1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.02.00 Hokimni tayinlash va tasdiqlash. Vakolatlari;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VILOYaTLARI, ShAHARLARI VA TUMANLARI HOKIMLIKLARI APPARATLARIDA ISh YuRITISh BO‘YIChA YO‘RIQNOMA TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi 140-sonli “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari, shaharlari va tumanlari hokimliklari apparatlarida ish yuritish bo‘yicha Yo‘riqnoma tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu Yo‘riqnomani hokimliklar apparati xodimlarining o‘rganishlarini tashkil etsinlar hamda amaliy ishda ularga qat’iy rioya qilinishini ta’minlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi Yo‘riqnomani joriy qilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklariga tegishli tashkiliy uslubiy yordam ko‘rsatsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Hududiy-tashkiliy va Umumiy bo‘limlariga yuklansin.
5. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1985-yil 27-fevraldagi 110-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 18-avgust,
424-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 18-avgustdagi 424-son qarori bilan TASDIQLANGAN
O‘zbekiston Respublikasi viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari apparatlarida ish yuritish bo‘yicha
YO‘RIQNOMA
1. Umumiy qoidalar
1.1. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari apparatlarida hujjatlarni tayyorlash hamda ular bilan ishlash tartibini belgilaydi.
Maxfiy hujjatlar va “Xizmatda foydalanish uchun” ustxatli hujjatlar bilan ishlash tartibi maxsus yo‘riqnomalar bilan belgilanadi.
Fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlari bo‘yicha ish yuritish umumiy ish yuritishdan alohida holda yuritiladi.
1.2. Hokimlar zimmasiga ish yuritishni kompyuterlashtirish, ratsionalizatsiyalash va mexanizatsiyalash hisobiga boshqaruvchilik mehnatining unumdorligini oshirishga va uni arzonlashtirishga har tomonlama yordam berish vazifasi yuklanadi,
Hokimlikning butun apparati bo‘yicha ish yuritishga rahbarlik qilish va bu ishning ahvoli uchun mas’uliyat hokimning birinchi o‘rinbosari zimmasiga yuklanadi.
Apparat bo‘linmalarida ish yuritishni tashkil etish va to‘g‘ri yuritilishi uchun javobgarlik hokimlik umumiy bo‘limining mudiri, bo‘linmalarda hujjatlarning saqlanishi va ular bilan ishlash bo‘yicha javobgarlik esa tegishli bo‘lim hamda xizmatlar rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
1.3. Hokimlikning umumiy bo‘limi rahbariyat ko‘rsatmasiga binoan hokimlik apparati xodimlarini Qonunlar, Oliy Majlis qarorlari va boshqa hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda kelgan boshqa hujjatlar bilan tanishtiradi, yangi qabul qilingan xodimlarni hokimlik tuzilmasi, Ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma, ichki mehnat tartibi qoidalari va hokimlik faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar bilan tanishtiradi.
2. Boshqaruvchilik faoliyatini hujjatlashtirish
2.1. Amaldagi qonunchilikka va hokimning vakolatiga muvofiq hokimlik apparatida quyidagi boshqaruvchilik hujjatlari tayyorlanadi: hokimning qaror va farmoyishlari, xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlarining qarorlari, hokim va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari.
2.2. Masalalarni xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida va Kengashlar komissiyalari majlislarida, hokimlik rahbariyati yig‘ilishlarida muhokama qilish natijalari bayonnomalarda qayd etiladi.
2.3. Yuqori organlar, ijro etuvchi apparat bo‘limlari va boshqa tashkilotlar bilan xizmat aloqalari xatlar yozish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Axborotni shoshilinch yuborish zarur bo‘lgan hollarda telefonogrammalar yoki telegrammalar tuziladi.
2.4. Viloyat, shahar, tuman hokimi qaror va farmoyishlarni, xalq deputatlari Kengashi qarorlarini, majlis bayonnomalarini, yuqori tashkilotlarga yuboriladigan xizmat xatlarini imzolaydi. Hokimning qarorlari va farmoyishlari ilovalariga ijro etuvchi tomonidan viza qo‘yiladi hamda tegishli bo‘lim va xizmatlar rahbarlari tomonidan imzolanadi.
Xalq deputatlari Kengashi sessiyalarining bayonnomalari hokim va sessiya kotibi tomonidan imzolanadi.
Yozma axborotlarga, ma’lumotnomalarga axborot va ma’lumotnoma tusidagi boshqa hujjatlarga ijro etuvchi tomonidan viza qo‘yiladi hamda ular tegishli bo‘lim va xizmatlar rahbarlari tomonidan imzolanadi.
3. Hujjatlarni rasmiylashtirish
3.1. Hujjatning har bir turi (qaror, farmoyish, bayonnoma, xat, yozma axborot, ma’lumotnoma va shu kabilar) qat’iy belgilangan rekvizitlar majmuiga (tarkibiy qismlarga) hamda ularni joylashtirishning standart tartibiga ega bo‘lishi kerak.
3.2. Quyidagilar hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirishdagi majburiy talablar hisoblanadi: hokimlik kodini ko‘rsatish*”; muallifni ko‘rsatish (hokimlik, Kengashning nomi odatda hujjat blankida ko‘rsatiladi); hujjat turini ko‘rsatish; matn sarlavhasini tuzish; manzilni ko‘rsatish va sana qo‘yish; hujjatni indekslash; hujjatning kelishilganligi to‘g‘risida belgilar — vizalar qo‘yish; hujjatni tasdiqlash (imzolash, tasdiqlash, muhr bosish); hujjatning ijro etilganligi va uning yig‘majildga qo‘yilganligi to‘g‘risida belgi.
*Korxona va tashkilotlarning umumiy klassifikatoriga muvofiq hokimlik kodi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasining mahalliy boshqarmalaridan olish mumkin.
3.3. Hujjatlarni tuzishda A4 (210X297 mm) va A5 (148X210 mm) bichimdagi blanklardan foydalaniladi.
Hujjat blankida “Tashkiliy-ko‘rsatma hujjatlari tizimi. Hujjatlarni rasmiylashtirishga talablar” 6.38 — 90 raqamli davlat standartiga muvofiq rekvizitlar tarkibi va ularni joylashtirish tartibi bo‘lishi kerak.
Blanklarning ikkita turi: xatlar blanki va ko‘rsatma hujjatlarni, bayonnomalar va shu kabilarni rasmiylashtirish uchun umumiy blank bosmaxona usulida tayyorlanadi.
Hujjatlarning aniq turlari blanklarini tayyorlashga, agar bunday hujjatlar bir yilda 200 dan ko‘proq tuziladigan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.
Qaror va farmoyishlarning blanklari rekvizitlarni varaqning eniga, boshqa xizmat hujjatlariniki esa burchakda joylashtirilishini hisobga olib tayyorlanadi.
Blanklarda O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi aks ettiriladi.
Hujjatlar blanklarida chetki bo‘sh joylar bo‘lishi kerak: chap tomonda — 20 mm; yuqorida — kamida 10 mm; o‘ng va pastda kamida — 8 mm.
3.4. Ikki va undan ortiq betlarda rasmiylashtiriladigan hujjatlarda ikkinchi va undan keyingi betlar raqamlanishi kerak. Betlar raqamlari varaqning yuqorigi bo‘sh joyi o‘rtasiga “bet” (b) so‘zisiz va tinish belgilarsiz arab raqamlari bilan qo‘yiladi.
3.5. Hujjat turining nomi har bir hujjatda ko‘rsatilishi kerak (xatlar bundan mustasno).
3.6. Hujjat sarlavhasi qisqa bo‘lishi va matn mazmunini aniq ifodalashi kerak. Sarlavhani hujjat nomi bilan muvofiqlashtirib shakllantirish tavsiya etiladi; masalan: qaror (nima to‘g‘risida) “Korxonani ro‘yxatga olish to‘g‘risida”; bayonnoma (nimaning) “Kengash komissiyasi majlisining...”
Sarlavha varaqning chap qismiga yoziladi. Farmoyishlar, telegrammalar, xabarnomalarda hamda matni A5 blanklarga yoziladigan hujjatlarda sarlavha qo‘yilmaydi.
