Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi PQ-332-sonli “Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazishning samarali va aniq mexanizmlarini yaratish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-sonli xamda “Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va roʻyobga chiqarish, davlat xaridlarini amalga oshirish doirasida hujjatlarni kompleks ekspertiza qilishning samarali tizimini yaratish toʻgʻrisida” 2018-yil 8-yanvardagi PQ-3464-sonli qarorlariga muvofiq:
1. Quyidagilar:
Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Davlat tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish uchun tender hujjatlarini va texnik vazifalarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3874-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (keyingi oʻrinlarda matnda Markaz deb yuritiladi) qonun hujjatlariga muvofiq berilgan vakolatlar bilan birga:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi PQ-4678-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son)
a) loyihaoldi va loyiha hujjatlarini, shuningdek, mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq amalga oshiriladigan, moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar strategik foydali qazilmalarni qazib olish va/yoki qayta ishlashni nazarda tutadigan investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun texnik vazifalarni kompleks ekspertizadan oʻtkazadi;
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi PQ-3794-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2018-y., 07/18/3794/1378-son)
b) qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan oshgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridiga boʻlgan texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazadi;
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi PQ-4678-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son)
v) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda eng yaxshi takliflarni tanlab olish va toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar asosida strategik xarid qiluvchilar tomonidan tuzilgan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining qirq ming baravaridan oshgan import kontraktlar va ularga qoʻshimcha kelishuvlarni ekspertizadan oʻtkazadi va roʻyxatga oladi.
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi PQ-4678-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son)
Bunda Markaz bilan xarid qilinayotgan buyumga narx belgilash va/yoki yetkazib beruvchini aniqlash masalalari kelishib olinmagan taqdirda, normativ-huquqiy hujjatlarda muayyan yetkazib beruvchilarning nomini va/yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymatini koʻrsatish taqiqlanadi.
3. Belgilansinki:
tender hujjatlarini, tovarlarning (ish va xizmatlarning) davlat xaridiga texnik topshiriqlarni, kontraktlarni, import kontraktlarini va ularga qoʻshimcha bitimlarni (kontrakt va import kontraktlari qiymati oshirilganda) kompleks ekspertizadan oʻtkazish uchun qoʻshimcha qiymat soligʻini hisobga olmagan xolda umumiy summaning (tender hujjatlari boʻyicha — har bir lot summasining, qoʻshimcha bitimlar boʻyicha — qoʻshimcha bitim summasining) 0,1 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda haq undiriladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
loyihalarning dastlabki texnik iqtisodiy asoslanishini yoki dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitobini, texnik-iqtisodiy asoslanishini yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitobini kompleks ekspertizadan oʻtkazish uchun haq ushbu qarorning 4-ilovasida belgilangan tartibda undiriladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi PQ-3794-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2018-y., 07/18/3794/1378-son)
Ekspertiza 100 foizlik oldindan haq toʻlash sharti bilan oʻtkaziladi.
Quyidagi hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish uchun haq undirilmaydi:
loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun texnik vazifa;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
xarid qilinadigan tovarlarning (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilari va yoki narxi belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari asosida tuziladigan import kontraktlari;
tenderlar oʻtkazish yakunlari boʻyicha tuziladigan import kontraktlari, Markazda ekspertizadan oʻtkazilgan tender hujjatlari.
infratuzilmaviy loyihalar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining qarorlari asosida amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha loyihaoldi xamda loyiha hujjatlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida jalb etiladigan kredit (qarz) mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlari boʻyicha tender hujjatlari va import kontraktlari.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi PQ-3794-sonli qaroriga asosan xatboshilarbilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2018-y., 07/18/3794/1378-son)
 LexUZ sharhi
3-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3874-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019-yilning 1-fevraligacha boʻlgan muddatda Markaz tomonidan ekspertiza qilish va roʻyxatdan oʻtkazishda eksperimental tartibda shartnomalar tuzish, hisob-kitoblar oʻtkazish, axborot uzatishning elektron ayirboshlash tartibini, shuningdek, axborot tizimi orqali elektron raqamli imzodan foydalanish uchun elektron hujjat joriy etilishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda eksperimental tartib yakunlari boʻyicha elektron hujjat ayirboshlashni keng qoʻllash maqsadida axborot tizimi orqali elektron hujjat ayirboshlashni joriy etishga doir takliflarni, qonun hujjatlariga muvofiq qogʻozdagi hujjatlarga teng maqomga ega boʻlgan elektron hujjatlardan foydalanish boʻyicha standartlar, normalar va qoidalarni ishlab chiqishga doir takliflarni kiritsin;
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu qaror qoidalaridan kelib chiqib, Markazning vakolatlarini takrorlaydigan davlat organlarining vakolatlarini maqbullashtirish, shuningdek, ularning tegishli tarkibiy boʻlinmalarini soddalashtirish toʻgʻrisidagi takliflarni bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlari 6-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining direktori Sh.M. Sodiqov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-fevral,
PQ-3550-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-son qaroriga
1-ILOVA
Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlari (keyingi oʻrinlarda — hujjatlar)ni hamda ularni ishlab chiqish uchun texnik topshiriqlarni ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ishlab chiqiladigan:
a) budjet tizimi budjetlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining davlat rivojlanish dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan:
namunaviy va takroran ishlatiladigan loyihalardan foydalaniladigan infratuzilma loyihalari (ijtimoiy soha va uy-joy fondi obyektlarini qurish) boʻyicha — namunaviy loyihalar. Bunda kelgusidagi loyihalarning namunaviy loyihaga muvofiqligini ekspertizadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK tomonidan amalga oshiriladi;
yakka tartibdagi va boshqa investitsiyaviy hamda infratuzilma loyihalari boʻyicha — qiymati 10 milliard soʻm va undan ortiq boʻlgan loyihalar. Bunda qiymati 10 milliard soʻmdan kam boʻlgan loyihalarni ekspertizadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK tomonidan amalga oshirilishi lozim;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarorlari asosida amalga oshiriladigan, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar taqdim etishni koʻzda tutadigan loyihalar (ushbu Nizomning 3-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida koʻrsatilgan loyihalardan tashqari);
v) xoʻjalik boshqaruvi organlari, ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga ustav fondi (kapitali)ning 50 foizi va undan ortigʻi tegishli boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga oshirilayotgan — qiymati 5 million AQSh dollari ekvivalentidan ortiq boʻlgan loyihalar (ushbu bandning “a” kichik bandiga muvofiq moliyalashtiriladigan loyihalardan tashqari);
g) moliyalashtirish manbaidan qatʼi nazar, strategik foydali qazilmalarni qazib olish va/yoki qayta ishlashni koʻzda tutuvchi loyihalar (ushbu Nizomning 3-bandi “b” va “v” kichik bandlarida koʻrsatilgan loyihalardan tashqari) hujjatlariga tatbiq etiladi.
3. Ushbu Nizom quyidagi loyihalarning:
a) xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlari ishtirokida amalga oshiriladigan;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan loyihani ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlashning alohida tartibi belgilangan;
v) mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq amalga oshirilayotgan;
g) moliyalashtirish manbaidan qatʼi nazar, xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilayotgan, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan (basharti bu ushbu Nizomning 2-bandi “g” kichik bandiga zid kelmasa) loyihalar boʻyicha hujjatlarga tatbiq etilmaydi.
Ushbu Nizom, shuningdek, qiymatining 70 foizi toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarga, qolgan qismining moliyalashtirish manbaidan qatʼi nazar, tatbiq etilmaydi (ushbu Nizomning 2-bandi “g” kichik bandida koʻrsatilgan loyihalardan tashqari).
4. Ushbu Nizomning 2 va 3-bandlarida belgilangan talablardan qatʼi nazar, loyiha tashabbuskorlari (buyurtmachilar) investitsiyaviy va infratuzilma loyihalari boʻyicha hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (keyingi oʻrinlarda — Markaz)ga kompleks ekspertizadan oʻtkazish uchun ixtiyoriy ravishda va shartnoma asosida kiritishi mumkin.
5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
tashabbuskor (buyurtmachi) — loyiha tashabbuskori boʻlgan davlat organlari, budjet tashkilotlari, yuridik yoki jismoniy shaxslar;
investitsiyaviy loyiha — iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish maqsadida amalga oshirilishi yoki investitsiya jalb qilinishi moʻljallangan loyiha;
infratuzilma loyihasi — past rentabelli yoki rentabelsiz ijtimoiy, yoʻl-transport, suv xoʻjaligi va muhandislik-kommunikatsiya obyektlarini qurish, modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish va kengaytirishga qaratilgan loyiha;
loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun texnik vazifa (keyingi oʻrinlarda — texnik vazifa) — loyiha uchun ishlab chiqilayotgan loyihaoldi hujjatlarining asosiy yoʻnalishlari, uning texnik tavsifi, sifat koʻrsatkichlari va texnik-iqtisodiy talablari, hujjatlarni ishlab chiqish uchun zarur taomillarni bajarish va ularning tarkibi boʻyicha koʻrsatmalar, shuningdek, boshqa maxsus talablarni belgilovchi hujjat;
ishlab chiquvchi — tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq yoki shartnoma asosida jalb qilingan, agar qonunchilikda mazkur faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun litsenziya olish nazarda tutilgan boʻlsa, tegishli sohada obyektlarni loyihalashtirishga litsenziya olgan, loyiha oldi yoki loyiha hujjatlarini ishlab chiquvchi ijrochi;
texnik-iqtisodiy asoslar yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitob (keyingi oʻrinlarda — TIA/TIHK) — loyihaning umuman eng koʻp miqdordagi qiymatini va moliyalashtirish ehtiyoji hajmini koʻrib chiqilgan moliyalashtirishning dastlabki shartlarini hisobga olgan holda belgilab beruvchi muqobil variantlarni oʻrganish asosida loyihani amalga oshirishning eng samarali texnik-texnologik va tashkiliy yechimini tanlashni asoslab beruvchi loyiha oldi hujjatlar;
ishchi loyiha (keyingi oʻrinlarda — IL) — eng koʻp qiymat aks etgan asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar va ishchi hujjatlar boʻlgan tasdiqlanadigan qism hamda ishchi chizmalar bilan birga tayyorlanadigan texnik loyihadan tashkil topgan loyiha hujjati;
ishchi hujjatlar — alohida binolar va inshootlar hamda ish turlari uchun ishchi chizmalar jamlanmasidan iborat loyiha hujjati. Murakkab obyektlar boʻyicha ishchi hujjatlarni tayyorlashda butun bino va inshoot uchun ishlab chiqiladigan ishchi chizmalari bilan birga loyihaning aniqlashtiruvchi materiallari boʻyicha qoʻshimcha oʻrganishlar amalga oshiriladi. Ishchi hujjatlarda ish haqi va asosiy qurilish materiallari xarajatlaridagi oʻzgarishlar keltirilishi, spetsifikatsiyalar, jihozlar va mahsulotlarning tegishli turlariga esa oʻlcham sxemalari, bino va inshoot uchun ishchi qurilish chizmalarining pasportlari tuzilishi lozim. Qoidaga koʻra, ishchi hujjatlar belgilangan tartibda tasdiqlangan TIA/TIHK asosida ishlab chiqiladi;
tarmoq ilmiy-texnik kengashi (keyingi oʻrinlarda — TITK) — dunyo bozorlarining rivoji, ilgʻor texnologiyalarni joriy qilish va mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash yoʻnalishlarini inobatga olgan holda, loyihaning asosiy texnik-texnologik yechimlarini uning tarmoq rivojlanish istiqbollariga muvofiqligi nuqtai nazaridan aniqlash maqsadida tashabbuskor (buyurtmachi) qarori bilan tashkil etiladigan kollegial organ;
strategik foydali qazilmalar — qimmatli, rangli, kamyob va nodir metallar, uglevodorodlar, koʻmir, uran.
6. Loyiha oldi hujjatlarni ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash ushbu Nizomga 1-ilovada berilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Hujjatlarni ishlab chiqish
7. Texnik topshiriq tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan tegishli vazirlik (idora) bilan birgalikda ishlab chiqiladi. TIA/TIHK ishlab chiqish uchun texnik topshiriqning tarkibi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.
8. Loyihalarning loyiha oldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish quyidagi shakllarda bajariladi:
a) loyihaning TIA/TIHKni ishlab chiqilganidan soʻng uning ishchi hujjatlarini tayyorlash;
b) ishchi loyihani ishlab chiqish.
9. Loyihaning TIA/TIHKni ishlab chiqish loyihani amalga oshirishning dastlabki manbalarini va moliyalashtirish shartlari boʻyicha oʻrganishlarni inobatga olgan holda, Markazda ekspertizadan oʻtkazilib, tasdiqlangan texnik topshiriq asosida ishlab chiquvchi tomonidan bajariladi.
10. Loyihani amalga oshirish shartlariga qarab, loyiha oldi va loyiha hujjatlari quyidagi shakllardan birida ishlab chiqiladi (mazkur Nizomning 3-ilovasi):
a) investitsiya loyihalarini amalga oshirishda — Markazda ekspertizadan oʻtkazgan holda TIA ishlab chiqish;
b) infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda — Markazda ekspertizadan oʻtkazgan holda TIHK ishlab chiqish;
v) moliyalashtirish manbaidan qatʼi nazar, aholi yashash punktlarining bosh rejalarida nazarda tutilgan, namunaviy va takroran qoʻllaniluvchi loyihalardan foydalanilgan holda quriladigan ijtimoiy soha, yoʻl-transport, suv xoʻjaligi, muhandislik-kommunikatsiya va boshqa infratuzilma obyektlari boʻyicha — ekspertiza faoliyatini amalga oshirishga litsenziyaga ega tashkilotlarda ekspertizadan oʻtkazgan holda ishchi loyihasini ishlab chiqish.
3-bob. Ekspertiza oʻtkazish
11. Hujjatlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish uchun tashabbuskor (buyurtmachi)lar Markazga quyidagi hujjatlarni yagona paketga jamlagan holda taqdim etadilar:
a) texnik vazifa boʻyicha:
kompleks ekspertiza oʻtkazish uchun tashabbuskor (buyurtmachi) va loyiha nomi koʻrsatilgan yozma buyurtmanoma;
texnik vazifa loyihasi;
TITK qarori bayonnomasi;
b) TIA/TIHK boʻyicha:
kompleks ekspertiza oʻtkazish uchun tashabbuskor (buyurtmachi) va loyiha nomi koʻrsatilgan yozma buyurtmanoma, loyihaning qiymati va moliyalashtirish manbalari, kompleks ekspertiza oʻtkazish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar roʻyxati;
mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq birlamchi materiallar va hujjatlar ilova qilingan holda, TIA/TIHK loyihasi.
Ekspertiza uchun kiritilayotgan hujjatlarning tuzilishi va mazmuni mazkur Nizom va boshqa qonun hujjatlari talablariga mos boʻlishi lozim.
12. Markaz tomonidan:
a) texnik vazifa:
mazkur Nizomning 2-ilovasi talablariga muvofiqligi;
loyiha oldi hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha ishlab chiquvchi oldiga qoʻyilgan maqsad va vazifalarning imkoni boricha aniq-ravshanligi va asoslantirilganligi;
b) loyihaning TIA/TIHK:
mazkur Nizomning 4-ilovasi va tasdiqlangan texnik topshiriq talablariga muvofiqligi;
tasdiqlangan rivojlantirish konsepsiyalarini inobatga olgan holda (rivojlantirish konsepsiyalari mavjud boʻlgan taqdirda) loyihani amalga oshirishning ijtimoiy ahamiyati va maqsadga muvofiqligi;
loyiha natijasida koʻzda tutilayotgan mahsulot yoki xizmatga nisbatan mavjud va kutilayotgan talab;
texnik-texnologik yechimlar va loyihada nazarda tutilgan uskunalar narxlarining chegaralangan parametrlari;
loyihaning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi va sarflangan mablagʻlarni qoplay olishi;
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, normativ hujjatlar talablariga va qabul qilinayotgan qurilish qiymatining yuzaga kelgan bozor konyunkturasiga muvofiqligi jihatidan ekspertiza qilinadi.
Kontraktlar va import kontraktlarini ekspertiza qilish boʻyicha Markazning ijobiy xulosasi olingan loyihalar TIA/TIHKdagi baholarning belgilanishi ekspertizadan oʻtkazilmaydi.
13. Hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish uchun Markaz va tashabbuskor (buyurtmachi) oʻrtasida xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuziladi. Koʻrsatiladigan xizmat narxi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Loyiha oldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-son qaroriga muvofiq belgilanadi.
14. Hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
texnik vazifa — oʻn besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda;
TIA/TIHK — oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda.
15. Ekspertizadan oʻtkazish muddatini hisoblash:
loyihaning texnik vazifasi va TIHK uchun — buyurtmanomaning Markaz kanselyariyasida roʻyxatdan oʻtkazilgan kunidan;
loyiha TIA uchun — xizmatlar haqi toʻlanganligi tasdiqlangan kundan boshlanadi.
16. Tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan mazkur Nizom talablari bajarilmagan, shu jumladan taqdim etilgan hujjatlar toʻliq boʻlmagan taqdirda, Markaz hujjatlar taqdim etilgandan keyin koʻpi bilan uch kun ichida yozma ravishda nomuvofiqliklar haqidatashabbuskor (buyurtmachi)ga xabar beradi. Ushbu holatda tashabbuskor (buyurtmachi) qayta ishlangan va toʻldirilgan hujjatlarni taqdim etgan kun ekspertizadan oʻtkazish muddatining boshlangan sanasi hisoblanadi.
17. Markaz hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazishda quyidagi huquqlarga ega:
Zarur hollarda shartnoma asosida davlat va nodavlat tashkilotlar, shu jumladan, loyiha institutlari, injiniring va konsalting kompaniyalari, ilm-fan va taʼlim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, xorijiy va milliy kompaniyalar mutaxassislarini jalb qilish;
ekspertiza ishlarini olib borish uchun zarur boʻlgan vazirliklar va idoralarning faoliyatiga daxldor tegishli maʼlumotlar va materiallarni ulardan soʻrab olish;
kiritilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlarni tashabbuskor (buyurtmachi)dan soʻrab olish.
Markaz texnik topshiriqlar, loyiha oldi hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ishlar va xizmatlarni subpudrat shartlari asosida boshqaga berish huquqiga ega emas.
18. Ekspertizaga taqdim etilgan hujjatlar sifati uchun javobgarlik tashabbuskor (buyurtmachi), ishlab chiquvchi va TITK zimmasiga yuklanadi.
19. Tashabbuskor(buyurtmachi)ga ekspertiza oʻtkazish yakunlari boʻyicha ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda xulosa taqdim etiladi.
20. Eʼtirozlar yuzaga kelgan taqdirda tashabbuskor (buyurtmachi) ularni bartaraf etadi va qayta ishlangan hujjatlarni takroriy ekspertizadan oʻtkazish uchun, zarur hollarda tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda Markazga kiritadi.
Qayta ishlangan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish uchun toʻlov undirilmaydi.
21. Eʼtirozlar tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan bartaraf etilganda, hujjatlarni takroriy ekspertizadan oʻtkazish oʻn besh ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
22. Qayta ishlangan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazishda tashabbuskor (buyurtmachi)ga avval berilgan xulosada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha eʼtirozlar bildirishga yoʻl qoʻyilmaydi , avval berilgan eʼtirozlarni bartaraf etish doirasida qoʻshimcha ravishda taqdim etilgan materiallar bilan bogʻliq eʼtirozlar bundan mustasno.
23. Tashabbuskor (buyurtmachi) Markazning ijobiy xulosasi asosida:
a) texnik vazifa boʻyicha — ushbu texnik vazifani tasdiqlaydi;
b) loyihaning TIA/TIHK boʻyicha — ushbu Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda loyihaning TIA/TIHK parametrlarini tasdiqlashga doir qaror loyihasini tayyorlaydi va belgilangan tartibda kiritadi;
24. Loyiha TIA/TIHK Markazning ijobiy xulosasi olingandan soʻng bir yil davomida tasdiqlanmagan taqdirda, loyiha oldi hujjatlari ushbu Nizomda belgilangan tartibda takroran ekspertizadan oʻtkazilishi lozim.
4-bob. Loyihalarning tasdiqlangan TIA/TIHKga oʻzgartirishlar (tuzatishlar) kiritish tartibi
25. Loyihalarning tasdiqlangan TIA/TIHKga oʻzgartirishlar (tuzatishlar) kiritish uchun quyidagilar asos boʻladi:
qoʻshimcha moliyalashtirish (qarzlar/kreditlar) jalb etish zarurati;
loyihaning qiymati, moliyalashtirish manbalari va shartlarida yuz bergan oʻzgarishlar, basharti bu oʻzgarishlar loyihaning moliyaviy samaradorligining yomonlashuviga olib kelsa;
loyihaning TIA/TIHK asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlariga taʼsir qiluvchi texnik-texnologik yechimlarida oʻzgarishlar yuz bersa (qiymat koʻrsatkichlarining pasayish holatlari bundan mustasno);
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining alohida qarorlariga muvofiq loyihaning tuzatilgan TIA/TIHK ishlab chiqish koʻzda tutilgan boshqa oʻzgartirishlar.
Loyihani amalga oshirishni yakunlash natijalari boʻyicha TIA/TIHK loyihalariga oʻzgartirishlar (tuzatishlar) kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
26. Loyihalarning tasdiqlangan TIA/TIHKga oʻzgartirishlar (tuzatishlar) kiritish tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan loyihaning belgilangan tartibda tuzatilgan TIA/TIHK ishlab chiqilgan holda amalga oshiriladi.
Agar loyihaning avval tasdiqlangan TIA/TIHK boʻyicha Markaz xulosasi berilgan boʻlsa, loyihaning tuzatilgan TIA/TIHKni ekspertizadan oʻtkazish uchun toʻlov undirilmaydi.
27. Loyihaning tuzatilgan TIA/TIHKni ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash ushbu Nizomda oʻrnatilgan tartibda bajariladi.
28. Loyihaning TIA/TIHKga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining alohida qarorlariga muvofiq loyiha qiymatini kamaytirish nuqtai nazaridan (loyihaning asosiy texnik-texnologik koʻrsatkichlari saqlangan holda) oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, loyiha TIA/TIHKga oʻzgartirishlar (tuzatishlar) kiritish talab etilmaydi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
29. Markazning mansabdor shaxslari hujjatlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish natijalarining haqqoniyligi va xolisligi uchun javobgardirlar.
30. Ushbu Nizomni qoʻllash masalalari boʻyicha bahslar va kelishmovchiliklar belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
31. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash
SXEMASI

