1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.09.00 Gumanitar va texnik yordam]
[TSZ:
1.Moliya / Investitsiyalar;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Gumanitar va texnik yordam]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Investitsiya loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish monitoringi mexanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordami yuklarini va texnik koʻmaklashish mablagʻlarini hisobga olish va nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 10-avgustdagi 192-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi 110-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 238-modda)
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 07/18/3550/0793-son)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.09.00 Gumanitar va texnik yordam]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Gumanitar va texnik yordam]
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Loyiha takliflarini ishlab chiqish va kelishish, shuningdek texnik koʻmaklashish mablagʻlari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 8-noyabrdagi 319-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 45-son, 516-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin, shuningdek baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi 110-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 238-modda)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 07/18/3550/0793-son)
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qaroriga 3-ILOVA
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Asosiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibini, shuningdek muruvvat loyihalari monitoringi masalalarini belgilaydi va tartibga soladi.
2. Muruvvat (insonparvarlik) yordami — bu aholining ijtimoiy nochor guruhlariga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish, ijtimoiy soha muassasalarini qoʻllab-quvvatlash, tabiiy ofatlar, avariyalar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish uchun dori vositalari va tibbiyot uchun moʻljallangan buyumlar, oziq-ovqat, xalq isteʼmoli tovarlari, boshqa tovarlar, shu jumladan asbob-uskunalar, transport va texnika, shuningdek ixtiyoriy xayriyalar, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan, insonparvarlik yordami yuklarini tashish, kuzatib borish va saqlash uchun beriladigan maqsadli begʻaraz yordamning bir turidir.
Muruvvat yordami sifatida olingan tovarlar bojxonada rasmiylashtirish tartib-qoidalari amalga oshirilgandan keyin oluvchilar tomonidan “Insonparvarlik yordami” yozuvini qayd etgan, oluvchining rekvizitlarini koʻrsatgan holda tamgʻalanadi.
Muruvvat yordami xorijiy davlatlar, ularning federal yoki munitsipal tuzilmalari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar (keyingi oʻrinlarda donorlar deb ataladi) tomonidan koʻrsatilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek faoliyati foyda olishga qaratilmagan yuridik va jismoniy shaxslar (keyingi oʻrinlarda oluvchilar deb ataladi) shu jumladan, keyinchalik respublika isteʼmolchilari oʻrtasida taqsimlash maqsadida insonparvarlik yordamining oluvchilari boʻlishi mumkin.
Muruvvat yordami yuklarini oluvchilar dasturlar va donorlar bilan tuzilgan dasturlar va bitimlar yoki muruvvat yordami bilan bogʻliq tadbirlarni muvofiqlashtirish uchun masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining (keyingi oʻrinlarda Bosh vazir oʻrinbosari deb ataladi) qarorlari asosida aniqlanadi.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Tamaki mahsulotlari, alkogolli mahsulotlar, harbiy maqsaddagi tovarlar, shuningdek olib kelinishi taqiqlangan tovarlar muruvvat yordami yuklari jumlasiga kiritilishi mumkin emas.
Muruvvat yordami yuklarining pul ifodasidagi qiymatidan asosan bojxonada rasmiylashtirish maqsadlari uchun foydalaniladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
3. Oʻzbekistonda muruvvat yordami koʻrsatuvchi xalqaro va xorijiy nohukumat tashkilotlari vakolatxonalari va filiallari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida akkreditatsiya qilinadi. Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyatining (keyingi oʻrinlarda Kotibiyat deb ataladi) xulosasi xalqaro va xorijiy nohukumat tashkilot vakolatxonasi yoki filiali davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi va qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi uchun asos hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
4. Bosh vazir oʻrinbosarining muruvvat yordami masalalari boʻyicha qarorlari vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining bajarishi uchun majburiy hisoblanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Muruvvat yordamini muvofiqlashtirish ishlari tezkor bajarilishini tezkor taʼminlash maqsadida shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan tasdiqlanadigan doimiy ishlaydigan ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tashkil etiladi.
5. Muruvvat yordami yuklarini qabul qilish, bojxonada rasmiylashtirish, transportda tashish, toʻplash, saqlash, xatlovdan oʻtkazish, yuklarning xavfsizligi boʻyicha qoʻriqlash va boshqa karantin tadbirlarini oʻtkazish, muruvvat yordamini aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlash va ulardan samarali, maqsadli foydalanish uchun masʼuliyat:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tuziladigan muruvvat yordami boʻyicha hududiy komissiyalarga (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi);
ijtimoiy soha vazirliklari va idoralari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari huzurida tuziladigan muruvvat yordami boʻyicha tarmoq komissiyalariga (keyingi oʻrinlarda tarmoq komissiyalari deb ataladi) yuklanadi.
6. Muruvvat yordamidan belgilanmagan maqsadda foydalanishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javob beradilar.
II. Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi
7. Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi. Muruvvat yordami olinishidan oldin maxsus ekspert komissiyasi tomonidan bu yordamning maqsadga muvofiqligi aniqlanadi.
8. Muruvvat yordami sifatida Oʻzbekiston Respublikasiga keltiriladigan yuklarni bojxonada rasmiylashtirish qonun hujjatlariga muvofiq, Kotibiyatning koʻrsatilgan yuklarning muruvvat yordamiga mansubligi toʻgʻrisidagi xulosasi asosida amalga oshiriladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Oʻzbekiston Respublikasiga keltirilgan muruvvat yordami yuklari va yuklarni oluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar belgilangan tartibda har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan Kotibiyatniga va Moliya vazirligining Gʻaznachiligiga (keyingi oʻrinlarda — Gʻaznachilik deb ataladi) taqdim etiladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
9. Yuklarning muruvvat yordamiga mansubligini tasdiqlash uchun muruvvat yordamini oluvchi Kotibiyatga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
dastur yoxud donor tashkilot bilan muruvvat yordami boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim;
yukni joʻnatuvchining yuk muruvvat yordamiga mansubligi toʻgʻrisidagi invoysi (schyot-faktura);
yukni oluvchining yukning foydalanish maqsadi toʻgʻrisidagi xati;
yoʻl-transport yuk xatlari;
zaruriyat boʻlganda, karantin va boshqa inspeksiya xizmatlarining yukning qonun hujjatlariga muvofiq respublikaga keltirilishiga ruxsat etilgan yuklar roʻyxatiga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi.
10. Yuklarning muruvvat yordamiga mansubligi toʻgʻrisidagi xulosalar Kotibiyatning protokol tarzidagi qarori rasmiylashtiriladi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Muruvvat yordami yuklarini bojxonada tezkorlik bilan rasmiylashtirish maqsadida Kotibiyatning masʼul xodimlaridan tayinlangan muvofiqlashtiruvchi tomonidan ularning muruvvat yordamiga mansubligi toʻgʻrisidagi dastlabki xulosasi berilishiga yoʻl qoʻyiladi, keyinchalik mazkur xulosa Kotibiyatning protokoli bilan tasdiqlanadi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
11. Aeroportlarda, temir yoʻl va avtotransport stansiyalarining omborlaridagi muruvvat yordami yuklaridan saqlash, xabardor qilish, bojxona tartib-qoidalari, deklaratsiyalash, bekor turib qolish, tushirish-yuklash ishlari va boshqa xizmatlar uchun bojlar, yigʻimlar va boshqa xil toʻlovlar olinmaydi.
12. Muruvvat yordami yuklari sifatini va ularning xavfsizligini nazorat qilish belgilangan tartibda, toʻlov undirmasdan davlat nazoratining vakolatli organlari tomonidan amalga oshiriladi.
13. Muruvvat yordami yuklarining ularni tashish vaqtidagi saqlanishi tegishli transport tashkilotlari va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalari tomonidan, toʻlov undirmasdan taʼminlanadi.
14. Muruvvat yordami yuklarini oluvchilar insonparvarlik yuklarining hisobga olinishini, saqlanishini, ulardan maqsadli va samarali foydalanilishini, tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini hamda ularning aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishini taʼminlashga majburdirlar.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Muruvvat yordami sifatida keltirilgan tovarlarni hisobga olish va saqlash tijorat tovarlaridan alohida amalga oshiriladi.
15. Hududiy va tarmoq komissiyalari Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Bosh vazir oʻrinbosari tasdiqlashi uchun Kotibiyatga muruvvat yordami yuklarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlash boʻyicha takliflar taqdim etadilar, ular har yili beriladigan buyurtmanomalarga muvofiq boʻlishi (ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq shakl boʻyicha), shuningdek donor tashkilotlar va nodavlat notijorat tashkilotlarning takliflariga, xalq deputatlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari soʻrovlariga asoslanishi kerak.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
16. Muruvvat yordami yuklarining maqsadli foydalanilishi va ularni aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlash ustidan nazorat hududiy va tarmoq komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Muruvvat yordami yuklarini oluvchi budjet tashkilotlari boʻyicha nazorat, shuningdek yuqori tashkilotlar tomonidan ham amalga oshiriladi.
Hududiy va tarmoq komissiyalarining, shuningdek yuqori budjet tashkilotlarining insonparvarlik yordami yuklaridan maqsadli foydalanilishi va ularning aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishini nazorat qilish natijalari boʻyicha hisoboti hisobot davridan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, hisobga olish va nazorat qilish departamentiga (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi Departamenti deb ataladi) taqdim etiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
17. Huzurida tegishli tarmoq komissiyalari va hududiy komissiyalar tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek oluvchilar Gʻaznachilikka insonparvarlik yordami yuklari olinganligi va ulardan maqsadli foydalanilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar boʻyicha va muddatlarda taqdim etadilar.