3.7. Hujjatlar tashkilotlarga, tarkibiy bo‘linmalarga yoki aniq mansabdor shaxsga yo‘llanadi. Tashkilot va tarkibiy bo‘linma nomi bosh kelishikda ko‘rsatiladi, masalan:
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi
Ta’minot va sotish bo‘limi
Katta iqtisodchi E. Y. Ergashevga
Hujjat tashkilot rahbariga yo‘llanganda tashkilot nomi hujjatni oluvchi lavozimi nomining tarkibiga kiradi, masalan:
Toshkent aloqa
politexnikumi direktori
E. I. NURITDINOVGA
Agar hujjat bir necha bir turdagi tashkilotlarga yo‘llansa, u holda ularni umumlashtirib ko‘rsatish lozim:
Toshkent shahar Chilonzor tumani korxonalarining direktorlariga va tashkilotlarining rahbarlariga
Hujjatda to‘rttadan ortiq oluvchi ko‘rsatilmasligi kerak: ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi oluvchi nomi oldida “Nusxa” so‘zi ko‘rsatilmaydi.
Hujjat to‘rttadan ortiq manzilga yuboriladigan hollarda jo‘natish ro‘yxati tuziladi va har bir hujjatda faqat bitta oluvchining nomi ko‘rsatiladi.
Agar hujjat alohida shaxsga yuborilsa, u holda avval oluvchining pochta manzili, so‘ngra ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyasi ko‘rsatiladi, masalan:
700114, Toshkent, Yunusobod, 19-daha, 6-uy, 3-xonadon. A. A. Yusupovga
Hukumat tashkilotlari va doimiy korrespondentlarga yuboriladigan hujjatlarda pochta manzili yozilmaydi.
3.8. Sanani rasmiylashtirishda arab raqamlaridan foydalaniladi, ular bilan yilning oxirgi ikki raqami, kun, oyning tartib raqami ko‘rsatiladi, masalan: 94.09.01.
Moliyaviy tusdagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan hujjatlar matnlarida sanalarni rasmiylashtirishning so‘zraqamli usulidan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi: 1994-yil 15-noyabr.
3.9. Hujjat loyihasini ichki kelishish (tarkibiy bo‘linmalar, mansabdor shaxslar bilan) viza bilan rasmiylashtiriladi. Viza shaxsiy imzoni, uning ma’nosini, ya’ni ismi va otasi ismining bosh harflari hamda familiyani, viza qo‘yilgan sana yozuvlarini o‘z ichiga oladi. Zarur hollarda viza qo‘ygan shaxsning lavozimi ko‘rsatilishi mumkin.
Hujjatga oid fikrlar va unga qo‘shimchalar alohida varaqda bayon etiladi. Masalan:
Umumiy bo‘lim mudiri (shaxsiy imzo) S. M. Mirzayev
Fikrlar ilova qilinadi
94.24.05.
Qarorlar, farmoyishlarning birinchi nusxasiga viza qo‘yiladi, boshqa hujjatlarda vizalar hokimlik apparatida qoladigan nusxalarning old tomoniga qo‘yiladi.
Vizalar “imzo” rekvizitidan pastga yoki hujjat oxirgi varag‘ining orqa tomoniga qo‘yiladi.
3.10 Tashqi kelishib olish (boshqa tashkilotlar bilan) kelishuv ustxati, kelishuv ma’lumotnomasi yoki qaror loyihasining kollegial organ yig‘ilishidagi muhokamasi bayonnomasini taqdim qilgan holda rasmiylashtiriladi.
Kelishuv ustxati “imzo” rekviziti tagiga yoki hujjat oxirgi varag‘ining orqa tomoniga qo‘yiladi va “Kelishilgan” so‘zi, hujjat kelishilgan shaxs lavozimining nomi (tashkilot nomi ham), shaxsiy imzo, uning ma’nosi, sanadan iborat bo‘ladi, masalan:
Kelishilgan
Farg‘ona viloyat hokimligi
moliya bo‘limining mudiri
(shaxsiy imzo, ismi va otasi ismining bosh harflari,
familiyasi)
94.10.05
Agar kelishuv kollegial organ bilan yoki xat orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, u holda kelishuv ustxati quyidagi shaklda bo‘ladi:
Kelishilgan
Kasaba uyushmasi qo‘mitasining
94.10.04 dagi yig‘ilishining
25-son bayonnomasi
yoki
Kelishilgan
O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining 94.15.10 dagi
01 — 4/135-son xati
3.11. “Imzo” rekviziti tarkibiga: hujjatni imzolayotgan shaxs lavozimining nomi (agar hujjatlar blankda rasmiylashtirilmayotgan bo‘lsa to‘liq va blankda tuzilgan hujjatlarda qisqartirilgan holda) shaxsiy imzo va uning ma’nosi kiradi, masalan:
Toshkent viloyati hokimi (shaxsiy imzo, ismi va otasi ismining bosh harflari va familiyasi)
Hujjat bir necha mansabdor shaxslar tomonidan imzolansa, ularning imzolari egallab turgan lavozimlarga muvofiq izchillikda ketma-ket joylashtiriladi.
Hujjat teng lavozimli bir necha shaxs tomonidan imzolansa, ularning imzolari bir xil darajada joylashtiriladi.
Hokim uzoq vaqt bo‘lmagan hollarda hujjatlarni uning birinchi o‘rinbosari yoki hokim vazifasini bajarish zimmasiga yuklangan mas’ul xodim imzolaydi. Bunda hujjatni imzolagan shaxsning haqiqiy lavozimi va uning familiyasi albatta ko‘rsatiladi. Hujjatni “uchun” ko‘makchisini qo‘llab yoki lavozim nomi oldiga qiya chiziq chizib imzolashga yo‘l qo‘yilmaydi.
3.12. Hokim yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan tasdiqlanishi lozim bo‘lgan hujjat tasdiqlash ustxatiga ega bo‘lishi kerak, u “TASDIQLAYMAN” so‘zi, hujjatni tasdiqlayotgan shaxs lavozimining nomi, shaxsiy imzo, ismi va otasi ismining bosh harflari, familiya va sanadan iborat bo‘ladi, masalan:
Tasdiqlayman
Toshkent viloyati hokimi —
Imzo (imzoning yoyilmasi
ismi va otasi ismining bosh harflari,
familiyasi)
94.17.05.
Agar hujjat kollegial organ tomonidan imzolansa, u holda tasdiqlash ustxati “TASDIQLANGAN” so‘zi, hujjatning bosh kelishikdagi nomi, uning sanasi va raqamidan iborat bo‘ladi, masalan:
Chirchiq shahar Kengashi
sessiyasining 94.20.04 dagi 8-son bayonnomasi bilan
TASDIQLANGAN
Tasdiqlash ustxati hujjatning yuqoridagi o‘ng burchagiga joylashtiriladi.
3.13. Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini tasdiqlaydigan, pul mablag‘lari va moddiy boyliklarni sarflash hollarini qayd etadigan, shuningdek, ilova etilayotgan ro‘yxatda (1-ilova) nazarda tutilgan hujjatlarda hokim yoki uning o‘rinbosarlari imzosi gerbli muhr bilan tasdiqlanadi. Muhr izi hujjatni imzolagan shaxs lavozimi nomining bir qismini qamrab olishi kerak. Muhr saqlanadigan joy va uni saqlash uchun mas’ul shaxs hokim tomonidan belgilanadi.
3.14. Hujjatni ijro etish bo‘yicha topshiriqlar hokim, uning o‘rinbosarlari yoki tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining rezolyutsiyasi (ko‘rsatmasi) shaklida beriladi. Rezolyutsiya tarkibiga quyidagi elementlar albatta kiritiladi: ijro etuvchi (yoki ijro etuvchilar) ning familiyasi; topshiriqning mazmuni; ijro etish muddati (zarur bo‘lgan hollarda); rahbarning shaxsiy imzosi; rezolyutsiya sanasi. Masalan:
B. M. Mirzaboyevga
94.05.12 gacha tuman budjeti loyihasini
tayyorlashingizni so‘rayman.
(imzo) R. OBIDOV
94.03.11.
3.15. Hokimlikda hujjatning o‘tishi unga tegishli belgilarni qo‘ygan holda amalga oshiriladi.
Hujjatning kelib tushganligi to‘g‘risidagi belgi (ro‘yxatga olish) belgisi hujjat birinchi varag‘ining quyidagi o‘ng qismiga qo‘yiladi.