Bosqichlar

T/r

Tadbirlar

Muddatlar

Masʼul ijrochilar

1-bosqich. Loyihaning TIA(TIHK)ni ishlab chiqish uchun texnik topshiriq (TT) ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish

1.

Loyihaning TIA(TIHK)ni ishlab chiqish uchun TT ishlab chiqish, uni TITK bilan kelishish va Markazga kiritish

Loyiha tashabbuskorlari (buyurtmachilari), TITK

2.

Texnik topshiriqni ekspertizadan oʻtkazish hamda ijobiy xulosa yoki eʼtirozlar berish

Koʻpi bilan 15 ish kuni

Markaz

3.

Keltirilgan eʼtirozlarni bartaraf etish va texnik topshiriqni Markazga takroran kiritish

Loyiha tashabbuskorlari (buyurtmachilari), TITK

4.

Tuzatilib, kiritilgan texnik topshiriqni koʻrib chiqish va xulosa berish

Koʻpi bilan 15 ish kuni

2-bosqich. Loyihaning TIA(TIHK)ni ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish

5.

Loyihani amalga oshirishni moliyalashtirishning dastlabki shartlari va manbalarini hisobga olgan holda tasdiqlangan TT asosida TIA/TIHK ishlab chiqish

Tashabbuskor

6.

TIA/TIHKni ekspertizadan oʻtkazish hamda ijobiy xulosa yoki eʼtirozlar berish

Koʻpi bilan 30 ish kuni

Markaz

7.

Keltirilgan eʼtirozlarni bartaraf etish va loyiha TIA/TIHKni Markazga takroran kiritish

Loyiha tashabbuskorlari (buyurtmachilari), loyihalashtirish tashkiloti

8.

Tuzatilgan T�A/TIHKni ekspertizadan oʻtkazish va xulosa berish

Hujjatlar paketi toʻliq taqdim qilingandan keyin koʻpi bilan 15 ish kuni

Markaz

9.

Markazning ijobiy xulosasi asosida loyiha TIA/TIHK parametrlarini tasdiqlash boʻyicha tegishli qaror loyihasini tayyorlash

Belgilangan muddatlarga muvofiq

Tashabbuskor

10.

Ishchi hujjatlar hamda tender (tanlov) va boshqa hujjatlarni tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazish

Tashabbuskorlar (buyurtmachilar), masʼul organlar

 LexUZ sharhi
Nizomga 1-ilova norasmiy tarjima.
Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA

“KELIShILGAN”

“TASDIQLAYMAN”

_______________________

_______________________________________

20___yil ____ dagi ___-son

TITK yigʻilishi bayonnomasi asosida

(tashabbuskor vakilining F.I.Sh., lavozimi)

_______________________

(imzo)

M.. 20____y. “_____ ___________________

____________________________________________________________________________
(investitsiya/infratuzilma loyihasining nomlanishi)

LOYIHASI UChUN TIA/TIHK IShLAB ChIQIShGA
TEXNIK TOPShIRIQ

T/r

Asosiy maʼlumotlar va talablar roʻyxati

Asosiy maʼlumotlar va talablar mazmuni

1.

Loyiha TIA/TIHKni ishlab chiqish uchun asos.

Hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos boʻlgan hujjat/hujjatlarning (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumati qarorlari, bayonnomalar, shartnomalar, bitimlar va boshqalar) nomi koʻrsatiladi.

2.

Tashabbuskorning nomi.

Loyiha tashabbuskorining toʻliq nomi va rekvizitlari koʻrsatiladi.

3.

Loyiha tashkilotining nomlanishi.

Muayyan tashkilotni belgilash boʻyicha yoʻriqnoma hujjatlari mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu bandda loyiha tashkilotining toʻliq nomi (yoʻriqnoma hujjati koʻrsatilgan holda) keltiriladi.

Tegishli yoʻriqnoma hujjati mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu bandga “tanlov asosida aniqlanadi” deb yoziladi.

4.

Loyihaning hisob-kitob qilingan umumiy qiymati.

Loyihaning yoʻriqnoma hujjatlari yoki tashabbuskorning boshqa hujjatlari, qarorlari asosidagi taxminiy qiymati koʻrsatiladi. Shuningdek, xarid qilinayotgan uskunalarning maqbul variantini tanlash, investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar va loyihaning boshqa xarajatlari boʻyicha tahlillar asosida chegaralangan eng koʻp qiymatni aniqlash toʻgʻrisida koʻrsatma beriladi.

5.

Qurilish turi.

Qurilish turi koʻrsatiladi (yangi qurilish, rekonstruksiya, modernizatsiya, kengaytirish, kapital taʼmirlash).

6.

Navbatlar, ishga tushirish majmualari, qurilish bosqichlarini ajratib koʻrsatish. Bir vaqtning oʻzida loyihalashtirish va qurish.

Navbatlar, ishga tushirish majmualari, qurilish bosqichlarini ajratib koʻrsatish toʻgʻrisidagi talablar koʻrsatiladi. Bir vaqtning oʻzida loyihalashtirish va qurilish amalga oshirilganda uni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror sanasi va roʻyxatga olish raqami koʻrsatiladi.

7.

Korxona tarkibi.

Loyiha xususiyatlarini hisobga olgan holda korxonaning tarkibi: asosiy va yordamchi bino va inshootlarning dastlabki roʻyxati, ularga qoʻyiladigan texnik-texnologik talablar, asosiy koʻrsatkichlari koʻrsatiladi.

8.

Ishlab chiqarish kooperatsiyasi va korxona infratuzilmasi.

Korxonaning sherik korxonalar bilan hamkorlikdagi faoliyati, shuningdek uning infratuzilmasi tarkibi koʻrsatiladi.

9.

Ishlab chiqariladigan mahsulotlar (xizmatlar) nomenklaturasi.

Loyiha xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqariladigan mahsulotlar (xizmatlar) nomenklaturasi koʻrsatiladi.

10.

Korxonaning ishlash tartibi.

Loyiha xususiyatlarini hisobga olgan holda obyektning yil davomidagi ish bilan taʼminlanganlik darajasi, ish smenalari koʻrsatiladi.

11.

Loyihaning koʻlami va quvvati.

Yoʻriqnoma hujjatlari yoki tashabbuskorning boshqa hujjatlari, qarorlari asosida loyihaning koʻlami va quvvati koʻrsatiladi. Shuningdek, marketing tadqiqotlari asosida loyiha quvvatini aniqlashtirish boʻyicha koʻrsatmalar beriladi.

12.

Loyiha amalga oshiriladigan joy.

Loyihani amalga oshirish joyi toʻgʻrisidagi aniq ma�lumot koʻrsatiladi.

13.

Loyihaning maqsadi va vazifalari.

Loyihaning maqsadi va vazifalari aniq, shu jumladan miqdoriy koʻrsatkichlarda bayon qilinadi.

14.

Loyihani amalga oshirish davri.

Yoʻriqnoma hujjatlari yoki tashabbuskorning boshqa hujjatlari, qarorlari asosida loyihani amalga oshirish moʻljallanayotgan davr toʻgʻrisidagi maʼlumot koʻrsatiladi.

15.

Moliyalashtirish manbalari.

Koʻzda tutilayotgan moliyalashtirish m�nbalari (tashabbuskorning oʻz mablagʻlari, budjet mablagʻlari, bank kreditlari va boshqalar) koʻrsatiladi.

16.

Qurilishning alohida shart-sharoitlari.

Qurilish maydoni (trassasi)ning xususiyatlari (seysmologik bardoshliligi, tuproq turi, suv va tuproq balandligi va boshqalar) koʻrsatiladi.

17.

Loyihani amalga oshirish shakllari.

Loyihaning har bir boʻlimida loyiha maqsadlariga erishishning barcha ehtimoliy yoʻllari boʻyicha qiyosiy tahlil oʻtkazish vazifasini qoʻygan holda, ushbu maqsadlarga erishish yoʻllari (texnologik, moliyalashtirish sxemalari boʻyicha, ishlar xususiyatlari boʻyicha va boshqalar) koʻrsatiladi.

18.

Loyihani moliyaviy asoslantirishga qoʻyiladigan talablar.

Moliyaviy asoslantirish asosli ishlab chiqarish xarajatlari va savdo tushumidan kelib chiqqan holda bajarilishi lozim. Bunda, soliq kodeksi va normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq soliqqa tortishning amaldagi barcha stavkalariga tayanish zarur. Shuningdek, asoslantirilgan moliyaviy hujjatlarni taqdim etgan holda, korxona moliyaviy ahvolining toʻliq tahlili hamda barcha birlamchi moliyaviy maʼlumotlarning dalillari kiritilishi, qabul qilingan standartlarga muvofiq keluvchi hisoblash metodikasini qoʻllash talab etiladi.

19.

Loyihani iqtisodiy asoslantirishga qoʻyiladigan talablar.

Iqtisodiy asoslantirish loyihaning iqtisodiy samaradorligini, xususan, tarmoq, hudud va umuman, milliy iqtisodiyot uchun iqtisodiy foydani aniq aks ettirishni inobatga olgan holda bajariladi. Shuningdek, loyihaning tarmoqqa taʼsiri, uning iqtisodiyot uchun ijobiy samarasini asoslantirish, ehtimoliy iqtisodiy xavf-xatarlar, ularning darajalari va bu xavf-xatarlarni kamaytirish chora-tadbirlarini koʻrsatish kerak boʻladi.

20.

Loyihaviy yechimlar uchun qoʻyiladigan asosiy talablar.

Loyihalashtirish obyektiga qarab, loyihaning shaharsozlik, arxitektura-rejalashtirish, konstruktiv, texnologik va boshqa yechimlariga qoʻyiladigan talablar koʻrsatiladi. Shuningdek, loyiha xususiyatlaridan kelib chiqqan holda texnologik va muhandislik uskunalar, atrof muhitni muhofaza qilish, sanitar-epidemiologik va boshqalarga qoʻyiladigan talablar ham koʻrsatiladi.

21.

Izlanish ishlarini olib borish.

Loyiha xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, muhandislik tadqiqotlari (muhandislik geologiyasi, gidrogeologiya, topografik sʼyomkalar va boshqalar) oʻtkazish zarurati koʻrsatiladi.

22.

Obodonlashtirish va rekultivatsiya boʻyicha talablar.

Hududni obodonlashtirish, koʻchatlar oʻtqazish, ichki yoʻllar, piyodalar yoʻlkalari, avtomobil t�xtash joylari va boshqalarni qurish, shuningdek, yerlarni chopiq qilish boʻyicha talablar keltiriladi.

23.

Loyihalashtirishning alohida shartlari.

Amalga oshirilayotgan loyihaning xususiyatlari va oʻziga xosligidan kelib chiqib, loyihalash tashkilotiga qoʻyiladigan talablar aks ettirilishi lozim.

24.

Loyihalashtirishga qoʻyiladigan talablar.

Loyiha TIA/TIHK Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 3-ilova talablariga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.

25.

Narxni shakllantirish boʻyicha talablar.

Loyihaning koʻrib chiqilayotgan variantlari chegaralangan qiymatini hisoblash (yaxlitlangan normativlar, shu kabi obyektlar boʻyicha narx koʻrsatkichlari va boshqalardan foydalanish) boʻyicha talablar koʻrsatiladi.

26.

Loyiha TIAni ishlab chiqish muddatlari.