Gʻaznachilik hududiy va tarmoq komissiyalari, shuningdek oluvchilar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar umumlashtirilishi va Moliya vazirligi Departamentiga taqdim etilishini taʼminlaydi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
18. Muruvvat yordami yuklarining maqsadli foydalanilishi va aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishini tekshirishlar belgilangan tartibda, Ishchi guruh tomonidan Kotibiyat tasdiqlagan jadval boʻyicha, zaruriyat boʻlganda, mustaqil ekspertlar, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi vakillarini jalb etgan holda oʻtkaziladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
19. Muruvvat yordami yuklarining oluvchilari yoki isteʼmolchilari hisoblanadigan budjet tashkilotlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlarni oʻtkazish vaqtida davlat moliya organlari tomonidan ularni tekshirish rejalariga muruvvat yordami yuklarining maqsadli foydalanilishi va ularning aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishini nazorat qilish ham kiritiladi.
20. Oʻtkazilgan tekshirishlar yakunlari boʻyicha dalolatnoma tuziladi, unda muruvvat yordami yuklarini bojxonada rasmiylashtirish, qabul qilish, hisobga olish va aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlash talablariga muvofiqlik, shu jumladan:
muruvvat yordami yuklarini saqlash va taqsimlash sharoitlari;
muruvvat yordami sifatida keltirilgan tovarlarda tamgʻaning mavjudligi;
olingan muruvvat yordami yuklari boʻyicha hisobga olish hujjatlarining (hisobga olish daftarlari, kitoblari, vedomostlar va shu kabilar) mavjudligi va toʻliqligi;
muruvvat yordami yuklari isteʼmolchilarining yuklarning olinganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holdagi nomlari koʻrsatilgan roʻyxatlarini tuzish;
muruvvat yordami sifatida olingan foydalanilmagan tovarlar miqdorining hisobi, sabablari, foydalanishga yaroqlilik muddati oʻtib ketgan tovarlar (mahsulotlar)ni koʻrsatgan holda;
fuqarolarning xatlari va shikoyatlari boʻyicha ishlarning amalga oshirilganligi aks ettiriladi.
III. Muruvvat loyihalarining amalga oshirilishi monitoringini yuritish tartibi
21. Muruvvat loyihalari amalga oshirilishi monitoringi ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha yuritiladi.
22. Donorlar tomonidan muruvvat yordami doirasida berilgan mablagʻlar, tovarlar va xizmatlardan foydalanish samaradorligini oshirish muruvvat loyihalarini amalga oshirish monitoringining maqsadi hisoblanadi.
23. Muruvvat yordami boʻyicha hududiy va tarmoq komissiyalari insonparvarlik yordamini jalb etishga doir takliflar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻadi, ishlaydi va umumlashtiradi hamda ushbu maʼlumotlarni har yili 1-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Moliya vazirligi muruvvat yordami boʻyicha hududiy va tarmoq komissiyalarining takliflari asosida kelgusi yilda insonparvarlik yordamini jalb etish uchun jamlanma buyurtmani 31-iyuldan kechiktirmay Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
24. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan muruvvat yordamini jalb etishga doir jamlanma buyurtmani donorlarga yuborish Ishchi guruh tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda respublikada akkreditatsiya qilingan donorlar vakolatxonalari orqali amalga oshiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
25. Muruvvat loyihalari monitoringining muntazam ravishda oʻtkazilishi yuzasidan masʼuliyat hududiy va tarmoq komissiyalariga yuklanadi.
26. Muruvvat loyihalarini amalga oshirish monitoringini amalga oshirish quyidagi hujjatlarni tayyorlash va yigʻish, shuningdek tasdiqlashni taʼminlashni nazarda tutadi:
a) Reja-jadval (ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha);
b) Ishlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobot (ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha);
v) Ishlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotga tushuntirish xati (ixtiyoriy shaklda), unda quyidagi maʼlumotlar boʻladi:
loyiha toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar (tarmoq sektori, loyihaning nomi, uning joylashgan joyi va kutilayotgan natijalari, muruvvat loyihasining ijrochilari, amalga oshirish davri, smeta qiymati, moliyalashtirish manbalari);
moliyalashtirishning borishi va ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilishi, muruvvat loyihasini amalga oshirishda paydo boʻlgan muammolar toʻgʻrisida axborot;
import qilinayotgan tovarlar va xizmatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar;
qoʻyilgan maqsadlarga erishilganligi va prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishi toʻgʻrisida maʼlumotlar.
27. Muruvvat yordami boʻyicha hududiy va tarmoq komissiyalari tomonidan hisobotlar Kotibiyatga va Gʻaznachilikka:
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Reja-jadval — har yili 25-yanvardan kechikmay;
Ishlarning bajarilishi toʻgʻrisida hisobot va Ishlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotga tushuntirish xati — hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay taqdim etiladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi hamda ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish
SXEMASI
1. Donorlar tomonidan oluvchilarga muruvvat yuklari berilishi.
2. Yuklarni oluvchilar tomonidan tovarlarning muruvvat yuklariga tegishliligi toʻgʻrisidagi hujjatlar tayyorlanishi va uning komissiya orqali Kotibiyatga yuborilishi (2a).