Hujjatning nazoratga olinganligi to‘g‘risidagi belgi hujjat birinchi varag‘ining chap tomonidagi bo‘sh joyga qo‘yiladi va “Nazorat” so‘zi yoki “N” harfi bilan belgilanadi.
Hujjatlarning ijro etilganligi va uning yig‘majildga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi belgida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: agar ijro etilganligini tasdiqlovchi hujjat yo‘q bo‘lsa, ijro etilganligi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot, bunday hujjat bor bo‘lsa, uning sanasi va raqami; “Yig‘majildga” so‘zi, yig‘majildlar nomenklaturasi bo‘yicha mazkur hujjat saqlanadigan yig‘majild raqami; hujjat yig‘majildga qo‘yish uchun yo‘llangan sana; ijro etuvchining imzosi.
“Yig‘majildga” belgisi hujjat bo‘yicha ishning yakunlanganligidan dalolat beradi.
Har bir hujjatda bevosita ijro etuvchi to‘g‘risida belgi bo‘lishi kerak. Belgi hujjatni ijro etuvchi (tuzuvchi) ning hujjatning barcha nusxalari oxirgi varag‘ining old tomonidagi pastki chap burchakka yoki agar joy qolmagan bo‘lsa, uning orqa tomoniga yozilgan familiyasi va xizmat telefoni raqami kabi ma’lumotlarni qamrab olishi kerak, masalan:
Hoshimov 77 11 68.
Ma’lumotlarning mashinaga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi belgi quyidagi yozuv orqali ifodalanadi:
“Axborot mashinaga ko‘chirildi”, ma’lumotlarni mashinaga o‘tkazish uchun mas’ul shaxs imzosi va o‘tkazish sanasi.
3.16 Agar hujjatlarning ilovalari bo‘lsa, u holda ilovalarning borligi to‘g‘risidagi belgilar quyidagicha ifodalanadi.
Qarorlar, farmoyishlarda ilovalarning borligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar matnda ko‘rsatiladi, masalan: “Viloyat budjetining loyihasi 1-ilovada ko‘rsatilgan shaklda ishlab chiqilsin va tasdiqlash uchun taqdim etilsin”.
Ko‘rsatma beruvchi hujjatlarning ilovalari hujjatning birinchi varag‘i yuqoridagi o‘ng burchagida quyidagi shakldagi belgiga ega bo‘lishi kerak:
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi sessiyasining
94.12.04 dagi 8/2-son qaroriga ilova
Qarorga bir nechta ilova bo‘lsa, ularga “son” so‘zini yozmasdan tartib raqamlari qo‘yiladi (1-ilova, 2-ilova va shu kabilar).
Rejalar, hisobotlar, bayonnomalar, xatlar va shu kabilarga ilovalarning borligi to‘g‘risidagi ma’lumot hujjat matnidan keyin imzodan oldin ko‘rsatiladi.
Agar hujjat to‘liq nomi matnda qayd etilgan ilovaga ega bo‘lsa, ilovaning borligi to‘g‘risidagi belgi quyidagicha shaklda beriladi:
Ilova: 8 bet, 1 nusxada.
Agar hujjat nomi matnda ko‘rsatilmagan ilovalarga ega bo‘lsa, ularning nomi har bir ilovadagi betlar soni va necha nusxadaligini ko‘rsatib, sanab o‘tilishi kerak, masalan:
Ilovalar: 1. 1995-yilda foydalanishga topshirilishi lozim bo‘lgan obyektlar ro‘yxati, 2 varaq, 1 nusxa.
Agar hujjatga ilovasi bor bo‘lgan boshqa hujjat ilova qilinsa, ilovaning borligi quyidagi shaklda rasmiylashtiriladi:
Ilova: Toshkent viloyat hokimligi moliya bo‘limining 94.15.03 dagi 4 — 1/202-son xati va unga ilova, jami 16 varaq, 1 nusxada.
Agar ilova hujjatda ko‘rsatilgan barcha manzillarga yuborilmaydigan bo‘lsa, ilova borligi to‘g‘risidagi belgi quyidagi shaklda beriladi.
Ilova: 5 varaq, 1 nusxada, birinchi manzilga.
Agar ilova broshyuralangan bo‘lsa varaqlar soni ko‘rsatilmaydi.
3.17. Hujjatning nusxasi hujjat barcha rekvizitlarining qayta aks ettirilishi, ko‘chirma esa hujjat bir qismining nusxasidir.
Hujjatlarning nusxalari (ko‘chirmalari) umumiy bo‘lim mudirining ruxsati bilan tayyorlanadi va beriladi. Umumiy bo‘lim faqat hokimlik apparatida tayyorlanadigan hujjatlarning nusxalarinigina berishi mumkin.
Xodimlarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini tuzishda boshqa tashkilotlar tomonidan berilgan hujjatlar hamda tegishli masalalarni hal qilishda zarur bo‘lgan hujjatlar (diplomlar, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar va shu kabilar) dan nusxalar va ko‘chirmalar tayyorlashga ruxsat etiladi.
Hujjatning nusxasi (ko‘chirmasi) hokimlikning umumiy blankida qayta aks ettiriladi va ularning asl nusxaga muvofiqligini tasdiqlovchi mansabdor shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Agar nusxa blankda emas, balki hujjatning blankda tayyorlangan asl nusxasidan ko‘chirilayotgan bo‘lsa, undan nusxa olishda asl nusxa blankidagi matn to‘liq qayta ifodalanadi. Hujjat nusxasi birinchi varag‘ining yuqoridagi o‘ng burchagiga “Nusxa” belgisi qo‘yiladi.
Tasdiqlovchi imzo quyidagi shaklda bo‘ladi:
To‘g‘ri
Umumiy bo‘lim inspektori Imzo E. M. Musayeva.
94.25.11.
Tasdiqlovchi yozuv “imzo” rekvizitidan pastroqqa qo‘yiladi.
Hujjat nusxasi (ko‘chirmasi) boshqa tashkilotlarga yuborilganda yoki alohida shaxslar qo‘liga berilganda tasdiqlovchi yozuv muhr bilan tasdiqlanadi.
3.18. Hokimliklarda blanklarning saqlanishi hamda hisobini ta’minlash maqsadida har bir tur (qaror, farmoyish, xat) bo‘yicha barcha blanklarga tartib raqamlari qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Raqam blankning orqa tomoniga, yuqoridagi o‘ng burchakka qo‘yiladi.
4. Xalq deputatlari Kengashlari sessiyalari, ularning doimiy va vaqtinchalik komissiyalari majlislari bayonnomalarini rasmiylashtirish
4.1. Sessiyalar, doimiy va vaqtinchalik komissiyalar majlislarining hujjatlari hokimlik apparatining tegishli bo‘lim va xizmatlari tomonidan tuziladi, so‘ngra chiqarish va keyinchalik saqlash maqsadida bayonnomalarni rasmiylashtirish uchun hokimlikning umumiy bo‘limiga topshiriladi.
4.2. Xalq deputatlari Kengashi sessiyasi bayonnomasini rasmiylashtirish
4.2.1. Sessiya ish boshlangan sana bayonnoma sanasi hisoblanadi. Sessiyaning tartib raqami va chaqiriq raqami bayonnoma tartib raqamidir, masalan: 12/13. “Kengash sessiyasi” bayonnoma sarlavhasi hisoblanadi.
4.2.2. Bayonnoma matni kirish va asosiy qismlardan iborat bo‘ladi. Bayonnomaning kirish qismida Kengash deputatlarining umumiy soni va sessiya ishida ishtirok etayotgan deputatlar soni, taklif etilgan mansabdor shaxslarning umumiy soni ko‘rsatiladi. Bayonnomaga deputatlarning familiyalari yozilgan saylov okrugining nomi va raqami ko‘rsatilgan ro‘yxatlari, shuningdek, taklif etilgan shaxslar ro‘yxati ular vakili bo‘lib kelgan muassasalarda egallab turgan lavozimlari ko‘rsatilgan holda ilova qilinadi.