Loyihalashtirish xizmatlari koʻrsatish shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab loyihani ishlab chiqishning aniq muddatlari (oy) koʻrsatiladi.

27.

Ish natijalarini taqdim qilish boʻyicha talablar.

Loyihaning ishlab chiqilgan TIA/TIHKni ___ nusxada chop etilgan shaklda va 1 nusxa tahrir qilinadigan elektron shaklda tashabbuskorga taqdim qilish lozim. Maʼlumotlar hajmiga qarab loyiha boʻlimlari bir kitobga birlashtirilishi yoki alohida kitoblar shaklida tayyorlanishi �umkin.

28.

Birlamchi hujjatlar roʻyxati.

Loyiha TIA/TIHKni ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan, ishlab chiquvchining talabi bilan tashabbuskor tomonidan mazkur texnik vazifaga ilova koʻrinishida beriladigan barcha birlamchi hujjatlar.

Izoh: Texnik topshiriqning asosiy maʼlumotlari va talablari roʻyxati loyihalashtirilayotgan obyektning oʻziga xos xususiyatlari, murakkabligi va qanday maqsadga moʻljallanganligiga qarab oʻzgartirilishi, kengaytirilishi yoki qisqartirilishi mumkin.
Texnik topshiriqni ekspertizaga kiritishda unga Texnik topshiriqni kelishish toʻgʻrisidagi TITK bayonnoma qarori ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Nizomga 2-ilova norasmiy tarjima.
Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
3-ILOVA
Loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish variantlari
SXEMASI
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari qabul qilingan taqdirda loyiha oldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda boshqacha tartib qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
 LexUZ sharhi
Nizomga 3-ilova norasmiy tarjima.
Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
4-ILOVA
Loyiha uchun texnik-iqtisodiy asoslar va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarning (TIA/TIHK)
NAMUNAVIY TUZILIShI
Loyiha TIA/TIHK mundarijasi:
1. Loyihaning qisqacha mazmuni;
2. Kirish;
3. Marketing boʻlimi;
4. Texnik-texnologik boʻlim;
5. Ekologik boʻlim;
6. Institutsional boʻlim;
7. Arxitektura-qurilish boʻlimi;
8. Moliya boʻlimi;
9. Iqtisodiy boʻlim;
10. Ijtimoiy boʻlim;
11. Loyiha boʻyicha umumiy xulosalar;
12. Ilovalar.
Loyihaning qisqacha mazmunida quyidagilar keltirilishi lozim:
loyihaning nomlanishi;
tashabbuskor nomlanishi;
loyihaning hisob-kitob qilingan umumiy qiymati (AQSh dollarida yoki AQSh dollari ekvivalentida);
loyiha koʻlami, shu jumladan, uning quvvati;
loyihaning tarkibiy qismlari — har birining narxlari koʻrsatilgan holda;
loyiha amalga oshiriladigan joy (viloyat, shahar);
loyihaning maqsadi va vazifalari, shu jumladan miqdoriy ifodalangan shaklda;
asosiy foyda koʻruvchilar aks ettirilgan holda, maqsadli guruhlar;
moliyalashtirish manbalari va sxemalari;
moliyalashtirish yillar kesimida koʻrsatilgan holda loyihani amalga oshirish davri.
Kirishda loyiha amalga oshirilayotgan joydagi mavjud siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-iqlim, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar tavsiflanadi, shu jumladan, koʻrsatkichlar, infratuzilma bilan taʼminlanganligi, investitsiya iqlimi va koʻzda tutilayotgan joyni tavsiflovchi boshqa ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlar va loyihaning taʼsir doirasi aks ettiriladi. Ushbu boʻlimda loyihadan koʻzlangan maqsadning Tarmoqni rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiqligini asoslantirish zarur, shuningdek, loyihadan koʻzlangan maqsadga erishishning barcha yoʻllari koʻrsatilishi va loyihaning keyingi boʻlimlarida ularning har biri boʻyicha qiyosiy tahlil oʻtkazilishi talab etiladi.
Marketing boʻlimida loyihada koʻzda tutilayotgan mahsulot (xizmat)ga boʻlgan mavjud va istiqboldagi (loyihaning yashash davri mobaynida) talabga baho beriladi.
Ushbu boʻlimda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
mahsulot (xizmat)ning bozordagi, shu jumladan eksport hajmlari va narxlari tahlilini hisobga olgan holda talab tahlili (uning tendensiyalari);
talabning miqdor koʻrsatkichlarini baholash va asoslantirish, uning tendensiyalari va mahsulot (xizmat) narxlari yoki ijtimoiy xizmatlarga ehtiyojni baholashni oʻzida aks ettiruvchi loyihadan koʻzlangan ijtimoiy-iqtisodiy foyda tahlili;
xomashyo, materiallar va loyihaning ishlashi bilan bogʻliq boshqa ishlab chiqarish omillari tahlili;
loyihani amalga oshirish doirasida xarid qilinadigan tovarlar, ishlar va xizmatlar bozorlari va narxlari tahlili. Bu ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar, ularning yetkazib berish narxlari, sifati va shartlari, shuningdek, loyiha ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini qiyosiy tahlil qilishni nazarda tutadi;
ushbu sohadagi mavjud obyektlar ishini tahlil qilish, shu jumladan raqobatchilarni tahlil qilish;
mahsulot (xizmatlar)ni sotishga koʻmaklashish boʻyicha tavsiya etiladigan tadbirlar;
loyihaning hudud infratuzilmasiga va tarmoq (turdosh tarmoqlar) rivojiga taʼsirini baholash;
tijorat xavf-xatarlari, xatarlarning asosiy belgilovchi omillari, oʻzgarishlarning taxminiy xususiyatlari va koʻlami, xatarlarni kamaytirish boʻyicha koʻzda tutilgan tadbirlar;
kamida 3 ta kompaniyaning tijorat takliflari (prays-varaqlar va boshqalar) asosida xarid qilinayotgan uskunalar narxini asoslantirish;
loyihaning muhandislik inshootlari bilan taʼminlanganlik darajasi, yaʼni mavjud transport yoʻlaklari va vositalari, energiya, issiqlik, suv va oqova tarmoqlari taʼminoti, omborxonalar;
marketing tadqiqotlarida foydalanilgan axborot manbalari va ularni oʻtkazish metodikasi.
Texnik-texnologik boʻlim loyihani amalga oshirishning turli texnologik yechimlarini oʻzida aks ettirib, unda loyiha tuzilishi, loyiha boʻyicha texnik yechimlar, loyihaning hal qiluvchi koʻrsatkichlari, komponentlari, shuningdek, ularning hisob-kitob qilingan qiymatlari bayon qilinadi.
Ushbu boʻlimda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
loyihani amalga oshirish boʻyicha turli texnologik yechimlar tahlili, ularning afzalliklari va kamchiliklari, tanlangan variantni asoslantirish;
loyiha joylashtiriladigan manzil. Bunda loyiha uchun tanlangan joy tanlovi, xomashyo manbalari va yetkazib beruvchilari, mahsulot va xizmatlarning isteʼmolchilariga nisbatan joylashgan masofa, muhandislik-transport (temir yoʻl magistrallari, avtomobil yoʻllari, quvurlar, energetika manbalari va hokazo) va aloqainfratuzilmasiga yaqinlik, geografik oʻziga xosliklar;
loyiha quvvati, loyiha quvvatini oʻzlashtirish surʼatini taxminiy asoslantirishni belgilab beruvchi loyiha koʻlami;
texnologiyalar va uskunalar tanlovini asoslantirish, dunyo standartlariga muvofiqligi, shu vaqtgacha foydalanilayotgan uskunalar bilan texnologik muvofiq kelishi, “narx-sifat” boʻyicha eng maqbul muvofiqlik, texnologiyalar va uskunalar tanlovining muqobil variantlari, innovatsion uskunalarni qoʻllash, loyihada sifat koʻrsatkichlaridan foydalanilishi, loyihaga qoʻyiladigan texnik va texnologik talablarni belgilovchi normativ hujjatlar;
xatarlarning asosiy omillarini belgilovchi texnik xatarlarni baholash, oʻzgarishlarning taxminiy xususiyatlari va koʻlami, xatarlarni kamaytirish boʻyicha koʻzda tutilgan tadbirlar.
Loyiha va texnik yechimlarni tanlashda faqatgina salbiy ekologik taʼsiri eng kam va ijtimoiy-iqtisodiy samarasi eng yuqori boʻlgan yechimlar tanlab olinadi.
Ekologik boʻlimda loyihaning ekologik jihatlari aks ettiriladi. Ushbu boʻlimda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
loyihaning atrof muhit holatiga taʼsirini baholash, loyihani amalga oshirish natijasida yetkaziladigan ekologik zarar miqdorini baholash va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi xulosasini inobatga olgan holda, uning salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha koʻzda tutilayotgan chora-tadbirlar;
ham hududda, ham butun mamlakatdagi ekologik vaziyatni yaxshilash uchun loyihada nazarda tutilayotgan chora-tadbirlar va ularning miqdor koʻrinishidagi natijalari.
Institutsional boʻlim loyihaning butun yashash davri davomida uni boshqarish sxemasini oʻz ichiga olgan boʻlishi hamda huquqiy asoslar, boshqaruv tuzilmasi va moliyaviy xarajatlar bahosi tasvirlanishi lozim. Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchilarning oʻzaro birgalikdagi harakati, xarajatlar, foyda va majburiyatlar taqsimoti, shuningdek, institutsional xavf-xatarlar, xatarlarning asosiy omillarini belgilovchi jihatlar, oʻzgarishlarning taxminiy xususiyatlari va koʻlami, xatarlarni kamaytirish boʻyicha koʻzda tutilgan tadbirlar.
Arxitektura-qurilish boʻlimida quyidagilar aks ettirilishi lozim:
Vaziyatni rejalashtirish:
qurilish maydoni (trassasi)ning shaharsozlik talablari, tumanni rejalashtirish loyihalari, shahar va qishloq aholi punktlarining bosh rejalariga muvofiq holda joylashtirish sxemalari, tarmoqlar, temir va avtomobil yoʻllari, neft va gaz quvurlari, energiya tizimlari, aloqa tarmoqlarini inobatga olgan holda hududni arxitektura-rejalashtirish loyihalari bayoni;
Bosh reja sxemasi, bino va korpuslar joylashuvi:
bosh reja, maydondagi ichki va tashqi transport boʻyicha yechimlar, asosiy rejalashtirish yechimlari, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha tadbirlar, muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarni joylashtirish, korxonani qoʻriqlashni tashkil qilish boʻyicha yechimlar, asosiy koʻrsatkichlar (hudud maydoni, qurilishlar, kirish yoʻllari va maydonchalar, daraxtlar, yoʻllar va kommunikatsiyalarning uzunligi, binolar zichligi va boshqalar) bayoni;
Qurilish maydoni (trassasi)ning tavsifi:
muhandislik-geologik, muhandislik-gidrometeorologik (iqlim) shart-sharoitlari, qurilish maydonining seysmik xususiyati va boshqalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Asosiy hajm-rejalashtirish va konstruksiya yechimlari, ularning xususiyatlari:
asosiy bino va inshootlar boʻyicha konstruksiya yechimlarini shaharsozlik talablariga muvofiq asoslantirish va ularning bayoni;
taʼmirlanadigan bino va inshootlarni texnik tekshiruvdan oʻtkazish va ularning yuk koʻtarish imkoniyati holati toʻgʻrisidagi xulosalar asosida ushbu bino va inshootlarning tayanch konstruksiyalarini taʼmirlash-tiklash ishlari yoki ularni kuchaytirish yoʻllari boʻyicha texnik yechimlar bayoni;
ishchilarga sanitar-maishiy xizmat koʻrsatish boʻyicha yechimlar bayoni;
qurilishdagi maxsus tadbirlar bayoni (obyektning portlash va yongʻin xavfsizligi, qurilish konstruksiyalarini nurashdan himoyalash, shovqin va titrashdan himoyalash, choʻkishga, zilzilaga qarshi va boshqa tadbirlar);
ishchilar salomatligini muhofaza qilish va aholining imkoniyati cheklangan qatlami hayoti faoliyati uchun shart-sharoitlarni taʼminlash (zarurat boʻlganda) boʻyicha yechimlar;
Uchastkani tayyorlash va oʻzlashtirish:
qurilishni loyihada belgilangan muddatlarda amalga oshirish, maydonda ichki va tashqi tayyorgarlik ishlarini bajarishga yordam beradigan tashkiliy va texnik chora-tadbirlar bayoni.
Muhandislik uskunalari, tarmoqlari va tizimlari:
muhandislik tarmoqlari, kommunikatsiyalari va inshootlari (suv taʼminoti, oqava tarmoqlari, elektr taʼminoti, gaz taʼminoti, issiqlik taʼminoti, yongʻinni oʻchirish, havo aylanishi, aloqa, xabar berish tizimi va hokazo) boʻyicha texnologik va texnik yechimlar bayoni, asosiy koʻrsatkichlari;
muhandislik inshootlari (suv taʼminoti, oqava tarmoqlari, elektr taʼminoti, gaz taʼminoti, muhandislik tarmoqlarida dispetcherlik, avtomatlashtirish va boshqarish, elektr uskunalar, elektr yoritish, chaqmoqdan himoya, qoʻriqlash va yongʻinga qarshi xabar berish tizimlari, aloqa vositalari va hokazo) boʻyicha muhim yechimlar va parametrlar.
Qurilish-montaj ishlari hajmining pul ifodasidagi qiymati:
oʻxshash loyihalar, ommaviy loyihalar, takroran qoʻllaniladigan yakka tartibdagi loyihalardan foydalangan holda amalga oshirilgan variantlarni, tijorat takliflari asosida va (yoki) qabul qilingan loyiha yechimlari boʻyicha qurilish chizmalari, nuqson dalolatnomalari, jismoniy ishlar hajmlari asosida qurilish-montaj ishlarining chegaralangan qiymati hisob-kitoblari;
Arxitektura-qurilish boʻlimiga ilovalar ichida quyidagilar taqdim etiladi:
mavjud va loyihalashtirilayotgan tashqi kommunikatsiyalar, muhandislik tarmoqlari va turar joylar uchun moʻljallangan hududlar, sanitar himoya zonalari, alohida muhofaza qilinadigan hududlarning chegaralari, trassalar rejasi (chiziq boʻylab joylashgan inshootlar uchun) koʻrsatilgan holda qurilish maydonining joylashuv sxemasi;
mavjud, loyihalashtirilayotgan, rekonstruksiya qilinadigan va buzilishi kerak boʻlgan bino va inshootlar, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish joylari, maydon ichidagi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari boʻyicha muhim yechimlar chizilgan, ishga tushirish majmualariga kiruvchi obyektlar ajratib koʻrsatiladigan bosh reja sxemasi;
asosiy yuk koʻtaruvchi va toʻsiq konstruksiyalarni sxemada aks ettirgan holda asosiy bino va inshootlarning rejalari, kesimlari va old tomoni;
muhandislik kommunikatsiyalarini ulash (olib oʻtish) uchun texnik shartlar; muhandislik tarmoqlarining prinsipial chizmalari; texnik koʻrsatkichlari aks ettirilgan holda, loyihada qabul qilingan uskuna va materiallar roʻyxati;
Smeta hujjatlari quyidagilardan iborat boʻladi:
reyestr (loyihaning raqamlangan betlardan iborat mahalliy smeta hisob-kitoblar boʻyicha mundarijasi);
qurilish qiymatini hisoblash metodikasi koʻrsatilgan tushuntirish xati;
qiymatning yigʻma smeta hisob-kitoblari (qurilishning boshlangʻich bahosi, obyektning batafsil yigʻma hisob-kitoblari, kontrakt-shartnoma boʻyicha narxlar);
loyihada koʻzda tutilgan barcha obyektlar boʻyicha mahalliy resurs smetalari va mahalliy resurs vedomostlari;
boshqa xarajatlar va (pudrat tashkiloti belgilangan taqdirda) davlat ekspertizasidan oʻtkazilgan mashina va mexanizmlarni ishlatish qiymati hisob-kitoblari.
Smeta hujjatlari 1 nusxada, tahrir qilish imkoniyati boʻlgan elektron shakli bilan birga taqdim etiladi.
Moliya boʻlimi moliyaviy xarajatlar va daromadlarning dastlabki baholari va asoslarini, loyihani moliyalashtirishning muqobil sxemalari va manbalarini, shuningdek, loyihani amalga oshirishning moliyaviy samaradorligini baholash, moliyaviy modelini oʻzida aks ettiradi. Ushbu boʻlimda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
loyihaning amalga oshirish yillari va texnologik bosqichlari boʻyicha investitsiya davri, loyiha doirasidagi chora-tadbirlarning ketma-ketligi va davomiyligi tasviriy koʻrinishda, vaqt boʻyicha (grafik-reja), moliyalashtirish manbalari va hajmlarini inobatga olgan holda aks ettirilgan loyihani amalga oshirishning batafsil grafigi;
investitsiya xarajatlarining umumiy hisob-kitobi, moliyalashtirish ehtiyojlarining loyiha bosqichlari va moliyalashtirish hajmlari boʻyicha taqsimoti;
ishlab chiqarish xarajatlari (ekspluatatsiya xarajatlari) hisob-kitobi;
loyihaning boshqa xarajatlari hisob-kitobi;
loyihaning quyidagilarni oʻz ichiga olgan moliyaviy koʻrsatkichlari:
mahsulot tannarxi, tariflar, mahsulot (xizmat)ning chiqish narxi hisob-kitobi;
savdolardan keladigan tushum hisob-kitobi, taqsimlanmagan va sof foyda hisob-kitobi;
pul mablagʻlari oqimining yigʻma hisob-kitobi;
diskont usullari yordamida loyihani tahlil qilish, shu jumladan sof diskont daromad (NPV), foydalilikning ichki normasi (IRR), diskontlanadigan foyda va xarajatlar nisbati (B/C), xarajatlarni qoplashning diskontlangan muddatini hisoblash;
loyiha likvidligi tahlili;
kredit yoki budjet mablagʻlarini olayotgan loyiha ishtirokchilarining soʻnggi ikki yil uchun buxgalterlik hisoboti shakllari;
kredit yoki budjet mablagʻlarini olayotgan loyiha ishtirokchilarining joriy moliyaviy holati, shu jumladan:
korxonaning likvidligini baholash;
korxonaning mustaqilligini baholash;
oʻz mablagʻlarining daromadliligini baholash;
kiritilgan mablagʻlarning daromadliligini majburiyatlarni inobatga olgan holda baholash;
moliyalashtirish sxemasi, manbalari va shartlari, shuningdek, ularning muqobil variantlari;
moliyaviy xavf-xatarlarni baholash, xatarlarning asosiy omillarini belgilovchi jihatlar, oʻzgarishlarning taxminiy xususiyatlari va koʻlami, xatarlarni kamaytirish boʻyicha koʻzda tutilgan tadbirlar.
Iqtisodiy boʻlimda loyihaning butun respublika yoki hudud iqtisodiyoti nuqtai nazaridan tahlili aks ettiriladi. Ushbu boʻlimda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
loyihaning iqtisodiy foyda va xarajatlarini baholash, shu jumladan loyiha natijalari, oqibatlari va taʼsiri tahlili, sarf-xarajatlari va oʻlchab boʻlmaydigan foydalari, qoʻshilgan foydalar va sarflari, qaytarib boʻlmaydigan sarf-xarajatlari, tashqi taʼsirlar, loyihadan keladigan bilvosita foydani baholash;
tarmoqlarni rivojlantirish Konsepsiyalari doirasida, loyihani va ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish, mavjud quvvatlardan foydalanish, shuningdek, xomashyo va ishlab chiqariladigan mahsulot bozori konyunkturasi bilan uzviy bogʻliqlikda loyihani amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi.
Ijtimoiy boʻlim loyihaning ijtimoiy jihatlarini va uni amalga oshirishdan benefitsiarlar koʻradigan foydani oʻzida aks ettiradi. Ushbu boʻlimda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
loyihaning mehnat resurslariga ehtiyoji va uning aholi bandligiga taʼsiri;
ishchilar va mutaxassislarni oʻqitish va qayta tayyorlash dasturi;
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi normalari;
mavjud quvvatlardan foydalanish va ularni optimal joylashtirish doirasida loyihaning qabul qilingan hukumat qarorlari hamda tarmoqlar, hududlar boʻyicha ijtimoiy sohadagi va “boshqa tarmoqlardagi” rivojlantirish Konsepsiyalariga muvofiqligini hisobga olgan holda uning ijtimoiy ahamiyati.
Umumiy xulosalarda loyihaning asosiy ustunliklari va kamchiliklari, loyihani amalga oshirishning eng maqbul variantini tanlash boʻyicha xulosalar va tafsilotlar, boshqa xulosalar aks ettiriladi.
TIA/TIHKga quyidagilar ilova qilinishi lozim:
yuridik hujjatlar, shu jumladan:
korxonaning ustavi va taʼsis shartnomasi;
litsenziya (agar ushbu faoliyat turi Maxsus litsenziya talab qiluvchi ayrim faoliyat turlari roʻyxatiga kiradigan boʻlsa);
amalga oshirilayotgan va amalga oshirish rejalashtirilgan loyihalarni inobatga olgan holda, korxona (qarz oluvchi) boʻyicha loyihani moliyalashtirish uchun oʻz mablagʻlari yetarli ekanligini asoslovchi pul mablagʻlari oqimi prognozi;
xarid qilinayotgan uskunalar boʻyicha tijorat takliflari (prays-varaqlar va boshqalar) va/yoki tuzilgan shartnomalar (ular mavjud boʻlganda);
korxonaning (qarz oluvchi, investorlar, kafillar, loyiha boʻyicha kafolat beruvchilar) davlat soliq xizmati organlari tomonidan tasdiqlangan soʻnggi 2 yil uchun toʻliq yillik buxgalterlik hisoboti;
xorijiy sheriklar (taʼsischilar) toʻgʻrisida maʼlumot;
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining xulosasi;
boshqa hujjatlar.
Izoh: TIAni tayyorlashda marketing boʻlimi, shuningdek, loyihani amalga oshirishdan keladigan moliyaviy foydalarni aks ettiruvchi materiallar va hisob-kitoblar tavsiyaviy koʻrinishga ega boʻladi.
 LexUZ sharhi
Nizomga 4-ilova norasmiy tarjima.
Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
5-ILOVA