3. Kotibiyatning koʻrib chiqishi va bojxona organi tomonidan yuklarning muruvvat tusidaligi toʻgʻrisida xulosa berilishi.
4. Bojxona rasmiylashtiruvi va muruvvat yordami yuklari sifati ustidan nazorat qilish.
5. Bojxona organlari tomonidan muruvvat yuklari toʻgʻrisida VMning Kotibiyatga va Gʻaznachilikka maʼlumotlar yilning har choragida taqdim etilishi.
6. Muruvvat yordami yuklarini aniq tarzda taqsimlash loyihasini tayyorlash va asoslash.
6a. Muruvvat yordami yuklarini aniq tarzda taqsimlash loyihalarini Moliya vazirligi bilan kelishish.
7. Muruvvat yuklarini aniq tarzda taqsimlashni tasdiqlash.
8. Muruvvat yuklarini isteʼmolchilarga yetkazib berish va ularni hisobga olish.
9. Bojxona rasmiylashtiruvi, muruvvat yuklarini hisobga olish, ularni taqsimlash va ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish bilan bogʻliq chora-tadbirlar bajarilganligi aks ettirilgan holda tekshirishlar oʻtkazish va dalolatnomalar tuzish.
9a. Moliya vazirligi Departamentiga tekshirish natijalari toʻgʻrisida axborot taqdim etish.
10. Gʻaznachilikka Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar va muddatlar boʻyicha muruvvat yordami yuklari olinganligi va ulardan maqsadli foydalanish toʻgʻrisida axborot taqdim etish.
10a. Moliya vazirligi Departamentiga umumlashtirilgan axborot taqdim etish.
11. Maqsadli foydalanishni va taqsimlashning manzilliligini tekshirish, shu jumladan donorlar tomonidan tekshirish (11a).
12. Moliya vazirligi Departamentiga va Kotibiyatga muruvvat yordami loyihalari amalga oshirilishi toʻgʻrisida yigʻma axborot taqdim etish.
(1 ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Muruvvat dasturlarini amalga oshirish maqsadida muruvvat yordami boʻyicha hududiy komissiya buyurtmanomasining namunaviy shakli
1. Sarvaraq
a) dasturning nomi
b) hududiy komissiya toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (manzili, telefon, faks)
v) dasturning boshlanishi va tugallanishi sanalari
g) loyihaning jugʻrofiyasi (u qayerda amalga oshiriladi)
d) dasturning qiymati
2. Muammoning qoʻyilishi
3. Dasturning maqsadi va vazifalari
4. Dasturni amalga oshirish usullari va bosqichlari
5. Dastur monitoringi usullari
6. Kutilayotgan natijalar va ularni baholash mezonlari
7. Dasturning budjeti
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Muruvvat yordami boʻyicha tarmoq komissiyasining muruvvat yordami olishga buyurtmanomasining NAMUNAVIY ShAKLI
1) Tarmoq komissiyasining nomi
2) Muruvvat yordami sifatida olinayotgan tovarlarning soʻralayotgan guruhi nomi
(Masalan: dori-darmonlar va tibbiyot anjomlari)
3) Necha marta murojaat qilingan
(Buyurtmanoma birinchi buyurtmanoma yoki takroriy ekanligi koʻrsatilsin. Agar buyurtmanoma takroriy boʻlsa, qaysi xalqaro tashkilotga va qachon murojaat qilinganligi koʻrsatilsin)
4) Talab etiladigan muruvvat yuklari soʻrovi uchun shakl
MURUVVAT YORDAMINI OLUVChILAR
MURUVVAT YORDAMINING TALAB ETILGAN YuKLARI ROʻYXATI
KOMPLEKTLAR SONI
Masalan: Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Nogironlar aravachalari
10
5) Etkazib berishning kutilayotgan muddatlari
6) Muruvvat yordamidan foydalanish monitoringi usullari
(Masalan: bevosita oluvchilardan soʻrab chiqish, taqsimlash joyiga boruvchi komissiyalar, oluvchi tashkilotlar hisobotlari, boshqalar)
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Muruvvat yordamini amalga oshirish monitoringi
SXEMASI
1. Muruvvat yuklarini amalga oshirish boʻyicha takliflar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va umumlashtirish. 2. Taqdim etilgan axborotni tahlil qilish, har yili yigʻma hisobot tuzish, ustuvor loyihalarning birinchi navbatdagi roʻyxatini shakllantirish va ularni Moliya vazirligi bilan kelishish. 2a. Muruvvat yordamining ustuvor loyihalari boʻyicha Moliya vazirligi bilan kelishilgan axborotni Vazirlar Mahkamasining Kotibiyatiga taqdim etish. 3. Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan muruvvat loyihalarining ustuvor roʻyxati tasdiqlanishi va uni Oʻzbekiston Respublikasi TIV (3a) va Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan donorlar vakolatxonalari (3b) orqali donorlarga (3v) yetkazish. 4. Qoʻshma dastur yoki loyihani ishlab chiqish va tomonlarning javobgarligi toʻgʻrisidagi ikki tomonlama bitimni tayyorlash. 5. Loyiha toʻgʻrisidagi axborot yigʻilishini taʼminlash, reja-jadvalni tasdiqlash va loyiha boʻyicha ishlar bajarilishi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotlarni olish. 6a. Moliya vazirligining Gʻaznachiligiga muruvvat loyihalarining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan axborotni taqdim etish. 6b. Gʻaznachilik tomonidan Moliya vazirligi Departamentiga yigʻma axborot taqdim etilishi. 7. Moliya vazirligi Departamenti tomonidan Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyatiga yakuniy umumlashtirilgan axborotni taqdim etish.