Bayonnomada sessiyani ochgan deputatning ismi, otasining ismi, familiyasi, shuningdek, sessiya kotibi deputatlardan qaysi birining taklifiga muvofiq saylanganligi, Kengash sessiyasi kotibining ismi, otasining ismi, familiyasi, saylov okrugi, sessiyada muhokama etilishi lozim bo‘lgan masalalar sanab o‘tilgan kun tartibi, asosiy va qo‘shimcha ma’ruzachilarning lavozimlari, ismlari, otasining ismlari, familiyalari, reglament ko‘rsatiladi.
Bayonnomaning asosiy qismi kun tartibi bandlariga binoan bo‘limlarga ajratiladi. Har bir bo‘lim: eshitildi — so‘zga chiqdilar — qaror qilindi sxemasi bo‘yicha yoziladi (2-ilova).
Qaror mazmuni bayonnomada yozilmaydi. Agar qaror qabul qilingan bo‘lsa, bayonnomaga: “Qaror loyihasi qabul qilindi” deb yoziladi. Agar loyiha puxta ishlashni talab qilsa u holda: “Qaror loyihasi kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan asosan qabul qilindi. Loyihaning yakuniy tahririga topshirilsin yoki “Qaror loyihasini ko‘rib chiqishgacha qoldirilsin”, “Qabul qilinmasin”, “Muhokama bilan cheklanilsin” so‘zlari yoziladi.
4.2.3. Ovoz berish jarayoni xatboshidan aks ettiriladi — deputatlardan nechtasi ma’qullaganligi, qarshi chiqqanligi yoki betaraf qolganligi ko‘rsatiladi. Agar barcha deputatlar ma’qullagan bo‘lsa, bir ovozdan qabul qilinganligi yozib qo‘yiladi.
Agar sessiya jarayoni stenografiya qilingan bo‘lsa, bayonnomaga mazmuni yozilgan stenogramma ilova qilinadi.
4.2.4. Sessiya bayonnomasi ko‘pi bilan 10 kun muddatda rasmiylishtirilishi va imzolanishi kerak.
4.3. Xalq deputatlari Kengashi doimiy va vaqtincha komissiyalari majlislarining bayonnomalari 3-ilovaga muvofiq rasmiylashtiriladi.
4.3.1. Majlis sanasi bayonnoma sanasi hisoblanadi.
4.3.2. Yil davomida o‘tkazilgan majlislarning tartib raqami bayonnoma raqami hisoblanadi.
4.3.3. Bayonnomaning kirish qismida: Kengash raisi (hokim) ning, komissiya kotibining ismi, otasining ismi, familiyasi, qatnashuvchilar tarkibi, kun tartibi ko‘rsatiladi.
4.3.4. Bayonnomaning asosiy qismi: eshitildi — so‘zga chiqdilar — qaror qilindi sxemasi bo‘yicha yoziladi.
Qaror bayonnoma matniga yoziladi.
4.3.5. Nutqlar bayonnomaga qisqacha shaklda yozilishi mumkin.
5. Xalq deputatlari Kengashlari qarorlarini, hokimning qaror va farmoyishlarini tuzish hamda rasmiylashtirish (4, 5-ilovalar)
5.1. Qaror va farmoyishlar loyihalari puxta tahrir qilingan hamda to‘g‘rilangan, belgilangan shakldagi blanklarga mashinkada yozilgan bo‘lishi kerak. Qarorlarning hajmi, odatda, mashinkada yozilgan 3 betdan, xalq xo‘jaligining muhim masalalari bo‘yicha esa 5 betdan oshmasligi kerak.
5.2. Qarorlar sarlavhasi qisqa, asosiy mazmunga mos bo‘lishi va “Nima to‘g‘risida” degan savolga javob berishi kerak.
5.3. Kengashlar qarorlarining va hokim qarorlarining matni qayd etuvchi hamda ko‘rsatma beruvchi qismlardan iborat bo‘ladi.
Qayd etuvchi qismda qarorni qabul qilishdan maqsad yoki unga sabab bo‘lgan asoslar bayon qilinadi. Unda ko‘rib chiqilayotgan sohada erishilgan muvaffaqiyatlar qayd etiladi va kamchiliklar tanqidiy baholanadi. Qayd etuvchi qism, shuningdek, qarorni qabul qilish uchun asos bo‘lgan yuqori organning huquqiy hujjatiga ishoralardan iborat bo‘lishi mumkin. Ularda huquqiy hujjatning, uni chiqargan organ (muassasa) ning nomi, sanasi, raqami, sarlavhasi ko‘rsatiladi.
Agar berilayotgan ko‘rsatmalar tushuntirishlarga muhtoj bo‘lmasa, qayd etuvchi qism bo‘lmasligi ham mumkin. Bu holda qaror ko‘rsatma beruvchi qismdan boshlanadi.
5.4. Qarorning ko‘rsatma qismida Kengash nomi ko‘rsatiladi va “Qaror qildi” so‘zlari, agar hokimning qarori bo‘lsa “Qaror qilaman” so‘zlari yoziladi.
Ko‘rsatma beruvchi qism arab raqamlari bilan belgilanadigan band va kichik bandlarga bo‘linishi mumkin.
Agar bandda topshiriq bo‘lsa, u quyidagi sxema bo‘yicha tuziladi: kimga, nima qilish kerak, bajarish muddati. Tashkilotlar va mansabdor shaxslar bajaruvchilar sifatida ko‘rsatilishi mumkin. Agar bandda aniq topshiriq bo‘lmasa, uni “tasdiqlansin”, “ma’qullansin”, “ma’lumot uchun qabul qilinsin” va shu kabi so‘zlarni qo‘llagan holda bayon qilish mumkin.
Qarorning ko‘rsatma qismida, zarurat bo‘lgan hollarda qarorni qabul qilishda asoslanilgan yuqori organlarning huquqiy hujjatlari keltirib o‘tiladi.
Yuqori organ hujjatining mazmuni mustaqil band sifatida bayon qilinadi va “ma’lumot uchun qabul qilinsin”, “Amal qilish uchun qabul qilinsin” deb ko‘rsatib o‘tiladi.
Ilgari qabul qilingan qarorlarni yoki uning ayrim bandlarini bekor qilish yoki o‘zgartirish zarur bo‘lgan taqdirda qarorning sanasi, tartib raqami, nomi keltirilib, “O‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin” deb yoziladi.
Qaror oxirida qarorning bajarilishini nazorat qilish yuklangan shaxs (hokim, uning o‘rinbosarlari, boshqa mansabdor shaxslar) yoki hokimlik bo‘linmasi, tegishli tashkilot ko‘rsatiladi.
5.5. Qaror loyihasiga qaror loyihasini kiritgan xalq deputatlari Kengashi komissiyalarining raislari, deputatlari, tashkilotlar rahbarlari, boshqa mansabdor shaxslar imzolagan, qarorning qabul qilinishi zarurligini asoslovchi ko‘pi bilan 2 betdan, muhim xalq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha esa 4 betdan iborat tushuntirish xati ilova qilinadi.
Takliflar mavjud mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarni hisobga olgan holda asoslangan, amaldagi qonunchilikka muvofiq bo‘lishi, ularda ishlarning ahvoli obyektiv baholangan bo‘lishi, masalani hal qilishga oid maqsad va chora-tadbirlar ko‘rsatilgan ijro etuvchilar va ijro etishning asosli muddatlari, manfaatdor tashkilotlarning xulosa va e’tirozlari keltirilgan bo‘lishi kerak.
5.6. Qaror loyihasi mazkur qaror manfaatlariga daxldor bo‘lgan tashkilotlar bilan kelishib olinadi.
Qaror loyihasiga quyidagilar viza qo‘yadilar: hokimning mazkur masalaga mutasaddi o‘rinbosari, hokimlikning tegishli tarkibiy bo‘linmasi rahbari, manfaatdor tashkilotlar, ijro etuvchilar, yurist-maslahatchi (bor bo‘lgan joylarda).
5.7. Chaqiriq doirasidagi qarorlarning tartib raqami, shuningdek, chaqiriq doirasidagi sessiya va chaqiriq raqami Kengash qarorining tartib raqami hisoblanadi, masalan: 15/6 — 14, bunda 15 — qarorning tartib raqami, 6 — sessiya raqami, 14 — chaqiriq raqamidir.
Hokim qarorlari yil doirasida tartib bo‘yicha raqamlanadi.