“Tasdiqlayman”
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi”DUK direktori

‎‎___________________________ 20___yil “_____”____________

________________________________________________________ boʻyicha
‎(kiritilgan hujjatlar va loyiha nomlanishi) ‎‎

______-son xulosa

20___yil “_____”________________
1. Ekspertiza oʻtkazish uchun asos:



2. Loyiha tashabbuskorining nomlanishi va ekspertiza mazmuni:

Loyiha tashabbuskorining nomlanishi

Kiritilgan hujjatning nomlanishi

Loyihaning nomlanishi

Loyiha tashkilotining nomlanishi

3. Ekspertiza oʻtkazishda foydalaniladigan hujjatlar va materiallar nomlanishi.
4. Asosiy texnik-iqtisodiy parametrlar.
5. Ekspertiza yakunlari boʻyicha xulosa va eʼtirozlar.
6. Kiritilgan hujjatlar boʻyicha xulosa.

Markaz Boshqarmasi boshligʻi:

Markaz boʻlimi boshligʻi:

Mutaxassis:

 LexUZ sharhi
Nizomga 5-ilova norasmiy tarjima.
Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
6-ILOVA
Loyiha TIA/TIHK asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari

T/r

Koʻrsatkich nomlanishi

Oʻlchov birligi

Jami

Shu jumladan:

Budjet mablagʻ-lari

Kreditlar, shu jumladan, OʻzR Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditlari

Markaz-lashmagan (oʻz mablagʻlari, toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar

1.

Loyihaning umumiy qiymati

ming AQSh dollari

2.

Kapital qoʻyilmalar qiymati

ming AQSh dollari

Shu jumladan:

mashina va uskunalar EKVda

milliy valyutada

ming AQSh dollari

ming AQSh dollari ekv.

qurilish-montaj ishlari

ming AQSh dollari ekv.

investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar

ming AQSh dollari ekv.

dastlabki aylanma kapital

EKVda

milliy valyutada

ming AQSh dollari

ming AQSh dollari ekv.

boshqa xarajatlar

EKVda

milliy valyutada

ming AQSh dollari

ming AQSh dollari ekv.

3.

Mavjud asosiy fondlar qiymati

ming AQSh dollari ekv.

4.

Korxonaning quvvati, shu jumladan:

ishlab chiqariladigan mahsulotning yillik hajmi

moʻljallanayotgan yillik eksport hajmi

Tegishli oʻlchov birligida

5.

Moʻljallanayotgan ishga joylashtiriluvchilar soni

shundan, yangi yaratilayotgan ish oʻrni

nafar

nafar

6.

Loyihaning moʻljallanayotgan oʻzini qoplash muddati*

yil

7.

Investitsiya davrining davomiyligi

oy

8.

Yaratilayotgan ishlab chiqarish fondlarining qiymati

ming AQSh dollar (ekv.)

9.

