1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat xizmatlarini koʻrsatishda talab etiladigan ishonchnomalarni rasmiylashtirish jarayonlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-son Farmoniga muvofiq 2026-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi “Vakolat.uz” platformasini (keyingi oʻrinlarda — Platforma) ishga tushirish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin:
davlat xizmatlaridan foydalanish va davlat xizmati natijalarini olish boʻyicha boshqa shaxslarga ishonchnomalarni rasmiylashtirish;
yuridik shaxslar tomonidan rasmiylashtirilgan ishonchnomalarni ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtkazish;
barcha turdagi ishonchnomalarning haqiqiyligini onlayn rejimda tekshirish;
Platformadan bepul foydalanish.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
2. Elektron ishonchnomalarni rasmiylashtirish, oʻzgartirish va bekor qilish, shuningdek, ishonchnomalarning reyestrini yuritish boʻyicha “Vakolat.uz” platformasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
a) Platforma orqali rasmiylashtirilgan va unda qayd etilgan ishonchnomalar:
davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, barcha tashkilotlar uchun majburiy tartibda tan olinadi;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ishonchnomalarning qogʻoz shakli jismoniy va yuridik shaxslardan talab qilinmaydi hamda “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
ishonchli vakil orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanish uchun majburiy hisoblanadi;
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.01.00 Umumiy qoidalar]
b) “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimida rasmiylashtirilgan ishonchnomalar Platformada qayd etiladi va ularning Platformadagi elektron nusxalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida qogʻoz shakliga tenglashtiriladi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
4. Adliya vazirligi:
a) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Platformani “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasiga integratsiya qilinishini;
Platformada elektron davlat xizmatlaridan foydalanishda ishonchnomalarni elektron ravishda tekshirish imkoniyatini taʼminlasin;
b) ikki oy muddatda:
“Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtirilgan ishonchnomalar haqidagi maʼlumotlarning Platformaga yuborilishini taʼminlasin;
Platformaning mobil ilovasini ishga tushirsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Notariuslar tomonidan ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi maʼmuriy reglamentlarni tasdiqlash haqida” 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qaroriga2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 25-dekabr,
825-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-dekabrdagi 825-son qaroriga 1-ILOVA
Elektron ishonchnomalarni rasmiylashtirish, oʻzgartirish va bekor qilish, shuningdek, ishonchnomalarning reyestrini yuritish boʻyicha “Vakolat.uz” platformasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
1. Ushbu Nizom jismoniy shaxslar tomonidan davlat xizmatlaridan foydalanish va davlat xizmati natijalarini olish uchun hamda yuridik shaxslar tomonidan oʻz ixtiyoriga koʻra elektron ishonchnomalarni “Vakolat.uz” platformasi orqali rasmiylashtirish, oʻzgartirish, bekor qilish va ishonchnomalarning reyestrini (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) yuritish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
“Vakolat.uz” platformasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma) — ishonchnomalarni elektron rasmiylashtirish, oʻzgartirish, bekor qilish va ularning reyestrini yuritishga moʻljallangan axborot tizimi;
elektron ishonchnoma (keyingi oʻrinlarda — ishonchnoma) — jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan “Vakolat.uz” platformasi orqali rasmiylashtirilgan ishonchnoma;
ishonch bildiruvchi — oʻz nomidan muayyan harakatlarni amalga oshirish vakolatini boshqa shaxsga beruvchi jismoniy va yuridik shaxs;
ishonchli vakil — oʻziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boruvchi jismoniy va yuridik shaxs.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
3. Mazkur Nizom qoidalari ishonchnoma asosida foydalanish mumkin boʻlgan davlat xizmatlariga nisbatan tatbiq etiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.01.00 Umumiy qoidalar]
4. Platforma orqali rasmiylashtirilgan ishonchnomalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida notarial tasdiqlangan ishonchnomalar bilan teng yuridik kuchga ega boʻladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Platforma mulkdori va operatori hisoblanadi.
6. Ishonchnomalarni rasmiylashtirish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Ishonchnoma jismoniy va yuridik shaxslarning xohishiga koʻra soʻrovnomada koʻrsatilgan, biroq 3 yildan oshmagan muddatga beriladi.