5.8. Sessiya ishi boshlangan sana Kengash qarori sanasi hisoblanadi.
5.9. Qarorning imzolangan nusxasi umumiy bo‘limga beriladi.
5.10. Qarorga mazkur qaror yuborilishi lozim bo‘lgan tashkilotlar, muassasalar, bo‘limlar va mansabdor shaxslar ro‘yxati yozilgan jo‘natish ko‘rsatkichi ilova qilinadi. Jo‘natishni umumiy bo‘lim amalga oshiradi.
5.11. Hokim qarorlari jamoat tashkilotlari bilan birgalikda qabul qilinishi mumkin.
Bunday hujjatning sarlavha qismida nomidan hujjat qabul qilinayotgan barcha tashkilotlarning to‘liq nomi ko‘rsatiladi. Ro‘yxatga olish tartib raqamlari mazkur hujjatning indeksi hisoblanadi. Hujjat loyihasini tayyorlagan tashkilot bergan raqam birinchi turishi kerak, masalan: 163/9, 120/5.
5.12. Kundalik, ma’muriy-xo‘jalik va shaxsiy tarkibga oid masalalarni hal qilish uchun hokimlik apparatida farmoyishlar chiqariladi.
Ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha farmoyishlar loyihasini tayyorlash qaror loyihasiga o‘xshash holda, ammo sarlavhasiz amalga oshiriladi.
5.13. Zarurat bo‘lganda farmoyish matniga “maqsadida”, “munosabati bilan” va shu kabi so‘zlar bilan tugaydigan qayd etuvchi qism qo‘shiladi.
Farmoyish matni bandlarga bo‘linishi mumkin, har bir band ijro etuvchini ko‘rsatishdan boshlanadi, so‘ngra bajarilishi lozim bo‘lgan harakat ko‘rsatiladi.
5.14. Oxirgi bandda bajarishni nazorat qilish vazifasi yuklanadigan hokimlik apparatining bo‘limi va zarur bo‘lganda — muddat ko‘rsatiladi.
Farmoyish imzolangan sana uning sanasi hisoblanadi.
5.15 Farmoyishlar uchun bir yil doirasida alohida raqamlash belgilanadi. Farmoyishning tartib raqamiga “f” harfi qo‘shiladi (masalan: 115-f). Kadrlar masalalari bo‘yicha farmoyishlarga “fk” harflari qo‘shilgan raqam qo‘yiladi (masalan: 118-fk),
6. Hujjatlar bilan ishlashni tashkil qilish
6.1. Hujjatlar aylanishini tashkil qilish.
6.1.1. Kelib tushadigan hujjatlarni qabul qilish va ular bilan dastlabki ishlash umumiy bo‘limda markazlashgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatli konvertlar, shu jumladan, buyurtmalari ham umumiy bo‘limda ochiladi, bunda yetkazib berishning to‘g‘riligi, hujjatlar o‘ramining butunligi tekshiriladi. Shikastlanish, hujjatlar yoki ularga ilovalarning yo‘qligi aniqlanganda yuboruvchiga darhol xabar berish zarur.
Kelib tushgan hujjatlarning konvertlari yo‘q qilinadi, yuboruvchining manzilini yoki hujjatning jo‘natilgan va olingan vaqtini faqat konvertlar bo‘yicha aniqlash mumkin bo‘lgan hollar bundan mustasno.
“Shaxsan” yozuvli ustxati bo‘lgan yoki jamoat tashkilotlariga yo‘llangan konvertlar ochilmaydi va mo‘ljallangan joyga beriladi.
Kelib tushgan hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkaziladi (ularga ro‘yxatdan o‘tkazish muhri qo‘yiladi — 6-ilova).
Hokimga yuqori organlarning hujjatlari, shuningdek, hokimlik faoliyatining hokimning hal etishini talab qiladigan muhim masalalarga oid axborotga ega bo‘lgan xat-xabarlar beriladi.
Qolgan hujjatlar hokim o‘rinbosarlariga va hokimlik bo‘limlariga beriladi.
Hujjatlarning bajarilishiga doir ko‘rsatmalar munosabat belgilarida aks ettiriladi. Hujjatlar ko‘rib chiqilganidan so‘ng munosabat belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish varaqchalariga kiritish uchun umumiy bo‘limga qaytariladi, so‘ngra mo‘ljallangan joyiga yetkaziladi.
Hujjatlar bilan ishlash va ularni joyiga yetkazish ular kelib tushgan kunda yoki hujjatlar ishdan tashqari vaqtda olingan bo‘lsa, birinchi ish kunida amalga oshirilishi kerak.
Agar hujjatni bajarish bilan bir necha xodim band bo‘lsa, familiyasi munosabat belgisida birinchi bo‘lib yozilgan xodim uning bajarilishi uchun mas’ul hisoblanadi.
Hokimlikda hujjatlarning u mumiy bo‘limda ro‘yxatdan o‘tkazmay qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
6.1.2. Chiquvchi hujjatlar bilan ishlash va ularni jo‘natish umumiy bo‘lim tomonidan markazlashgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatlarni joylashdan oldin ularning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, ilovalarning borligi, nusxalar sonining oluvchilar soniga muvofiqligi tekshiriladi. Noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar bajaruvchiga puxtalashtirish uchun qaytariladi.
Buyurtma xat-xabarlar bo‘yicha jo‘natish ro‘yxati tuziladi, unga umumiy bo‘lim xodimi o‘z familiyasini va jo‘natish sanasini yozadi.
Umumiy bo‘limga jo‘natish uchun kelib tushgan hujjatlar o‘sha kuni yoki ko‘pi bilan 2 kun muddatda rasmiylashtirilishi va jo‘natilishi kerak.
6.1.3. Hujjatlarni hokimlik apparati bo‘limlari o‘rtasida bir-biriga o‘tkazish umumiy bo‘lim orqali amalga oshiriladi.
6.1.4. Umumiy bo‘lim keluvchi, chiquvchi va apparat hujjatlari* hisobiga doir ma’lumotlarni har oyda, so‘ngra butun yil bo‘yicha umumlashtiradi. Fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlari alohida hisobga olinadi.
* Hokimlik mas’ul xodimlari tomonidan tuzilgan hujjatlar nazarda tutilmoqda.
6.2. Hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish.
6.2.1. Hujjatlar umumiy bo‘limda markazlashgan holda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 7-ilovaga hujjatlar umumiy bo‘limda ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.
Hokimlik apparatida hujjatlar faqat bir marta: kelib tushadiganlar — kelib tushgan kunda, chiquvchi va apparat hujjatlari — imzolangan yoki tasdiqlangan kunda, ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Yuqori tashkilotlardan kelgan hujjatlar, hisobga olishni, bajarishni va ma’lumotnoma sifatida foydalanishni talab qiladigan (ko‘rsatma, reja, hisob-statistika, shu kabi) hokimlikning o‘zida yoziladigan va foydalaniladigan, boshqa tashkilotlarga jo‘natiladigan hujjatlar, shuningdek, fuqarolarning takliflari, arizalari hamda shikoyatlari ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
6.2.2. Kelgan (yuboriladigan) hujjat indeksi yig‘majildlar nomenklaturasi bo‘yicha yig‘majild indeksi va ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlaridan iborat bo‘ladi.
Qarorlar, farmoyishlar va bayonnomalar indekslari bundan mustasno. Har bir hujjat turi doirasida ularga beriladigan ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlari ularning indekslari hisoblanadi.
Navbatdagi hujjatga ro‘yxatdan o‘tkazish raqamini berishni raqamlangan blanklar yordamida amalga oshirish zarur (8-ilova), ular keladigan, jo‘natiladigan va apparat hujjatlari uchun alohida rasmiylashtiriladi.
6.2.3. Hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazish-nazorat varaqchalarida (9-ilova) ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Varaqcha rekvizitlarining tarkibi “Nazorat belgilari” ustunida qo‘shimchalar (“bajaruvchilar”, “bajaruvchi tilxati”, “bajarilishi” va shu kabilar) bilan to‘ldirilishi mumkin.
Hujjatlarni varaqchalarda ro‘yxatga olishda mazkur hokimlikda tuzilgan yoki boshqa tashkilotdan yuborilgan tashabbusli hujjatlar (so‘rovlar) gina alohida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Javob hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar shu varaqchada qayd qilinadi.