Kredit va boshqa qarz mablagʻlarini soʻndirish muddati

yil

shu jumladan, valyutadagi qarzlar

yil

 LexUZ sharhi
Nizomga 6-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-son qaroriga
2-ILOVA
Tovarlarning (ishlar, xizmatlar) davlat xaridi uchun tender hujjatlari va texnik topshiriqni kompleks ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom tovarlarning (ishlar, xizmatlar) davlat xaridi uchun tender hujjatlari va texnik topshiriqni “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda (keyingi oʻrinlarda — Markaz) kompleks ekspertizadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
veb-sayt — Markazning davlat buyurtmachilarining texnik topshiriqni joylashtirish va kelishishni, shuningdek, tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni ekspertizadan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi axborotni joylashtirishni taʼminlovchi Internet tarmogʻidagi maxsus veb-sayti;
davlat xaridi — davlat buyurtmachilari tomonidan toʻlov asosida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olinishi;
davlat buyurtmachisi — budjet, korporativ buyurtmachi;
budjet buyurtmachisi — xarid tartib-taomillari uchun yoʻnaltiriladigan budjet mablagʻlarini, davlat maqsadli jamgʻarmalarini oluvchi davlat organi, budjet tashkiloti;
korporativ buyurtmachi — ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxs, ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxs, davlat korxonasi;
maxsus axborot portali (keyingi oʻrinlarda — portal) — elektron davlat xaridlarini oʻtkazish, davlat xaridlari toʻgʻrisidagi eʼlonlar, davlat xaridlarining natijalari, xarid tartib-taomillari ishtirokchilarining takliflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa axborotni elektron shaklda joylash va ularni koʻrish imkonini yaratishni taʼminlovchi veb-sayt va maxsus elektron platforma;
strategik xaridor — roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan strategik ahamiyatga ega xoʻjalik birlashmasi yoki korxona;
tender — ikki bosqichda yetkaziladigan va natijalariga koʻra shartnomani bajarishning eng yaxshi shartlarini taklif qilgan tender ishtirokchisi gʻolib deb topiladigan, davlat xaridlarini tanlov tartibida amalga oshirish orqali ijrochini aniqlash usuli;
tender hujjatlari — tenderni tashkil etish shartlari va oʻtkazish tartibi, shuningdek, tenderga qoʻyilayotgan tovarning (ish, xizmat) malakaviy, texnik, narx va boshqa tavsiflari toʻgʻrisidagi birlamchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlar toʻplami;
texnik topshiriq — davlat buyurtmachisi tomonidan tovarning (ish, xizmat) asosiy maqsadiga, uning tavsifiga qoʻyiladigan talablar, davlat xaridining birlamchi maʼlumotlari, maqsadlari va vazifalari, tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlarni koʻrsatish muddatlari, sifat kafolatlari, tavsifi va hajmi, hisobot shakllari (zarur hollarda), tovarga (ishlar, xizmatlar) qoʻyiladigan talablarning asoslantirilishi, ekvivalent koʻrsatkichlar, iqtisodiy, boshqa maxsus talablarni oʻz ichiga olgan hujjat;
xarid komissiyasi — xarid tartib-taomillarining gʻolibini tanlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish vakolatiga ega boʻlgan kollegial organ.
3. Quyidagilar Markazda ekspertizadan oʻtkazilishi shart:
a) bitta shartnoma boʻyicha quyidagi miqdorlardan ortiq boʻlgan davlat xaridlarining tender hujjatlari (1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha):
budjet buyurtmachisi tomonidan amalga oshiriladigan, summasi bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravaridan ortiq boʻlgan xaridlar;
(3-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
korporativ buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladigan, summasi eng kam ish haqining yigirma besh ming baravaridan ortiq boʻlgan xaridlar. Agar korporativ buyurtmachi davlat xaridini budjet tizimining budjetlari mablagʻlari hisobidan amalga oshirayotgan boʻlsa, mazkur xarid doirasida korporativ buyurtmachiga budjet buyurtmachisi sifatida qaraladi;
b) qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan oshgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridiga boʻlgan texnik topshiriq (2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha);
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi PQ-4678-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son)
31. Ushbu Nizom qoidalari quyidagi tovarlarning (ishlar, xizmatlar) davlat xaridi uchun qoʻllanilmaydi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan aniq yetkazib beruvchilar yoki narxlari belgilab berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar);
davlat tomonidan muhofaza qilinishi lozim boʻlgan shaxslarning xavfsizligini, shuningdek, mudofaa qobiliyatini taʼminlash uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar);
favqulodda vaziyatlar vaqtida Oʻzbekiston Respublikasining ehtiyojlarini taʼminlash uchun zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar);
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlariga saylovlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining referendumlariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar);
sud muhokamalarida ishtirok etish uchun advokat (vakil) tayinlanishi munosabati bilan;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga koʻra narxlari qatʼiy belgilab qoʻyilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar);
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq yagona yetkazib beruvchida boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar);
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlari ishtirokidagi loyihalar doirasida sotib olinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar);
xususiy, shu jumladan toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobidan;
mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarga binoan sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ;
bank (banklararo) amaliyotlar va/yoki bank (banklararo) xizmatlarni amalga oshirish boʻyicha;
uch tomonlama shartnomaga muvofiqdavlat buyurtmachisi, strategik xaridor, shuningdek, strategik xaridorning ulushi boʻlmagan yuridik shaxs lizing oluvchi boʻlmagan lizing operatsiyalari boʻyicha;
sugʻurta xizmatlari (majburiy sugʻurta shakllari);
qimmatbaho qogʻozlar;
Oʻzbekiston Respublikasining ixtisoslashtirilgan alohida savdo maydonchalaridagi (birjalar) elektron savdolar orqali sotib olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar);
xoʻjalik yurituvchi subyekt bilan uning tuzilmasiga kiruvchi idoraviy korxonasi oʻrtasidagi tovarlar (ishlar, xizmatlar);
strategik xaridor bilan ustav fondida (kapitali) mazkur strategik xaridorning ulushi boʻlgan tashkilot oʻrtasidagi tovarlar (ishlar, xizmatlar);
bojsiz savdo hududida realizatsiya qilishga moʻljallangan tovarlar;
xalqaro elektr aloqa xizmatlari (xalqaro telefon ovozli trafik va Internet tarmogʻiga ulanish);
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan va uning hududida tibbiy maqsadlarda qoʻllashga ruxsat etilgan, strategik xaridor yoki ustav kapitalida (fondida) strategik xaridorning ulushi boʻlgan yuridik shaxs tomonidan ishlab chiqaruvchilar bilan shartnoma tuzish sharti bilan sotib olinadigan dori vositalari, dori substansiyalari, immunobiologik (vaksinalar, zardoblar, anatoksinlar, allergenlar) va radiofarmatsevtik preparatlar, gomeopatik, diagnostik va sterilizatsiya vositalari, shuningdek, tibbiyot buyumlari.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-oktabrdagi PQ-4493-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 07/19/4493/3951-son)
32. Binolar, inshootlar va muhandislik kommunikatsiyalarini kapital qurish va taʼmirlash boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridini amalga oshirish uchun xarid hujjatlari Markazga texnik topshiriq shaklida loyiha-smeta hujjatlari bilan birgalikda kiritiladi va ulardagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmlari va narx parametrlarining asosliligi yuzasidan ekspertiza oʻtkaziladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
2-bob. Tender hujjatlari yoki texnik topshiriqning ekspertiza predmeti
4. Tender hujjatlari yoki texnik topshiriq quyidagilar yuzasidan ekspertiza qilinishi lozim:
mazkur Nizom talablariga javob berishi;
nomlanishlar va atamalarni yagona shaklda qoʻllash hamda ularning turli maʼnolarda talqin qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;
tender ishtirokchilari uchun qonunchilikda belgilangan talablarga rioya qilinishi (litsenziyaga, ish tajribasiga egaligi, moliyaviy ahvoli, texnik jihozlanganlik, davlat xaridlarining aniq obyektiga qarab boshqa malaka talablari);
texnik va moliyaviy mezonlarning xolisligi va asoslantirilganligi;
tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni takroran kiritishda ijobiy xulosa berishni rad etish sabablari bartaraf qilinganligi.
Xarid qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, tender hujjatlari va texnik topshiriqlarni ekspertizadan oʻtkazish davomida tender hujjatlari va texnik topshiriqni har tomonlama va toʻliq koʻrib chiqishni taʼminlash uchun zarur boʻlgan boshqa masalalar ham koʻrib chiqilishi mumkin.
3-bob. Tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
5. Tender hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish uchun davlat buyurtmachisi Markazga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi va ayni paytda ularni elektron shaklda veb-saytda joylashtiradi:
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza;
barcha ilovalari va ularning nusxalari (davlat buyurtmachisining muhri va vakolatli shaxsi imzosi bilan tasdiqlangan nusxalar qogʻoz shaklda) birga tender hujjatlari;
portalda va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish uchun tender oʻtkazish haqidagi eʼlonning toʻliq matni;
davlat buyurtmachisining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan, tender hujjatlari ishlab chiqilayotgan davrda amalda boʻlgan tasdiqlovchi hujjatlar (talabnomalar, tijorat takliflari, birjalar yoki assotsiatsiyalarning kotirovkalari, prays-varaqlar va boshqalar raqobatchilar roʻyxati koʻrinishida, bunda taqdim etilgan barcha takliflarda muqobil takliflar bildirgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning yuridik manzillari va aloqa rekvizitlari boʻlishi lozim).
6. Texnik topshiriqni ekspertizadan oʻtkazish uchun davlat buyurtmachisi Markazga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza;
barcha ilovalari va ularning nusxalari (davlat buyurtmachisining muhri va vakolatli shaxsi imzosi bilan tasdiqlangan nusxalarni elektron shaklda veb-saytda joylagan holda qogʻoz shaklda) birga texnik topshiriq.
4-bob. Tender hujjatlari yoki texnik topshiriqning mazmuniga qoʻyiladigan asosiy talablar
7. Tender hujjatlari quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
tender ishtirokchisi uchun yoʻriqnoma;
tender hujjatlarining texnik qismi;
tender hujjatlarining narx qismi;
shartnoma loyihasi.
8. Tender ishtirokchisi uchun yoʻriqnomada quyidagilar aks ettiriladi:
xarid komissiyasining tender oʻtkazishga doir tushuntirishlar olish mumkin boʻlgan ishchi organi vakili bilan aloqaga chiqish uchun manzil va aloqa maʼlumotlari;
xarid komissiyasiga yuboriladigan tender taklifining nusxalari soni toʻgʻrisida koʻrsatma;
tender taklifini rasmiylashtirish tartibi va uni imzolashga qoʻyiladigan talablar;
ishtirokchi tomonidan tender taklifi xarid komissiyasiga taqdim qilinganidan soʻng unga oʻzgartirishlar kiritish va ularni rasmiylashtirishtartibi;
toʻlov narxlari va valyutasini taqdim qilish boʻyicha koʻrsatma;
takliflarni xarid komissiyasiga topshirish tartib-taomili boʻyicha talablar;
taklifning taʼminot usuli, shu jumladan tender ishtirokchisining kelishilgan muddat davrida oʻz taklifini qaytarib olmasligiga kafolat beruvchi pul zakalatini kiritish va qaytarib olish tartibi hamda miqdori;
tender ishtirokchisining asoslantirishlariga binoan tender takliflarini taqdim qilish muddatini 15 kundan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirish imkoniyatining koʻrsatilishi;
oʻtkazilayotgan tender doirasida har qanday hujjatlarning maxfiyligi;
takliflar solingan konvertlarni ochish, roʻyxatga olish tartib-taomillari va tender gʻolibini aniqlash muddatlari tavsifi.
9. Tender hujjatlarining texnik qismi yoki texnik topshiriqda quyidagilar aks ettiriladi:
a) tovarlarning davlat xaridida:
tovarlarning tavsifi (funksional tavsiflar va isteʼmol xususiyatlari);
tovarni sotib olishdan koʻzlangan maqsadlar;
xarid amalga oshirilayotgan loyiha uchun asoslar;
tovarlarni sugʻurtalash;
tovarlarning zarur texnik tavsifi;
tovarlarning hajmi, qadoqlash, yuklashga qoʻyiladigan talablar;
agar davlat xaridi tavsifida boshqacha nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarning yangi, avval ishlatilmagan, foydalanilmagan boʻlishi toʻgʻrisidagi koʻrsatma;
komplektlashga qoʻyiladigan talablar;
tovarga xizmat koʻrsatish va uni ekspluatatsiya qilishga qoʻyiladigan talablar;
tovarni ekspluatatsiya qilish xarajatlariga qoʻyiladigan talablar;
tovarning texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligi boʻyicha talablar;
yetkazib berish miqdori, davriyligi, muddati va joyi boʻyicha talablar;
shef-montajni amalga oshirish (agar montaj yetkazib beruvchi tomonidan bajarilsa) boʻyicha talablar;
xodimlarni oʻqitish boʻyicha talablar;
tovar bilan birga beriladigan hujjatlar va sarf materiallarining zarur miqdori;
kafolat va kafolatdan keyingi xizmat koʻrsatish boʻyicha talablar (muddati, joyi);
tovarning yaroqlilik muddati qoldigʻi, saqlash muddati, sifat kafolatlariga qoʻyiladigan talablar;
tovarning ishlab chiqarish/chiqarish muddatiga qoʻyiladigan talablar;
b) ishlar va xizmatlarning davlat xaridida:
asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarni aks ettirgan holda, bajariladigan ishlar va koʻrsatiladigan xizmatlarning nomlanishi va foydalanish maqsadlari;
xarid amalga oshirilayotgan loyiha uchun asoslar;
buyurtmachining haqiqiy ehtiyojlarini inobatga olgan va amaldagi normativ hujjatlardan kelib chiqib asoslantirgan holda ijrochidan talab qilinadigan ishlar, xizmatlar roʻyxati va ularning hajmi (miqdori);
aniq manzilni (manzillar) koʻrsatgan holda ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish joyi;
ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatish shartlari;
davlat buyurtmachisi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, ishtirokchiga bajariladigan ishlar va koʻrsatiladigan xizmatlarning murakkabligidan kelib chiqqan holda qoʻyiladigan talablar;
ishlar va xizmatlar koʻrsatilishi lozim boʻlgan davr (davrlar) yoki ishlar yakunlanishi va xizmatlar koʻrsatilishi shart boʻlgan aniq sanani yoxud ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatishning davlat buyurtmachisi uchun maqbul eng qisqa muddati yoki shartnoma tuzilgandan (avans toʻlangan, boshqa holat) keyingi ijrochi ishga kirishishi va xizmatlar koʻrsatishni boshlashi lozim boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatish muddatlari (davrlari);
ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatishga, ularning natijalariga qoʻyiladigan talablar. Agar ijrochidan shartnomani bajarish jarayonida uchinchi shaxslar oldida javobgarlikni sugʻurtalash talab etiladigan yoki koʻrsatiladigan xizmatlar insonlar sogʻligʻi va hayotiga xavf tugʻdirishi ehtimoli mavjud boʻlgan taqdirda xizmatlar koʻrsatishning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha talablar koʻrsatilishi lozim;
ishlar va xizmatlar natijalarini topshirish va qabul qilish tartibi. Ishlar va xizmatlarni bajarishning har bir bosqichi boʻyicha va umumiy natijalarini topshirish va qabul qilishni taʼminlash boʻyicha tadbirlar,har bir bosqich va umumiy davr boʻyicha rasmiylashtirilishi va topshirilishi lozim boʻlgan hisobot, texnik va boshqa hujjatlar (sinovlar, nazorat ostida ishga tushirish, ishlar va xizmatlarni topshirishda texnik nazorat dalolatnomalari, boshqa hujjatlarni imzolashtalablari)ning mazmuni koʻrsatib oʻtiladi;
davlat buyurtmachisiga ishlar va xizmatlarni yakunlash va natijalarini topshirish boʻyicha texnik va boshqa hujjatlarni taqdim qilish boʻyicha talablar;
davlat buyurtmachisining xodimlarini bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar yuzasidan ijrochi tomonidan texnik oʻqitish boʻyicha talablar;
ishlar va xizmatlarning sifati kafolatlari hajmi (ijrochining kafolat muddati davridagi davlat buyurtmachisi uchun talab etiladigan eng maqbul yoki aniq belgilangan majburiyatlari) boʻyicha talablar;
ishlar va xizmatlar natijalarida sifat kafolatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi talablar;
ijrochi tomonidan ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha majburiyatlarni bajarish asnosida yuzaga kelgan intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlarni davlat buyurtmachisiga topshirish shartlarini koʻrsatga holda mualliflik huquqlari;
davlat buyurtmachisining ixtiyoriga koʻra ishlar, xizmatlar va ularni koʻrsatish shartlariga qoʻyiladigan boshqa talablar.
Sanab oʻtilgan talablar tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning oʻziga xos xususiyatlariga qarab tender hujjatlari va/yoki texnik topshiriqning texnik qismiga kiritiladi.
10. Bunda tender hujjatlari yoki texnik topshiriqda quyidagi shartlarga rioya etilishi lozim:
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga qoʻyiladigan talablarni bir maʼnoli ifodalash va tavsiflash imkoni boʻlmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilish holatlaridan tashqari, mazkur talablar aniq oʻlchanadigan boʻlishi, sonlarda ifodalanishi va/yoki boshqa muqobili yoʻq koʻrsatkichlar shaklida boʻlishi (ha/yoʻq, mavjud/mavjud emas, dan/gacha);
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga qoʻyiladigan talablar davlat xaridi ishtirokchilari sonining asossiz cheklanishiga olib kelmasligi lozim;
normativ-texnik jihatdan tartibga solinmaydigan va/yoki nostandart koʻrsatkichlarni qoʻllash keng tarqalgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilish holatlaridan tashqari, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga talablarni belgilashda barchaga maʼlum boʻlgan (standart), amaldagi normativ-texnik hujjatlarda nazarda tutilgan koʻrsatkichlar, atamalar va qisqartmalar qoʻllanilishi lozim;
muomalada boʻlish xususiyatlari va/yoki xavfsizlik (shu jumladan isteʼmol, sanoat, ekologik) talablari qonunchilikda nazarda tutilmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilinayotganda ularga talablar mavjud xalqaro normalarga muvofiq belgilanishi lozim;
davlat tomonidan xarid qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xususiyatlarini tavsiflashning boshqa yetarli darajada aniq yoʻli mavjud boʻlmagan hollardan tashqari (bunda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni boshqa ishlab chiqaruvchining ekvivalent tovarlari (ishlari, xizmatlari) bilan almashtirish imkoniyati izohda koʻrsatilishi shart), davlat xaridi obyektining tavsifiga muayyan tovar belgisi yoki nomi, patenti, konstruksiyasi yoki modeli, aniq ishlab chiqaruvchi yoki tayyorlash manbai kiritilmasligi lozim.
11. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga qoʻyiladigan talablarda tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari, patentlar, foydalaniladigan modellar, sanoat namunalari, tovarning kelib chiqish joyi yoki ishlab chiqaruvchisi nomi koʻrsatilgan taqdirda, ularni koʻrsatishni asoslab beruvchi, shu jumladan tender hujjatlarining texnik qismida yoki texnik topshiriqda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning ekvivalentini yetkazib berish imkoniyati mavjudligi toʻgʻrisidagi qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etilishi lozim.
Kapital qurilish bilan bogʻliq tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridini amalga oshirishda tender hujjatlarining texnik qismi yoki texnik topshiriq amalga oshirilayotgan loyihalarning loyiha oldi yoki loyiha hujjatlari tasdiqlangan parametrlariga muvofiq boʻlishi lozim.
12. Tender hujjatlarining narx qismida quyidagilar aks ettiriladi:
yetkazib berish shartlari;
toʻlov shartlari va toʻlov grafigi;
birja kotirovkalari, tayyorlovchi zavodlar, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqaruvchilari yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari) bergan tijorat takliflari, prays-varaqlardan kelib chiqqan holda belgilanadigan narx koʻrsatkichlarining oʻrtacha darajasini oʻrganish yakunlari boʻyicha dastlabki hisob-kitoblarga asoslangan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning eng yuqori narxi;
bitimning tegishli hujjatlar (kredit shartnomasi, bank maʼlumotnomasi, qurilishlarning manzilli roʻyxati, davlat boshqaruvi organining qarori va boshqalar) bilan tasdiqlangan moliyalashtirish manbalari.
Tender hujjatlarining narx qismini ekspertizadan oʻtkazishda quyidagilardan foydalaniladi:
resurslarning yagona milliy maʼlumotnomasi;
tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorini oʻrganish natijalari;
birja kotirovkalari, tayyorlovchi zavodlar, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqaruvchilari yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari) bergan tijorat takliflari, prays-varaqlar, shuningdek, xuddi shu kabi import kontraktlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan kelib chiqqan holda belgilanadigan narx koʻrsatkichlarining oʻrtacha darajasi;
ommaviy axborot vositalari va Internet butunjahon axborot tarmogʻidagi axborotlar;
bevosita tayyorlovchi zavodlar, yetkazib beruvchilar, ishlab chiqaruvchilar yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari)dan olingan maʼlumotlar.
13. Shartnoma loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro tijorat huquqining qabul qilingan normalari talablariga mos kelishi lozim.
131. Ekspertiza uchun taqdim etilgan tender hujjatlari va texnik topshiriqning toʻliqligi hamda ishonchliligi uchun davlat buyurtmachisi masʼuldir.
5-bob. Tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni ekspertizadan oʻtkazganlik uchun toʻlov
14. Tender hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazganlik uchun Markaz tomonidan pul olinadi va u Markazning hisob raqamiga oʻtkazib beriladi.
Davlat buyurtmachisi tender hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishni rad etgan taqdirda, toʻlangan pul qaytarib berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
16. Tender hujjatlarini takroran ekspertizadan oʻtkazganlik uchun pul olinmaydi.
6-bob. Tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni ekspertizadan oʻtkazish muddatlari
17. Markaz:
mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgan va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlov amalga oshirilgani tasdiqlangan kundan boshlab 30 kun ichida tender hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazadi va xulosani davlat buyurtmachisiga yuboradi;
mazkur Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 20 kun ichida texnik topshiriqni ekspertizadan oʻtkazadi va xulosani davlat buyurtmachisiga yuboradi.
19. Tender oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlon Markazning ijobiy xulosasi olingandan keyin portalda joylashtiriladi.
20. Tender hujjatlari yoki texnik topshiriq ekspertizadan oʻtkazgach, ushbu ekspertiza toʻgʻrisidagi maʼlumotlar veb-saytda joylashtiriladi, tender hujjatlari yoki texnik topshiriqning asli esa davlat buyurtmachisiga qaytariladi.
7-bob. Tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ijobiy xulosa berishni rad etish
21. Quyidagilar tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ijobiy xulosa berishni rad etish uchun asos boʻladi:
davlat buyurtmachisi tomonidan ekspertiza oʻtkazish uchun zarur hujjatlarni toʻliq taqdim etilmaganligi;
davlat buyurtmachisi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda buzilgan yoki ishonchsiz maʼlumotlar mavjud boʻlishi;
taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq emasligi;
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotib olish tenderining eng yuqori narxi xuddi shunday xususiyatlar va sifatga ega boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning ariza berilayotgan paytdagi oʻrtacha narxlar va shakllangan bozor konyunkturasiga nisbatan oshirib yuborilganligi.
22. Ijobiy xulosa berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma rad etish sabablari koʻrsatilgan holda davlat buyurtmachisiga yozma shaklda, shu jumladan elektron shaklda veb-sayt orqali yuboriladi.
23. Davlat buyurtmachisi qayta ishlangan tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni takroran kiritish huquqiga ega.
24. Ijobiy xulosa berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar davlat buyurtmachisi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, Markaz tomonidan hujjatlarni qayta koʻrib chiqish, ijobiy xulosa berish yoki uni rad etish qayta ishlangan tender hujjatlari yoki texnik topshiriq va rad etish sabablari bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab koʻpi bilan 10 kun ichida amalga oshiriladi.
25. Davlat buyurtmachisi xulosa berishni rad etish, shuningdek, Markazning mansabdor shaxslari hatti-harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
26. Tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni ekspertizadan oʻtkazish sohasidagi nizolar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda hal qilinadi.
27. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
Tovarlarning (ishlar, xizmatlar) davlat xaridi uchun tender hujjatlari va texnik topshiriqni kompleks ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Tender hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish
SXEMASI

Bosqichlar

Ishtirokchilar

Chora-tadbirlar

Ijro muddatlari


1-bosqich

Davlat

buyurtmachisi

Zarur hujjatlar paketini tayyorlaydi, toʻlovni amalga oshiradi va tender hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish uchun Markazga kiritadi

-


2-bosqich

Markaz

Tender hujjatlari ekspertizadan oʻtkazadi

30 kun ichida


AGAREʼTIROZLAR BOʻLSA

Tender hujjatlari ekspertizasi yakunlariga koʻra

AGAREʼTIROZLAR BOʻLMASA


3- bosqich

Markaz

Davlat

buyurtmachisiga tender hujjatlari boʻyicha ijobiy xulosa

yuboradi

-


4- bosqich

Markaz

Davlat buyurtmachisigatender hujjatlari

boʻyicha eʼtirozlar koʻrsatilgan xat

yuboradi

-



5- bosqich

Davlat

buyurtmachisi

Eʼtirozlarni hisobga olgan holda tender hujjatlarini qayta ishlab chiqadi va takroran koʻrib chiqishi uchun Markazga kiritadi

30 kun

ichida*


6- bosqich

Markaz

Bildirilgan eʼtirozlarni bartaraf �tilgani nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqadi

15 kun

ichida


7- bosqich

Markaz

Davlat buyurtmachisiga tender hujjatlari boʻyicha ijobiy xulosayuboradi

3 kun

ichida

* Tender hujjatlari 30 kun muddat oʻtgandan keyin takroran kiritilganda, tender hujjatlari yangidan kiritilgan hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Nizomga 1-ilova norasmiy tarjima.
Tovarlarning (ishlar, xizmatlar) davlat xaridi uchun tender hujjatlari va texnik topshiriqni kompleks ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Texnik topshiriqlarni ekspertizadan oʻtkazish
SXEMASI

Bosqichlar

Ishtirokchilar

Chora-tadbirlar

Ijro muddatlari


1- bosqich

Davlat buyurtmachisi

Zarur hujjatlar paketini tayyorlaydi va texnik topshiriqni ekspertizadan oʻtkazish uchun Markazga kiritadi

-


2-bosqich

Markaz

Texnik topshiriqni ekspertizadan oʻtkazadi

20 �un ichida


AGAREʼTIROZLAR BOʻLSA

Texnik topshiriqni ekspertizadan oʻtkazish yakunlariga koʻra

AGAREʼTIROZLAR BOʻLMASA


3-bosqich

Markaz

Davlat buyurtmachisigatexnik topshiriq boʻyicha ijobiy xulosa

yuboradi

-


4-bosqich

Markaz

Davlat buyurtmachisigatexnik topshiriq

boʻyicha eʼtirozlar koʻrsatilgan xat

yuboradi

-


5-bosqich

Davlat buyurtmachisi

Eʼtirozlarni hisobga olgan holda texnik topshiriqni qayta ishlab chiqadi va takroran koʻrib chiqish uchun Markazga kiritadi

30 kun

ichida*


6-bosqich

Markaz

Texnik topshiriqni

bildirilgan eʼtirozlar bartaraf etilganligi nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqadi

15 kun ichida


7-bosqich

Markaz

Davlat buyurtmachisiga texnik topshiriq

boʻyicha ijobiy xulosayuboradi

3 kun ichida

* Texnik topshiriq 30 kun muddat oʻtgandan keyin takroran kiritilganda, texnik topshiriq yangidan kiritilgan hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Nizomga 2-ilova norasmiy tarjima.
Tovarlarning (ishlar, xizmatlar) davlat xaridi uchun tender hujjatlari va texnik topshiriqni kompleks ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ‎ekspertiza qilish markaziga ‎‎

20____yil _______________ __________-son‎‎

ARIZA

‎‎_________________________________________________________________________________________________ _____loyihasini amalga oshirish uchun _________________________________________________________________ ___________________________________________________________ tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi uchun n boʻyicha xulosa berishingizni soʻraymiz.
‎‎Xarid qilinayotgan tovar (ishlar, xizmatlar) ning dastlabki umumiysummasi _________________________________________________________________________________________________.
‎‎Xarid qilinadigan tovar (ishlar, xizmatlar)ni moliyalashtirish manbalari (quyida sanab oʻtilganlardan biri koʻrsatiladi):
‎‎oʻz mablagʻlarimiz;
‎budjet mablagʻlari;
‎kreditlar (zaymlar);
‎boshqa manbalar (koʻrsatiladi) hisobidan.
‎Tender hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazganlik uchun oldindan toʻlovga kafolat beramiz.
‎‎Arizachi/buyurtmachining pochta manzili (joylashgan joyi):________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________.
‎‎
‎‎Arizachi/buyurtmachining bank rekvizitlari: _____________________________________________________________ _________________________________________________________________(MFO, STIR, hisobraqami, bank nomi).
‎‎Arizachi/buyurtmachi bilan bogʻlanish raqamlari (ijrochi koʻrsatilsin): ________________________________________________________________________________________________.
Tender hujjatlari elektron shaklda quyidagi manzilga joʻnatilgan:
‎___________________.
‎‎Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinmoqda:
‎‎_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Arizachi

_____________________________

F.I.Sh.

_____________________________________

imzo

M. .

 LexUZ sharhi
Nizomga 3-ilova norasmiy tarjima.
Tovarlarning (ishlar, xizmatlar) davlat xaridi uchun tender hujjatlari va texnik topshiriqni kompleks ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ‎ekspertiza qilish markaziga ‎‎

20____yil _______________ __________-son‎‎

ARIZA

‎‎_________________________________________________________________________________________________ _____loyihasini amalga oshirish uchun _________________________________________________________________ ___________________________________________________________ tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi uchun n boʻyicha xulosa berishingizni soʻraymiz.
‎‎Xarid qilinayotgan tovar (ishlar, xizmatlar) ning dastlabki umumiysummasi _________________________________________________________________________________________________.
‎‎Xarid qilinadigan tovar (ishlar, xizmatlar)ni moliyalashtirish manbalari (quyida sanab oʻtilganlardan biri koʻrsatiladi):
‎‎oʻz mablagʻlarimiz;
‎budjet mablagʻlari;
‎kreditlar (zaymlar);
‎boshqa manbalar (koʻrsatiladi) hisobidan.
‎‎Arizachi/buyurtmachi bilan bogʻlanish raqamlari (ijrochi koʻrsatilsin): ________________________________________________________________________________________________.
Texnik topshiriq elektron shaklda quyidagi manzilga yuborildi:
‎___________________.
‎‎Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinmoqda:
_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Arizachi

_____________________________

F.I.Sh.

