Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Bojxona maʼmuriyatchiligi va tashqi savdo tartibotlarini yanada soddalashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat bojxona xizmati organlari (keyingi oʻrinlarda — bojxona organlari) faoliyatida nazorat, tahlil va xavflarni baholash tizimlarining zamonaviy shakllaridan foydalanish koʻlamini yanada kengaytirish hamda tashqi savdoni erkinlashtirish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar 2027-yilga qadar bojxona maʼmuriyatchiligi va tashqi savdo tartibotlarini takomillashtirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilansin:
(a) tovarlarni bevosita chegarada eksport va importga rasmiylashtirish hajmini 2 barobarga oshirish;
(b) bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlash asosida tovarlarni erkin muomalaga chiqarish hajmini 1,5 barobarga oshirish;
(v) vakolatli iqtisodiy operatorlar sonini 200 tadan oshirish;
(g) bojxona auditi qamrovini 30 foizga yetkazish.
II. Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlarini raqamlashtirish va takomillashtirish
2. 2026-yil 1-martdan boshlab tovarlarni ular chegara oʻtkazish punktiga yetib kelguniga qadar dastlabki deklaratsiyalash orqali erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga joylashtirishda:
(a) bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimi miqdori 20 foizga pasaytirilsin;
(b) bojxona toʻlovlarini boʻlib-boʻlib (kechiktirib) toʻlashda 14 kungacha foizlar hisoblamaslik amaliyoti joriy etilsin.
3. 2026-yil 1-maydan boshlab tovarlarni davriy deklaratsiya orqali rasmiylashtirishda bojxona toʻlovlarini tovarlar respublika hududiga kirib kelganda har bir partiya uchun alohida toʻlash imkoniyati yaratilsin.
4. Quyidagilar boʻyicha bojxona organlarining axborot tizimida xavf aniqlanmagan taqdirda, bojxona yuk deklaratsiyalari avtomatik rasmiylashtiruvdan oʻtkazilsin:
(a) yirik soliq toʻlovchi tashkilotlar, davlat tashkilotlari hamda davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan tashkilotlar tomonidan import qilinayotgan tashqi savdo yuklari;
(b) tarif va notarif cheklovlar tatbiq etilmaydigan eksport qilinayotgan yuklar.
5. Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida yuqori va oʻrta darajalarini egallagan vakolatli iqtisodiy operatorlarga qoʻshimcha quyidagi imkoniyatlar taqdim etilsin:
(a) bojxona toʻlovlari va soliqlarni qaytarish, oʻzaro hisobga olishda soddalashtirilgan tartibotlarni joriy etish;
(b) tovarlarni qadoqlash, oʻrash, saralash va tozalash kabi qayta ishlash operatsiyalarida qayta ishlash uchun ruxsatnoma talab qilmaslik.
III. Chegara oʻtkazish punktlaridagi nazorat tartibotlarini takomillashtirish
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
(a) Chegara qoʻshinlari tomonidan shaxslarni pasport nazoratidan oʻtkazishda quyidagi asoslarga koʻra bojxona organlarini xabardor etish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi:
(i) bojxona organlari axborot tizimida shaxsning bojxona nazoratidagi avtotransport vositasi mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot boʻlsa;
(ii) shaxs bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganligi yoki buzish xavfi mavjud boʻlsa;
(b) quyidagilarni amalga oshirish orqali chegara oʻtkazish punktlarida bojxona organlarining faoliyati maqbullashtiriladi:
(i) 1-ilovaga muvofiq chegara oʻtkazish punktlaridagi bojxona nazorati tartib-taomillarini Chegara qoʻshinlariga oʻtkazish orqali;
(ii) 2-ilovaga muvofiq chegara oʻtkazish punktlarida 2026-yil 31-dekabrga qadar sinov tariqasida avtotransport vositalarini koʻzdan kechirishni faqatgina Chegara qoʻshinlari tomonidan amalga oshirish orqali;
(v) roʻyxati 3-ilovada keltirilgan bojxona postlari tugatiladi.
7. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Bojxona qoʻmitasining “Oybek”, “S. Najimov” va “Sirdaryo” chegara bojxona postlarini 2026 — 2029-yillarda rekonstruksiya qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
IV. Bojxona toʻlovlari va yigʻimlarini undirish tartiblarini soddalashtirish
8. Belgilansinki, 2026-yil 1-iyundan boshlab:
(a) tadbirkorlik subyektlariga bojxona bojini 120 kunga qadar kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati yaratiladi;
(b) bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashning bosh taʼminoti turidan foydalanishda xavflarni boshqarish tizimining natijalaridan kelib chiqib, tadbirkorlik subyektlariga pasaytirilgan miqdorda taʼminot taqdim etiladi.
9. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-martdan 2027-yil 1-martga qadar sinov tariqasida:
(a) mutasaddi vazirlik va idoralar takliflariga asosan Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tayyor mahsulotlar uchun bojxona boji summasidan koʻra ularni ishlab chiqarishda ishlatiladigan xomashyo va materiallar importi uchun undiriladigan bojxona boji summasi balandroq hisoblanadigan tovarlar roʻyxatini bosqichma-bosqich shakllantiradi;
(b) shakllantirilgan roʻyxatdagi tovarlarni qayta ishlash uchun olib kiriladigan xomashyo va materiallarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimidan soʻng erkin muomalaga chiqarishda:
(i) import bojxona boji, ularning kelib chiqish mamlakatidan qatʼi nazar, boj tarifi bilan belgilangan stavkalar miqdorida qayta ishlash mahsulotidan undiriladi;
(ii) qonunchilik bilan nazarda tutilgan bojxona toʻlovlaridan imtiyozlar qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan qoʻllanadi;
(v) mazkur tartib asosida olib kirilgan xomashyo va materiallardan maqsadli foydalanish ustidan nazorat oʻrnatishga Bojxona qoʻmitasi masʼul etib belgilanadi.
10. Komissiyaga (J. Xodjayev) Tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (keyingi oʻrinlarda — TIF TN) boʻyicha xomashyo va tovarlarning kodlarini kichik subpozitsiyalar darajasida detallashtirish va ularga bojxona boji stavkalarini belgilash vakolati berilsin.
11. Komissiya (J. Xodjayev) ikki oy muddatda TIF TN kodlarini manipulyatsiya qilish xavfi mavjud boʻlgan tovarlarga bir-biriga yaqin boʻlgan tovarlar uchun bir xil stavkalarni qoʻllash tamoyili asosida import boji stavkalarini vakolati dorasida qayta koʻrib chiqsin.
V. Tovarlar chiqarib yuborilgandan keyingi bojxona nazoratini yanada takomillashtirish
12. 2026-yil 1-iyuldan boshlab bojxona auditi doirasida:
(a) audit oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadbirkorlik subyektiga yoʻl qoʻygan kamchiliklari toʻgʻrisida oldindan xabar bergan holda tadbirkorning oʻzi tomonidan ularni bartaraf etish imkoniyatini beruvchi “maslahatchi auditor” tamoyili yoʻlga qoʻyilsin;
(b) bojxona organlari tomonidan tadbirkorlar faoliyatida oʻtkazilgan bojxona nazorati natijalari tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlashda inobatga olinsin;
(v) bojxona organlari tomonidan aniqlangan huquqbuzarliklar uchun belgilangan jazo choralarini ularning xususiyati va ahamiyatiga mutanosib ravishda differensiyalash orqali adolatli yondashuv taʼminlansin;