(4 ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Muruvvat loyihasini tayyorlash va amalga oshirish reja-jadvali
Loyihaning nomi ____________ Bajaruvchi____________ Loyihaning rejalashtirilayotgan muddatlari: 200__ .
T/r
Loyiha qismining nomi
Natura koʻrsatkichini oʻlchash birligi
Bajarilish \ moliyalashtirish hajm
Loyiha boʻyicha hammasi
Shu jumladan yillar boʻyicha
Tadbirlar (ishlar turi)
Rejalashtirilayotgan yil boshlangungacha
Rejalashtirilayotgan bir yilga
Prognoz
Bir yilga hammasi
Shu jumladan choraklar boʻyicha
2-yil-ga
3-yil-ga
Undan keyingi yillarga
I
II
III
IY
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
Izoh: Loyiha qismlari boʻyicha tadbirlar (ishlar turlari)ni bajarish va moliyalashtirishning rejadagi hajmlari jadvalga kasr shaklida kiritiladi, tegishli oʻlchov birliklaridagi naturadagi koʻrsatkich surat, maxraj esa – valyutadagi moliyalashtirish summasi. Naturadagi koʻrsatkich deganda fizik miqdorlar (uzunligi, hajmi, massasi, miqdori va hokazolar), ishlab chiqilgan hujjatlar (loyiha-smeta hujjatlari, hisobot, xulosa va hokazolar) yoki amalga oshirilgan ishlar (maslahat, seminar, xizmat safari, xarid qilish, nazorat, hujjatni tasdiqlash va hokazolar) nazarda tutiladi.
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Muruvvat yordami boʻyicha ishlarning bajarilishi toʻgʻrisida hisobot
Loyihaning nomi ____________ Bajaruvchi____________ Loyihaning rejalashtirilayotgan muddatlari: 200__ .
T/r
Loyiha qismining nomi
Natura ifodasida ish turlari
Naturadagi koʻrsatkichning oʻlchov birligi
Natura ifodasida ishlarni bajarish hajmi
Hisobot choragidagi oʻzlashtirish hajmi Soʻm yoki AQSh dollari
Yil boshidan boshlab
Shu jumladan hisobot choragida
reja
amalda
reja
amalda
reja
amalda
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Izoh: Naturadagi koʻrsatkich deganda fizik miqdorlar (uzunligi, hajmi, massasi, miqdori va hokazolar), ishlab chiqilgan hujjatlar (loyiha-smeta hujjatlari, hisobot, xulosa va hokazolar) yoki amalga oshirilgan ishlar (maslahat, seminar, xizmat safari, xarid qilish, nazorat, hujjatni tasdiqlash va hokazolar) nazarda tutiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qaroriga 4-ILOVA
Loyiha takliflarini ishlab chiqish va kelishish, shuningdek texnik koʻmaklashish mablagʻlari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida
Nizom
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom loyiha takliflarini ishlab chiqish va kelishish, shuningdek davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumat tashkilotlari, chet el fuqarolari, shuningdek xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda donorlar deb ataladi) texnik koʻmaklashish mablagʻlari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
2. Texnik koʻmaklashish – bu asbob-uskunalar va texnologiyalar xarid qilish, tajriba-konstruktorlik ishlarini, ilmiy yoki boshqa tadqiqotlarni amalga oshirish, davolash, oʻqitish, xodimlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maslahat xizmatlari koʻrsatish hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maqsadlar uchun donorlar tomonidan natura tarzidagi grantlar va pul shaklida beriladigan maqsadli mablagʻlardir.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
3. Donorlarning texnik koʻmaklashish mablagʻlari hisobiga amalga oshirish nazarda tutilayotgan loyiha takliflarini ishlab chiqish va kelishish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
4. Donorlarning texnik koʻmaklashish mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi monitoringi va nazorat qilish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
II. Loyiha takliflarini ishlab chiqish va kelishish
5. Har yili 31-maydan kechikmasdan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kelgusi yilda donorlar tomonidan moliyalashtirish nazarda tutilayotgan texnik koʻmaklashishning ustuvor loyihalari roʻyxati tayyorlanadi hamda Moliya vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishgan holda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Texnik koʻmaklashish boʻyicha ustuvor loyihalarning roʻyxatiga asosan texnik koʻmaklashish mablagʻlarini jalb qilishni donorlar bilan ishlab chiqish Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
6. Har yili 25-yanvardan kechikmasdan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda joriy yilda amalga oshirish uchun donorlar bilan oldindan ishlab chiqiladigan loyihalar roʻyxati tayyorlanadi va koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 10-fevralgacha tasdiqlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
7. Yangi loyiha taklifini ushbu Nizomning 5 va 6-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatlarga kiritish uchun loyiha tashabbuskori boʻlgan vazirlik yoki idora yoxud texnik koʻmak oluvchi (ijro etuvchi agentlik) loyiha taklifini (oʻzbek/rus va ingliz tillarida) ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Loyiha taklifi pasportini ilova qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga kiritadi.
