1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-07-son qarori (ro‘yxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 14-son, 133-modda) bilan tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomagailovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Rais A. MAVLONOV
Toshkent sh.,
2026-yil 23-iyun,
1-son
Kelishildi:
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil A. BURIYEV
2026-yil 16-may
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2026-yil 15-may
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2026-yil 23-iyundagi 1-son qaroriga ILOVA
Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
a) 14-kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “yuklanishi lozim bo‘lgan” degan so‘zlar “yuklangan” degan so‘z bilan almashtirilsin;
b) 32-kichik bandning beshinchi xatboshisidan “Agar tovarlarni olib o‘tish xususiyati belgilanmagan bo‘lsa “000” ko‘rsatiladi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
a) 32-kichik bandning beshinchi xatboshisidan “Agar tovarlarni olib o‘tish xususiyati belgilanmagan bo‘lsa “000” ko‘rsatiladi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
b) 42-kichik band quyidagi mazmundagi o‘n yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“PP” — davriy bojxona yuk deklaratsiyasi doirasida rasmiylashtirilgan tovarlarning har bir turkumi bo‘yicha alohida bojxona boji va soliqlarni to‘lash;”;
a) nomi “olib chiqib ketishda” degan so‘zlardan keyin “hamda erkin muomalaga chiqarishda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
b) quyidagi mazmundagi 3-paragraf bilan to‘ldirilsin:
“§-3. Tovarlarni bojxona hududida qayta ishlashdan so‘ng erkin muomalaga chiqarishda BYDni to‘ldirish
811. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga olib kirilgan tovarning qayta ishlash mahsulotlarini yoki uning qoldiqlarini, shuningdek tovarni qayta ishlash chiqindilarini (bundan buyon matnda qayta ishlash mahsuloti deb yuritiladi) erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish mazkur Yo‘riqnomaning 5-bobi talablariga muvofiq hamda 812-bandida ko‘rsatilgan alohida grafalarni to‘ldirishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda to‘ldirilgan BYDni taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
812. BYDning 40, 42 va S grafalarining to‘ldirilishi quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
Qayta ishlash mahsulotini erkin muomalaga chiqarishda grafada qayta ishlash uchun olib kirilgan xomashyo va materiallarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun asos bo‘lgan BYD haqida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
avvalgi hujjatning kodi — ushbu holatda “GTD”;
avvalgi BYDning ro‘yxat raqami;
qayta ishlash mahsuloti uchun olib kelingan xomashyo va materiallar bo‘yicha avvalgi BYDning 32-grafasidagi tartib raqami;
avvalgi BYDning 32-grafasida ko‘rsatilgan qayta ishlash mahsuloti uchun xomashyo va materiallarning ishlatilgan brutto vazni (kilogrammda);
avvalgi BYDning 32-grafasida ko‘rsatilgan qayta ishlash mahsuloti uchun xomashyo va materiallarning ishlatilgan netto vazni (kilogrammda);
qayta ishlash mahsuloti uchun olib kelingan xomashyo va materiallarning qo‘shimcha o‘lchov birligidagi miqdori (agar mavjud bo‘lsa);
olib kelingan xomashyo va materiallar qo‘shimcha o‘lchov birligining TIF TNga muvofiq shartli belgilanishi (agar mavjud bo‘lsa).
Masalan: GTD 14010/31.03.2025/0353761 — 2 — 5980 kg — 5900 kg — 250,2 m3.
Agar deklaratsiyalanayotgan qayta ishlash mahsuloti bir nechta turkumlarda olib kelingan xomashyo va materiallar hisobidan tayyorlangan bo‘lib, ushbu turkumlar turli BYDlar bilan rasmiylashtirilgan bo‘lsa, har bir avvalgi BYD bo‘yicha ma’lumotlar mazkur grafada yuqorida belgilangan tartibda alohida qatorlarda ko‘rsatiladi.
2) 42-grafa. “Tovarning faktura qiymati”.
Grafada BYDning 31-grafasida deklaratsiyalanayotgan qayta ishlash mahsulotining qiymati ko‘rsatiladi. Faktura qiymati matematik qoidalarga ko‘ra verguldan so‘ng ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi.
3) “S” grafa.