(g) bojxona nazorati davomida aniqlanib, qoʻshimcha hisoblangan bojxona toʻlovlarining soʻzsiz tartibda undirilishi toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasini yuborish amaliyoti joriy etilsin.
VI. Qonunbuzilish holatlarining oldini olish va javobgarlik choralarini kuchaytirish
13. Belgilansinki, 2028-yil 1-yanvardan boshlab 4-ilovaga muvofiq bojxona sohasidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun moliyaviy jarimalarni qoʻllash tartibi joriy etiladi. Bunda:
(a) moliyaviy jarimalar faqat yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan qoʻllanadi;
(b) yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan moliyaviy jarimalar qoʻllanganda ularning mansabdor shaxslari yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi.
14. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oliy sud va Bosh prokuratura bilan birgalikda olti oy muddatda mazkur Farmonning 13-bandidan kelib chiqib, Bojxona kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
VII. Notarif tartibga solish choralarini soddalashtirish
15. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda tashqi savdo faoliyati bilan bogʻliq ruxsat etish xususiyatidagi hujjatlar va sertifikatlarni rasmiylashtirish xavflarini baholash tamoyillari asosida ishlovchi axborot tizimlarini quyidagilarni inobatga olgan holda 2026-yil 1-iyuldan ishga tushirsin:
(a) xavf darajasi past boʻlgan tovarlar boʻyicha ruxsat etish xususiyatidagi hujjatlar va sertifikatlarni avtomatik ravishda rasmiylashtirish;
(b) xavf darajasi oʻrta boʻlgan tovarlarni hujjatli nazorat tartibiga oʻtkazib, sinov va namunalar olmaslik;
(v) xavf darajasi yuqori boʻlgan tovarlar belgilangan tartibda sinov namunalari asosida tekshiruvdan, zarur hollarda, laboratoriya sinovlaridan oʻtkazilgandan soʻng ruxsat etish xususiyatidagi hujjatlar yoki sertifikatlarni rasmiylashtirish.
16. 2026-yil 1-maydan boshlab tashqi savdoga oid notarif tartibotlarni belgilashning quyidagi shaffof mexanizmi joriy etilsin:
(a) taqiq va cheklovlar reyestri yuritiladi, ularni oʻrnatishdan kamida uch oy oldin “Yagona darcha” bojxona axborot tizimida eʼlon qilinadi;
(b) vakolatli davlat idoralari, ularning quyi tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan har bir turdagi xizmatlar uchun yigʻimlar (toʻlovlar) miqdori va kalkulyatsiyasi “Yagona darcha” bojxona axborot tizimida eʼlon qilinadi;
(v) mazkur talablarga rioya etilmasdan oʻrnatilgan taqiq va cheklovlar, yigʻimlar ijroga qaratilmaydi.
17. Quyidagilar bekor qilinsin:
(a) 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
(i) muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirishda hujjatlarni majburiy tarzda Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tekshiruvidan oʻtkazish;
(ii) sertifikatlash organlarida belgilangan tartibda davriy baholash oʻtkazmasdan turib Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan ularni elektron tizimdan uzib qoʻyish;
(iii) muvofiqlik sertifikati berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror mavjud boʻlmaganda hamda xorijiy davlatlar maʼlumotlari asosida mahsulotlarni sertifikatlash jarayoniga cheklov va taqiq oʻrnatish;
(b) 2026-yil 1-iyundan boshlab:
(i) Oziq-ovqat mahsulotlarini tashish, saqlash va erkin muomalaga chiqarish jarayonida sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilish majburiyatini ushbu mahsulot importyoriga yuklagan holda “FSSC 22000”, “IFS Food”, “BRCGS Global Standard for Food Safety”, “SQF Food Safety Code” xalqaro tizimlari doirasida rasmiylashtirilgan sertifikatga ega korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishda sanitariya-epidemiologik xulosa olish talabi;
(ii) tovarlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirishda karantin ruxsatnomasini olish talabi.
VIII. Sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirish
18. Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻiston, Turkiya, Xitoy Xalq Respublikasi va Belgiya Qirolligidagi elchixonalari shtatlar jadvallariga qoʻshimcha ravishda bittadan shtat birligidan iborat bojxona masalalari boʻyicha maslahatchi — Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona qoʻmitasi rasmiy vakili (keyingi oʻrinlarda — maslahatchi) lavozimi kiritilsin. Bunda:
(a) maslahatchi lavozimi Bojxona qoʻmitasi shtat birliklarini mos ravishda qisqartirish hisobidan ajratiladi;
(b) maslahatchi lavozimiga bojxona organlarida xizmatni oʻtayotgan, maxsus unvonga ega xodim belgilangan tartibda Bojxona qoʻmitasi raisining taqdimnomasiga muvofiq tashqi ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(v) maslahatchi bojxona organlari manfaatlarini qabul qiluvchi mamlakatda ifodalash, bojxona sohasidagi ikki tomonlama va idoralararo muzokaralarda ishtirok etish, bojxona nazorati, xavflarni baholash, tovarlar kelib chiqishi va kontrabandaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha axborot almashinuvini tashkil etish, oʻzbekistonlik eksportyor va importyorlarga amaliy yordam koʻrsatish hamda bojxona-logistika muammolarini hal etish, xalqaro standartlarni joriy etishda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, Jahon bojxona tashkiloti va mintaqaviy qoʻmitalar faoliyatida ishtirok etish uchun masʼul hisoblanadi;
(g) maslahatchi oʻz majburiyatlarini bajarish davrida Bojxona qoʻmitasi kadrlarining amaldagi zaxirasiga kiritiladi.
IX. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
19. Quyidagilar:
(a) Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 5-ilovaga muvofiq;
(b) Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari axborot tizimlariga real vaqt rejimida taqdim etiladigan va vazirlik-idoralar bilan axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyiladigan qoʻshimcha maʼlumotlar roʻyxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
20. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi uch oy muddatda vakolatli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tovarlarni respublika hududiga olib kirish, olib chiqish va tranzit olib oʻtishda taqiq va cheklovlarni oʻrnatishning aniq tartibotlari va yagona reyestrini yuritish tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
21. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
(a) mazkur Farmonning 18-bandi bilan yangi joriy etilayotgan lavozimlarni saqlash xarajatlarini qoplash va moliyalashtirish uchun 2026-yildan boshlab diplomatik vakolatxonalarning shtatlar jadvallariga kiritilgan oʻzgartirishlarni inobatga olgan holda Tashqi ishlar vazirligining soʻroviga asosan Davlat budjetida qoʻshimcha mablagʻlar nazarda tutilishini taʼminlasin;
(b) qoʻshimcha shtat birliklari kiritilayotgan diplomatik vakolatxonalarga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bittadan transport vositalarini xarid qilish va saqlash uchun qoʻshimcha limit ajratsin;
(v) Bojxona qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
23. Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 17-dekabr,
PF-250-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250-son Farmoniga
1-ILOVA
Bojxona organlarining faoliyati maqbullashtirilayotgan chegara oʻtkazish punktlari
ROʻYXATI