Varaqchaning kalendar shkalasidan Hujjatlarni bajarish muddatlariga rioya qilinishini tekshirish uchun foydalaniladi. Unda hujjatdagi topshiriq bajarilishi lozim bo‘lgan sana ko‘rsatiladi.
“Korrespondent” ustunida hujjatni yuborgan yoki u yuborilayotgan tashkilot nomi ko‘rsatiladi. Apparat hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda bu ustunga hokimlikning o‘zining nomi yoziladi.
“Hujjat kelib tushgan sana va uning indeksi” ustuniga hujjat kelib tushgan sana hamda hokimlikda unga beriladigan indeks yoziladi.
“Hujjat sanasi va indeksi” ustuniga hujjat sanasi hamda hujjatga hujjatning muallifi — tashkilot bergan indeks yoziladi. Yuboriladigan xat-xabar yoki apparat hujjatini ro‘yxatdan o‘tkazishda bu ustunda ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan hujjat imzolangan sana va uning yuboriladigan indeksi yoki ro‘yxatdan o‘tkazish raqami ko‘rsatiladi.
“Qisqacha mazmuni” ustuniga hujjatning turi, uning sarlavhasi yoki qisqacha mazmuni yoziladi.
“Munosabat belgisi yoki hujjat kimga yo‘llangan” ustuniga bajarish topshirilayotgan shaxsning familiyasi, masalani hal qilishga doir qisqacha aniq ko‘rsatma, bajarish muddati, uning muallifi va sana yoziladi.
“Hujjatning bajarilishi to‘g‘risidagi belgi” ustuniga masalaning qanday hal etilganligi, javob hujjati sanasi va indeksi yoziladi. Agar yozma javob berish talab qilinmasa, tashabbusli hujjatda qo‘yilgan masala qachon, kim tomonidan va qanday hal etilganligi yoziladi.
“Olganlik to‘g‘risidagi imzo”, “sana” ustuniga bajaruvchi hujjatni olishda imzo va sana qo‘yadi.
“Nazorat belgilari” ustuniga bajarish muddatlarini nazorat qilish belgilari yoziladi, ularning tarkibida hujjatning bajarilishi tekshirilgan sanalar hamda kechikishning aniq sabablari bo‘lishi kerak.
6.2.4. Ro‘yxatdan o‘tkazish varaqchalari kartotekani belgilangan ichki qoidalarga muvofiq yuritish uchun zarur bo‘lgan miqdorda tayyorlanadi.
Ma’lumotnoma varaqchasini yuritish majburiy hisoblanadi. Unda varaqchalar ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlariga ko‘ra oldingidan keyingi muddatlarga qarab xronologik tartibda joylashtiriladi.
Ma’lumotnoma varaqchasidan tashqari nazorat varaqchalari, shuningdek, bajaruvchilar, hududlar va shu kabilar bo‘yicha varaqchalar ham tashkil etilishi mumkin.
Fuqarolarning xatlari, arizalari, shikoyatlari varaqchasi ularning alifbo bo‘yicha familiyalari va ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlari tartibi bo‘yicha tuziladi.
7. Hujjatlarning bajarilishini nazorat qilishni tashkil etish
7.1. Hujjatlar tarkibidagi qarorlar va topshiriqlarning bajarilishini tashkil etish hamda bajarish jarayonini tekshirish hokim, vazifalarning taqsimlanishiga binoan hokim o‘rinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hokimning qarorlari va rahbariyat topshiriqlarining bajarilishi ustidan bevosita nazoratni mazkur hujjatlarni tayyorlagan bo‘lim (agar qarorlarning o‘zida boshqacha ko‘rsatma berilmagan bo‘lsa) amalga oshiradi.
Qaror (topshiriq) ning tayyorlanishini ta’minlagan bo‘lim uning bajarilishini nazorat qilish shaklini belgilaydi (axborot, tashkiliy ishlar rejasini taqdim etish va shu kabilar).
7.2. Hokimlik apparatida hujjatlarning o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etishga oid ishlarni muvofiqlashtirishni umumiy bo‘lim, nazorat inspeksiyasi amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarorlari va boshqa hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, topshiriqlari, Kengash sessiyasining qarorlari, yuqori organlarning qaror va topshiriqlari, deputatlarning xatlari, fuqarolarning takliflari, arizalari, shikoyatlari, shuningdek, aniq topshiriq va ularni bajarish muddatlariga ega bo‘lgan hujjatlar albatta nazoratga olinishi kerak.
Hokimning, uning o‘rinbosarlarining ko‘rsatmasiga ko‘ra boshqa hujjatlar ham nazoratga olinishi mumkin.
7.3. Hujjatlarni bajarish muddatlari.
7.3.1. Hujjatlarni bajarish muddatlari namunaviy va yakka tartibda bo‘lishi mumkin.
Bajarishning namunaviy muddatlari amaldagi qonunchilik va taxminiy ro‘yxat (10-ilova) ga muvofiq nazorat qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlarning muayyan turlariga belgilanadi.
Qolgan holatlarda hujjatlarni bajarish muddatlari odatda 10 kundan oshmasligi kerak.
Bajarishning yakka tartibdagi muddatlari hokimliklar rahbarlari tomonidan eng muhim hujjatlar uchun belgilanadi yoki hujjatning o‘zida ko‘rsatiladi. Bajarishning yakka tartibdagi muddatlari hokimliklar rahbarlarning munosabat belgilarida qayd etiladi.
Agar hujjatni bajarishning yakka tartibdagi muddati hujjatlarning mazkur guruhi uchun belgilangan namunaviy muddatdan farq qilsa, yakka tartibdagi muddat bajarish vaqti hisoblanadi.
7.3.2. Bajarish muddati hujjat imzolangan (tasdiqlangan) sanadan boshlab, boshqa tashkilotlardan kelganlari — ular kelib tushgan sanadan boshlab kalendar kunlar bo‘yicha hisoblanadi.
7.3.3. Hujjatlarni bajarish muddati uni belgilagan shaxs yoki tashkil ot tomonidangina uzaytirilishi mumkin. Bajarish muddatining uzaytirilishi hujjat bajaruvchi tomonidan olingan zahoti yoki agar bajarish jarayonida belgilangan muddatga rioya qilishning imkoni yo‘qligi aniqlansa, muddat tugashidan kamida 2—3 kun oldin rasmiylashtirilishi kerak. Aks holda hujjat muddatida bajarilmagan hisoblanadi.
7.3.4. Agar hujjat nazoratga olingan bo‘lsa, umumiy bo‘lim yoki nazorat inspeksiyasida unga ro‘yxatga olish — nazorat varaqchasining qo‘shimcha nusxasi to‘ldiriladi va u bajarish muddatlari bo‘yicha tuzilgan nazorat kartotekasiga joylashtiriladi.
Umumiy bo‘limning yoki nazorat inspeksiyasining nazoratni amalga oshiruvchi xodimi hujjatni bajaruvchiga beradi; unga bajarish muddatini eslatadi; bajarish jarayoni yoki natijasini nazoratdagi hujjat varaqchasiga yozib boradi va hokimlik rahbarlariga bajarishning ahvoli va natijasi to‘g‘risida muntazam axborot berib turadi.
7.3.5. Hujjatni nazoratdan chiqarishni faqat uni nazoratga qo‘ygan mansabdor shaxs amalga oshirishi mumkin.
Direktiv va yuqori organlarning hujjatlari, hokimning qarorlari, xalq deputatlari Kengashining qarorlari nazoratdan tegishli bo‘limlarning ularning bajarilishi to‘g‘risidagi materiallari bo‘yicha hokim tomonidan chiqariladi.
Xalq deputatlari Kengashi qarorlarining nazoratdan chiqarilganligi Kengash sessiyasi majlisi bayonnomasida qayd etiladi.
Hokimning aniq topshiriqlar berilgan va muddatlari belgilangan farmoyishlari nazoratdan hokimning birinchi o‘rinbosari tomonidan bo‘limning hokimning tegishli o‘rinbosari imzolagan ma’lumotnomasi asosida chiqariladi.
Hokim o‘rinbosarlarining topshiriqlari nazoratdan shu topshiriqni bergan o‘rinbosar ruxsati bilan chiqariladi.