8. Platformada ishonchnomalarni rasmiylashtirish, oʻzgartirish va bekor qilish bepul amalga oshiriladi.
2-bob. Ishonchnomalarni rasmiylashtirish tartibi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar]
9. Ishonch bildiruvchi ishonchnomani rasmiylashtirish uchun “Raqamli hukumat” tizimining yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali Platformada roʻyxatdan oʻtadi va ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq soʻrovnomani toʻldiradi.
Davlat organlari va tashkilotlari soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumot va hujjatlarni “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etilishini taʼminlaydi.
10. Soʻrovnoma elektron raqamli imzoni yoki shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face ID) texnologiyasini majburiy tartibda qoʻllash orqali tasdiqlanadi.
11. Soʻrovnoma tasdiqlangandan soʻng Platforma orqali ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq ishonchnoma avtomatik ravishda shakllanadi va tomonlarga yuboriladi.
12. Jismoniy va yuridik shaxs boʻlgan ishonch bildiruvchi soʻrovnomada ishonchli vakilga ishonchnomada aks ettirilgan vakolatlarni amalga oshirishni boshqa shaxsga oʻtkazish huquqini koʻrsatishi mumkin.
3-bob. Ishonchnomalarni oʻzgartirish va bekor qilish tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
13. Quyidagi hollarda ishonchnoma ishonch bildiruvchi tomonidan oʻzgartirilishi mumkin:
jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganda;
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgarganda;
jismoniy shaxsning biometrik pasporti (ID-karta) maʼlumotlari oʻzgarganda;
ishonchnomaning amal qilish muddati uzaytirilganda.
14. Ishonchnomani oʻzgartirish ushbu Nizomning 2-bobida belgilangan tartibda umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
15. Ishonchnomadagi vakolatlar hamda ishonch bildirilgan shaxslar doirasi kengaytirilganda yoki qisqartirilganda, ishonchnoma mazkur Nizomning 2-bobida belgilangan tartibda umumiy asoslarda yangidan rasmiylashtiriladi.
16. Quyidagi hollarda ishonchnoma Platforma tomonidan avtomatik ravishda bekor qilinadi:
ishonchnomaning muddati tugaganda;
jismoniy shaxs vafot etganda;
yuridik shaxs tugatilganda.
Jismoniy shaxsning vafot etganligi va yuridik shaxs tugatilganligi haqidagi maʼlumotlar “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan real vaqt rejimida taqdim etiladi.
17. Ishonch bildiruvchi istagan vaqtda ishonchnomani bekor qilishi, ishonchli vakil esa undan voz kechishi mumkin.
4-bob. Ishonchnomalar reyestrini yuritish tartibi
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
18. Reyestr Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan yuritiladi va unda quyidagi maʼlumotlar qayd etiladi:
yuridik shaxs uchun — nomi, tashkiliy-huquqiy shakli va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);
jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, biometrik pasport (ID-karta) maʼlumotlari va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);
ishonchnoma berilgan sana va unikal raqami;
ishonchnomaning amal qilish muddati;
ishonchnomada koʻrsatilgan vakolatlar;
ishonchnomada koʻrsatilgan vakolatlarni boshqa shaxsga berish huquqi haqidagi maʼlumotlar;
ishonchnomaning oʻzgartirilganligi va bekor qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar.
Reyestr elektron shaklda yuritiladi.
19. Reyestr ishonchnomalarni unikal raqam orqali qidirish uchun barcha uchun ochiq hisoblanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.01.00 Umumiy qoidalar]
20. “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimida rasmiylashtirilgan ishonchnomalar Reyestrga avtomatik ravishda kiritiladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
21. Ishonchnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun ishonch bildiruvchi javobgar hisoblanadi.
22. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Elektron ishonchnomalarni rasmiylashtirish, oʻzgartirish va bekor qilish, shuningdek, ishonchnomalarning reyestrini yuritish boʻyicha “Vakolat.uz” platformasi toʻgʻrisida nizomga 1-ILOVA
“Vakolat.uz” platformasi orqali ishonchnomalarni rasmiylashtirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ishonch bildiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxs
“Vakolat.uz” platformasi orqali soʻrovnomani toʻldiradi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
Ishonch bildiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxs
Soʻrovnomani toʻldirganidan soʻng u elektron raqamli imzo yoki shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face ID) texnologiyasi orqali tasdiqlaydi.