T/r

Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punkti nomi

Chegara bojxona posti/punkti nomi

1.

“Tul” avtomobil yoʻli

“Soʻx” chegara bojxona postining “Tul” bojxona punkti

2.

“Qizilqiyoq” avtomobil yoʻli

“Soʻx” chegara bojxona postining “Sharqobod” bojxona punkti

Izoh.
Ushbu bojxona punktlarining shtat birliklari ish hajmi yuqori boʻlgan boshqa chegara bojxona postlariga qayta taqsimlanadi.
Ushbu bojxona punktlarining bino-inshootlari hamda zarur texnik vositalari Chegara qoʻshinlari balansiga oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250-son Farmoniga
2-ILOVA
Sinov tariqasida 2026-yil 31-dekabrga qadar avtotransport vositalarining koʻzdan kechiruvi chegara qoʻshinlari tomonidan amalga oshiriladigan chegara oʻtkazish punktlari
ROʻYXATI

T/r

Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punkti nomi

Chegara bojxona posti/punkti nomi

1.

“Bobotogʻ” avtomobil yoʻli

“Sariosiyo” chegara bojxona postining “Bobotogʻ” bojxona punkti

2.

“Uchtoʻrgʻon” avtomobil yoʻli

“Uchtoʻrgʻon” chegara bojxona posti

3.

“Pop” avtomobil yoʻli

“Pop”chegara bojxona posti

4.

“Rovot” avtomobil yoʻli

“Rovot” chegara bojxona posti

5.

“Rishton” avtomobil yoʻli

“Rishton” chegara bojxona posti

6.

“Bekobod” avtomobil yoʻli

“Bekobod avto” chegara bojxona posti

Izoh. Chegara qoʻshinlari tomonidan avtotransport vositasini koʻzdan kechirish jarayonida bojxona nazoratiga tushadigan tovarlar aniqlanganda yoki bojxona organlarining Xavflarni boshqarish tizimi koʻrsatmasiga asosan nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish uchun bojxona organi jalb qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250-son Farmoniga
3-ILOVA
Tugatilayotgan bojxona postlarining
ROʻYXATI

T/r

Bojxona postlarining nomi

Andijon viloyati

1.

Andijon viloyati MED bojxona posti

Buxoro viloyati

2.

Buxoro viloyati MED bojxona posti

Namangan viloyati

3.

Namangan viloyati MED bojxona posti

Samarqand viloyati

4.

Samarqand viloyati MED bojxona posti

Toshkent viloyati

5.

Toshkent viloyati MED bojxona posti

Fargʻona viloyati

6.

Fargʻona viloyati MED bojxona posti

Izoh. Tugatilayotgan bojxona postlarining shtat birliklari “Bojxona rasmiylashtiruvi markazi”ga hamda ish hajmi koʻp boʻlgan boshqa bojxona postlariga oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250-son Farmoniga
4-ILOVA
Bojxona sohasida moliyaviy jarimalar joriy qilinadigan qonunbuzarlik holatlari
ROʻYXATI
1. Bojxona deklaratsiyasida bojxona toʻlovlari miqdorini qonunga xilof ravishda kamaytirib koʻrsatish.
2. Bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni noqonuniy tasarruf etish, yoʻqotish yoki yoʻq qilish.
3. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilib shartli ravishda chiqarilgan tovarlar va transport vositalaridan imtiyozlar berilishiga sabab boʻlganidan boshqa maqsadlarda foydalanish va ularni tasarruf etish.
4. Bojxona organlarini oldindan xabardor qilish tartibini buzish va (yoki) taqdim etilishi lozim boʻlgan dastlabki maʼlumotlarni taqdim etmaslik.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250-son Farmoniga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR DASTURI

T/r

Taklif

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlarini soddalashtirish

1.

Vakolatli iqtisodiy operator maqomiga ega tadbirkorlik subyektlari uchun xalqaro tajribalar asosida ularning barqarorlik reytingidagi bahosini hisobga olib qoʻshimcha soddalashtirilgan tartibotlarni joriy etish.

Bunda quyidagilarni inobatga olish:

chegara oʻtkazish punktlari orqali ustuvor tartibda oʻtish;

bojxona toʻlovlari va soliqlarni qaytarish, oʻzaro hisobga olishda soddalashtirilgan tartibotlarni joriy etish;

ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va sertifikatlarni ustuvor tartibda taqdim etish;

ayrim qayta ishlash operatsiyalarida qayta ishlash uchun ruxsatnoma talab qilmaslik.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2026-yil may

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil

(J. Urunov),

Soliq qoʻmitasi

(F. Pulatov)

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida:

bojxona brokerlari va kuryerlik tashkilotlarining bojxona organlari oldida bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha solidar javobgar boʻlish shartlarini belgilash;

bojxona brokerlari va bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassislarga qoʻyilgan talab va shartlarni, ularning huquq hamda majburiyatlarini “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish;

bojxona ombori rejimida saqlash muddati oʻtgan tovarlar talab qilib olinmagan hollarda sud qarori asosida davlat egaligiga oʻtkazilishi hamda tasarruf etilishini belgilash;

bojxona toʻlovlari turlariga yagona bojxona toʻlovini kiritish;

bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan muddatlarni hisoblash tartibini belgilash;

belgilangan muddatlarda davriy bojxona toʻlovlari toʻlanmaganligi holatlarini bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik yuzaga keladigan holat sifatida belgilash;

tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash maqsadida bojxona bojini 120 kunga qadar kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini yaratish;

bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan har bir kun uchun toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari summasidan hisoblab chiqariladigan foizlarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasiga teng miqdorda belgilash;

chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan transport vositalarini notijorat maqsadlarda bojxona toʻlovlaridan ozod etilgan holda vaqtincha olib kirishning umumiy muddatini kalendar yil mobaynida 180 kalendar kun etib belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2026-yil dekabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Bojxona toʻlovlarini toʻlashning bosh taʼminoti sifatida pul mablagʻlarini bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kiritish va kafillik usullarini qoʻllash imkoniyatini yaratish.

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2026-yil dekabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

4.

Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashning bosh taʼminot turidan foydalanishda xavflarni boshqarish tizimining natijalaridan kelib chiqib, tadbirkorlik subyektlariga pasaytirilgan miqdorda taʼminot taqdim etish imkoniyatini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil dekabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Deklarantning murojaatiga asosan tovarlar uchun bojxona toʻlovlarini har bir partiyaga nisbatan undirilishini nazarda tutgan holda davriy deklaratsiyalash tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil may

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

6.

Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash tartibini soddalashtirishga qaratilgan “Kafolatlarni boshqarish” axborot tizimini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil dekabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

7.

Tovarlarning TIF TN kodlariga mahsulotlar identifikatsiya kodlarini integratsiya qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil dekabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Soliq qoʻmitasi

(F. Pulatov)

8.