Qolgan barcha holatlarda bo‘limlarda ko‘rib chiqilayotgan masalalar nazoratdan bo‘lim mudirlari tomonidan chiqariladi.
Hujjatning bajarilganligi va nazoratdan chiqarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar nazorat varaqchasiga yoziladi.
7.3.6. Bajarilishi nazorat qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar va nazorat materiallari (bajarilishining tekshirilishini tashkil etish rejasi, bajarilish jarayoni va yakunlari to‘g‘risidagi axborot) bajarish oxiriga yetmagungacha “Nazoratda” deb aytiluvchi alohida papkada saqlanadi.
Hujjatlar nazoratdan chiqarilgandan so‘ng hujjat va materiallar nomenklatura bo‘yicha tegishli hujjatlar yig‘majildlariga solib qo‘yiladi.
8. Nomenklaturalarni tuzish va yig‘majildlarni shakllantirish
8.1. Hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturalarini tuzish.
8.1.1. Hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasi — tashkilotda saqlash muddati ko‘rsatilib ochiladigan, tegishli tartibda rasmiylashtiriladigan yig‘majildlar sarlavhalarining tizimga solingan ro‘yxatidir. Nomenklatura hujjatlar yig‘majildlarini to‘g‘ri shakllantirish, yig‘majildlarni izlash va hisobga olishni ta’minlash, hujjatlarni saqlash muddatlarini aniqlash maqsadida tuziladi.
8.1.2. Hokimlikning hujjatlar yig‘majildlari yig‘ma nomenklaturasini umumiy bo‘lim tuzadi. Hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasi hokimlik ekspert komissiyasi va hokimlik arxiv bo‘limining ETKsi bilan oldindan kelishib olinadi, hokim yoki uning o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi (11-ilova).
Hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasi hokimlikning vazifasi va tuzilmasi tubdan o‘zgargan taqdirda, ammo besh yilda kamida bir marta qayta tuzilishi va qayta tasdiqlanishi kerak.
8.1.3. Hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasiga hokimlik faoliyatini aks ettiruvchi barcha hujjatlar yig‘majildlari, ma’lumotnoma va nazorat kartochkalari, shaxsiy hujjatlar yig‘majildlari, doimiy va vaqtinchalik komissiyalar hujjatlar yig‘majildlari kiritiladi.
Hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasiga bosma nashrlar, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plamlari, risolalar, ma’lumotnomalar, axborot varaqalari, byulletenlar, ko‘rsatkichlar, ekspress axborotlar kiritilmaydi.
8.1.4. Hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasida bo‘limlar hokimlikning tasdiqlangan tuzilmasiga muvofiq joylashtiriladi. Kasaba uyushmasi qo‘mitasining hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturaning oxiriga joylanadi.
Tarkibiy bo‘linmalar ichida hujjatlar yig‘majildlari ahamiyatiga ko‘ra quyidagi sxema bo‘yicha joylashtiriladi:
yuqori organlarning tashkiliy-ko‘rsatma hujjatlari;
hokimlikning tashkiliy-ko‘rsatma hujjatlari;
bayonnomalar va ularning materiallari;
rejalar;
hisobotlar;
ma’ruzalar, sharxlar, bildirishnomalar;
yozishmalar;
ma’lumotnomalar, dalolatnomalar, ma’lumotlar;
limitlar, talabnomalar;
ma’lumotnoma kartochkasi.
8.1.5. Nomenklaturadagi hujjatlar yig‘majildlari sarlavhalari hujjatlar tarkibi va mazmunini aks ettirishi kerak. Nomenklaturadagi hujjatlar yig‘majildlarining sarlavhalari doimiy va vaqtincha saqlanadigan hujjatlarning yig‘majildda alohida guruhlanishini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
Har bir sarlavhada hujjatning turi, uning mazmuni ko‘rsatilishi kerak. Yozishmada — korrespondent (korrespondentlar) ko‘rsatiladi.
Ko‘rsatma beruvchi hujjatlar yoki bayonnomalarni o‘z ichiga oluvchi hujjatlar yig‘majildlari sarlavhasida hujjatning asl nusxa yoki nusxasi ekanligi ko‘rsatilishi kerak.
Hujjatlar yig‘majildi bir masalaga taalluqli, ammo ish yuritish izchilligi bilan o‘zaro bog‘lanmagan, har xil turdagi hujjatlardan iborat bo‘lgan hollarda sarlavhalarda “hujjatlar” atamasi ishlatiladi. “Hujjatlar” tushunchasi, shuningdek, umumlashtiruvchi hujjatga (masalan, bayonnomaga) ilova hujjatlarni ham anglatadi.
8.1.6. Hujjatlar yig‘majildi indeksi ikki elementdan: bo‘limning tartib raqami va mazkur tarkibiy qism doirasidagi yig‘majildning tartib raqamidan iborat bo‘ladi (0,1 — 1, 01 — 2, 02 — 1 va shu tartibda).
Yil davomida paydo bo‘lgan va nazarda tutilmagan yig‘majildlar nomenklaturaga qo‘shimcha ravishda kiritiladi. Shu maqsadda nomenklaturaning har bir bo‘limida zaxira raqamlar qoldiriladi.
8.1.7. Yil tugallanganda hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasi oxirida ochilgan yig‘majildlar soni to‘g‘risida yakuniy yozuv yoziladi.
8.2. Hujjatlar yig‘majildlarini shakllantirish.
8.2.1. Hujjatlar yig‘majildlarini shakllantirish foydalanilgan hujjatlarni yig‘majildda hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasiga muvofiq guruhlashdir.
8.2.2. Hujjatlar yig‘majildlarining to‘g‘ri shakllantirilganligi ustidan nazoratni hokimlik apparatining umumiy bo‘limi amalga oshiradi.
8.2.3. Hujjatlar yig‘majildlarini shakllantirishda quyidagi umumiy qoidalarga rioya qilish kerak: yig‘majildga faqat bajarilgan, to‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlarni solish; bitta masalani hal etishga doir barcha hujjatlarni bitta yig‘majildga solish; ilovalarni asosiy hujjatlar bilan birga joylashtirish, yig‘majildda bir kalendar yil hujjatlarini guruhlash, keyingi yilga o‘tadigan yig‘majildlar bundan mustasno; saqlash muddatlari doimiy va vaqtincha bo‘lgan hujjatlarni yig‘majildda alohida guruhlash. Yig‘majildda qaytarilishi lozim bo‘lgan hujjatlar, hujjatlarning ortiqcha nusxalari, qo‘lyozmalar to‘planmasligi kerak; yig‘majild 250 varaqdan oshmasligi kerak. Varaqlar soni ko‘p bo‘lsa, ikkinchi va undan keyingi yig‘majildlar ochiladi.
8.2.4. Sessiya bayonnomalari, qarorlari va ularning hujjatlari bitta yig‘majildda to‘planadi. Hokimning qaror va farmoyishlari alohida yig‘iladi. Hokim farmoyishlari uning kadrlar bo‘yicha farmoyishlaridan alohida rasmiylashtiriladi. Hujjatlar ko‘rsatma beruvchi hujjatlar va bayonnomalar ichida xronologiyasi va tartib raqamlari bo‘yicha joylashtiriladi.
8.2.5. Yozishmalar yig‘majildda kalendar yil davri uchun aniq masalalar bo‘yicha guruhlanadi. Javob hujjati so‘rov hujjatidan keyin joylashtiriladi.
8.2.6. Rejalar, hisobotlar, smetalar ushbu hujjatlarning loyihalaridan alohida guruhlanadi.
8.2.7. Shaxsiy hujjatlar yig‘majildlariga hujjatlar quyidagi tartibda joylashtiriladi: shaxsiy hujjatlar yig‘majildida bor bo‘lgan hujjatlarning ichki ro‘yxati; ishga qabul qilish to‘g‘risidagi ariza, yo‘llanma yoki taqdimnoma, bo‘shash to‘g‘risidagi ariza, kadrlarni hisobga olish shaxsiy varaqasi, tarjimai hol, ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlar; ishga tayinlash, ishdan bo‘shatish, ish joyini o‘zgartirish, kadrlarni hisobga olish varaqasiga qo‘shimcha.