Soʻrovnomani toʻldirganidan soʻng darhol
3-bosqich
“Vakolat.uz” platformasi
Ishonchnoma avtomatik ravishda shakllantiriladi va ishonchnoma tomonlariga yuboriladi.
Real vaqt rejimida
Elektron ishonchnomalarni rasmiylashtirish, oʻzgartirish va bekor qilish, shuningdek, ishonchnomalarning reyestrini yuritish boʻyicha “Vakolat.uz” platformasi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
NAMUNA
“Vakolat.uz” platformasi orqali ishonchnomalarni rasmiylashtirish boʻyicha
3. Jismoniy shaxsning pasport (ID-karta) maʼlumotlari (seriyasi va raqami):
II. Yuridik shaxs
1. Yuridik shaxsning STIRi:
2. Yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli:
Adliya vazirligi
Qoʻshimcha maʼlumotlar
3. Berilayotgan vakolat:
4. Ishonchnomaning muddati:
5. Vakolatlarni boshqa shaxsga oʻtkazish (yuridik shaxs uchun):
6. Yuridik shaxs filialining reyestr raqami:
Adliya vazirligi
7. Yuridik shaxs filialining nomi:
8. Yuridik shaxsning transport vositasi haqidagi maʼlumotlar:
Ichki ishlar vazirligi
9. Avtotransport vositasini chegaradan olib oʻtish:
* Davlat organlari va tashkilotlari soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumot va hujjatlarni “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etilishini taʼminlaydi.
** 1. Jismoniy shaxsning maʼlumotlari ishonch bildiruvchi tomonidan kiritiladi.
2. Jismoniy shaxs ishonch bildiruvchining xodimi boʻlganda ishonchli vakilning maʼlumotlari Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olinadi.
Elektron ishonchnomalarni rasmiylashtirish, oʻzgartirish va bekor qilish, shuningdek, ishonchnomalarning reyestrini yuritish boʻyicha “Vakolat.uz” platformasi toʻgʻrisida nizomga 3-ILOVA
Avtotransport vositasining rusumi va davlat raqami
Berilgan vakolatlar:
____________________________________________
Ishonchnomaning muddati:
____________________________________________
Vakolatlarni boshqa shaxslarga oʻtkazish huquqi bilan (soʻrovnomada koʻrsatilganda)
Avtotransport vositasini chegaradan olib oʻtish huquqi bilan (soʻrovnomada koʻrsatilganda)
_________________________
(hujjat yaratilgan sana)
QR-kod
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-dekabrdagi 825-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Notariuslar tomonidan ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi maʼmuriy reglamentlarni tasdiqlash haqida” 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Vakolat.uz” platformasi orqali rasmiylashtirilgan ishonchnomalar haqidagi maʼlumotlar Tizim orqali “Vakolat.uz” platformasida tekshiriladi va olingan maʼlumotnoma Tizimda saqlanadi. Bunda ishonchnomaning qogʻoz shaklini taqdim qilish talab qilinmaydi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Vakolat.uz” platformasi orqali rasmiylashtirilgan ishonchnomalar haqidagi maʼlumotlar Tizim orqali “Vakolat.uz” platformasida tekshiriladi va olingan maʼlumotnoma Tizimda saqlanadi. Bunda ishonchnomaning qogʻoz shaklini taqdim qilish talab qilinmaydi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Vakolat.uz” platformasi orqali rasmiylashtirilgan ishonchnomalar haqidagi maʼlumotlar Tizim orqali “Vakolat.uz” platformasida tekshiriladi va olingan maʼlumotnoma Tizimda saqlanadi. Bunda ishonchnomaning qogʻoz shaklini taqdim qilish talab qilinmaydi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Vakolat.uz” platformasi orqali rasmiylashtirilgan ishonchnomalar haqidagi maʼlumotlar Tizim orqali “Vakolat.uz” platformasida tekshiriladi va olingan maʼlumotnoma Tizimda saqlanadi. Bunda ishonchnomaning qogʻoz shaklini taqdim qilish talab qilinmaydi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Vakolat.uz” platformasi orqali rasmiylashtirilgan ishonchnomalar haqidagi maʼlumotlar Tizim orqali “Vakolat.uz” platformasida tekshiriladi va olingan maʼlumotnoma Tizimda saqlanadi. Bunda ishonchnomaning qogʻoz shaklini taqdim qilish talab qilinmaydi”;