Bojxona organlari xodimlari tomonidan bojxona toʻlovlariga taʼsir etgan hollarda mustaqil ravishda bojxona yuk deklaratsiyasiga tuzatish va oʻzgartirish kiritish huquqini berish boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil aprel

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

9.

Qozogʻiston Respublikasi temir yoʻllari bilan tijorat hujjatlarini (invoys) almashishni yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil iyul

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

(Z. Narzullayev)

10.

Temir yoʻl chegara oʻtkazish punktlarida vagon va konteynerlarning raqamini avtomatik qayd etish qurilmalarini oʻrnatish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil dekabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

(Z. Narzullayev)

11.

Yoʻlovchi va transport vositalarini nazorat tartib-taomillaridan oʻtkazishda xavflarni baholash tamoyillari (profayling, tashqi kuzatuv va boshqa usullar) asosida tanlab tekshirish yoʻli bilan oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari

(S. Xusanov)

12.

Tirik hayvonlar importini quyidagilarni hisobga olgan holda soddalashtirish:

veterinariya guvohnomasini bevosita chegara bojxona postlari yoki yondosh hududdagi bojxona terminallarida rasmiylashtirish;

chegara bojxona postlarida erkin muomalaga chiqarish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil dekabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

(Sh. Jabborov)

13.

Chegara va bojxona idoralarining axborot tizimlari integratsiyasi orqali nazoratda boʻlgan xorijiy transport vositalari haydovchilarini yoki bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganligi yoki buzayotganligi toʻgʻrisida axborot mavjud boʻlgan fuqarolarni qaytib chiqib ketishda toʻxtatish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2026-yil dekabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari

(S. Xusanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

14.

Tashqi savdo yuklari harakatlanmaydigan 2 ta chegara oʻtkazish punktlarida bojxona idoralari faoliyatini tugatgan holda ushbu funksiyani Chegara qoʻshinlariga oʻtkazish.

Mazkur chegara oʻtkazish punktlari bino-inshootlarini Chegara qoʻshinlari balansiga oʻtkazish choralarini koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil yanvar

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari

(S. Xusanov)

15.

Xalqaro yuk tashish shartlariga (ruxsatnoma tizimi, yigʻimlar toʻlanishi, ruxsat etilgan vazn va gabarit parametrlari) rioya etilishi ustidan samarali davlat nazoratini taʼminlash va qonun hujjatlari bir xilda talqin qilinishiga erishish maqsadida yagona normativ hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2026-yil avgust

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Ichki ishlar vazirligi

(A. Tashpulatov)

16.

Chegara bojxona postlari orqali harakatlanadigan, ruxsat etilgan vazn parametrlaridan (oʻlchash asbobining farq bilan ishlash foizi ham inobatga olinadi) oʻn foizgacha (oʻn foiz ham kiradi) ortiq boʻlgan transport vositalariga maxsus ruxsatnomalar vakolatli organ tomonidan yoʻnalish belgilamasdan, tegishli organlar bilan kelishmasdan, belgilangan toʻlovlarni undirish yoʻli bilan inson omilisiz avtomatik tarzda rasmiylashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga oʻzgartirish kiritish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2026-yil iyun

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

17.

Quyidagilarni belgilash boʻyicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan loyiha tayyorlash:

bitta yuk qabul qiluvchining manziliga bitta transport hujjati va bitta temir yoʻl tarkibidagi tovarlarga bir nechta tranzit deklaratsiyalari rasmiylashtirilganligi uchun bir yigʻim stavkasida bojxona yigʻimi undirish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2026-yil iyun

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

18.

Qayta ishlashdan soʻng tayyor mahsulotlarni erkin muomalaga chiqarish tartibini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2026-yil fevral

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

19.

Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi bilan birgalikda Oʻzbekistonda TIR elektron tizimlarini (SafeTIR va TIR-EPD) toʻliq ishlashini taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil may

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Oʻzbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi

(S. Pulatov)

20.

Yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasini (1975) qoʻllash boʻyicha malaka sertifikatlarini olish talablarini kuchaytirish hamda Oʻzbekistonda TIR tizimi boʻyicha yuk tashishda 100 ming yevro miqdorida qoʻshimcha kafolatni taʼminlovchi TIR+ mexanizmini joriy etish masalasini oʻrganib chiqib Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil mart

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov)

Oʻzbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi

(S. Pulatov)

21.

Oʻzbekiston Respublikasining tranzit salohiyatini rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengash faoliyatini tashkil etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2026-yil may

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

22.

Oʻzbekiston Respublikasi Jahon savdo tashkilotiga qabul qilingandan soʻng, Oʻzbekistonning aʼzo davlatlari oldidagi majburiyatlaridan kelib chiqib, Bojxona kodeksida belgilangan normalar Jahon savdo tashkilotining talablariga muvofiqligi yuzasidan oʻrganib chiqilib, Yangi tahrirdagi Bojxona kodeksi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2028-yil may

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Tovarlar chiqarib yuborilgandan soʻng nazorat tartibotlarini takomillashtirish

23.

Bojxona auditini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlari uchun qulay muhit yaratish, tekshiruv jarayonlarining ochiqligini taʼminlash hamda qonunbuzarlik holatlariga nisbatan jazo muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan bojxona auditi institutini quyidagilarni hisobga olgan holda takomillashtirish:

bojxona organlari va tadbirkorlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni tegishli maslahatlar va huquqiy tushuntirishlar berish orqali yanada mustahkamlash borasidagi ishlarni “maslahatchi-auditor” tamoyili asosida yoʻlga qoʻyish;

bojxona auditini rejali va rejadan tashqari koʻrinishlarda oʻtkazish;

bojxona auditini kompleks, maqsadli va individual turlarga shakllarga ajratish;

baholash mezonlari hamda tekshiruv natijalarini tadbirkorlik subyektlari kesimida ochiq tarzda taqdim etish amaliyoti joriy etish;

bojxona auditi natijalari boʻyicha ijobiy baholangan — qonunchilik talablariga toʻliq rioya etgan tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish tizimini joriy etish;

bojxona auditi natijalari boʻyicha salbiy baholangan — qonunchilik talablariga toʻliq rioya etmagan tadbirkorlik subyektlarining keyingi tashqi savdo operatsiyalarida quyidagilarni inobatga olish:

a) tovar va transport vositalarini “yuqori xavf” darajasida nazorat qilish;

b) bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatlarini taqdim etishda bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminotini taqdim etish majburiyligi talabini belgilash;

v) tovarlarni oʻz omboriga joylashtirish uchun cheklovlar joriy etish;

g) qoʻshimcha hisoblangan bojxona toʻlovlarini soʻzsiz tartibda undiruvga qaratish amaliyotini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2026-yil iyul

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

24.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini shakllantirishda quyidagi koʻrsatkichlarni qoʻshimcha ravishda inobatga olish:

 tashqi iqtisodiy faoliyat koʻrsatkichlarini;

 bojxona auditi natijalarini;

 tashqi savdo intizomi hamda moliyaviy barqarorligini;

 barqarorlik reytingida ruxsatnoma va sertifikat taqdim etish vakolatiga ega boʻlgan tashkilotlarning koʻrsatkichlarini hisobga olish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2026-yil may

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

25.

