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha huquqni muhofaza etuvchi organlarning faoliyatini muvofiqlashtirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa huquqni muhofaza qilish organlarining tegishli xizmatlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, soliq va valyutaga oid jinoyatlarga, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishning uzoq muddatli va joriy dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq va valyutaga oid jinoyatlar boʻyicha qoʻzgʻatilgan jinoiy ishlarni, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlarni tergov qilishda protsessual koʻmaklashish uchun masalalarning butun doirasi yuzasidan prokuraturaning boshqa boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qilinishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
prokuratura organlari bilan oʻzaro hamkorlikda Departament va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan qoʻzgʻatilgan jinoiy ishlar boʻyicha ular qoʻzgʻatilgan va tergov harakatlari oʻtkazilgan vaqtdan boshlab ishlar koʻrib chiqilishi va sud instansiyalarida qaror qabul qilingunga qadar nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari bilan birgalikda tezkor axborot almashish, soliq toʻlashdan boʻyin tovlagan hamda soliq va valyuta, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlar sodir etgan shaxslarni qidirish va ushlash tadbirlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda ushbu sohadagi huquq buzilishlari holatlari boʻyicha oʻzaro axborot ayirboshlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

X. Departament xodimlarining javobgarligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Departament xodimlari oʻz funksional vazifalarini bajarilmaganliklari yoxud zarur darajada bajarilmaganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Xodimlarni intizomiy javobgarlikka tortish masalasi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

XI. Departamentni tashkil etish va tugatish tartibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Departament Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ–331-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining tashkiliy-shtat tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ–331-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalarining namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ–331-son qaroriga
3a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasining tashkiliy-shtat tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ–331-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining Tuman (shahar) boʻlimlarining namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ–331-son qaroriga
4a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar tuman boʻlimlarining namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 18-son, 147-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda; 2016-y., 32-son, 387-modda; 2017-y., 18-son, 310-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 06/17/5196/0034-son; 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son; 01.12.2017-y., 06/17/5269/0340-son)