_____________________________________

imzo

M. .

 LexUZ sharhi
Nizomga 4-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-son qaroriga
3-ILOVA
Kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisida
N I Z O M
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish markazi” DUK (keyingi oʻrinlarda — Markaz)da kontraktlarni, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha bitimlarni ekspertizadan oʻtkazish hamda roʻyxatga olish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
davlat xaridi — davlat buyurtmachilari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni toʻlov asosida, qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda sotib olish;
buyurtmachilar — ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hollarda kontraktlarni, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha bitimlarni ekspertizadan oʻtkazish uchun Markazga murojaat qiluvchi shaxslar;
strategik xarid qiluvchilar — roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan strategik ahamiyatdagi xoʻjalik jamiyatlari va korxonalar;
kontrakt — buyurtmachi bilan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti oʻrtasida milliy valyutada tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma;
import kontrakti — toʻlov valyutasidan qatʼi nazar tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilish toʻgʻrisida buyurtmachi bilan Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti oʻrtasida tuzilgan shartnoma;
qoʻshimcha bitim — tomonlar oʻrtasida ilgari tuzilgan kontraktga hamda import kontraktiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishini nazarda tutuvchi hujjat;
benefitsiar mulkdor — pirovardida mulkiy huquqlarga egalik qiladigan yoki kontrakt boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchini amalda nazorat qiladigan jismoniy shaxs.
3. Kontraktlar, import kontraktlari va/yoki qoʻshimcha bitimlarni ekspertizadan oʻtkazganlik uchun haq undiriladi vauning summasi Markazning hisob raqamiga oʻtkazib beriladi.
4. Quyidagilarni:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari asosida tuziladigan, xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning aniq yetkazib beruvchilari va/yoki qiymati belgilab qoʻyilgan kontraktlar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha bitimlar;
hujjatlari Markazda ekspertizadan oʻtgan tenderlar yakunlari boʻyicha tuziladigan import kontraktlari va ularga qoʻshimcha bitimlar;
budjet tizimining budjetlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati ostida jalb etiladigan kreditlar (qarzlar) hisobidan amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlari boʻyicha import kontraktlari va ularga qoʻshimcha bitimlar ekspertizasi uchun haq undirilmaydi.
5. Ushbu Nizomda koʻzda tutilgan kontrakt, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitim belgilangan tartibda Markazda roʻyxatga olingandan soʻng kuchga kiradi va ijro etilishi lozim.
2-bob. Markazda ekspertizadan oʻtkazilishi va roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan kontraktlar
6. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda eng yaxshi takliflarni tanlab olish va toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar asosida strategik xarid qiluvchilar tomonidan tuzilgan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining qirq ming baravaridan oshgan import kontraktlar va ularga qoʻshimcha kelishuvlar ekspertizadan oʻtkaziladi va roʻyxatga olinadi. Bunda, import kontraktlar va ularga qoʻshimcha kelishuvlarni ekspertizadan oʻtkazish hamda roʻyxatga olish uchun xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar tomonidan investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlariga, shuningdek, joriy faoliyat boʻyicha — ishlab chiqarish normativlariga muvofiq import kontraktini tuzish zarurligining asoslanishi taqdim etiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi PQ-4678-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son)
61. Mazkur Nizomning amal qilishi:
moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar, ushbu Nizom 6-bandining “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilmagan tadbirkorlik subyektlari tomonidan tuziladigan kontraktlar va import kontraktlariga taalluqli emas. Bunda tadbirkorlik subyektlari kontraktlar, import kontraktlarini ixtiyoriy va shartnomaviy asosda ekspertizadan oʻtkazish va/yoki roʻyxatga olish uchun Markazga kiritishlari mumkin;
davlat tomonidan qoʻriqlanadigan shaxslar xavfsizligini hamda mudofaa qobiliyatini taʼminlash maqsadida tuziladigan;
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan holatlarda Oʻzbekiston Respublikasining ehtiyojlarini taʼminlash uchun zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotib olish maqsadida tuziladigan;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlariga saylovlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi referendumlariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish maqsadida;
sud tergovlarida ishtirok etish uchun advokat (vakil) tayinlanishi munosabati bilan;
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq qatʼiy narxlar belgilangan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotib olish uchun;
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq yagona yetkazib beruvchidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun;
mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq hamda toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun;
bank (banklararo) operatsiyalarini amalga oshirish va/yoki bank (banklararo) xizmatlari koʻrsatish boʻyicha;
uch tomonlama shartnomaga muvofiq lizing operatsiyasi boʻyicha, bunda davlat buyurtmachisi, strategik xarid qiluvchi, shuningdek, strategik xarid qiluvchining ulushi mavjud boʻlgan yuridik shaxs lizing oluvchi hisoblanmaydi;
sugʻurta xizmatlarini xarid qilish (majburiy sugʻurta turlari);
qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun;
Oʻzbekiston Respublikasining alohida ixtisoslashtirilgan savdo maydonlari (birjalari)dagi elektron savdolar vositasida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotib olish uchun;
xoʻjalik yurituvchi subyekt bilan uning tuzilmasiga kiruvchi ichki idoraviy korxonasi (boʻlinmasi) oʻrtasida tuziladigan;
strategik xarid qiluvchi bilan ustav fondi (kapitali)da mazkur strategik xarid qiluvchining ulushi mavjud boʻlgan tashkilot oʻrtasida tuziladigan;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida tuziladigan;
keyinchalik boj olinmaydigan savdo hududida sotish maqsadida tovarlar sotib olish uchun tuziladigan;
xalqaro elektr aloqa (xalqaro ovozli telefon trafigi va Internet tarmogʻidan foydalanish) xizmatlarini sotib olish maqsadida tuziladigan kontraktlar, import kontraktlariga joriy etilmaydi.
Mazkur Nizomning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va investitsiyaviy bitimlarida oʻzgacha tartib nazarda tutilgan taqdirda ham kontraktlar va import kontraktlariga tatbiq etilmaydi.
3-bob. Kontraktlar, import kontraktlari va/yoki qoʻshimcha bitimlarni ekspertizadan oʻtkazish hamda roʻyxatga olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
7. Buyurtmachi kontraktlar, import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish uchun Markazga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza;
mazkur Nizomning 4-bobidagi talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan kontrakt, import kontraktining asl nusxasi;
kontrakt, import kontraktining nusxasi (tartib raqami qoʻyilgan, buyurtmachining vakolatli shaxsi tomonidan muhr va imzo qoʻyib tasdiqlangan);
Markaz tizimida ariza roʻyxatga olingani toʻgʻrisida xabarnoma;
kontrakt, import kontraktining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi boʻyicha yuridik xulosa (yuridik xizmat vizasi);
kontrakt, import kontraktini tuzishga tomonlarning vakolati borligini tasdiqlovchi (ularni birinchi rahbardan boshqa shaxslar imzolagan taqdirda) hujjatning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
kontraktlar tuzilgan davrda amal qiluvchi, buyurtmachining birinchi rahbari imzosi bilan tasdiqlangan, hujjatlar (soʻrovnomalar, tijorat takliflari, birja yoki assotsiatsiyalar kotirovkalari, prays-listlar va hokazolar) taqdim etilgan holda kontrakt, import kontrakti narxini belgilash boʻyicha asoslantirishlar. Bunda taqdim etilgan barcha takliflar yuridik yoki jismoniy shaxslar, shu jumladan muqobil takliflarni taqdim etgan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning yuridik manzillari hamda aloqa bogʻlash rekvizitlarini, shuningdek, Markazning talabiga koʻra — ushbu yuridik shaxslarning aloqa rekvizitlarini oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim. Kontrakt yoki import kontrakti oʻtkazilgan tender savdolari yakunlari boʻyicha yoki eng yaxshi taklifni tanlab olish yoʻli bilan tuzilgan hollarda narx belgilash boʻyicha asoslantirishlar oʻrniga xarid komissiyasi yoki idoraviy xarid komissiyasi bayonnomasining nusxasi taqdim etiladi;
loyihani moliyalashtirish manbai toʻgʻrisidagi tasdiqlovchi xat.
Taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi va aynan bir xilligi yuzasidan buyurtmachi javobgar boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinayotgan tovarlarning sifati, miqdori va narxlari Markazda roʻyxatga olingan import kontraktlarining shartlariga mos boʻlishini taʼminlash boʻyicha zarur choralarni koʻrish yuzasidan javobgarlik buyurtmachining mansabdor shaxslari zimmasiga yuklanadi.
71. Buyurtmachi kontraktlar, import kontraktlariga qoʻshimcha bitimlarni ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza;
mazkur Nizomning 4-bandi talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan qoʻshimcha bitimning asl nusxasi;
kontrakt, import kontrakti va roʻyxatga olingan yoki ekspertizadan oʻtkazilgan barcha ilgari tuzilgan qoʻshimcha bitimlarning nusxalari (tartib raqami qoʻyilgan, buyurtmachining vakolatli shaxsi tomonidan muhr va imzo qoʻyib tasdiqlangan), shuningdek, ilgari berilgan xulosalarning nusxalari;
Markaz tizimida ariza roʻyxatga olingani toʻgʻrisidagi xabarnoma;
qoʻshimcha bitimning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi boʻyicha yuridik xulosa (yuridik xizmat vizasi);
qoʻshimcha bitimni imzolashga tomonlarning vakolati borligini tasdiqlovchi (ular birinchi rahbardan boshqa shaxslar imzolagan taqdirda) hujjatning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
tovarning hajmi koʻpaygan, uning nomenklaturasi, tovar ishlab chiqarilgan mamlakat, uning narxlari va haq toʻlash shartlari oʻzgargan taqdirda,buyurtmachi birinchi rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan, ular tuzilgan davrda amal qiluvchi hujjatlar (soʻrovnomalar, tijorat takliflari, birja yoki assotsiatsiyalar kotirovkalari, prays-listlar va hokazolar) taqdim etilgan holda qoʻshimcha bitim narxini belgilash boʻyicha asoslantirishlar.
Bunda taqdim etilgan barcha takliflar yuridik yoki jismoniy shaxslar, shu jumladan muqobil takliflarni taqdim etgan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning yuridik manzillari hamda aloqa bogʻlash rekvizitlarini, shuningdek, Markazning talabiga koʻra — ushbu yuridik shaxslarning aloqa rekvizitlarini oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim. Kontrakt yoki import kontrakti oʻtkazilgan tender savdolari yakunlari boʻyicha yoki eng yaxshi taklifni tanlab olish yoʻli bilan tuzilgan hollarda narx belgilash boʻyicha asoslantirishlar oʻrniga xarid komissiyasi yoki idoraviy xarid komissiyasi bayonnomasining nusxasi taqdim etiladi.
Taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi va aynan bir xilligi yuzasidan javobgarlik buyurtmachi zimmasiga yuklanadi.
8. Mazkur Nizomning 4-bandida koʻzda tutilgan import kontraktlari va/yoki qoʻshimcha bitimlarni ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish uchun buyurtmachi Markazga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza;
tomonlar imzolagan import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitimning asl nusxasi;
import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitimni tuzishga tomonlarning vakolati borligini tasdiqlovchi (ularni birinchi rahbardan boshqa shaxslar imzolagan taqdirda) hujjatning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari asosida xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning aniq yetkazib beruvchilari va/yoki qiymati belgilangan import kontraktlari va ularga qoʻshimcha bitimlar tuzilganida — tegishli qarorlarning nusxalari;
tender hujjatlari Markazda ekspertizadan oʻtgan tenderlarning yakunlari boʻyicha import kontraktlari va ularga qoʻshimcha bitimlarni tuzishda — tegishli xarid komissiyasining bayonnomasining nusxasi.
9. Ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan import kontraktlarini istisno qilganda, buyurtmachi Markazning talabiga koʻra import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitim boʻyicha mahsulot yetkazib beruvchilarni identifikatsiya qilish uchun zarur boʻlgan quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi:
davlat tomonidan roʻyxatga olinganlikni tasdiqlovchi hujjat;
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
joylashgan joyi (pochta manzili) va telefon raqamlari;
litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumot (faoliyat turi, litsenziya raqami va berilgan sanasi, kim tomonidan berilgan, amal qilish muddati);
imzolash huquqiga ega boʻlgan yoki yuridik shaxs nomidan ish olib boruvchi jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
yuridik shaxs muassislari (aksiyadorlar, ishtirokchilar) hamda ularning ustav fondi (kapitali)dagi ishtiroki ulushlari toʻgʻrisidagi maʼlumot;
ustav fondi (kapitali) miqdori va uning shakllantirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
yuridik shaxsning boshqaruv organlari (yuridik shaxs boshqaruv organlarining tuzilmasi va shaxsiy tarkibi) toʻgʻrisidagi maʼlumot;
oxirgi yil uchun moliyaviy hisobot, shuningdek, soliqdan qarzdorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
import kontrakti boʻyicha tovarlar yetkazib beruvchining benefitsiar mulkdori toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Ms Word eki Ms Excel formatidagi barcha ilovalari bilan birga elektron shakldagi kontrakt, import kontrakti va/yoki unga qoʻshimcha bitim.
10. Hujjatlarni Markazga taqdim etish muddati kontrakt, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitim imzolangan paytdan boshlab koʻpi bilan oʻttiz kunni tashkil etadi.
4-bob. Kontraktlar va import kontraktlariga qoʻyiladigan talablar
11. Kontraktlar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha bitimlarning mazmuni Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
12. Import kontraktlari quyidagi asosiy qoidalarni oʻz ichiga olishi lozim.
Muqaddima. Kirish qismi import kontraktining raqami, tuzilgan joyi va sanasi, yuridik shaxslarning toʻliq nomlanishi, import kontaktini tuzuvchi shaxslarning lavozimi, familiyasi va ismini oʻz ichiga oladi. Agarda shaxsimport kontraktini ishonchnoma asosida tuzayotgan boʻlsa,bu muqaddimada koʻrsatiladi.
Predmet. Ushbu boʻlimda tovar (ish, xizmat)ning nomi, texnik tavsiyalari, miqdori va sifati hamda butlanganligi koʻrsatiladi.
Tovar (ishlar, xizmatlar)ning miqdori metrik oʻlchov tizimida qabul qilingan xalqaro birliklarda ifodalanadi. Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan oʻlchov va ogʻirlik miqdorlarini aniqlash tartibiga muvofiq oʻlchov birliklarida belgilashga yoʻl qoʻyiladi.
Tovarning sifat tavsifi foydalanishga yaroqliligini aks ettiruvchi xususiyatlar yigʻindisidan iborat. Shuningdek, tovarning TIF TN kodini ham koʻrsatib oʻtish zarur.
Tovarga qoʻyiladigan talablar. Tovar yangi va ishlatilmagan boʻlishi lozim.
13. Quyidagilar tovar sifatini belgilashning asosiy metodlari hisoblanadi:
standart boʻyicha — barchatomonidan qabul qilingan xalqaro standartlar, Oʻzbekiston Respublikasida amal qiluvchi davlat standartlari;
spetsifikatsiya boʻyicha — texnik parametrlarni koʻrsatish;
asosiy moddalarning mavjudligi boʻyicha — minimum-koʻrsatkich, aralashmalar boʻyicha — maksimum-koʻrsatkich;
tovarning oʻziga tegishli xossalar boʻyicha — shakl, model, marka, nav, tur.
Mashinalar, uskunalar va texnologik liniyalarni yetkazib berish boʻyicha import kontraktida ularning yangiligiga, chiqarilgan yiliga nisbatan talab koʻrsatiladi.
14. Mahsulot yetkazib berishning tayanch shartlari xalqaro INKOTERMS qoidalariga muvofiq belgilanadi.
INKOTERMS qoidalaridan foydalanganda qisqartma nom bilan bir qatorda yetkazib berish joyi (temir yoʻl stansiyasi, port, aeroport va hokazolarning nomlari) koʻrsatiladi.
15. Tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmat koʻrsatish muddati yoki sanasi.
Tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmat koʻrsatish muddati yoki sanasi deganda ijrochi tomonidan oʻz majburiyatlarini tovar yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishning import kontraktlarida koʻrsatilgan tayanch shartlarga muvofiq bajarish sanasi tushuniladi.
16. Narx va umumiy summa. Import kontraktida tovar (ishlar, xizmatlar)ning narxini belgilashda tovar (ishlar, xizmatlar)ning oʻlchov birligi, narx bazisi, qayd etish usuli, bir dona tovar narxi va import kontraktining umumiy summasi koʻrsatiladi.
Qayd etish usuliga koʻra narx qatʼiy (oʻzgarmas, bozor konyunkturasiga bogʻliq boʻlmagan), sirgʻaluvchan (tomonlarning kelishuviga binoan oʻzgartiriladigan), oʻzgaruvchan (bozor konyunkturasiga, inflatsiya darajasiga bogʻliq) boʻlishi mumkin.
Import kontraktining umumiy summasi tovar (ishlar, xizmatlar)ning toʻliq qiymatini anglatadi.
Hadli import kontraktini tuzish va tovar (ishlar, xizmatlar)ning aniq qiymatini belgilashning imkoni boʻlmagan taqdirda, import kontraktining taxminiy cheklangan summasi koʻrsatiladi.
Etkazib beruvchilar tomonidan montaj va/yoki ishga tushirish-sozlash ishlari amalga oshirilishini, ular tomonidan xodimlarni oʻqitish va boshqa xizmatlar koʻrsatish, royalti toʻlash nazarda tutilgan uskunalar, qurilmalar, mashina va mexanizmlar, mahsulotlarni xarid qilish boʻyicha import kontraktlarida (spetsifikatsiyada) royalti summasi, shuningdek, bajarilayotgan ishlar va koʻrsatilayotgan xizmatlarning summasi alohida-alohida koʻrsatiladi.
17. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning narx parametrlarini belgilashda quyidagilar hisobga olinadi:
yuk ortish va qadoqlash alohida shart-sharoitlari, buyurtma miqdori, litsenziya yigʻimlari, bitimni sugʻurtalash, intellektual mulk bilan bogʻliq sarf-xarajatlar;
tovarlar haqini toʻlash shartlari va muddatlari, ularni tayyorlash (uzoq vaqt tayyorlanadigan tovarlar, standart tovarlar), ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatishning xususiyatlari, yetkazib berish shartlari, qoʻshimcha shartlar va yetkazib beruvchilardan (sotuvchilar, ijrochilar va pudratchilardan) talab qilinadigan kafolatlar, mavsumiy oʻzgarishlarning taʼsiridan kelib chiqib, narxlarning oʻzgaruvchanligi;
kafolat muddatidan keyingi xizmat va servis xizmati koʻrsatish, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, uzel va agregatlarning bir-birini almashtira olishini eʼtiborga olganda narx parametrlarining maqbulligi;
ishlab chiqariladigan mahsulotning unumdorligi, sifati, raqobatdoshligidan, xarid qilinayotgan tovarning energiya resurs tejamkorligi, ekologik sofligidan, umumiy egalik qilish qiymati hamda narx belgilashga taʼsir oʻtkazuvchi boshqa omillardan kelib chiqib, qiymatlarning xilma-xilligi.
18. Toʻlov shartlari. Import kontraktidagi toʻlov shartlarida toʻlov valyutasi, shakli va muddati koʻrsatiladi.
Agarda toʻlov valyutasi import kontrakti valyutasidan farq qilsa, u holda valyuta kursini qayta hisoblash tartibi koʻrsatiladi.
19. Tovar ishlab chiqarilgan, ishlar bajariladigan va xizmatlar koʻrsatiladigan joy. Import kontraktida tovarishlab chiqarilgan mamlakat hamda yetkazib berilayotgan tovar (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqaruvchisi nomi koʻrsatiladi.
20. Tomonlarning masʼuliyati. Tomonlar oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishini taʼminlaydigan shartlar sifatida import kontraktida, qoida tariqasida, bir tomonning kontrakt majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun penya va/yoki jarima tarzidagi sanksiyalar nazarda tutiladi. Aybdor tomonga zarar koʻrgan tomonning talabi boʻyicha unga neustoyka (burdsizlik toʻlovi) toʻlash majburiyati yuklatiladi.
21. Kafolatlar. Muvofiqlik sertifikatini olish lozim boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha import kontraktlarida import kontaktining ijrochisi tomonidan beriladigan kafolat muddatlari, hajmlari belgilanadi. Ijrochi zimmasiga muayyan kafolat muddati davomida tovar (ishlar, xizmatlar) sifati boʻyicha masʼuliyat yuklanadi va tegishli ravishda ijrochi tomonidan oʻzining kafolat majburiyatlarini amalga oshirish tartibi belgilanadi.
Import kontrakti shartlariga binoan ijrochining kafolat majburiyati amal qila boshlaydigan vaqt belgilab qoʻyiladi.
22. Qoʻllaniladigan huquq. Tomonlar oʻzaro munosabatlarini tartibga soluvchi huquqni belgilashi va koʻrsatishi shart.
23. Nizolarni hal etish. Import kontraktida tomonlar oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan va muzokaralar yoʻli bilan bartaraf etib boʻlmaydigan nizolarni hal etish tartibi belgilanadi. Bunda ushbu import kontrakti boʻyicha nizolar koʻrib chiqiladigan joy va organ koʻrsatib oʻtiladi.
24. Tomonlarning rekvizitlari. Import kontraktining matnida tomonlarning rekvizitlari keltiriladi. Pochta rekvizitlari, manzil, bank va yuk ortib joʻnatish rekvizitlari koʻrsatiladi. Import kontraktida tomonlarning imzolari ularning muhri bilan tasdiqlanadi.
25. Import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitim varaqlariga tomonlarning vakolatli shaxslari viza qoʻyadilar (tasdiqlaydilar).
26. Kontrakt, import kontraktining matni davlat tili yoki rus tilida bayon etiladi. Agarda import kontraktining matni boshqa tilda tuzilgan boʻlsa import kontrakti davlat tili yoki rus tiliga tarjima qilinishi hamda qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanishi lozim. Kontrakt, import kontrakti ikki tilda tuzilgan hollarda u kontrakt, import kontrakti varaqlarining oʻng va chap tomonlarida parallel tarjima holida rasmiylashtiriladi va har bir tildagi matn bir xil yuridik kuchga ega boʻladi. Bunda kontrakt, import kontrakti matnida farq yuzaga kelgan hollarda qaysi matn ustuvor boʻlishi lozimligi nazarda tutiladi.
5-bob. Kontraktlar, import kontraktlari va/yoki qoʻshimcha bitimlarni ekspertizadan oʻtkazish hamda roʻyxatga olish tartibi va muddati
27. Kontraktlar, import kontraktlari va/yoki qoʻshimcha bitimlarni ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
28. Markaz:
koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun zarur hujjatlar va toʻlov amalga oshirilganligi tasdiqnomasi taqdim etilgan kundan boshlab yigirma kun mobaynida kontrakt, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitimni ekspertizadan oʻtkazadi va roʻyxatga oladi;
zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab besh kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari asosida tuzilgan, xarid qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilar va/yoki ularning qiymati belgilangan yoxud tender hujjatlari Markazda ekspertizadan oʻtgan tenderlarning yakunlari boʻyicha tuzilgan kontrakt, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitimni ekspertizadan oʻtkazadi va roʻyxatga oladi.
29. Markaz tomonidan kontraktlar, import kontraktlari va/yoki qoʻshimcha bitimlarni ekspertizadan oʻtkazishda:
toʻlov valyutasiga, tovarlar (ishlar, xizmatlar) kelib chiqqan mamlakatga qarab kontrakt narxlarining ham xalqaro bozorlarkonyunkturasiga,ham ekspertizaga ariza berilgan paytda bir xil parametrlar va sifatga ega boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning mahalliy bozorlardagi talab va takliflarining amaldagi holatiga asoslangan narxlari darajasiga muvofiqligi oʻrganiladi;
ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarning mazkur Nizom talablariga muvofiqligi tekshiriladi;
kontrakt, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitimning shartlari xalqaro va ichki savdo-sotiqning barcha tomonidan qabul qilingan normalariga mosligi oʻrganiladi.
30. Kontraktlar, import kontraktlariva/yoki qoʻshimcha bitimlar ekspertizasi:
yagona milliy resurslar maʼlumotnomasi;
tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorining konyunkturasini oʻrganish natijalari;
ommaviy axborot vositalari va jahon Internet tarmogʻidagi maqolalardan;
bevosita mahsulot tayyorlovchi zavodlar, yetkazib beruvchilar, ishlab chiqaruvchilardan yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari)dan olingan maʼlumotlardan foydalangan holda amalga oshiriladi.
31. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari asosida tuzilgan, xarid qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilar va/yoki ularning qiymati aniqlab qoʻyilgan kontraktlar, import kontraktlari va/yoki qoʻshimcha bitimlarni ekspertizadan oʻtkazishda ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiqligi tekshiriladi;
oʻtkazilgan tenderlar boʻyicha tuzilgan kontraktlar, import kontraktlari va/yoki qoʻshimcha bitimlar boʻyicha ekspertiza faqat ularning tender hujjatlari shartlariga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi hamda davlat tili va rus tiliga tarjimasi toʻgʻriligi nuqtai nazaridan amalga oshiriladi.
32. Oʻtkazilgan ekspertiza natijalari boʻyicha buyurtmachiga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda ijobiy xulosa hujjatlarning asl nusxalari beriladi yoki hujjatlar qaytarilish sabablarini koʻrsatgan holda qaytarib beriladi.
33. Oʻtkazilgan ekspertiza yakunlariga koʻra kontrakt, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitim Markaz tomonidan roʻyxatga olinadi, kontrakt, import kontrakti va/yokiqoʻshimcha bitim asl nusxasining har bir varagʻida kontrakt, import kontrakti va/yokiqoʻshimcha bitimlarni roʻyxatga olish Markazi boʻlinmasi rahbarining shtampi va imzosi qoʻyiladi.
Kontrakt, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitimga identifikatsiya raqami beriladi.
Markaz tomonidan kontrakt, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitim roʻyxatga olingandan keyin koʻpi bilan ikki kun ichida Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida tegishli belgi qoʻyiladi.
34. Markaz tomonidan kontrakt, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitim yuzasidan berilgan xulosa kontrakt, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitimning amal qilish muddati tugagunga qadar haqiqiy hisoblanadi.
6-bob. Kontrakt, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitimniekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olishni rad etish
35. Quyidagilar kontrakt, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitimni ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olishni rad etish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
agar import kontrakti boʻyicha toʻlov imtiyozli soliq tartibini taqdim etadigan va/yoki moliyaviy operatsiyalarni oʻtkazishda axborot oshkor etilishi va berilishini nazarda tutmaydigan davlatlarda yoki hududlarda (offshor zonalarida) roʻyxatga olingan norezident foydasiga, shuningdek, offshor zonalarida joylashgan banklardagi norezidentlarning hisobraqamlariga oʻtkaziladigan boʻlsa;
buyurtmachi ekspertiza oʻtkazish va/yoki roʻyxatga olish uchun zarur hujjatlarni toʻliq hajmda taqdim etmaganligi;
buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonarsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi;
tender yoki tanlovni oʻtkazish jarayonining buzilishi;
kontrakt/import kontrakti/qoʻshimcha bitimni ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olishga ariza berilgan paytda aynan bir xil tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida hosil boʻlgan konyunktura va oʻrtacha bozor narxi darajasiga nisbatan xarid qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining oshirib yuborilganligi;
taqdim etilgan hujjatlarning mazkur Nizom talablari va shartlariga muvofiq emasligi.
36. Buyurtmachi kontrakt, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitimni ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olishni rad qilgan taqdirda, toʻlangan summa qaytarib berilmaydi.
37. Rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma buyurtmachiga rad etish sabablarini koʻrsatgan holda yozma shaklda, shu jumladan jahon Internet axborot tarmogʻi orqali elektron koʻrinishda yuboriladi.
38. Buyurtmachi rad etishga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgandan soʻng kontraktlar, import kontraktlari va/yoki qoʻshimcha bitimni ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish uchun takroran kiritadi.
39. Rad etishga asos boʻlgan sabablar buyurtmachi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, ekspertiza va roʻyxatga olish Markaz tomonidan kontrakt, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitim hamda rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab koʻpi bilan besh kun ichida amalga oshiriladi.
40. Kontrakt, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitimni takroran koʻrib chiqish uchun haq undirilmaydi.
7-bob. Xulosaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish, tiklash, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish
42. Buyurtmachi kontrakt, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitim shartlarini, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan ruxsat beruvchi boshqa talablar va shartlarni bajarmagan hollarda Markaz tomonidan berilgan xulosaning amal qilishi toʻxtatib qoʻyilishi mumkin.
43. Xulosaning amal qilishini toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi Markaz qarori buyurtmachiga yozma shaklda, shu jumladan xulosa amal qilishining toʻxtatilish sabablari koʻrsatilgan holda elektron koʻrinishida yetkaziladi.
44. Xulosa amal qilishining toʻxtatilishiga olib kelgan holatlar (sabablar) bartaraf etilganligi fakti buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, mazkur holatlar (sabablar) bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma olingan kundan boshlab besh kun ichida Markaz xulosaning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
45. Xulosaning amal qilishi asossiz toʻxtatilgan hollarda Markaz buyurtmachi oldida unga yetkazilgan zararlar miqdorida javobgar boʻladi, xulosaning amal qilishi esa u Markaz qarori bilan toʻxtatilgan paytdan boshlab qayta tiklangan hisoblanadi.
46. Ilgari berilgan xulosa toʻxtatilgan hollarda Markaz Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga Markaz tomonidan mazkur xulosa toʻxtatilgan kundan boshlab ikki kundan kechikmay tegishli axborotni kiritadi.
47. Xulosaning amal qilishi quyidagi holatlarda tugatiladi:
qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda yangidan yuzaga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida aynan bir xil harakatlar va/yoki faoliyatni amalga oshirishga ruxsatnoma xarakteridagi hujjat mavjud boʻlganida qayta tashkil etish, shuningdek, qoʻshilishni istisno qilganda qayta tashkil etish natijasida buyurtmachi faoliyatining tugatilishi yoki toʻxtatilishi;
buyurtmachi tomonidan bir yil mobaynida fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, hayoti va sogʻligiga, jamoat xavfsizligiga va atrof muhitga zarar yetkazilishiga olib kelgan muntazam (ikki va undan koʻproq) yoki bir marotaba qoʻpol ravishda ruxsatnoma talablari va shartlari buzilganida;
xulosaning amal qilishi toʻxtatilishiga olib kelgan holatlar (sabablar) buyurtmachi tomonidan bartaraf etilmaganda.
48. Buyurtmachi qayta tashkil etilgan, nomlanishi yoki uning joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, buyurtmachi yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatga olingandan keyin yetti kun ichida koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda xulosani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani Markazga topshirishi shart.
49. Xulosani qayta rasmiylashtirganda Markaz berilgan xulosalar reyestriga va Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
50. Xulosani qayta rasmiylashtirish va topshirish Markaz tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan xulosani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza olingan kundan boshlab koʻpi bilan besh kun muddatda amalga oshiriladi.
51. Xulosani qayta rasmiylashtirish uchun toʻlov undirilmaydi.
52. Berilgan xulosa yoʻqotilgan yoki buzilgan hollarda buyurtmachining arizasiga koʻra uning dublikati beriladi.
Xulosaning asl nusxasi buzilgan taqdirda uning dublikatini berish toʻgʻrisidagi murojaat olingan kundan boshlab koʻpi bilan uch kun ichida Markaz xulosaning dublikatini beradi (yuboradi). Xulosa dublikati berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida haq undiriladi.
(52-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son — 2021-yil 1-dekabrdan kuchga kiradi)
53. Kontraktlar, import kontraktlari va/yoki qoʻshimcha bitimlar boʻyicha xulosa quyidagi hollarda:
Markaz tomonidan — buyurtmachining yozma ravishdagi talabi boʻyicha;
sud tomonidan — soxta hujjatlardan foydalangan holda xulosa olinganlik fakti aniqlangan taqdirda bekor qilinadi.
Xulosa bekor qilinganida Markaz Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga tegishli axborotni kiritadi.
8-bob. Kontraktlar, import kontraktlari va/yoki qoʻshimcha bitimlar boʻyicha berilgan xulosalar reyestri
54. Markazkontraktlar, import kontraktlari va/yoki qoʻshimcha bitimlar boʻyicha berilgan xulosalar reyestrini yuritadi.
55. Kontraktlar, import kontraktlari va/yoki qoʻshimcha bitimlar boʻyicha berilgan xulosalar reyestrida quyidagilar koʻrsatiladi:
buyurtmachining nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli;
kontrakt, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitim boʻyicha berilgan xulosa sanasi va raqami;
xulosa berilayotgan kontrakt, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitimning detallari, kontrakt, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitimning raqami va sanasi, tovarning nomlanishi, kontrakt, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitimning qiymati, mahsulot yetkazib beruvchining nomi va mamlakati;
kontrakt, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitim boʻyicha xulosaning amal qilishi toʻxtatilganligiga asos va uning sanasi;
kontrakt, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitim boʻyicha xulosa bekor qilinganligiga asos va uning sanasi;
kontrakt, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitim boʻyicha xulosa dublikati berilishiga asos va uning sanasi.
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
56. Buyurtmachi Markaz qarori va Markaz mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
57. Kontraktlar, import kontraktlari va/yoki qoʻshimcha bitimlarni ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
58. Mazkur Nizomni buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
 LexUZ sharhi
3-ilova norasmiy tarjima.
Kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish markaziga‎‎