Grafada quyidagilar ko‘rsatiladi (ma’lumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qo‘yiladi):
1 — xorijiy buyurtmachining talabi bo‘yicha olib kelingan tovarlar doirasida amalga oshirilgan qayta ishlash operatsiyalaridan so‘ng hosil bo‘lgan mahsulotlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga rasmiylashtirishda qayta ishlash mahsulotlari doirasida tuzilgan yangi tashqi savdo kontraktining (shartnomasi, kelishuvi) Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimidagi identifikatsiya raqami.
Bunda xorijiy buyurtmachi mavjud bo‘lmagan holda tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) bo‘yicha olib kelingan tovarlar doirasida amalga oshirilgan qayta ishlash operatsiyalaridan so‘ng hosil bo‘lgan mahsulotlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga rasmiylashtirishda qayta ishlash uchun olib kelingan xomashyo va materiallar bo‘yicha tuzilgan dastlabki tashqi savdo kontraktining (shartnomasi, kelishuvi) Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimidagi identifikatsiya raqami ko‘rsatiladi;
2 — tovarlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan sana. Olib kirilgan sana O‘zbekiston Respublikasi chegarasidan o‘tish punktidagi chegara bojxona postida tovarning kuzatuv hujjatlariga qo‘yiladigan shtamp sanasi bo‘yicha aniqlanadi”.
4. 88-bandning 27-kichik bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oxirgi uchta raqam — mazkur Yo‘riqnomaning 11-ilovasida keltirilgan Tovarlarni olib o‘tish xususiyatlari tasniflagichiga muvofiq deklaratsiyalanayotgan tovarlarni olib o‘tish xususiyati kodi;”.
Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlanmasdan yoki ularni qayta ishlash natijasida olingan qayta ishlash mahsulotlari, hosil bo‘lgan chiqindilar va qoldiqlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish yoki bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlanmasdan yoki ularni qayta ishlash natijasida olingan qayta ishlash mahsulotlari, hosil bo‘lgan chiqindilar va qoldiqlarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish (ushbu rejimlarda ta’mirlangan tovarlar bundan mustasno)
090
”;
d) quyidagi mazmundagi 241-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
“
241.
Xomashyo va materiallarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida qayta ishlash natijasida olingan tayyor mahsulotlarni erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga joylashtirish (Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya tomonidan tasdiqlangan tayyor mahsulotlar bo‘yicha belgilangan bojxona boji stavkalariga nisbatan ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo va materiallarni import qilishda qo‘llaniladigan bojxona boji stavkalari yuqoriroq bo‘lgan hollarda)
091
”;
e) 25 va 26-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
25.
Boj olinmaydigan savdo (IM 72) va erkin ombor (IM 73) bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqish
047
26.
Boj olinmaydigan savdo (EK 72) va erkin ombor (EK 73) bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlarni qaytarib olib kirish
175
”;
f) quyidagi mazmundagi 31-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
“
31.
Tovarlarni olib o‘tish xususiyati mazkur ilovada belgilanmagan bo‘lsa
a) quyidagi mazmundagi 142-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
“
142.
Chegirma hujjati
225
SKD_DOC
”;
b) 61-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
61.
Kontrakt O‘zbekiston Respublikasi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi huzuridagi “Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DMda ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma yoki xulosa
503
RegSMEP
”;
d) quyidagi mazmundagi 861 va 862-pozitsiyalar bilan to‘ldirilsin:
“
861.
Tovarlarni ta’mirlashda bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini qo‘llash
836
REMONT
862.
Vakolatli iqtisodiy operator maqomiga ega yuridik shaxs tomonidan tovarlarni qadoqlash, o‘rash (shu jumladan, qayta o‘rash), saralash, tozalash asosida bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini qo‘llash
837
VIO
”;
e) 94-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
94.
Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llagan holda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlar ro‘yxatining kompleks ekspertizasi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi huzuridagi “Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DMning ijobiy xulosasi raqami va sanasi, deklaratsiyalanayotgan tovarning xulosadagi tartib raqami hamda tovarning miqdori va o‘lchov birligi****
857
ZMEP
”.
7. 13-ilovaning “Boshqa yig‘imlar” bo‘limi quyidagi mazmundagi 11-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
“
11.
Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qo‘llash bo‘yicha dastlabki qaror qabul qilganlik uchun bojxona yig‘imi
55
”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2026-y., 10/26/2773-15/0770-son)