Import operatsiyalarida tovar qiymatini sunʼiy ravishda oshirish holatlari aniqlanib, hujjatlar bilan tasdiqlanganda bojxona toʻlovlaridan berilgan imtiyozlar faqat tovarning tasdiqlangan qiymatiga amal qilib, sunʼiy oshirilgan qiymat qismiga qoʻllanilgan bojxona imtiyozini bekor qilish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2026-yil noyabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Soliq qoʻmitasi

(F. Pulatov)

26.

Import tovarlarini tadbirkorlik subyekti omboriga chiqarishda omborning kadastr maʼlumotlarini avtomatik taqqoslash orqali egalik huquqini aniqlash va huquqiy asossiz omborlarga tovar joylashtirishga yoʻl qoʻymaslik tizimini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil dekabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Kadastr agentligi

(T. Abdullayev)

27.

Tashqi iqtisodiy faoliyat yoʻnalishidagi xizmatlar sohasida yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan quyidagi tartibotlarni belgilash:

bojxona brokeri va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasidagi bojxona yuk deklaratsiyalarini toʻldirish bilan bogʻliq xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnomalarni soliq idoralarida roʻyxatga olish;

bojxona omborlarida tovarlarni joylashtirish va saqlash bilan bogʻliq xizmatlarni koʻrsatish bilan bogʻliq shartnomalarni soliq idoralarida roʻyxatga olish;

tashqi iqtisodiy faoliyat yoʻnalishidagi xizmatlarni koʻrsatish bilan bogʻliq shartnomalarni bojxona yuk deklaratsiyasida qayd etish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2026-yil dekabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Soliq qoʻmitasi

(F. Pulatov)

28.

Bojxona kodeksida quyidagilarni belgilashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish:

bojxona nazorati davomida aniqlangan qoʻshimcha bojxona toʻlovlari yuzasidan inkasso topshiriqnomalarini avtomatik joʻnatish;

bojxona deklaratsiyasida bojxona toʻlovlari miqdorini qonunga xilof ravishda kamaytirib koʻrsatish, bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni noqonuniy tasarruf etish, yoʻqotish yoki yoʻq qilish, bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilib shartli ravishda chiqarilgan tovarlar va transport vositalaridan imtiyozlar berilishiga sabab boʻlganidan boshqa maqsadlarda foydalanish va ularni tasarruf etish, bojxona organlarini oldindan xabardor qilish tartibini buzish va (yoki) taqdim etilishi lozim boʻlgan dastlabki maʼlumotlarni taqdim etmaslik kabi ayrim bojxonaga oid huquqbuzarliklar yuzasidan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun moliyaviy jarimani (shu jumladan, toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari miqdoriga muvofiq) joriy qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2026-yil dekabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

29.

Majburiy ijro byurosi tomonidan bojxona toʻlovlari boʻyicha qarzdorligi yuzaga kelgan tadbirkorlik subyektlarining mol-mulki va naqd pul mablagʻlari realizatsiyasini toʻxtatish haqidagi bojxona organlari qarorini ijroga qaratish tartibini belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2027-yil mart

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Majburiy ijro byurosi

(M. Egamberdiyev)

30.

Surishtiruv va tergovga qadar tekshiruv jarayonlari shaffofligini taʼminlash hamda inson huquqlarini himoya qilish maqsadida tergov harakatlarini oʻtkazish xonalarini videokuzatuv tizimi bilan jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil dekabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

31.

Bojxona nazorati zonasi rejimini buzish, bojxona organiga hisobotlarni taqdim etmaslik kabi bojxonaga oid maʼmuriy huquqbuzarlik holatlarini birinchi marotaba sodir etgan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga nisbatan maʼmuriy ogohlantirish jazosini joriy etish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2026-yil dekabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Oliy sud

(B. Islamov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

32.

Bojxona organlarining vakolati doirasiga kiradigan yashirin iqtisodiy faoliyat, tovar-moddiy boyliklar va kontrabanda ashyolarining noqonuniy aylanishiga oid huquqbuzarliklar haqida fuqarolar tomonidan elektron platforma orqali xabar berish tizimini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil dekabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

33.

Davlat budjetiga qoʻshimcha bojxona toʻlovlarini aniqlash va undirishda hamda tovarlarni bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtish holatlarini aniqlashda ishtirok etgan bojxona xodimlarini elektron platforma orqali ragʻbatlantirish mexanizmini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil aprel

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

34.

Bojxona organlariga kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona qonunbuzilish holatlarini aniqlash va barvaqt oldini olish ishlarida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish huquqini berish boʻyicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2026-yil sentabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Mudofaa vazirligi

(Sh. Xalmuxamedov),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov)

III. Valyuta nazorati va notarif tartibga solish yoʻnalishida

35.

Xavf darajasidan kelib chiqib ekologiya nazorati ostidagi va muvofiqligi baholanishi majburiy boʻlgan tovarlar uchun sertifikatlarni inson omilisiz avtomatik rasmiylashtirish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil iyun

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

(A. Abduxakimov)

36.

Xavf darajasi past fitosanitariya nazorati ostidagi tovarlarga sertifikat va karantin koʻrigi dalolatnomasini inson omilisiz avtomatik rasmiylashtirish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil iyul

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

(I. Ergashev)

37.

Veterinariya nazorati ostidagi tovarlarni tekshirishda xavf-xatarlarni baholashga asoslangan Xavfni boshqarish tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish.

Bunda xavf darajasi past veterinariya nazorati ostidagi tovarlarga sertifikat (guvohnoma)larni inson omilisiz avtomatik rasmiylashtirish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil iyul

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

(Sh. Jabborov)

38.

Sanitariya epidemiologiya nazorati ostidagi tovarlarni tekshirishda xavf-xatarlarni baholashga asoslangan Xavfni boshqarish tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish.

Bunda xavf darajasi past sanitariya epidemiologiya nazorati ostidagi tovarlarga xulosalarni inson omilisiz avtomatik rasmiylashtirish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil iyul

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi

(B. Yusupaliyev)

39.

Xalqaro tan olinadigan hujjatlar va qonunchilikda belgilangan istisno holatlar asosida tovarlarni erkin muomalaga chiqarishda vakolatli davlat nazorati organlarining elektron tasdigʻini olish amaliyotini joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

xalqaro tan olinadigan hujjatlar va qonunchilikda belgilangan istisno holatlar asosida tovarlarni erkin muomalaga chiqarish boʻyicha murojaat qilinganda, vakolatli davlat nazorati organlariga bu haqida maʼlumotlar yuboriladi va elektron tasdigʻi olinadi;

uch soat ichida elektron munosabat bildirilmaganda vakolatli davlat nazorati organlarining elektron tasdigʻi avtomatik tasdiqlanadi.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2026-yil mart

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

(A. Abduxakimov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

40.

Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bogʻliq barcha turdagi ruxsat etish xususiyatidagi hujjatlar (ruxsatnoma, sertifikat va guvohnomalar), koʻrsatilgan xizmatlar uchun yigʻimlar preyskuranti va kalkulyatsiyasini “Yagona darcha” bojxona axborot tizimida aks ettirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil may

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

(Sh. Jabborov),

Qishloq xoʻjaligi

vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

(A. Abduxakimov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

41.

Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha umidsiz debitor-kreditor qarzdorliklarni “E-kontrakt” tashqi savdo axborot tizimida elektron tarzda hisobdan chiqarish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2026-yil may

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Markaziy bank

(T. Ishmetov),

Soliq qoʻmitasi

(F. Pulatov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

42.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibini (roʻyxat raqami 2467, 12.06.2013-y.) raqamlashtirish, qayta aloqani yoʻlga qoʻyish va idoraviy hamkorlikni kuchaytirish asosida takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil iyun

Soliq qoʻmitasi

(F. Pulatov),

Markaziy bank

(T. Ishmetov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

43.

Tovarlar eksportini amalga oshirishda eksportyor (komissioner) va yuk joʻnatuvchi (komitent) oʻrtasidagi xizmat shartnomalarining bojxona yuk deklaratsiyalarida qayd etilishini yoʻlga qoʻyish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil iyun

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

 Soliq qoʻmitasi

(F. Pulatov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

44.

Savdo uylari orqali tovarlar eksportini amalga oshirishni yanada ragʻbatlantirish maqsadida valyuta tushumini 180 kundan ortiq muddatga belgilash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil iyun

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Markaziy bank

(T. Ishmetov)

IV. Targetlash va xavflarni monitoring qilish yoʻnalishida

45.

Ichki ishlar organlarining “Xavfsiz shahar” tizimini bojxona organlarining axborot tizimiga integratsiya qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil dekabr

Ichki ishlar vazirligi

(A. Tashpulatov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

46.

Bojxona qoʻmitasining Targetlash va xavflarni monitoring qilish boshqarmasida markazlashtirilgan holda inspeksion koʻrik majmualari rentgen tasvirlarini markazlashtirilgan holda tahlil qilish, GPS plombalar oʻrnatilgan transport vositalarining harakatini dasturiy taʼminotlar yordamida onlayn nazoratini amalga oshiruvchi tuzilma (boʻlim) tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil avgust

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

47.

Bojxona tizimida yirik hajmdagi maʼlumotlarni (big data) tahlil qilishni yoʻlga qoʻyish maqsadida, bojxona organlari axborot tizimlaridagi barcha maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan “Bojxona maʼlumotlar ombori” (Customs Data Warehouse) yagona platformasini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil davomida

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

48.

Yirik hajmdagi maʼlumotlarni zamonaviy usullarda tahlil qilish va ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilish amaliyotini bojxona tizimiga joriy etish.

Bunda:

“maʼlumotlar ilmi” (data science), statistik, ekonometrika boʻyicha fanlarga bojxona xodimlarini oʻqitish;

Bojxona institutida sunʼiy intellekt asosida “maʼlumotlar ilmi” (data science) boʻyicha darslarni oʻquv jarayonlariga joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-2027-yillar davomida

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

49.

Tovarlar importi va eksporti tuzilmasi hamda dinamikasi boʻyicha, shuningdek, xorijiy hamkor davlatlar bilan tovarlar tashqi savdosi holati boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etadigan “Tashqi savdo bojxona statistikasi” axborot tizimini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil dekabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov)

50.

Bojxona organlariga yangi buxgalteriya axborot tizimini joriy qilish. Bunda:

davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq dasturiy taʼminot ishlab chiquvchini aniqlash va shartnoma tuzish;

axborot tizimi uchun server va boshqa zarur qurilmalarni xarid qilish;

axborot tizimida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va axborot tizimini toʻliq ishga tushirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-2027-yillar

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

V. Xodimlarning huquqiy va ijtimoiy himoyasini takomillashtirish

51.

Bojxona organlari xodimlariga toʻlanadigan ijara kompensatsiyasi miqdorini harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga belgilangan miqdorga mos ravishda belgilash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tayyorlash.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2026-yil aprel

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

52.

Bojxona organlarida ijro intizomini taʼminlash, xodimlarining xizmat faoliyati samaradorligini baholash va axborot tizimlarida kadrlarning yagona siyosati amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida, bojxona organlarining shtatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron hujjat aylanish hamda Bojxona qoʻmitasining “Bojxona xodimi” axborot tizimlarida yuritish va ushbu tizimlarni tegishli axborot tizimlariga integratsiya qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

53.

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga bojxona organlari xodimlarini xizmat turar joylari bilan taʼminlashni tartibga solishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2026-yil dekabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

manfaatdor vazirlik va idoralar

VI. Xalqaro hamkorlik yoʻnalishida

54.

Jahon bojxona tashkiloti bilan hamkorlikda 7-Global kinologiya forumini Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil davomida

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

55.

Tashqi savdo koʻrsatkichlarining haqqoniyligini taʼminlash va huquqbuzarlik belgilarini aniqlash maqsadida Gruziya va Rossiya davlatlari bojxona idoralari bilan barcha bojxona rejimlari kesimida kengaytirilgan maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil dekabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

56.

Tashqi savdoda ulushi yuqori boʻlgan Hindiston, Pokiston, Eron, Latviya va Litva davlatlari bilan tashqi savdo bojxona statistikasi maʼlumotlari almashinuvini yoʻlga qoʻyish boʻyicha ushbu davlatlar bojxona idoralariga takliflar kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2027-yil mart

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

57.

Tovarlarning kelib chiqish mamlakatini tasdiqlovchi sertifikatlari haqidagi maʼlumotlarni almashish choralarini koʻrish.

Bunda:

Rossiya va Belarussiya davlatlari bilan axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish;

Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Gruziya va Xitoy davlatlariga takliflar kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil dekabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

58.

Chegara oʻtkazish punktlari orqali harakatlanadigan transport vositalari boʻyicha onlayn axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish yuzasidan Qirgʻiziston va Tojikiston davlatlarining bojxona idoralariga takliflar kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil dekabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

59.

Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkiya davlatlarining bojxona idoralari bilan vakolatli iqtisodiy operatorlarini oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi shartnomalar loyihalarini xorijiy tomonga yuborish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil dekabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

VII. Bojxona organlari infratuzilma obyektlarini rivojlantirish

60.

Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” DUK buyurtmachiligida, Bojxona qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan “S. Najimov” chegara bojxona postini zamonaviy koʻrinishda rekonstruksiya va modernizatsiya qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026 — 2029-yillar davomida

Toshkent viloyati hokimligi

(Z. Mirzayev),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

61.

Sirdaryo viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” DUK buyurtmachiligida, Bojxona qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan “Sirdaryo” chegara bojxona posti mavjud bino-inshootlarini zaruratga koʻra demontaj qilib, zamonaviy koʻrinishda rekonstruksiya qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026 — 2029-yillar davomida

Sirdaryo viloyati hokimligi

(E. Turdimov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

62.