Donorning oʻzi loyiha tashabbuskori boʻlgan taqdirda, u Oʻzbekiston Respublikasi hududida donorning/vakilining faoliyatini muvofiqlashtirish uchun masʼul boʻlgan vazirlik yoki idora/donor orqali (bunday vazirlik yoki idora boʻlmagan taqdirda — bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga) loyiha taklifini ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Loyiha taklifi pasportini ilova qilgan holda, keyinchalik koʻrib chiqish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yuborish uchun, taqdim etadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi loyiha taklifi olingandan keyin oʻn kun muddatda, tahlil oʻtkazish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga loyiha taklifini koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatlarga kiritishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etadi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi hududida donor faoliyatini muvofiqlashtirish uchun masʼul vazirlik/donorning vakili hisoblangan taqdirda, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi loyiha taklifi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga loyiha taklifini koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatlarga kiritishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etadi.
Zarur boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etilgan loyiha takliflarini koʻrib chiqish uchun loyihani amalga oshirishning moʻljallanayotgan sohasiga aloqador boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralarni jalb qilishga haqlidir.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi barcha xulosalar olingandan keyin bir hafta muddatda:
ijobiy xulosalar mavjud boʻlgan taqdirda loyiha taklifini koʻrib chiqish va yuqorida koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatlarga kiritishning maqsadga muvofiqligi haqida qaror qabul qilish uchun umumlashtirilgan xulosani Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
loyihani amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi masalasida manfaatdor vazirliklar va idoralar oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda vazirliklar va idoralarning umumlashtirilgan fikrini u yoki bu loyihani texnik koʻmaklashish loyihalari roʻyxatiga kiritishga doir uzil-kesil qaror qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
loyiha hujjatini puxtalashtirish zarur boʻlganda uni Oʻzbekiston Respublikasi hududida donorning/donorning vakili faoliyatini muvofiqlashtirish uchun masʼul boʻlgan vazirlik yoxud idora orqali loyiha tashabbuskoriga/ijro etuvchi agentlikka, bunday vazirlik yoki idora boʻlmagan taqdirda – bevosita donorga qaytaradi.
9. Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori olingandan keyin uch kun muddatda:
loyiha tashabbuskorini/ijro etuvchi agentlikni qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qiladi;
ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda loyiha taklifini (oʻzbek/rus va ingliz tillarida) keyinchalik donorlar bilan ishlab chiqish va kelishish uchun Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligiga va xalqaro moliya institutlarida Oʻzbekiston Respublikasidan boshqaruvchilar ofislariga yuboradi;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
donorning oʻzi loyiha tashabbuskori boʻlgan taqdirda uni Oʻzbekiston Respublikasi hududida donorning/donor vakilining faoliyatini muvofiqlashtirish uchun masʼul boʻlgan vazirlik yoki idora orqali, vazirlik yoki idora boʻlmagan taqdirda esa — bevosita donorni qabul qilingan qaror toʻgʻrisida, qaror ijobiy boʻlgan taqdirda loyihani Oʻzbekiston tomonidan amalga oshirish boʻyicha tayinlangan ijro etuvchi/birgalikda ijro etuvchi agentlik toʻgʻrisida xabardor qiladi. Oʻzbekiston tomonidan ijro etuvchi/birgalikda ijro etuvchi agentlikning mavjud boʻlishi Oʻzbekiston Respublikasi hududida barcha texnik koʻmaklashish loyihalarini amalga oshirishning majburiy sharti hisoblanadi.
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari texnik koʻmaklashish loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibiga rioya etilishi uchun shaxsan javob beradilar.