‎‎20____ yil “____”_________________-son

‎‎ARIZA

‎‎Sizdan
‎_________________________________________________________________________________________________ (tashkilotning toʻliq nomi, mamlakati) bilan ____________________________________________________________ _____________________________________________ (tashkilotning toʻliq nomi, mamlakati)
‎oʻrtasida ______________________________________________________________________ (tovar, ishlar, xizmatlar nomlanishi) yetkazib berish boʻyicha 20____ yil “___”_____________________________________________ dagi ______-son kontrakt/import kontrakti/qoʻshimcha bitim boʻyicha xulosa berishingizni soʻraymiz.
Kontrakt/import kontrakti/qoʻshim�a bitimning umumiy qiymati
‎___________________________________.
‎‎Avvalroq Markaz tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi uchun tender hujjatlari va (yoki) texnik topshiriqlarini ekspertizadan oʻtkazish yakunlari boʻyicha 20____ yil “___”___________________ dagi
‎_______-son xulosasi berilgan. (Mavjud boʻlsa.)
‎‎Kontrakt/import kontraktiga qoʻshimcha bitim asosida kiritilayotgan oʻzgartirishlar _____________________________________________________________________________________. (qoʻshimcha bitim kiritilayotgan holatlarda)
Kontrakt/import kontrakti/qoʻshimcha bitim boʻyicha moliyalashtirish manbalari (quyidagilardan biri koʻrsatiladi):
‎‎oʻz mablagʻlari;
‎budjet mablagʻlari;
‎kreditlar (qarzlar);
‎boshqa manbalar (koʻrsatib oʻtiladi).
‎‎Kontrakt/import kontraktiyoki unga qoʻshimcha bitimni ekspertizadan oʻtkazganlik uchun toʻlovni amalga oshirishga kafolat beramiz.
‎‎Arizachining pochta manzili
‎(joylashgan joyi) _________________________________________________________________________________;
‎‎Arizachining bank rekvizitlari ______________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________;
‎‎Arizachi bilan bogʻlanish uchun aloqa raqamlari ________________________________________________________________________________________________;
‎‎Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi (nizom talablariga muvofiq): _________________________________________________________________________________________________

Arizachi

_____________________________

F.I.Sh.

_____________________________________

imzo

M. .

 LexUZ sharhi
Nizomga 1-ilova norasmiy tarjima.
Kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Kontrakt/import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitimni ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish
SXEMASI

Bosqichlar

Ishtirokchilar

Tadbirlar

Amalga oshirish muddati


1-bosqich

Kontrakt/import kontraktining buyurtmachisi va ijrochisi

Kontrakt/import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitim tuzadi

-


2-bosqich

Buyurtmachi

Talab qilingan hujjatlar paketini tayyorlaydi, arizani Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish markazida roʻyxatdan oʻtkazadi va kontrakt/import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitimni ekspertizadan oʻtkazish uchun Markazga kiritadi

Kontrakt/import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitim imzolangandan keyin koʻpi bilan bir oy ichida


3-bosqich

Markaz

Kontrakt/import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitimni ekspertizadan oʻtkazadi

20 kun ichida


AGAR “EʼTIROZLAR BOR BOʻLSA

Tender hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish natijalariga qarab

AGAREʼTIROZLAR YOʻQ BOʻLSA


4-bosqich

Markaz

Kontrakt/import kontraktini roʻyxatdan oʻtkazadi va xulosani buyurtmachiga yuboradi

3 kun ichid�


5-bosqich

Markaz

Eʼtirozlar koʻrsatilgan xat bilan birga kontrakt/import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitimni buyurtma�iga qayta ishlash uchun yuboradi

-


6-bosqich

Buyurtmachi

Eʼtirozlarni inobatga olgan holda kontrakt/import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitimni qayta ishlaydi va takroran koʻrib chiqish uchun Markazga kiritadi

30 kun ichida*


7-bosqich

Markaz

Koʻrsatilgan eʼtirozlar bartaraf etilganligi nuqtai nazaridan takroran koʻrib chiqadi

10 kun ichida


8-bosqich

Markaz

Kontrakt/import kontraktini roʻyxatdan oʻtkazadi va xulosani buyurtmachiga yuboradi

3 kun ichida

* Import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitim 30 kunlik muddat tugaganidan keyin takroran kiritilgan taqdirda, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha bitim yangidan kiritilgan hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Nizomga 2-ilova norasmiy tarjima.
Kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
3-ILOVA
Kontrakt/import kontrakti/qoʻshimcha bitimni ekspertizadan oʻtkazish
XULOSASI



Buyurtmachi/Zakazchik


Shartnoma mazmuni/Opisaniye kontrakta


Shartnoma raqami va sanasi/Nomer i data kontrakta


Shartnoma umumiy summasi/Obщaya summa kontrakta


Kontraktor va mamlakat/Kontraktor i strana


Moliyalashtirish manbai/Istochnik finansirovaniya







Imzolar/Podpisi

 LexUZ sharhi
Nizomga 3-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 15-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-3194-son Farmoni 6-bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi “Yoʻl xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4954-son Farmoni 8-bandining toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlariga, shu jumladan, avtomobil yoʻllarini mukammal taʼmirlash obyektlarining ish hujjatlarini va avtomobil yoʻllarini jihozlash boʻyicha tanlov hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha buyurtmachi funksiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasiga yuklanadi”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-4996-son Farmoni 2-bandining oʻn uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini roʻyxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5215-son Farmoni 1-bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari uchinchi xatboshi deb hisoblanib, quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish, shuningdek tender hujjatlari va texnik vazifalarni ekspertizadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-iyuldagi “Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda oʻzlashtirish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-927-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) 1-ilovaning 4-bandida:
“b” kichik bandning beshinchi xatboshidagi “a takje obespecheniye svoyevremennoy ekspertizi investitsionnix proyektov v sluchayax, predusmotrennix zakonodatelstvom” soʻzlari chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidagi “Ministerstvo vneshnix ekonomicheskix svyazey, investitsiy i torgovli Respubliki Uzbekistan” soʻzlari “Goskominvestitsiy” soʻzi bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “a takje svoyevremennoye provedeniye ekspertizi investitsionnix proyektov i importnix kontraktov v sluchayax, predusmotrennix zakonodatelstvom” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“g” kichik bandining toʻrtinchi xatboshidagi “a takje svoyevremennuyu ekspertizu investitsionnix proyektov v sluchayax, predusmotrennix zakonodatelstvom” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“d” kichik bandining ikkinchi xatboshidagi “a takje svoyevremennuyu ekspertizu investitsionnix proyektov” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi “l” kichik bandi bilan toʻldirilsin:
“l) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazirivojlanish davlat dasturi doirasida,shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirishda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini kompleks ekspertiza qiladi”;
b) 2-ilovaning II boʻlimidagi “Ministerstvo ekonomiki, Ministerstvo finansov” qatori chiqarib tashlansin;
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3150-son qarori 2-ilovasining 8-bandi “d” kichik bandi:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi-oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturiga kiritiladigan loyihalarni kompleks ekspertizadan oʻtkazadi, ularning amalga oshirilishini monitoring va tahlil qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirish doirasida, shuningdek davlat xaridlarini amalga oshirishda ishlab chiqiladigan loyihaoldi, loyiha va tender hujjatlari, texnik vazifalarni kompleks ekspertizadan oʻtkazadi;
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirish doirasida, shuningdek davlat xaridlarini amalga oshirishda tuziladigan import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazadi va roʻyxatga oladi;”;
toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha yettinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshidagi “Investitsiya dasturi” soʻzlari “rivojlanish davlat dasturi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi “Xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3487-son qarori 2-bandida:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar summasidan qatʼi nazar, xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar tomonidan tuziladigan va ularning rahbarlari boshqaradigan idoraviy tanlov komissiyalari baholaydigan eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli orqali tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish shartnomalarini, shu jumladan, import shartnomalarini tuzish huquqiga ega”;
uchinchi xatboshidagi “markazida majburiy kelishuvdan oʻtkaziladi” soʻzlari “Markazda majburiy ekspertizadan oʻtkaziladi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mazkur band bilan nazarda tutilgan tartibda, eng yaxshi takliflarni tanlab olish natijalari boʻyicha, ekvivalenti 50 ming AQSh dollaridan ortiq summaga tuzilgan barcha kontraktlar, shu jumladan, import kontraktlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida majburiy ekspertizadan oʻtkazilishi va roʻyxatga olinishi lozim”.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
10. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar roʻyxatining rus tilidagi matnida 33 — 36 pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

33.

Litsenziya na eksport i import spetsificheskix tovarov

Eksport i import spetsificheskix tovarov, perechen kotorix ustanovlen zakonodatelstvom

Kabinet Ministrov

34.

Zaklyucheniye po importnomu kontraktu

Import tovarov (rabot, uslug)

Sentr kompleksnoy ekspertizi proyektov i importnix kontraktov pri Natsionalnom agentstve proyektnogo upravleniya pri Prezidente Respubliki Uzbekistan

35.

Svidetelstvo o registratsii eksportnogo kontrakta

Eksport tovarov (rabot, uslug)

Ministerstvo vneshney torgovli

36.

Razresheniye na vivoz obyektov eksportnogo kontrolya

Vivoz obyektov eksportnogo kontrolya

.

11. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-yanvardagi 15-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matnida:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Gosudarstvennaya ekspertiza provoditsya:
Sentrom kompleksnoy ekspertizi proyektov i importnix kontraktov pri Natsionalnom agentstve proyektnogo upravleniya pri Prezidente Respubliki Uzbekistan — po predproyektnoy i proyektnoy dokumentatsii investitsionnix i infrastrukturnix proyektov, vklyuchayemim v gosudarstvennie programmi razvitiya;
Gosarxitektstroyem Respubliki Uzbekistan, territorialnimi upravleniyami gosudarstvennoy ekspertizi i organizatsiyami, imeyuщimi litsenziyu na osuщestvleniye dannogo vida deyatelnosti — po vsem ostalnim proyektam, a takje po rabochey i proyektno-smetnoy dokumentatsii obyektov, vklyuchayemix v gosudarstvennie programmi razvitiya”;
b) 21-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-apreldagi 221-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 4-modda, 48-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida nizomning 11-bandi “d” kichik bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“avtomobil yoʻllarini, shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari, shu jumladan avtomobil yoʻllarini mukammal taʼmirlash obyektlarining ish hujjatlarini va avtomobil yoʻllarini jihozlash boʻyicha tanlov hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini amalga oshirish”.
13. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-maydagi 285-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 20-son, 365-modda) bilan tasdiqlangan Tarmoq ilmiy-texnik kengashlarini va ularning faoliyatini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matnida “opredelennix postanovleniyem Kabineta Ministrov ot 7-iyunya 2007 g. № 110” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
 LexUZ sharhi
Nizomga 5-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-son qaroriga
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiva Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-fevraldagi “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-1924-son Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-3661-son Farmoniga ilovaning 5-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi “Investitsiya loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish monitoringi mexanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordami yuklarini va texnik koʻmaklashish mablagʻlarini hisobga olish va nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 251-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 61-modda) 1-bandi ikkinchi xatboshi va qarorga 2-ilova.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi Idoralararo ekspertlar kengashi tomonidan yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 247-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 484-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi “Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 110-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 6-son, 34-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 21-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 101-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 176-modda) ilovaning 2-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 24-oktabrdagi PQ-1630-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparati tuzilmasiga qisman oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” hamda 2012-yil 13-yanvardagi PQ-1686-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” qarorlari)” 48-son qaroriga 1-ilovaning 20-bandi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-avgustdagi “Istiqbolli investitsiya takliflarini kelishish mexanizmini hamda xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 215-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 79-modda).
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish respublika markazi faoliyatining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 113-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 5-son, 35-modda).
 LexUZ sharhi
Nizomga 6-ilova norasmiy tarjima.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 07/18/3550/0793-son; 21.06.2018-y., 07/18/3794/1378-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son; 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son; 23.10.2019-y., 07/19/4493/3951-son; 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 28.11.2020-y., 06/20/6119/1570-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)