Bojxona qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan, Andijon va Sirdaryo viloyatlarida xizmat uylarini qurish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-2027-yillar

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Andijon viloyati hokimligi

(Sh. Abduraxmonov),

Sirdaryo viloyati hokimligi

(E. Turdimov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250-son Farmoniga
6-ILOVA
Davlat bojxona xizmati organlari axborot tizimlariga real vaqt rejimida taqdim etiladigan va vazirlik-idoralar bilan axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyiladigan qoʻshimcha maʼlumotlar
ROʻYXATI

T/r

Maʼlumotlar nomi

Maʼlumotni taqdim qiluvchi idoralar

1.

Hibsga olingan, sud qarori chiqqan fuqarolar boʻyicha maʼlumotlar hamda sud qarorlari maʼlumotlari

Oliy sud

2.

Davlat bojxona organlari tomonidan davlat egaligiga oʻtkazilgan, sotuvga qaratilgan mol-mulklar va ularni sotishdan tushgan mablagʻlar haqida maʼlumot

Majburiy ijro byurosi

3.

Koʻchmas mulk va yer uchastkalari toʻgʻrisida toifalar boʻyicha maʼlumot

Kadastr agentligi

4.

Eksport/import va tranzit qilingan gaz hajmi toʻgʻrisida maʼlumot

Energetika vazirligi,

“Oʻzgaztreyd” AJ,

“Oʻztransgaz” AJ

5.

Eksport/import va tranzit qilingan elektr energiyasi hajmi toʻgʻrisida maʼlumot

Energetika vazirligi,

“Oʻzenergosotish” AJ

6.

Eksport/import qilinayotgan tovarlar qiymati haqida maʼlumotlar

Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi

7.

Jinoiy va maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Ichki ishlar vazirligi

8.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning joylashtirish vositalarida va davolash muassasalarida vaqtincha roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida maʼlumot

Ichki ishlar vazirligi,

Turizm qoʻmitasi

9.

Transport vositasining respublika hududida harakati haqida maʼlumot

Ichki ishlar vazirligi

10.

Qidiruvda boʻlgan shaxslar haqida maʼlumot

Ichki ishlar vazirligi

11.

“E-maʼmuriy ish”, “Elektron-jinoiy huquqiy statistika”, “Xavfsiz shahar” tizimlari bilan oʻzaro axborot almashish

Ichki ishlar vazirligi

12.

Roʻyxatdan oʻtgan fuqarolik holati dalolatnomalari va ularning tarkibi toʻgʻrisida maʼlumot

Adliya vazirligi

13.

Pensiyadagi shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumot

Pensiya jamgʻarmasi

14.

Fuqarolarning yaqin qarindoshlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti

15.

Fuqarolarning davlat fuqarolik xizmatidagi mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

16.

Korxonalardagi ish oʻrinlari va ularda ishlayotgan xodimlar toʻgʻrisidagi (Yagona milliy mehnat tizimi) maʼlumotlar

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

17.

Mobil telefon raqamlarining egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi

18.

Soliq organlari tomonidan TIF subyektlari boʻyicha oʻtkazilgan tekshiruvlar natijalari maʼlumotlari

Soliq qoʻmitasi

19.

TIF subyektlarining soliq hisoblari boʻyicha maʼlumotlar

Soliq qoʻmitasi

20.

Yuridik va jismoniy shaxslar kesimida haqiqatda foydalanilgan elektr energiyasi sarfi, amalga oshirilgan toʻlovlar va qarzdorlik toʻgʻrisida maʼlumot

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

21.

Yuridik va jismoniy shaxslar kesimida haqiqatda foydalanilgan tabiiy gaz sarfi, amalga oshirilgan toʻlovlar va qarzdorlik toʻgʻrisida maʼlumot

“Oʻztransgaz” AJ,

“Hududiy gaz tarmoqlari” AJ

22.

Yuridik va jismoniy shaxslar kesimida haqiqatda foydalanilgan suv sarfi, amalga oshirilgan toʻlovlar va qarzdorlik toʻgʻrisida maʼlumot

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

23.

Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tugatilganligi, toʻlovga qobiliyatsiz deb topilganligi boʻyicha maʼlumotlar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi

24.

Vafot etgan fuqarolar, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqib, boshqa davlatga doimiy yashash uchun chiqib ketganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Adliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi

25.

Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi orqali olib kirilgan naqd valyutani tijorat banklarida qaysi shartnomaga topshirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Markaziy bank

26.

Tovarlarning tashqi begʻaraz koʻmakka tegishliligi toʻgʻrisidagi xulosa

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

27.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish platformasi maʼlumotlari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

28.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarining elektron portali maʼlumotlari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

29.

Qishloq xoʻjaligi texnikalari va maxsus texnikalar, egalik huquqi toʻgʻrisida maʼlumotlar

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

30.