III. Texnik koʻmaklashish loyihalarini amalga oshirish monitoringi
10. Texnik koʻmakni oluvchi vazirlik yoki idora (ijro etuvchi agentlik) donor tomonidan texnik koʻmaklashish granti maqullanishi toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingandan keyin ikki hafta muddatda Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, hisobga olish va nazorat qilish departamentiga (keyingi oʻrinlarda Moliya vazirligining departamenti deb ataladi) Moliya vazirligi bilan kelishilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan tasdiqlangan:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
a) texnik koʻmaklashish loyihasini amalga oshirish tadbirlari rejasini;
b) grant mablagʻlarini oʻzlashtirish jadvalini;
v) texnik koʻmaklashish loyihasi doirasida xarid qilish va/yoki yetkazib berish moʻljallanayotgan asbob-uskunalar, tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxatini;
g) loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi imzolangan bitim nusxasini taqdim etadi.
11. Vazirliklar, idoralar va Oʻzbekiston Respublikasi mintaqalari boʻyicha axborotlarni turkumlash va texnik koʻmaklashishdan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi har chorakda hisobot choragi oxirgi oyining 25-kunidan kechikmay Moliya vazirligining departamentiga texnik koʻmakni oluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan shakl boʻyicha taqdim etadi (ushbu Nizomga 4-ilova).
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
12. Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi donorlar jalb etilishi va loyihani amalga oshirish davomida ular tomonidan majburiyatlar bajarilishining doimiy monitoringini olib boradi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi donorlar tomonidan texnik koʻmaklashish loyihalarini moliyalashtirish yuzasidan qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisida Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga tushayotgan maʼlumotlar haqida oʻz vaqtida Moliya vazirligining departamentiga xabar beradi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning 27-kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hamda Vazirlar Mahkamasiga donorlarni jalb etish va Oʻzbekiston Respublikasida texnik koʻmaklashish loyihalarining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi tahliliy materiallarni taqdim etadi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
13. Grant mablagʻlari hisobiga tovarlar (ishlar va xizmatlar) sotib olish donorlar tomonidan belgilangan tartibotlarga muvofiq tender asosida amalga oshiriladi va ular uchun haq, qoidaga koʻra, ularning qarorgohlarida ochilgan tegishli hisob raqamlaridan toʻgʻridan toʻgʻri toʻlanadi. Grant mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasida oluvchilar hisob raqamlariga ularning faqat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat bankida maxsus ochilgan hisob raqamlariga tushadi.
14. Donorlarning texnik koʻmaklashish loyihalari doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelinayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish ushbu loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomalarga va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ijro etuvchi agentliklar uch kun mobaynida Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga va Moliya vazirligining departamentiga donorlarning texnik koʻmaklashish loyihalarini amalga oshirish doirasida olib kelinayotgan tovarlar tushganligi toʻgʻrisida axborot beradi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tovarlar donorlarning texnik koʻmagiga tegishliligi toʻgʻrisidagi xulosa zarurligi bayon qilingan taqdirda bojxonada rasmiylashtirish maqsadida ijro etuvchi agentliklarga ushbu xulosa Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida texnik koʻmaklashish loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisida tuzilgan tegishli shartnomalarni tahlil qilish asosida beriladi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi berilayotgan xulosalarning hisobga olinishi va ularning donorlar bilan tuzilgan shartnomalariga muvofiqligi uchun javob beradi.
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
15. Texnik koʻmaklashish loyihalari tugallangandan keyin ijro etuvchi agentliklar bir oy muddatda Moliya vazirligining departamentiga hamda Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga loyihaning erishilgan maqsadlarini, iqtisodiy, ijtimoiy va/yoki ilmiy samarasini, balansga qabul qilinganligi va yetkazib berilgan moddiy-texnika vositalaridan foydalanish yoʻnalishlarini aks ettiruvchi texnik koʻmaklashish loyihasi amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi ijro etuvchi agentlikning rahbari tomonidan tasdiqlangan yakunlovchi hisobotni, shuningdek loyiha natijalarini qoʻllashga doir chora-tadbirlar rejasini taqdim etadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
16. Ushbu Nizomning 10 va 15-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarning oʻz vaqtida va toʻliq taqdim etilishi uchun masʼuliyat ijro etuvchi agentlik rahbariga yuklanadi.
IV. Grant mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish
17. Grant mablagʻlarini oʻz vaqtida oʻzlashtirish va ulardan maqsadli foydalanish uchun masʼuliyat ijro etuvchi agentlik rahbari zimmasiga yuklanadi.
18. Texnik koʻmaklashish loyihalari amalga oshirilishi ijro etuvchi agentliklar va manfaatdor tomonlarning vakillari taklif etilgan holda har chorakda kamida bir marta Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligining departamenti tomonidan koʻrib chiqiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
19. Grant mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanilishini nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida Moliya vazirligi texnik koʻmaklashish loyihalari amalga oshirilishi boʻyicha ijro etuvchi agentliklar faoliyatini belgilangan tartibda tekshirish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etishga haqlidir.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
20. Ijro etuvchi agentliklar tomonidan grant mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish, shuningdek yuqori tashkilotlar tomonidan zarurat boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Texnik koʻmak olgan budjet tashkilotlari belgilangan tartibda Gʻaznachilikka, davlat soliq xizmati organlariga grant mablagʻlaridan foydalanilishini aks ettiruvchi hisobotni, shu jumladan pul shaklida koʻmak olgan budjet tashkilotlari — budjet mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobot singari hisobotni taqdim etadilar.