8.2.8. Ishchilar va xizmatchilarning shaxsiy schyotlari yil doirasida mustaqil yig‘majildlarda guruhlanadi va ularda familiyalar alifbo bo‘yicha joylashtiriladi.
9. Hokimlik apparatida hujjatlarning saqlanishini ta’minlash
9.1. Hujjatlarning saqlanishini ta’minlash uchun hokimlikda idora arxivi tashkil etiladi va hokimning farmoyishi bilan idora arxivida hujjatlarning saqlanishi uchun mas’ul shaxs tayinlanadi.
9.2. Tugallangan hujjatlar yig‘majildlari ma’lumot olish ishlarida foydalanish uchun ikki yil bo‘limda saqlanadi, so‘ngra idora arxiviga topshiriladi.
9.3. Hujjatlar yig‘majildlari bo‘limlarda shkaflarda, seyflarda saqlanadi. Hujjatlar yig‘majildlari muqovasida hokimlikning nomi, bo‘limning nomi, yig‘majildlarning nomenklatura bo‘yicha indeksi, yig‘majild sarlavhasi, saqlash muddati, yig‘majild ochilgan sana, yil oxirida yopilgan sana ko‘rsatiladi.
9.4. Doimiy va uzoq muddat saqlanadigan (10 yildan ortiq) yig‘majildlar idora arxiviga topshirish ro‘yxati bo‘yicha topshiriladi (12-ilova).
Topshirish ro‘yxati 2 nusxada tuziladi. Ro‘yxatning har bir nusxasi oxirida arxivga haqiqiy berilgan hujjatlar yig‘majildlari soni raqam va so‘z bilan yoziladi, qabul qilish — topshirish ishlarini amalga oshiruvchi shaxslar imzolari qo‘yiladi va sana ko‘rsatiladi.
9.5. Hokimlik apparatida hokim farmoyishi bilan 3—5 kishidan iborat doimiy ishlovchi ekspert komissiyasi (EK) tashkil etilishi kerak. Hokim o‘rinbosarlaridan biri EK raisi, hujjatlarning saqlanishi uchun mas’ul shaxs EK kotibi etib tayinlanadi. EK o‘zi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ish yuritadi va o‘z ishini yillik reja asosida tashkil etadi. EK majlislari zarurat bo‘lganda, ammo har yili kamida ikki marta o‘tkaziladi. Majlislar bayonnomada qayd etiladi.
9.6. Ekspert komissiyasi o‘z majlislarida hujjatlar yig‘ma jildlari nomenklaturasi, doimiy saqlanadigan va shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar yig‘majildlari ro‘yxatini, yo‘q qilinadigan hujjatlar dalolatnomalarini, shuningdek, hokimlik apparatida ham, uning bo‘limlarida ham hujjatlarning saqlanishini ta’minlash masalalarini ko‘rib chiqish huquqiga ega. EK hujjatlarning ayrim turlarini saqlash muddatlarini o‘zgartish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqish va hokimlikning arxiv bo‘limiga takliflar kiritish huquqiga ega.
9.7. Doimiy va uzoq muddat (10 yildan ortiq) saqlanadigan, idora arxiviga topshirilgan hujjatlar yig‘majildlari kamida 3 yilda 1-marta tartibga solinishi kerak. Tartibga solishni davlat arxivlari xodimlari hokimlik bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradilar. Hujjatlar yig‘majildlari amaldagi tartibga muvofiq tikiladi, rasmiylashtiriladi, ularning ro‘yxatlari (doimiy saqlanadigan va shaxsiy tarkib bo‘yicha alohida) tuziladi.
Saqlash muddati o‘tgan hujjatlarga ish yuritish bo‘yicha mas’ul bo‘lgan xodimlar EK a’zolari va hokimlik mutaxassislari ishtirokida hujjatlarni yo‘q qilish dalolatnomalarini belgilangan shaklga muvofiq tuzadilar.
Ro‘yxatlar, dalolatnomalar EK majlisida ko‘rib chiqiladi. So‘ngra ular hokimlikning ekspert-tekshirish komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun beriladi. Shundan so‘ng ro‘yxat va dalolatnomalarni hokim tasdiqlaydi.
Dalolatnomaga kiritilgan yig‘majildlar va hujjatlarni yo‘q qilish tegishli davrning doimiy saqlanadigan yig‘majildlari ro‘yxatlari hokimlik arxiv bo‘limi ekspert-tekshirish komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng amalga oshiriladi.
9.8. Hokimliklarning davlat arxivida saqlanishi lozim bo‘lgan hujjatlari davlat arxivlariga:
umumiy hujjatlar 15 yildan keyin;
shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar 75 yildan keyin topshiriladi.
Ma’lumotnomalar (limitli, sug‘urta summalarining to‘langanligi to‘g‘risida, budjet mablag‘laridan ish haqi uchun foydalanganlik to‘g‘risida, hisoblangan va to‘lanadigan ish haqi to‘g‘risida va shu kabilar)
Guvohnomalar
Ustav (nizom)
Shtat jadvallari va ularga kiritiladigan o‘zgartirishlar
________________________________________viloyat hokimi
Xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiyasi majlisining
Bayonnomasi
199_____yil_____________-son
Kengash komissiyasining jami a’zolari ___________________________________________________ _____________________________________________________________________________________
Majlisda qatnashgan komissiya a’zolari __________________________________________________ _____________________________________________________________________________________
(ro‘yxat ilova qilinmoqda)
Majlisga taklif etilganlardan qatnashgani_______________________________________________ _____________________________________________________________________________________
Umumiy bo‘limda ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan hujjatlarning
TAXMINIY RO‘YXATI
1. Ma’lumot uchun yuborilgan xatlarning nusxalari.
2. Telegrammalar, xizmat safarlari, mehnat ta’tillariga ruxsat berish to‘g‘risidagi xatlar.
3. Majlislar, kengashlar, kun tartiblari to‘g‘risidagi xabarlar.
4. Jadvallar, talabnomalar, taqsimnomalar.
5. O‘quv rejalari, dasturlari (nusxalari).
6. Reklama bildirishlari, plakatlar, kengashlar, konferensiyalar dasturlari va shu kabilar.
7. Tabrik xatlari va taklifnomalar.
8. Buxgalteriya hujjatlari.
9. Bosma nashrlar (kitoblar, jurnallar, byulletenlar).
10. Oylik, choraklik, yarim yillik hisobotlar.
11. Statistik hisobot shakllari.
4, 6, 8, 9, 10, 11-bandlardan sanab o‘tilgan hujjatlar hokimlikning tegishli xizmatlari (buxgalteriya, ta’minot bo‘limi, kadrlar bo‘limi, kutubxona)da maxsus hisobga olinishi kerak.
Fuqarolarning ariza va shikoyatlari — kelib tushgan kundan boshlab 1 oy muddatda, qo‘shimcha o‘rganish va tekshirishlarni talab qilmaydiganlari — zudlik bilan, 15 kundan kechikmay;
Yuqori organlarning topshiriq xatlari va so‘rov xatlari — ularda ko‘rsatilgan muddatlarda yoki 10 kun mobaynida;
Korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlarning xatlari — 10 kun muddatda;
Fuqarolarning takliflari — bir oygacha muddatda, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladiganlardan tashqari;
Xalq deputatlari viloyat, shahar, tuman Kengashi sessiyasida deputatlar tomonidan aytilgan taklif va mulohazalar — 10 kun muddatda ko‘rib chiqiladi;
Xalq deputatlari viloyat Kengashining takliflari: ko‘rib chiqish natijalari bir oydan kechikmagan muddatda, xalq deputatlari shahar, tuman Kengashining takliflari — 10 kundan kechikmagan muddatda ma’lum qilinadi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiyalarining tavsiyanomalarini ko‘rib chiqish natijalari bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda yoki komissiyalar tomonidan belgilangan muddatda ma’lum qilinadi;
Xalq deputatlari viloyat Kengashining qarorlari 10 kun muddatdan kechikmay yetkaziladi;
Xalq deputatlari shahar, tuman Kengashining qarorlari 7 kun muddatdan kechikmay yetkaziladi;
Zudlik bilan hal etishni talab qiluvchi telegrammalar — ikki kungacha muddatda, qolganlari 10 kun mobaynida yetkaziladi.