Sugʻurta kompaniyalari boʻyicha maʼlumotlar va rasmiylashtirilgan sugʻurta polislari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250-son Farmoniga
7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-yilda bojxona organlari infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasining 23-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2025-2026-yillar” soʻzlari “2026 — 2029-yillar davomida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-133-son Farmonida:
(a) 1-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalarining umumiy shtat birliklari soni 475 ta etib belgilansin va 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
(b) 6-ilovada:
“Jami” pozitsiyasining “Jami shtat birliklari soni” ustunidagi “471” raqami “475” raqami bilan, “Diplomatik tarkib” qismining “Maslahatchi yoki Bosh konsul” ustunidagi “97” raqami “101” raqami bilan hamda “Jami” ustunidagi “348” raqami “352” raqami bilan almashtirilsin;
“Belgiyadagi elchixona” pozitsiyasining “Jami shtat birliklari soni” ustunidagi “10” raqami “11” raqami bilan, “Diplomatik tarkib” qismining “Maslahatchi yoki Bosh konsul” ustunidagi “1” raqami “2” raqami bilan hamda “Jami” ustunidagi “7” raqami “8” raqami bilan almashtirilsin;
“Turkiyadagi elchixona” pozitsiyasining “Jami shtat birliklari soni” ustunidagi “12” raqami “13” raqami bilan, “Diplomatik tarkib” qismining “Maslahatchi yoki Bosh konsul” ustunidagi “2” raqami “3” raqami bilan hamda “Jami” ustunidagi “9” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin;
“XXRdagi elchixona” pozitsiyasining “Jami shtat birliklari soni” ustunidagi “21” raqami “22” raqami bilan, “Diplomatik tarkib” qismining “Maslahatchi yoki Bosh konsul” ustunidagi “5” raqami “6” raqami bilan hamda “Jami” ustunidagi “18” raqami “19” raqami bilan almashtirilsin;
“Qozogʻistondagi elchixona” pozitsiyasining “Jami shtat birliklari soni” ustunidagi “10” raqami “11” raqami bilan, “Diplomatik tarkib” qismining “Maslahatchi yoki Bosh konsul” ustunidagi “2” raqami “3” raqami bilan hamda “Jami” ustunidagi “8” raqami “9” raqami bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturida:
39-pozitsiya chiqarib tashlansin;
40-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2025 — 2027-yillar davomida” soʻzlari “2025 — 2029-yillar davomida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-son Farmoni bilan tasdiqlangan Ommaviy savdolarga chiqariladigan davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning koʻchmas mulk obyektlari roʻyxatining 411-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3351-son qarori 1-bandi “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi “boʻlmaganda” soʻzidan keyin “(bundan barqarorlik reytingida “BB” va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4391-son qarorining 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan:
a) 2027-yil 1-yanvarga qadar laboratoriya toʻplami, jihozlari va uskunalarni taʼlim ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda oʻz tashabbusiga koʻra chet eldagi ishlab chiqaruvchidan (uchinchi shaxslar ishtirokisiz) toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qilishga imkoniyat berilsin;
b) 2026-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvarga qadar chetdan olib kelinadigan belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan laboratoriya toʻplami, jihozlari va uskunalari import bojxona bojidan ozod etilsin.
Bunda imtiyoz qoʻllanilgan mazkur tovarlar import qilingan kundan boshlab 3 yil davomida boshqa shaxsga sotilgan yoki oʻtkazilgan yoxud ijaraga berilgan taqdirda, taqdim etilgan imtiyozlar bekor qilinadi hamda bojxona boji belgilangan tartibda toʻliq hajmda import qiluvchidan undirib olinadi”.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi “Yoʻl sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4545-son qarori 31-bandining “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan mezonlar va tartibga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi va uning hududi orqali tranzit oʻtishi uchun yigʻimlar va toʻlovlar amalga oshirilishi, shuningdek, tashuvchilar tomonidan transport vositalarining ruxsat etilgan vazn va gabarit parametrlariga rioya etilishi ustidan nazorat bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-329-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va uning tarkibidagi korxonalarning davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarga keyinchalik samarali foydalanish uchun balans qiymatida tekinga oʻtkaziladigan aktivlari roʻyxatida 29, 34, 35, 46, 48-pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-noyabrdagi “Yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-357-son qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-28-son qarorida:
(a) 22-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona qoʻmitasi raisi A. Mavlonovga — chegara oʻtkazish punktlari oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish maqsadida ularni modernizatsiya qilish va kengaytirish choralarini koʻrish hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan mezonlar va tartibga muvofiq xorijiy tashuvchilar tomonidan taqdim etilgan xalqaro yuk tashishga ruxsatnomalar asosida bojxona rasmiylashtiruvi oʻtkazilishini, xorijiy yuk avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻimlar undirilishini taʼminlash”;
(b) 2-ilovaning 19-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

19.

“Dovut ota” va “Gʻishtkoʻprik” chegara oʻtkazish punktlari infratuzilmasini yaxshilash.

Bunda,

Amaliy chora-tadbirlar

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

“Dovut-ota” chegara oʻtkazish punktini;

2026-yil 31-dekabr

“Gʻishtkoʻprik” chegara oʻtkazish punktini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish.

2025-yil 31-dekabr

.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish va bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-122-son qarorida:
(a) 12-bandning birinchi xatboshisidagi “2026” raqami “2027” raqami bilan almashtirilsin;
(b) 13-bandning “b” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
(v) 19-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
“g) chegara bojxona postlari hududlarini kengaytirish uchun qishloq xoʻjaligi yerlari yer fondi toifasi oʻzgartirilishi hisobiga ajratilgan (ajratiladigan) qoʻshimcha yer maydonlarini, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish nobudgarchilik oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlovlardan ozod etish”;
5-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bojxona qoʻmitasi maxsus jamgʻarmasi hisobidan homiylik yordamlarini koʻrsatish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari hamda Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga asosan amalga oshiriladi”;
15-bandning oʻn toʻqqizinchi xatboshisidagi “depozit raqamlarida” soʻzlari “muddatli depozitlariga shartnoma asosida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
36-bandning ikkinchi xatboshisi “yakuni” soʻzidan keyin “(professor-oʻqituvchilar faoliyati samaradorligini reyting baholash boʻyicha “Samaradorlikni baholash” moduli yuzasidan har oʻquv yili yakuni)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona posti, “Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti va “Toshkent-Humo aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari istisno tariqasida ushbu bojxona postlarida besh yil xizmat qilganidan soʻng teng lavozimga rotatsiya tartibida oʻtkaziladi”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
102-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“102. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishiga, shuningdek, roziligiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari farmoyishiga koʻra tayinlangan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yoxud yuqori turuvchi organlarning topshirigʻi boʻyicha boshqa davlat organlariga yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlarga, xalqaro tashkilotlarga tayinlangan (yuborilgan) bojxona organi xodimi oʻz majburiyatlarini bajarish davrida Bojxona qoʻmitasi kadrlarining amaldagi zaxirasiga kiritiladi”;
150-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 151-band bilan toʻldirilsin:
“151. Xodimlarga tibbiy reabilitatsiya doirasida profilaktik dam olish uchun qoʻshimcha sutkalarni berish tartibi Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan belgilanadi”;
222-banddagi “b”, “v”, “g”, “d” va “e” kichik bandlariga” soʻzlari “b”, “g”, “d” va “e” kichik bandlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
246-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona organlarining (Bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasasi bundan mustasno) mutaxassis, xizmat koʻrsatuvchi va yordamchi (texnik) lavozimlarining meʼyorlari, ularni kiritish shartlari, mehnatga haq toʻlash boʻyicha razryadlari, bazaviy stavkalari bojxona organlarining faoliyat xususiyatlaridan kelib chiqib, Bojxona qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi, ayrim bojxona organlari uchun qonunchilik hujjatlari bilan tasdiqlangan hollar bundan mustasno”;
36-bandning birinchi xatboshisidagi “taʼlim muassasalari” soʻzlari “taʼlim muassasalari, Bojxona rasmiylashtiruvi markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
60-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Intizomiy jazo qoʻllash haqidagi qaror oʻrtoqlik axloq kengashi xulosasi, hayʼat va kengash qarorlari hamda yigʻilish bayonlari, shuningdek, oʻtkazilish tartibi Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan belgilanadigan xizmat, kompleks, inspektorlik yoki maqsadli tekshiruvlar asosida qabul qilinadi”;
“I. Chegara bojxona postlari” boʻlimi quyidagi mazmundagi 181 va 182-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:

181.

“Toshkent-Humo aeroporti” chegara bojxona posti

182.

“Shovot chegaraoldi savdo zonasi” chegara bojxona posti

;

“III. Masofaviy elektron deklaratsiyalash (MED) bojxona postlari” boʻlimining 2 — 7-pozitsiyalari chiqarib tashlansin;
izoh qismi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“3) Shovot chegaraoldi savdo zonasi” chegara bojxona postining shtat birliklari alohida normativ-huquqiy hujjat bilan ajratiladi”;
3, 4, 41, 48, 52 va 53-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
51-pozitsiya “Ijro muddati” ustunidagi “2026-2027-yillar davomida” soʻzlari “2026 — 2029-yillar davomida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
54-pozitsiya “Ijro muddati” ustunidagi “2027-yil dekabr” soʻzlari “2029-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son)