21. Loyihani amalga oshirish jadvalidan orqada qolish, grant mablagʻlaridan samarasiz va boshqa maqsadda foydalanish hollari aniqlangan taqdirda Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyatiga ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Texnik koʻmaklashish mablagʻlaridan boshqa maqsadlarda foydalanishda, shuningdek texnik koʻmaklashish mablagʻlaridan maqsadli foydalanish monitoringi olib borilishi va nazorat qilinishi tartibini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Donorlarning texnik koʻmaklashish mablagʻlari hisobiga amalga oshirish nazarda tutilayotgan loyiha takliflarini ishlab chiqish va kelishish
SXEMASI
1. Kelgusi yilda donorlar tomonidan moliyalashtirish nazarda tutilayotgan texnik koʻmaklashishning ustuvor loyihalari roʻyxati
2. Joriy yilda amalga oshirish uchun donorlar bilan oldindan ishlab chiqilayotgan loyihalar roʻyxati
3. Loyiha taklifi pasporti ilova qilingan loyiha taklifi
4. Loyiha taklifi boʻyicha xulosa
5. Taqdim etilgan loyiha taklifini roʻyxatlarga kiritishning maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun umumlashtirilgan xulosa
5a. Loyiha hujjatini puxtalashtirish
6. Loyiha taklifini roʻyxatlarga kiritish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi qaror
7. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabar berish
7a. Qabul qilingan qaror va tayinlangan ijro etuvchi agentlik toʻgʻrisida xabar berish
7b. Keyinchalik donorlar bilan ishlash uchun loyiha taklifi
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Donorlarning texnik koʻmaklashish mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi monitoringi va nazorat qilish
SXEMASI
monitoring
1. Donor tomonidan texnik koʻmaklashish loyihasini moliyalashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi.
2. Moliya vazirligi bilan kelishilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan tasdiqlangan texnik koʻmaklashish loyihasini amalga oshirish tadbirlari rejasi va grant mablagʻlarini oʻzlashtirish jadvali.
3. Texnik koʻmak oluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
4. Texnik koʻmaklashish grantlari boʻyicha Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllar boʻyicha hisobot olish.
5. Umumlashtirilgan yigʻma axborot taqdim etish.
5a. Texnik koʻmaklashish mablagʻlarining tushishi va oʻzlashtirilishi toʻgʻrisida yigʻma axborot.
6. Donorlar jalb etilishi va loyihani amalga oshirish davomida ular tomonidan majburiyatlar bajarilishining doimiy monitoringi.
6a. Loyiha amalga oshirilishining, texnik koʻmaklashish mablagʻlari oʻzlashtirilishi va ulardan maqsadli foydalanilishining doimiy monitoringi.
6b. Loyihani amalga oshirish jadvalidan orqada qolish hollarini bartaraf etish yuzasidan takliflar.
7. Tovarlarning kelib tushishi toʻgʻrisida axborot.
8. Tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish.
9. Loyihaning amalga oshirilishi toʻgʻrisida yakuniy hisobot.
nazorat
10. Grant mablagʻlaridan foydalanilishini nazorat qilish.
10a. Tekshirishlar natijalari toʻgʻrisida axborot taqdim etish.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Donorlarning texnik koʻmagini oluvchilar toʻgʻrisidagi MAʼLUMOTLAR 20__ yil ___ choragi uchun
Mablagʻlarni oluvchi
Grantning tartib raqami yoki kodi
Grantning nomi
Donorning nomi
Grant mablagʻlaridan foydalanish boshlangan sana
Grant summasi (ming AQSh dollari)
1
2
3
4
5
6
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi
20__ yil “___” ______________”.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qaroriga 5-ILOVA
I. Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi toʻgʻrisida” 2000-yil 4-yanvardagi 1-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti tomonidan Iqtisodiyot vazirligi, Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari kotibiyatlari bilan birgalikda” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari bilan birgalikda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Muruvvat yordamidan va begʻaraz texnik koʻmakdan maqsadli foydalanilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-iyuldagi 268-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 44-modda) “Vazirlar Mahkamasining Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
II. Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi toʻgʻrisida” 2000-yil 4-yanvardagi 1-son qarorining 1-bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Muruvvat yordamidan va begʻaraz texnik koʻmakdan maqsadli foydalanilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-iyuldagi 268-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 44-modda) 1-bandi, shuningdek qarorga 1 va 2-ilovalar.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 2-dekabrdagi 538-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 12-son, 128-modda) 8-bandi, shuningdek qarorga 7-ilova.