O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
QOZOG‘ISTON RESPUBLIKASI BILAN IKKI TOMONLAMA MAHSULOT AYIRBOSHLASHNI OSHIRISH BO‘YICHA INTEGRATSIYALASHUV JARAYONI VA CHORA-TADBIRLARNI AMALGA OSHIRISH TO‘G‘RISIDA
Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 19-20-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasiga Davlat tashrifi davomida erishilgan ahdlashuvlarning keng miqyosda va o‘z vaqtida amalga oshirilishi hamda Qozog‘iston Respublikasi bilan integratsiyalashuv jarayonini amalga oshirish, ikki tomonlama tovar ayirboshlashni ko‘paytirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida:
1. Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga Davlat tashrifi davomida savdo-iqtisodiy, investitsiya, bank-moliya, transport va gumanitar sohalardagi normativ-huquqiy bazalarni yanada muvofiqlashtirish, ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga yo‘naltirilgan erishilgan axdlashuvni amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar Dasturi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Mazkur qarorning ilovasida ko‘rsatilgan mas’ul ijrochilar — vazirlik va idoralar Qozog‘iston Respublikasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlasin.
2. O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo Komissiyasining O‘zbekiston qismi:
Dasturda nazarda tutilgan ikki tomonlama savdoning integratsiyalashuv jarayonini rivojlantirish va kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksining amalga oshirilishini ta’minlasin;
mazkur qarorda tasdiqlangan Dasturning qanday amalga oshirilayotganini majlislarda muntazam ko‘rib chiqishni Komissiya ish amaliyotiga tatbiq etsin;
har chorakda tadbirlar Dasturining qanday amalga oshirilayotgani to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga Davlat tashrifi davomida imzolangan hujjatlar ijrosi ustidan muntazam nazorat o‘rnatsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 25-aprel,
PQ-332-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 17-son, 139-modda; 2008-y., 14-15-son, 99-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son; 20.03.2020-y., № 06/20/5971/0348)